O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Suv ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-may,
342-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Iste’molchilarga suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarida:
2-bandning yigirma oltinchi xatboshisidagi “uch” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga (yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan) o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlangan taqdirda ISKX tashkiloti tomonidan bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va bir nusxasi o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan subyektga topshiriladi. Ushbu dalolatnoma o‘zboshimchalik bilan ulanganning javobgarlik darajasini va ISKX tashkilotiga yetkazilgan zararni aniqlash uchun asos bo‘ladi hamda ISKX tashkiloti ushbu Qoidalarning 94-bandiga muvofiq suv sarfi va oqova suvlarni chiqarganlik uchun to‘lov summalarini to‘lash uchun ulanma egasiga to‘lov hujjati yozib beradi”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan iste’molchi ISKX tashkiloti tomonidan tarmoqdan uziladi va bu haqda belgilangan tartibda ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi;”;
50-banddagi “tarmoqqa” so‘zi “3 kundan kechiktirmay tarmoqqa” so‘zlari bilan almashtirilsin;
51-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Byuro yoki Byuroning majburiy talabnomasiga asosan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “4” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “2” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
63-banddagi “Byuro bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
65-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Byuro vakili ishtirokida” so‘zlari “ISKX tashkiloti tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
68-bandning birinchi xatboshisidagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin;
69-banddagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “uch” so‘zi “ikki” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobining o‘rnatilgani yoki yechilgani haqidagi ikki tomonlama dalolatnomalarning tuzilishi va ularning plombalanishi bepul bajariladi”;
73-bandning birinchi xatboshisidagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin;
76-bandning birinchi xatboshisidagi “Byuro” so‘zi “ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
77-banddagi “Byuro” so‘zi “ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “ISKX tashkiloti va Byuroga” so‘zlari “ISKX tashkilotiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “va Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin;
97-banddagi “va Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin;
100-banddagi “Byuro” so‘zi “ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
105-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin;
107-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“107. ISKX tashkiloti vakillari iste’molchilardan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni bank yoki billing tizimi orqali mustaqil ravishda qabul qilishi mumkin”;
109-banddagi “Byuro” so‘zi “ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
110-banddagi “tashkiloti yoki Byuroga” so‘zlari “tashkilotiga” so‘zi bilan almashtirilsin;
114-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“114. Uyda vaqtincha istiqomat qiluvchi (yollovchi)lar istiqomat qilganda to‘lovlar haqiqatda istiqomat qilayotganlar soniga qarab amalga oshiriladi. I guruh iste’molchisi, o‘zi yashayotgan xonadonda turuvchilar soni ko‘payishi (shu jumladan, vaqtinchalik yashayotganlar hisobiga hamda Qoidalarning 87-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha) yoki kamayishi holatlari yuzasidan, o‘zgarishlar sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan kechikmay ISKX tashkilotini yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Bunda iste’molchi, ISKX tashkiloti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari va uyning asosiy egasi tomonidan — uch tomonlama dalolatnoma tuziladi”;
115-bandning birinchi xatboshisidagi “debitorlik qarzlarini uzib, bu haqda Byuro” so‘zlari “mavjud qarzlarini uzib, bu haqda ISKX tashkiloti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Byuro bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “ISXK tashkiloti yoki Byuroga” so‘zlari “ISXK tashkilotiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n oltinchi xatboshidagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “yoki Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ichimlik suvi ta’minotining yong‘inga qarshi tizimidan foydalanish to‘xtatilganda iste’molchi 24 soat mobaynida ISKX tashkilotiga plomba uzilgani to‘g‘risida dalolatnoma taqdim etishi va zulfinlarni plombalash uchun ISKX tashkiloti vakilini chaqirishi shart”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlab turish va ta’mirlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 34-bandidagi “Suvoqova” DUK” so‘zlari “O‘zsuvta’minot” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar, shuningdek, ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda iste’molchilarni elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-iyuldagi 484-son qarorida:
a) qarorning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda iste’molchilarni elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”.
b) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Iste’molchilarni elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 1-ilovada:
ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida nizom”;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi o‘rinlarda — Byuro) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘ztransgaz” AJ, shuningdek, ularning bo‘linmalari bilan Byuroga yuklangan vazifalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi”;
“2. Ushbu Nizom yetkazib berilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorligi mavjud iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish tartibiga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
iste’molchi — elektr va gaz ta’minoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
energiya resurslarini yetkazib beruvchilar — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va ularning bo‘linmalari, shuningdek, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni ta’minlovchi, ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar”;
2-bobning nomlanishidagi “va ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlarining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“4. Byuro va uning hududiy bo‘linmalari elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish, shu jumladan, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda ularni talon-toroj qilish yo‘llarini tez aniqlash maqsadida zarur mutaxassislarni jalb etish uchun energiya resurslari yetkazib beruvchilarga yozma so‘rovlar yuborishga haqli.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha zudlik bilan qaror qabul qilish talab etiladigan alohida holatlarda energiya resurslari yetkazib beruvchilarning xodimlarini jalb etish og‘zaki so‘rov bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
5. So‘rov, qoida tariqasida, energiya resurslari yetkazib beruvchilarning hududiy joylashuv prinsipi bo‘yicha yuboriladi. So‘rovda energiya resurslari yetkazib beruvchilar xodimlarining yetib kelish vaqti va joyi, shuningdek, ularni jalb etishning nazarda tutiladigan davri ko‘rsatiladi”;
6-banddagi “va ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlarining” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-banddagi “va ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotiga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“8. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘ztransgaz” AJ billing tizimiga iste’molchilar amalga oshirgan to‘lovlar to‘g‘risida kiritilgan ma’lumotlar asosida har bir iste’molchining shaxsiy hisob-raqami bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshiradi hamda natijasi bo‘yicha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilar reyestrini shakllantiradi, keyinchalik ushbu ma’lumotlarni Byuroga taqdim etadi.
9. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar har oyning o‘n birinchi kunidan boshlab har kuni Byuroning tuman (shahar) bo‘limlariga foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning elektron reyestrlarini yuboradi”;
11-banddagi “shuningdek, ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlarining ma’lumotlar bazasiga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Energiya resurslari yetkazib beruvchilar Byuro bilan birgalikda har oyning o‘n beshinchi kuniga qadar bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmi hamda tegishli uchastkalar chegaralaridagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm o‘rtasidagi tafovutlar mavjudligini aniqlaydi”;
13-banddagi “elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv” so‘zlari “elektr energiyasi va tabiiy gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Byuro olingan ma’lumotlar asosida energiya resurslari yetkazib beruvchilar bilan birgalikda tafovutning yuzaga kelish sabablarini, jumladan, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, ularni talon-toroj qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini topish orqali belgilangan tartibda choralar ko‘radi.
15. Har bir hisobot yili yakunlari bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘ztransgaz” AJ elektr energiyasi va tabiiy gaz balansida yuzaga kelgan tafovutlar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli qarorlar qabul qiladilar”;
5-bobning nomlanishidagi “va ichimlik suv” so‘zlari chiqarib tashlansin;
16 va 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari energiya resurslari yetkazib beruvchilar xodimlari tomonidan Byuro tuman (shahar) bo‘limlarining energiya resurslaridan foydalanish tartibini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari ishtirokida o‘rnatiladi.
17. Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari tuman (shahar) Byuro xodimlari tomonidan energiya resurslari yetkazib beruvchilarning xodimlari bilan birgalikda tashqi ta’sirdan yuqori darajali himoya hamda farqlovchi belgi bilan plombalanadi.”;
18-banddagi “elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv” so‘zlari “elektr energiyasi va tabiiy gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19 va 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlarini o‘rnatish va plombalash haqida uch nusxada dalolatnoma tuzilib, energiya resurslari yetkazib beruvchilar va Byuroning mas’ul xodimlari hamda iste’molchi tomonidan imzolanadi.
20. Foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz haqini o‘z vaqtida hamda to‘liq to‘lash madaniyatini oshirish maqsadida Byuro va uning bo‘linmalari energiya resurslari yetkazib beruvchilar bilan birgalikda har chorakda iste’molchilar o‘rtasida tushuntirish ishlarini o‘tkazish rejalarini tuzadi”;
21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suv” so‘zlari “elektr energiyasi va tabiiy gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-banddan “va ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 2-ilovada:
ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Iste’molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom”;
1-banddagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2 — 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
iste’molchi — elektr va gaz ta’minoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
energiya resurslari yetkazib beruvchilar — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va ularning bo‘linmalari, shuningdek, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berishni ta’minlovchi, ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar”.
3. Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
Byuro talabnomalari bajarilmaganda, shu jumladan, uning vakillariga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda;
elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, ularni talon-toroj qilish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;
elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda.
4. Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish hamda ularni qayta ulash Byuro tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 5 — 7-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
5. Iste’molchilar avariya rejimida elektr va gaz tarmoqlaridan energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan Byuroni xabardor qilgan holda uzib qo‘yiladi.
6. Iste’molchini uning arizasiga (talabiga) binoan elektr va gaz tarmoqlaridan energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan uzib qo‘yiladi.
