26.05.2020 yildagi PQ-4730-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Madaniyat vazirligi) faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida:
“Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” davlat muassasasi “Yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash markazi” davlat muassasasi etib qayta nomlansin;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi hamda Yoshlar madaniyat va sanʼat markazi tugatilsin, ularning budjetdan moliyalashtiriladigan shtat birliklari, balansida boʻlgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari Madaniyat vazirligiga oʻtkazilsin;
Madaniy meros agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va uning barcha hududiy boshqarmalari tuzilmasida tegishlicha yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda badiiy ekspertiza boʻlimlari tashkil etilsin;
Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi, uning hududiy boʻlimlari tugatilsin, ularning mavjud shtat birliklari hamda mol-mulklari moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda tegishlicha Agentlik hamda uning hududiy boshqarmalariga, pul mablagʻlari esa — Agentlikning budjetdan tashqari Madaniy meros jamgʻarmasiga oʻtkazilsin;
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Madaniy meros taʼmirlash-tiklash” davlat unitar korxonasi hamda Agentlik huzuridagi “Meros chashmasi” davlat unitar korxonasi tugatilsin, ularga xoʻjalik yuritish, operativ boshqaruv va doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan binolar hamda boshqa moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga oʻtkazilsin;
(1-bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmatining nomi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi etib qayta nomlansin;
“Guliston” va “Teatr” jurnallari tahririyatlari yagona tahririyatga birlashtirilsin.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”, “Muzeylar toʻgʻrisida”, “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlarida Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifa, funksiya hamda vakolatlar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari faoliyati 2021-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
3. Moddiy madaniy meros obyektlariga egalik qiluvchi va ulardan foydalanuvchi davlat organlari va boshqa yuridik shaxslar rahbarlari hamda jismoniy shaxslar zimmasiga moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Departament va uning tegishli hududiy boshqarmalari tegishincha tugatilayotgan Badiiy ekspertiza boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanadi;
Departament va uning hududiy boshqarmalari tarkibidagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi va badiiy ekspertiza boʻlimlari boshliqlari oʻz lavozimiga koʻra tegishincha Departament va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosari hisoblanadi;
Departament va uning hududiy boshqarmalari tarkibidagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi va badiiy ekspertiza boʻlimlarining shtat birliklari tugatilayotgan Badiiy ekspertiza boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarining shtat birliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish orqali shakllantiriladi;
madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazganlik uchun maxsus yigʻimlar Departamentning Madaniy meros jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
5. Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, geodeziya va kartografiya faoliyati, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat turlarini tegishli litsenziyalarni olmasdan amalga oshirish huquqi berilsin.
Belgilansinki:
Institut fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarida nazarda tutilgan mablagʻlar, oʻz faoliyatidan olgan mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Institut tugatilayotgan “Madaniy meros taʼmirlash-tiklash” va “Meros chashmasi” davlat unitar korxonalarining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanadi, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bundan mustasno.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi bilan toʻliq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Madaniyat vazirligi tizimiga oʻtkazilsin.
Madaniyat vazirligi 2020-yil 1-sentabrga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-son Farmonida belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq hajmda va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” hamda mazkur qarorning ijrosini taʼminlashda masʼul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish;
mazkur bandda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish hamda ularning natijalari yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot va asoslantirilgan takliflar kiritib borish.
9. Madaniyat vazirligi:
a) ikki hafta muddatda:
ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri oʻrinbosarlarining ular masʼul boʻlgan aniq yoʻnalish va vazifalarni nazarda tutuvchi funksional vazifalarini tasdiqlasin;
hududiy madaniyat boshqarmalari tuzilmalarida xodimlarning mazkur qaror bilan belgilangan cheklangan soni doirasida moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish boʻlimlarini tashkil etsin;
b) bir oy muddatda:
ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Madaniyat vazirligi markaziy apparati va yangi tuzilgan boʻlinmalarni zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini yuqori professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan konsert-tomosha xizmatlarining tariflarini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
v) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi;
Departament faoliyatini takomillashtirish va barqaror ravishda moliyalashtirish, xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shu jumladan ularga xizmat qilgan umumiy ish staji, ilmiy unvon va darajaga ega boʻlgani uchun ustamalar belgilash, moddiy-texnika bazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi;
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi qaror loyihalarini kiritsin;
g) uch oy muddatda Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
91. Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Quyidagilar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
vazirlik tizimidagi davlat korxonalarining foydasidan davlat ulushi boʻyicha belgilangan miqdorda dividentlar toʻlangandan soʻng qolgan mablagʻning 15 foizi;
teatrlar, sirk va konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlarni oʻtkazishdan olinadigan foydaning 10 foizi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
davlat-xususiy sheriklik asosida olinadigan daromadlarning taqsimlanishidan tushgan mablagʻlar;
vazirlik tashabbusi bilan vazirlik tizim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari, spektakllar, shou dasturlar va boshqa tadbirlardan tushadigan mablagʻlar;
vazirlik tasarrufidagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining budjetdan tashqari hisob raqamidan ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari, grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
Belgilansinki, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Madaniyat vazirligi 2022-yil 15-fevralga qadar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga madaniyat va sanʼat muassasalarida Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Madaniyat vazirligi:
bir oy muddatda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Ommaviy tashrif buyuriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari va muzeylar roʻyxatini tasdiqlasin;
2021-yil 1-iyulga qadar oʻz tizimidagi teatrlarning kirib-chiqish joylarida teatrlarning oʻz mablagʻlari va Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilinadigan mablagʻlari hisobiga elektron turniketlar yoki tashrif buyuruvchilarni avtomatik hisobga olishga moʻljallangan boshqa moslamalar oʻrnatilishi va ularning Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
11. Davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq toʻlashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirishning quyidagi turlari joriy etilsin:
Madaniyat vazirligi markaziy apparati xodimlariga koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qoʻshimcha pul toʻlash: 1 yildan 5 yilgacha — 0,3; 5 yildan 10 yilgacha — 0,6; 10 yildan 15 yilgacha — 0,9; 15 yildan ortiq — 1,2;
hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat boʻlimlari xodimlariga koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qoʻshimcha pul toʻlash: 1 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4;
2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Madaniyat vazirligi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 1,4 baravarga, hududiy madaniyat boshqarmalarida — 1,2 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Bunda Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat boʻlimlari xodimlarini Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishilgan yutuqlarga qarab amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi “Toshkent shahrida barpo etilgan madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-467-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Madaniyat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-may,
PQ-4730-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

