10.06.2020 yildagi 369-son
mavsum davomida mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni tashkil etishda tashabbuskorlik va faollik ko‘rsatgan tuman va shahar hokimligi vakillari, harbiy qism va muassasalar komandir hamda boshliqlari va ularning erishgan natijalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati


1-bosqich

Mudofaa vazirligi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlovni e’lon qiladi

Har yili
1-yanvar


2-bosqich

Harbiy-ma’muriy sektorlar

Quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:

ommaviy-sport ishlari, “Temurbeklar”, “Yosh qutqaruvchi” kabi harbiy-sport o‘yinlari;

yoshlarning intellektual saviyasi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan turli ijodiy tanlovlar;

yoshlar ishtirokida “E’zoz”, “Ehtirom”, “Avlodlar uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;

kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda vatanparvarlik ruhidagi “Mardlik va jasorat”, “Tinchlik”, “Mustaqillik” kabi jasorat darslari;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ertaliklarini o‘tkazish hamda Vatanga sodiqlik, avlodlar qahramonligini madh qilishga qaratilgan “Men ham harbiy bo‘laman!” shiori ostida turli estafetalar.

1-yanvar — 20-dekabr


3-bosqich

Harbiy-ma’muriy sektorlar

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etadi.

Har oyning

1 sanasigacha

(dekabr oyida — 20-dekabr)


4-bosqich

Mudofaa vazirligi

1. Harbiy-ma’muriy sektorlardan kelib tushgan hisobotlarni o‘rganib chiqadi hamda ballarni belgilab beradi.

2. O‘sib boruvchi ballar jamlamasini hisoblab boradi.

1. Har oyning
5 sanasigacha

2. Yil davomida


5-bosqich

Tashkiliy ishchi guruh

1. Tanlovning yakuniy natijalari g‘oliblarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi va harbiy-ma’muriy sektorlarga elektron shaklda tegishli axborot tizimi orqali yuboradi.

2. Tanlov natijalarini har yili yanvar oyida “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida o‘tkaziladigan tantanali tadbirda e’lon qiladi va g‘oliblarni taqdirlaydi.

har yili dekabr oyining 25 sanasigacha

har yili yanvar oyining 14 sanasigacha

T/r

Tadbir nomi

Ball

I. Vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha

1.

Tadbirlar soni 10 tadan 50 tagacha bo‘lganda

3

2.

Tadbirlar soni 51 tadan 100 tagacha bo‘lganda

4

3.

Tadbirlar soni 101 tadan 150 tagacha bo‘lganda

5

Izoh. Mazkur hisob kuyidagi tarzda amalga oshiriladi: oy davomida o‘tkazilgan tadbirlar soni viloyat hududida joylashgan harbiy qism (muassasalar) soniga bo‘linadi va natijadagi son inobatga olinadi.

II. Tadbirlar miqyosi umumiy tadbirlar soniga foiz hisobida

(qatnashuvchilar soni: kichik miqyos — 100 nafargacha, o‘rta miqyos — 1000 nafargacha, katta miqyos — 1000 nafardan ko‘p)

4.

Katta va o‘rta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 50 foizdan kam bo‘lganda

1

5.

Katta va o‘rta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 51 foizdan 74 foizgacha bo‘lganda

2

6.

Katta va o‘rta miqyosdagi tadbirlar soni umumiy tadbirlar sonining 75 foizidan ko‘p bo‘lganda

3

III. Tadbirlar darajasi

7.

Tuman (shahar) darajasidagi har bir tadbir uchun

1

8.

Viloyat darajasidagi har bir tadbir uchun

3

9.

Respublika darajasidagi har bir tadbir uchun

4

IV. Tadbirning mavqeyi

10.

Tadbirda harbiy qism qo‘mondonligi qatnashganda

1

11.

Tadbirda viloyat IIB, MG, FVV, DXXChK rahbarlari qatnashganda

2

12.

Tadbirda harbiy-ma’muriy sektor rahbarining o‘rinbosarlari qatnashganda

3

13.

Tadbirda harbiy-ma’muriy sektor rahbari qatnashganda

5

V. Tadbirning yoritilishi

14.

Tuman (shahar) ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalarda — har bir yoritilgan tadbir uchun

0,1

15.

Viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalarda — har bir yoritilgan tadbir uchun

0,2

16.

Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalarda — har bir yoritilgan tadbir uchun

0,3

VI. O‘tkazilgan tadbirlarning natijadorligi

17.

P�ofilaktik hisobdan chiqarilgan har bir yosh uchun

1

18.

Profilaktik hisobga kiritilgan har bir yosh uchun

minus 1

VII. Respublika ko‘rik-tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lgan kiritilganligi

19.

Ko‘rik-tanlovda (“Zulfiya” mukofoti sovrindorlari, fanlar bo‘yicha olimpiada, tadbirkorlik, sport va boshqalar) birinchi o‘rinni egallagan yoshlar — har biri uchun

0,1

VIII. O‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligi

20.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan davrga nisbatan 1% dan 15 % gacha o‘sganligi uchun

minus 1

21.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan davrga nisbatan 16% dan 30 % gacha o‘sganligi uchun

minus 3

22.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan davrga nisbatan 31 % dan ko‘p o‘sganligi uchun

minus 5

23.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan davrga nisbatan kam�yganligi uchun

10

IX. Viloyatda “Vatanparvarlar” bog‘ining faoliyati

24.

Bog‘ mavjud emas

minus 5

25.

Bog‘da oy davomida yoshlar bilan 1 tadan 10 gacha tadbir o‘tkazildi

1

26.

Bog‘da oy davomida yoshlar bilan 11 tadan 15 gacha tadbir o‘tkazildi

3

27.

Bog‘da oy davomida yoshlar bilan 16 tadan ko‘p tadbir o‘tkazildi

5

X. Vatanparvarlik tarbiyasiga oid targ‘ibot materiallarini ishlab chiqish

28.

Har bir mavzuga oid yangi videorolik uchun

0,1

29.

Har bir yangi badiiy, hujjatli asarlar, uslubiy ishlanmalar uchun

0,2

XI. Targ‘ibot tadbirlarida yangicha yondashuvga ega bo‘lgan innovatsion g‘oyalardan foydalanganligi

30.

Respublikadagi nufuzli ilmiy va madaniy muassasa vakillarining jalb etilganligi, yoshlar e’tiborini jalb qiluvchi ilmiy va amaliy psixologik usullardan foydalangan holda o‘tkazilgan har bir tadbir uchun

1

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)