28.05.2020 yildagi PF-6002-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsiri oqibatida eng koʻp zarar koʻrgan va koʻrayotgan turizm hamda unga bevosita bogʻliq boʻlgan tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash, yuz minglab ish oʻrinlari va malakali mutaxassislarni saqlab qolish, ularning daromadlarini ushlab turish, shuningdek, mamlakatda sanitariya-epideomologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi, jamoat tashkilotlari va turizm sohasi subyektlarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
belgilangan sanitariya-gigiyena meʼyorlari va talablariga qatʼiy rioya etgan holda 2020-yilning 1-iyunidan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizmni qayta yoʻlga qoʻyish bilan birgalikda yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros obyektlari hamda boshqalar) faoliyatini boshlash;
fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasiga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar roʻyxatini belgilab olgan holda kirish turizmni bosqichma-bosqich qayta tiklash.
2. Belgilansinki, turoperatorlar, turagentlar, shuningdek joylashtirish vositalari uchun:
2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar foyda soligʻi stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
2020 va 2021-yil yakunlari boʻyicha zararlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda oʻtkazish huquqi beriladi;
2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi.
Joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻimni toʻlashni 2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda toʻlash asosida foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etiladi.
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
a) 2020-yil 1-iyundan 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda quyidagilarga Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan mezonlar asosida 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratish shaklida:
turoperatorlarga 2019-yildagi oʻrtacha oylik ish haqi fondining uch baravaridan oshmaydigan miqdorda;
joylashtirish vositalariga har bir yotoq oʻrni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;
b) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibiga muvofiq turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes gʻoyalarni, shu jumladan birinchi navbatda turistlar uchun qulayliklar yaratishga yoʻnaltirilgan axborot dasturlari va xizmatlarini umumiy 1,5 milliard soʻm miqdorida qisman subsidiyalash orqali;
v) 2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda respublika hududlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) xorijiy oshxona yoki alohida yoʻnalish boʻyicha ixtisoslashgan tematik ovqatlanish shoxobchalari, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha xizmatlarni tashkil etish boʻyicha loyiha tashabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda grantlar ajratish orqali;
g) 2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish va targʻib qilishga gidlar uchun 5 million soʻm, turoperatorlar uchun 10 million soʻm miqdorida grantlar ajratish orqali qoʻshimcha koʻmak koʻrsatiladi.
4. Davlat tomonidan quyidagi qoʻshimcha koʻmak koʻrsatilsin:
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
b) 2020-yil 1-iyundan 2021-yil 1-martga qadar joylashtirish boʻyicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
v) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — turoperatorlar va turagentlarga kirish turizmi qayta boshlangan kundan eʼtiboran ular tomonidan olib kelingan xorijiy turistlarning umumiy soni 500 ming nafarga yetgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5781-son Farmoniga muvofiq kompensatsiya qilinadigan charter reyslar orqali olib kelinganlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan va xizmat koʻrsatilgan har bir xorijiy turist uchun 15 AQSh dollari miqdorida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududida kamida besh sutka boʻlishi sharti bilan ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratish;
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
g) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kirish turizmi qayta boshlangan kundan eʼtiboran 2021-yil 31-dekabrga qadar kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun Oʻzbekiston Respublikasida tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yoʻl chiptalari boʻyicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
d) 2021-yil 1-iyunga qadar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mehmonxonalarga toifa olish yoki oshirish uchun renovatsiya, rekonstruksiya hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha xarajatlarni olingan toifani kelgusi 3 yil davomida saqlash sharti bilan quyidagi miqdorda qoplash:
3 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 5 million soʻm;
4 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 10 million soʻm;
5 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uchun 15 million soʻm.
