Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.1994 03.08.1992 yildagi 362-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.1994
Hujjat 03.08.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh QOʻMITASI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqapish va tadbipkoplikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻpisida”gi 14-fevraldagi 1994-yil 72-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 3-avgustdagi 362-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-fevraldagi Farmoni bilan bozor munosabatlarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalda roʻyobga chiqarish, tadbirkorlik va raqobatni ragʻbatlantirish, unumli mehnatni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, respublika hududida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning yagona siyosatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Keyingi oʻrinlarda — Davlat mulki qoʻmitasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga hisob berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Davlat mulki qoʻmitasining bosh vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi, shuningdek uning tashqarisidagi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishda xalqning mulkiy huquqlari va ijtimoiy adolat prinsiplarini, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy mustaqilligi va milliy xavfsizligini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika mulkiga va maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga (kommunal mulkka) ajratishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tassarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar hamda mol-mulk turlari va guruhlarini aniqlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning respublika va kommunal mulkini* davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish, koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlagandan keyin roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Keyingi oʻrinlarda — davlat mulki yoki davlat mol-mulki.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning davlat mulki boʻlgan korxonalarini jamoa, ijara, aksionerlik, xususiy korxonalarga va mulkchilikning oʻzga shakllariga asoslangan boshqa korxonalarga aylantirish tartibi va tizimini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar yuridik va xususiy shaxslarining davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi tartibini va kvotalar miqdorini asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan dasturlarga muvofiq davlat mulkining aniq obyektlarini, eng avvalo, past rentabelli va zarar koʻrib ishlovchi korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini qayta roʻyxatdan oʻtkazish, davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar qiymatini baholash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha tanlovlar, kimoshdi savdolari oʻtkazish tartibini, ularda xaridorlarning qatnashishi shartlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maxsus jamgʻarmalarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi boʻyicha takliflarni asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va kommunal mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga, Davlat mulki qoʻmitasining joylardagi hududiy boʻlinmalari faoliyatiga tashkiliy va metodik rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlari va boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mulki qoʻmitasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning davlat dasturini ishlab chiqadi va uni roʻyobga chiqarishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak boʻlgan davlat korxonalari va tashkilotlari mulkining egasi vakolatini amalga oshiradi, respublika hududida va uning tashqarisida davlat mulkidan foydalanish va uni boshqarish huquqini davlat idoralari va xoʻjalik subyektlariga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki boʻlgan mol-mulkdan uning hududida va chet elda samarali foydalanilishi va saqlanishini nazorat qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni baholashni oʻtkazish tartibi va metodikasiga muvofiq haq toʻlab sotib olinishi yoki sotilishi kerak boʻlgan davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va qiymatini baholash boʻyicha komissiyalar tashkil etadi va ularning ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishda sotuvchi funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mehnat jamoalarining, Oʻzbekiston Respublikasining davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslari va fuqarolarining, shuningdek xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida qatnashish haqidagi talabnomalarini roʻyxatga oladi ular boʻyicha qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha tanlovlar va kimoshdi savdolari tashkil etadi, ularda xaridorlarning qatnashishi shartlarini, hisob-kitoblar, mulkiy huquqni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki hisoblangan aksiyalar egasi funksiyasini amalga oshiradi, ular davlat korxonalari negizida tashkil etilganda aksionerlik jamiyatlari, boshqa xoʻjalik jamiyatlari yoki shirkatlar tashkil etadi, davlat aksiyalarini sotishni amalga oshiradi, davlat mulkini ijaraga beruvchi (shu jumladan, haq toʻlab sotib olish huquqi bilan) rolini bajaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektini sotish narxini, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida mehnat jamoasi aʼzolariga beriladigan imtiyozlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan dasturlar asosida obyektlar roʻyxatini va ularning