29.05.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3235
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3235]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAKSIMAL MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha
harakatlar nomi

Haq miqdori *

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan)

1-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishga doir masalalar
yuzasidan tushuntirishlar berish uchun

1.

Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlash

10%

2.

Garov (ipoteka) va lizing shartnomalarini tasdiqlash

20% (jismoniy shaxslar uchun)

50% (taraflardan biri yuridik
shaxs boʻlsa)

3.

Meros ishi

10%

4.

Dalillarni taʼminlash

20%

5.

1 4-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa notarial harakatlarni amalga oshirish

5%

2-bob. Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar
loyihalarini tayyorlash uchun

6.

Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari

20%

7.

Garov (ipoteka) va lizing shartnomalari

30% (jismoniy shaxslar uchun)

100% (taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa)

8.

Mulk ijara shartnomalari

20% (jismoniy shaxslar uchun)

50% (taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa)

9.

Professional mediator sifatida tasdiqlanadigan mediativ kelishuvlar

50%

10.

Ishonchnomalar

10%

11.

6 10-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa bitimlar

15%

12.

Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar

20%

13.

Dalillarni taʼminlash boʻyicha hujjatlar

100%

14.

12 va 13-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa notarial harakatlar boʻyicha hujjatlar

5%

3-bob. Texnik tusdagi harakatlar amalga oshirilishi uchun

15.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali maʼlumot chop etish yoki texnik vositalar yordamida hujjatlardan nusxalar koʻchirish (har bir bet uchun)

0,5%

16.

Hujjatlardan koʻchirmalar tayyorlash (har bir bet uchun)

2%

4-bob. Boshqa qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilishi uchun

17.

Apostil qoʻyish va (yoki) hujjatlarni legallashtirish boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatish

20%

18.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tekshirish yoki bu haqda maʼlumotnoma berish (har bitta mulk uchun) **

15% (jismoniy shaxslar uchun)

25% (taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa)

19.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun elektron ariza toʻldirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari, shuningdek ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish (har bitta mulk uchun)

10%

20.

Hujjatlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish (har bir bet uchun)

15%

21.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchisini imtiyozli sotib olish huquqiga ega ekanligi haqida xabardor qilish

20%

22.

Notarial harakatni masofadan turib rasmiylashtirishda videokonferensaloqa xizmatini koʻrsatish

20%

23.

Notarial harakatni notarial idora binosidan tashqarida amalga oshirish (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasida davlat boji toʻlashdan ozod etilgan notarial harakatlar boʻyicha belgilangan haq miqdorining 50 foizi undiriladi)

50%

24.

Notarial harakatni amalga oshirishda boshqa tashkilotlardan maʼlumotlar olish uchun soʻrovnomalar yozish (elektron shaklda yozilgan soʻrovnomalar bundan mustasno)

5%

25.

Hujjatlarni saqlash (har 250 varaqgacha boʻlgan hujjatlar uchun bir sutkagacha)

0,5%

26.

Pul summalari yoki qimmatli qogʻozlarni depozitda saqlash (bir sutkaga)

1%

27.

Notarial harakatlar doirasida kuryerlik xizmati koʻrsatish

10%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarida (bundan buyon matnda haq miqdorlari deb yuritiladi) belgilangan haq miqdoridan ortiq undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda toʻlovlar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan belgilanganidan kam miqdorda undirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan murojaat etuvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasiga notarius tomonidan asosan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etilishi tushuntirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan mazkur haq miqdorlarining 1-bobida nazarda tutilgan huquqiy tushuntirishlardan biri bir necha marotaba berilganda ular uchun bitta huquqiy tushuntirish uchun nazarda tutilgan haq miqdorida toʻlov undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yongʻini yoki qulashi, transport vositasining yongʻini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, hujjatlarning koʻchirma nusxalari hamda reyestrlardan koʻchirmalar berishda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undirilmaydi.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 1-apreldagi 9-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3235-1, 01.04.2021-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3235-1/0268-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tekshirish yoki bu haqda maʼlumotnoma berish yuzasidan elektron maʼlumotlar bankini yuritish boʻyicha bazaviy idora hisoblanganligi sababli, mazkur haq miqdorlarining 18-bandida nazarda tutilgan maksimal haq miqdorlarining 50 foizi adliya organlarining budjetdan tashqari davlat boji yigʻiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi, shuningdek kelgusida idoraviy notarial arxivlarni moliyalashtirish hamda adliya organlarini rivojlantirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son; 01.04.2021-y., 10/21/3235-1/0268-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 11.03.2022-y., 10/22/3235-2/0205-son; 20.12.2022-y., 10/22/3235-3/1101-son; 02.02.2024-y., 10/24/3235-4/0083-son; 21.02.2025-y., 10/25/3235-5/0167-son; 28.03.2025-y., 10/25/3235-6/0280-son; 23.04.2026-y., 10/26/3235-7/0409-son; 07.07.2026-y., 10/26/3235-8/0698-son)