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020-yilda oʻqishga qabul qilingan barcha tinglovchilarni oʻqitish, istisno tariqasida, davlat granti asosida amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bankining 2020-yil 1-oktabrdan boshlab joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarz toʻlovini 18 oydan 24 oygacha uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
7. 2022-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun jihozlar, texnikalar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun aloqasiz boshqariladigan (sensorli) jihozlar, shuningdek, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar va qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari) ozod etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
bir hafta muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshlash uchun Jamgʻarmaga 20 milliard soʻm ajratilishini, shuningdek, zaruratga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining buyurtmanomalariga koʻra mazkur Farmonning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan turizm sohasidagi texnikum va kollejlarda 2020-2021 oʻquv yilida mutaxassislarni tayyorlash uchun mablagʻlar ajratsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Moliya vazirligi bilan birgalikda qabul qilingan qoʻllab-quvvatlash choralarining natijadorligi oʻrganilishini va uning yakunlari boʻyicha keyingi yillarda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish boʻyicha takliflar 2021-yil 15-yanvarga qadar kiritilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-may,
PF-6002-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 06/20/6002/0679-son; 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Указ
Президента Республики Узбекистан
О неотложных мерах поддержки сферы туризма для снижения негативного воздействия коронавирусной пандемии
В целях поддержки туристической и связанной с ней отраслей, наиболее сильно пострадавших и продолжающих испытывать негативное воздействие от коронавирусной пандемии, сохранения сотен тысяч рабочих мест и квалифицированных специалистов, поддержания их доходов, а также ускоренного восстановления туризма по мере улучшения санитарно-эпидемиологической обстановки в стране:
1. Согласиться с предложениями Специальной республиканской комиссии по подготовке Программы мер по предупреждению завоза и распространения нового типа коронавируса в Республике Узбекистан, общественных организаций и субъектов сферы туризма о:
возобновлении с 1 июня 2020 года в регионах «зеленой» и «желтой» категорий внутреннего туризма с началом деятельности сопутствующих организаций (туроператоры, турагентства, средства размещения, объекты культуры, культурного наследия и другие) при строгом соблюдении установленных санитарно-гигиенических норм и требований;
поэтапном возобновлении въездного туризма с определением перечня стран, гражданам которых разрешается въезд в Республику Узбекистан.
2. Установить, что для туроператоров, турагентов, а также средств размещения:
в период с 1 июня 2020 года до 31 декабря 2021 года ставки налога на прибыль снижаются на 50 процентов от установленных ставок;
(абзац второй пункта 2 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 9 февраля 2021 года № УП-6165 — Национальная база данных законодательства, 10.02.2021 г., № 06/21/6165/0104)
предоставляется право переноса убытков по итогам 2020 и 2021 годов без ограничения их размеров, предусмотренных Налоговым кодексом Республики Узбекистан;
в период до 1 января 2021 года приостанавливается начисление и уплата туристского (гостиничного) сбора.
Предоставить средствам размещения право на беспроцентную отсрочку (рассрочку) уплаты местного сбора за право осуществления розничной торговли алкогольной продукцией сроком до 1 января 2021 года с уведомлением органов государственной налоговой службы и последующей их уплатой равными долями в течение 12 месяцев.
3. Определить, что за счет средств внебюджетного Фонда поддержки туризма и спорта при Министерстве туризма и спорта (далее — Фонд) предоставляется дополнительная поддержка:
(абзац первый пункта 3 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029)
а) в период с 1 июня по 31 декабря 2020 года в виде единовременного выделения целевой беспроцентной ссуды сроком на 12 месяцев, по критериям, устанавливаемым Республиканской антикризисной комиссией:
туроператорам в размере не более трехкратного среднемесячного фонда оплаты труда за 2019 год;
средствам размещения в размере пятикратной базовой расчетной величины на каждое койко-место;
б) путем частичного субсидирования «стартап» — проектов и инновационных бизнес-идей в сфере туризма, в том числе информационных программ и сервисов, направленных в первую очередь на создание удобств для туристов в соответствии с порядком организации деятельности Технологического парка программных продуктов и информационных технологий — в общей сумме 1,5 миллиардов сумов;
в) в период с 1 июня 2020 года до 31 декабря 2021 года путем выделения грантов инициаторам проектов на организацию в регионах республики (за исключением города Ташкента) тематических пунктов питания, специализирующихся на зарубежной кухне или отдельном направлении, предоставления услуг по доставке еды и продуктов питания, а также доставки сувенирной продукции в размере 30 процентов от стоимости проекта, но не более 100 миллионов сумов на каждый проект;
г) в период с 1 июня 2020 года до 31 декабря 2021 года путем выделения грантов на разработку и продвижение новых туристических продуктов и маршрутов гидам в размере по 5 миллионов сумов, туроператорам — 10 миллионов сумов.
