Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.1994 10.02.1992 yildagi PF-337-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.1994
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh KOMITETI (DAVLAT MULKI KOMITETI)NI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 7-fevraldagi 1994-yil PF-758-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro eta borib hamda respublika hududida bozor munosabatlarini shakllantirish, tadbirkorlik va raqobatchilikni ragʻbatlantirish, unumli mehnat imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasida yagona siyosat oʻtkazish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot komiteti va Davlat statistika komiteti xodimlari soni hamda mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti (Davlat mulki komiteti) tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulki komiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaramogʻida boʻladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komitetining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari qilib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish chogʻida xalqning mulkiy huquqlarini va ijtimoiy adolat qoidalarini, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy mustaqilligi hamda milliy xavfsizligini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika mulki hamda maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (kommunal mulkka) ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar hamda mulkning turlari va guruhlarini aniqlash yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan dasturlar ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining muhokamasiga taqdim etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning davlat mulkini jamoa, ijara, aksionerlik, xususiy mulkka hamda oʻzgacha mulkchilik shakllariga asoslangan boshqa korxonalarga aylantirish tartibi va vositasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika davlat mulkini xususiylashtirishda ajnabiy yuridik shaxslar hamda fuqarolarning ishtirok etishlarida belgilangan miqdor va tartibni asoslab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan dasturlarga muvofiq davlat mulki boʻlgan aniq obyektlarni, avvalo kam foyda keltiradigan va zarar koʻrib ishlaydigan korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini roʻyxatga olish, davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar qiymatini baholash ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirishga doir kimoshdi savdolari va tanlovlarni oʻtkazish tartibini, ularda xaridorlarning ishtirok etish shartlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maxsus jamgʻarmalarini tuzish hamda ulardan foydalanish tartibiga oid takliflarni asoslab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mulki bilan kommunal mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga tashkiliy va uslubiy jihatdan rahbarlik qilish, kommunal mulk obyektlarining tasarrufchilari boʻlmish idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komitetining, uning joylardagi organlarining oʻz vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki komitetining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi, Komitet Nizomini va tuzilmasini tasdiqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-337-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 193-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 70-modda)