guruhlarini, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda ustunliklarni, cheklashlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak boʻlgan davlat mulki obyektlarini sotib oluvchi xorijiy davlatlar va MDH mamlakatlarining jismoniy va yuridik shaxslari uchun kvotalar miqdorini va ularning aksiyalarini hamda ularning ishtirok etishi tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo aksionerlik jamiyatlari faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining toʻla huquqli vakili sifatida qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davomida oʻz hududiy idoralari faoliyati ustidan tashkiliy, metodik rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi huquq doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, konsernlari va davlat-aksionerlik uyushmalari bilan, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mol-mulk bilan aʼmollarni amalga oshirish boʻyicha birja faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini boshqarib boruvchi qonunlar, qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etadi, xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar loyihalari boʻyicha xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo boʻluvchi yangi bozor tuzilmalari rivojlanishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish jarayonlarining ilgʻor jahon tajribasini qoʻllash maqsadida oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat mulki qoʻmitasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soluvchi meʼyoriy va metodik hujjatlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va huquqni muhofaza qilish idoralariga davlat organlari tomonidan amaldagi qonunchilikni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan davlat tasarrufidan chiqarishga xususiylashtirish dasturlarini buzgan holda davlat mulkiga egalik qilish huquqini oʻzgartirishni bekor qilish, shuningdek aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonasini jamoat korxonasiga aylantirishda mehnat jamoasi balansida boʻlgan ijtimoiy infrastruktura va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarini mehnat jamoasiga tekin berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda mehnat jamoalariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyekt faoliyati shartlari va oʻzaro majburiyatlar toʻgʻrisida muayyan davrga tuzilgan bitimni imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya jamgʻarmalari, xoʻjalik hisobidagi maslahat-tadqiqot va ekspert xizmati, xoldinglar, fond birjalari va koʻchmas mulk birjalari tashkil etish va ularni tugatish, mulkiy va boshqa jamgʻarmalar, boshqa bozor tuzilmalarini tashkil etishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va uning maʼmuriy-hududiy tuzilmalari mulki hisoblangan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan pul mablagʻlarini Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining maxsus schyotlarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jamgʻarmalari sifatida toʻplash, ulardan Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jamgʻarmalarini tashkil etish va ulardan foydalanish Tartibiga muvofiq foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyador qoʻmita hisoblangan aksiyalar boʻyicha olingan dividendlarning bir qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etish uchun hamda komission yigʻim miqdorida — Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining mulk egasi vakilining davlat mulki bilan tasarruf etish, boshqaruv va tijorat aʼmollarini bajarish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat, qoʻmitalari, idoralar, hokimliklar, konsernlar, uyushmalardan, shuningdek bevosita birlashmalar, korxonalar va tashkilotlardan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼlumotnoma, statistik va axborot materiallarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralaridan, ilmiy-tadqiqot, auditorlik, maslahat tashkilotlari (shu jumladan, xorijiy tashkilotlardan shartnoma asosida) va boshqa tashkilotlardan ekspertlar va mutaxassislarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bogʻliq meʼyoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza oʻtkazish uchun belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi mulkdorga mulkiy huquqni tasdiqlovchi order berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni belgilangan tartibda chet elga xizmat safariga yuborish hamda Davlat mulki qoʻmitasi faoliyati bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun xorijiy mutaxassislarni qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻmita va uning topshirigʻi boʻyicha investitsion jamgʻarmalar yoxud uning tomonidan vakil qilingan boshqa organ oʻzining toʻla huquqli vakillarini aksiyalarning bir qismi davlat mulki hisoblangan aksionerlik jamiyatlari boshqaruviga vakil qilib yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd qilib oʻtilgan toʻla huquqli vakillar davlat aksiyasi hissasiga muvofiq direktorlarni tayinlash va ozod qilishda, yil yakunlari boʻyicha jamiyat faoliyati natijalarini tasdiqlashda, navbatdagi yilga aʼmollar rentasini tasdiqlashda hamda aksiya egalariga yuklatiluvchi boshqa ish-harakatlarda qatnashadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat mulki qoʻmitasi belgilangan tartibda oʻz tarkibiy boʻlinmalarini — xususiylashtirish va davlat mulkini boshqarish boʻyicha hududiy boshqarmalarni tashkil etadi va ularning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Hududiy boshqarmalar Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi, bevosita Davlat mulki qoʻmitasiga boʻysunadi