7. Alohida toifadagi iste’molchilarni elektr energiyasi kuchlanishi 5 — 10 kV va undan yuqori bo‘lgan tarmoqdan uzib qo‘yish Byuroning majburiy taqdimnomalari bo‘yicha elektr energiyasi yetkazib beruvchi tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;
8-banddagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Byuro iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yishda, ularni qayta ulashda, shuningdek, ular tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishini aniqlash maqsadida iste’molchilar binolarini ko‘zdan kechirishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va ularning bo‘linmalari mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish huquqiga ega”;
2-bobning nomlanishidagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-12-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzi mavjud bo‘lgan iste’molchilarning ro‘yxati energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantiriladi hamda har oyning o‘n birinchi kunidan boshlab har kuni idoralararo yagona elektron axborot tizimi orqali Byuroga taqdim etiladi.
12. Byuro iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzlari mavjud bo‘lgan iste’molchilarning energiya resurslari yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantirilgan va taqdim etilgan ro‘yxatlari asosida iste’molchilarni qarzni besh kun muddatda to‘lash zarurligi to‘g‘risida yozma xabardor qiladi”;
13-banddagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14 — 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda, Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shu’basi)ning davlat inspektori ularni elektr va gaz tarmoqlaridan darhol uzib qo‘yish hamda foydalanish qoidalarini buzgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.
15. Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilari uzib qo‘yiladigan elektr va gaz tarmoqlarining nuqtalari Byuro xodimlari tomonidan nazorat tartibida majburiy plombalanishi shart.
16. Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shu’basi)ning davlat inspektori tomonidan iste’molchi elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilganda, tarmoqdan uzib qo‘yish haqida ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi iste’molchiga beriladi”;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilgan iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (shu’basi)ning davlat inspektori tomonidan idoralararo yagona elektron ma’lumotlar tizimiga kiritiladi”;
3-bobning nomlanishidagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlarida” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19 — 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“19. Iste’molchilar quyidagi hollarda elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanadi:
elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar bartaraf etilganda;
iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzlar to‘langanda;
elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanish uchun ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan miqdordagi summa to‘langanda.
20. Iste’molchilar Byuroning tegishli hududiy bo‘linmasiga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali murojaat qilganda elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanadi.
Iste’molchilar elektr va gaz tarmoqlariga aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgandan keyingi kundan kechiktirmay Byuro tomonidan qayta ulanadi.
21. Elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun iste’molchilar tarmoqdan uzilganda, ularni tarmoqqa qayta ulash Byuro tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish qoidalarini buzish sabablari hamda sharoitlari bartaraf etilganligi nuqtai nazaridan iste’molchilarning binolari ko‘zdan kechirilgandan keyin amalga oshiriladi”;
4-bobning nomlanishidagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlariga” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-24-bandlar quyida tahrirda bayon qilinsin:
“23. Elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda iste’molchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida, iste’molchi — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida to‘lov undiriladi, ushbu mablag‘lar qayta ulashni amalga oshirgan Byuro bo‘linmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
24. Ushbu Nizomning 5 va 6-bandlariga muvofiq elektr energiyasi va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilgan, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulash uchun to‘lov undirilmaydi”;
birinchi xatboshidagi “elektr, gaz, ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari va suv quvurlariga” so‘zlari “elektr va gaz tarmoqlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “elektr, gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya” so‘zlari “elektr va gaz” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 494-son qarori bilan tasdiqlangan Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarida texnologik audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandning yettinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari” so‘zlari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 15-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparatiga (keyingi o‘rinlardan Davsuvinspeksiya deb ataladi)” so‘zlari “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatiga (keyingi o‘rinlarda — Suvinspeksiya)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 16, 17, 19 va 20-bandlardagi “Davsuvinspeksiya” va “Davsuvinspeksiyaga” so‘zlari tegishli ravishda “Suvinspeksiya” va “Suvinspeksiyaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Nizomga 1-ilovada:
2 va 4-bosqichlarning “Tadbirlar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalariga”, “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davsuvinspeksiya deb ataladi)” so‘zlari tegishlicha “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari”, “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Suvinspeksiya)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bosqichning “Mas’ullar” ustunidagi “Davsuvinspeksiya” so‘zi “Suvinspeksiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Davsuvinspeksiyaga” so‘zi “Suvinspeksiyaga” so‘zi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 30-oktabrdagi 306-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y. 44-son, 560-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qarori)” 2017-yil 27-fevraldagi 107-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda) ilovaning 9-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxati “7. Inspeksiyalar” bo‘limining 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarori)” 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga ilovaning 15-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 73-modda) 5-ilovaning 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qarori)” 2019-yil 12-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 47-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/543/0830-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)