4. Предоставить дополнительную государственную поддержку:
(подпункт «а» пункта 4 исключен Указом Президента Республики Узбекистан от 10 ноября 2023 года № УП-193 — Национальная база данных законодательства, 11.11.2023 г., № 06/23/193/0844)
б) в виде субсидирования средств размещения в размере 10 процентов стоимости услуг по размещению (гостиничных услуг) с 1 июня 2020 года по 1 марта 2021 года;
(подпункт «б» пункта 4 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 9 февраля 2021 года № УП-6165 — Национальная база данных законодательства, 10.02.2021 г., № 06/21/6165/0104)
в) за счет Фонда на выплату премиальных субсидий туроператорам и турагентам — резидентам Республики Узбекистан, в размере 15 долларов США за каждого привезенного и обслуженного иностранного туриста в Республике Узбекистан с условием их нахождения на территории Республики Узбекистан не менее пяти суток, за исключением зарубежных туристов, прилетевших с использованием компенсируемых чартерных рейсов в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 13 августа 2019 года № УП-5781 «О мерах по дальнейшему развитию сферы туризма в Республике Узбекистан», с начала возобновления въездного туризма и до достижения общего количества привезенных ими иностранных туристов 500 тысяч человек;
(подпункт «в» пункта 4 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 9 февраля 2021 года № УП-6165 — Национальная база данных законодательства, 10.02.2021 г., № 06/21/6165/0104)
г) за счет Фонда путем частичного субсидирования расходов туроператоров на авиа- и железнодорожные билеты в размере 30 процентов от их стоимости при условии организации тура в Республику Узбекистан для иностранных туристских групп численностью не менее 10 человек и их пребывания не менее пяти ночевок в средствах размещения с начала возобновления въездного туризма и по 31 декабря 2021 года;
(подпункт «г» пункта 4 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 9 февраля 2021 года № УП-6165 — Национальная база данных законодательства, 10.02.2021 г., № 06/21/6165/0104)
д) до 1 июня 2021 года за счет Фонда путем выделения средств на компенсацию расходов гостиниц по реновации, реконструкции, а также обновлению материально-технической базы для получения или повышения ими категорий с условием сохранения в последующем присвоенной категории в течение 3 лет в следующих размерах:
5 миллионов сумов за каждый номер в гостиницах с категорией 3 звезды;
10 миллионов сумов за каждый номер в гостиницах с категорией 4 звезды;
15 миллионов сумов за каждый номер в гостиницах с категорией 5 звезд.
5. Установить, что обучение всех слушателей, принятых на учебу в 2020 году в техникумы и колледжи, находящиеся в ведении Государственного комитета Республики Узбекистан по развитию туризма, осуществляется в порядке исключения на основе государственного гранта.
6. Согласиться с предложениями Государственного комитета по развитию туризма, Государственного налогового комитета и Центрального банка Республики Узбекистан о пролонгации с 1 октября 2020 года на срок от 18 до 24 месяцев выплаты основного долга по ранее выданным кредитам коммерческих банков на строительство средств размещения.
7. Освободить сроком до 1 января 2022 года юридических лиц от уплаты таможенных платежей (кроме сборов за таможенное оформление и налога на добавленную стоимость) за ввозимое на территорию Республики Узбекистан оборудование, технику, их комплектующие изделия и запасные части для проведения дезинфекционных работ, бесконтактно управляемое (сенсорное) оборудование для строительства, реконструкции и оснащения зданий и сооружений, а также дезинфицирующих средств без запаха по перечням, формируемым в установленном порядке.
8. Министерству финансов Республики Узбекистан:
за счет Антикризисного фонда при Министерстве финансов в недельный срок обеспечить выделение 20 миллиардов сумов в Фонд для начала реализации мероприятий, предусмотренных настоящим Указом, а также по мере необходимости по заявкам Государственного комитета Республики Узбекистан по развитию туризма обеспечивать выделение средств на реализацию мероприятий, предусмотренных пунктами 3 и 4 настоящего Указа;
в месячный срок обеспечить выделение из Государственного бюджета Республики Узбекистан средств на подготовку специалистов в техникумах и колледжах в сфере туризма в 2020-2021 учебном году.
9. Государственному комитету Республики Узбекистан по развитию туризма:
совместно с Министерством финансов обеспечить изучение результативности принятых мер поддержки с внесением в срок до 15 января 2021 года по его итогам предложений по применению в последующие годы мер государственной поддержки;
совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами в двухмесячный срок внести в Кабинет Министров предложения об изменениях и дополнениях в законодательство, вытекающих из настоящего Указа.
10. Контроль за исполнением настоящего Указа возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова и руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан З.Ш. Низомиддинова.
Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ
г. Ташкент,
28 мая 2020 г.,
№ УП-6002
(Национальная база данных законодательства, 29.05.2020 г., № 06/20/6002/0679; 10.02.2021 г., № 06/21/6165/0104; 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029, 10.06.2022 г., № 06/22/150/0516; 11.11.2023 г., № 06/23/193/0844)