hamda amaliy faoliyatlarida xalq deputatlari tegishli mahalliy Kengashlari va ularning hokimliklari bilan mustahkam oʻzaro aloqada boʻladi, yuridik shaxslar hisoblanadi, bankda oʻzining hisob-kitob schyotiga va muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boshqarmalarning rahbarlari Davlat mulki qoʻmitasi raisi tomonidan tayinlanadi. Hududiy boshqarmalar toʻgʻrisidagi Nizom Davlat mulki qoʻmitasi hayʼatining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat mulki qoʻmitasi oʻziga qarashli tashkilotlarni — qayta roʻyxatdan oʻtkazish va davlat mulkini boshqarish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi markazni hamda davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak boʻlgan korxonalarning kataloglarini, meʼyoriy-maʼlumotnoma materiallarni nashr etish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi byuroni, fond birjasini tashkil etadi va ularning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat mulki qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, shu jumladan, respublika davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini bajarish boʻyicha qarorlari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat mulki qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi raisi qoʻmitaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va uning oʻz funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi, Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining faoliyatni alohida yoʻnalishlariga rahbarlik qilishlari uchun shaxsan javobgarliklari darajasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi raisining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ikki nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bitta birinchi oʻrinbosari boʻladi. Oʻrinbosarlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi boʻlimlarining boshliqlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat mulki qoʻmitasida Qoʻmita raisi (hayʼat raisi), lavozimi boʻyicha rais oʻrinbosarlari, shuningdek boshqa rahbar xodimlardan iborat tarkibda 9 kishidan iborat hayʼat tashkil etiladi. Davlat mulki qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat mulki qoʻmitasi huzurida maslahat berish funksiyalari berilgan muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi. Unga lavozimi boʻyicha Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, Qoʻmita hududiy boshqarmalarining rahbarlari, shuningdek olimlar, vazirliklar va idoralar, mahalliy boshqaruv organlarining mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillari kiradi. Kengashning shaxsiy tarkibi qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi. Kengashga qoʻmita raisi boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasi va xodimlari soni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasining raisi Qoʻmitaning tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati boʻlimlari, uning hududiy boshqarmalari, unga qarashli tashkilotlar va investitsion jamgʻarmalar toʻgʻrisidagi Nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat mulki qoʻmitasi organlarining xodimlari xizmat burchlarini bajarish chogʻida hokimiyat organlari vakillari maqomiga tenglashtiriladilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan teng holda qonun bilan muhofaza qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi xodimi xizmat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda halok boʻlgan taqdirda halok boʻlganning oilasiga respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ellik oylik ish haqi miqdorida bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi, keyinchalik bu mablagʻ aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi xodimlariga professional faoliyat bilan shugʻullanishni istisno qiluvchi ogʻir tan jarohati yetkazilgan taqdirda ularga respublika budjeti mablagʻlari hisobidan yigirma besh oylik ish haqi miqdorida bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi, keyinchalik bu mablagʻ aybdor shaxslardan undirib olinadi. Shuningdek, har oyda ularning lavozim maoshlari bilan pensiyalar oʻrtasidagi farq miqdorida mablagʻ toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi xodimlariga uncha ogʻir boʻlmagan tan jarohati yetkazilganda ularga respublika budjeti mablagʻlari hisobidan besh oylik ish haqi miqdorida bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi, keyinchalik bu mablagʻ aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat mulki qoʻmitasi raisi, uning oʻrinbosarlari, Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalari rahbarlari xalq deputatlari, siyosiy partiyalar va harakatlarning saylab qoʻyiladigan organlari aʼzolari boʻlishlari mumkin emas. Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolar bilan tijorat va mehnat munosabatlariga kirishishlari, xizmat burchlarini bajarishdan shaxsiy foyda olishlari mumkin boʻlgan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishlari mumkin emas. Ular bevosita yoki boshqa shaxslar orqali Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan sotishga tayyorlanadigan korxonalar va qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish huquqiga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur cheklashlar qayd qilib oʻtilgan mansabdor shaxslarning butun ishlashlari muddatida va ular egallab turgan lavozimlaridan boʻshaganlaridan keyin ikki yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat mulki qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, bankda oʻz hisob-kitob schyotiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil, 8-son, 23-modda)