O.A. Nazarbekov

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

R.T. Mamatov

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

A.V. Shin

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri

N.F. Arziyev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

K.B. Akilova

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari — Madaniy meros departamenti boshligʻi

A.U. Akkulov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

F.F. Abduxolikov

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

D.M. Saidjonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

S.N. Babaxodjayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori

B.S. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktori

S.S. Sayidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

R. Abdullayev

Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi

Yo. Axmedov

Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi raisi

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari

lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi

Izoh:
Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash ishiga kelishilgan holda boshqa vazirliklar, idoralar, xoʻjalik jamiyatlari va fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son qaroriga 35-ilovaning rus tilidagi matnidagi izohning 1-bandi “detey iz maloobespechennix semey” soʻzlaridan keyin “i detey s ogranichennimi vozmojnostyami” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2778-son qarorida:
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
v) 1 — 6 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3219-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini sotib olish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2 milliard soʻm mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullansin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3325-son qarorining rus tilidagi matnida 1-ilovaning 3-banddagi “Sredstva AO “Uzsharobsanoat”, yejegodno videlyayemie v poryadke blagotvoritelnosti po sobstvennoy initsiative” soʻzlari “Sredstva Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan, yejegodno videlyayemie” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) tartibining 29-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari “budjet tashkilotlarida” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. Sotuvchi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin boʻlmagan madaniy boyliklarni sotish vaqtida bu boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida xaridorni yozma ravishda ogohlantirishi shart”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida”gi 458-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 6-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Primechaniye: razmeri bazovix doljnostnix okladov administrativno-upravlencheskogo personala:
imeyushego uchenuyu stepen doktora nauk ili doktora nauk (Doctor of Science) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2,5;
imeyushego uchenuyu stepen kandidata nauk ili doktora filosofii (Ph.D) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2”;
b) 7-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“imeyushego uchenuyu stepen doktora nauk ili doktora nauk (Doctor of Science) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2,5;
imeyushego uchenuyu stepen kandidata nauk ili doktora filosofii (Ph.D) ili priravnennie k ney drugiye uchenie stepeni zarubejnix stran — ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayushego koeffitsiyenta 2”.
Izoh: 3, 4 va 8-bandlar 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son; 10.04.2021-y., 07/21/5070/0315-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Постановление
Президента Республики Узбекистан
О мерах по совершенствованию деятельности Министерства культуры Республики Узбекистан
В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 26 мая 2020 года № УП-6000 «О мерах по дальнейшему повышению роли и значения сферы культуры и искусства в жизни общества»:
1. В целях повышения эффективности деятельности Министерства культуры Республики Узбекистан (далее — Министерство культуры):
переименовать Государственное учреждение «Центр информационных и компьютерных технологий» в Государственное учреждение «Центр поддержки молодых творческих деятелей»;
(абзац второй пункта 1 в редакции постановления Президента Республики Узбекистан от 2 февраля 2022 года № ПП-112 — Национальная база данных законодательства, 03.02.2022 г., № 07/22/112/0099)
упразднить Выставку культуры и искусства и Центр культуры и искусства молодежи, передать их штатные единицы, финансируемые из бюджета, а также здания, находящиеся на их балансе, и другие материально-технические средства Министерству культуры;
образовать в структуре Агентства культурного наследия (далее — Агентство) и его территориальных управлений соответственно Управление художественной экспертизы и отделы художественной экспертизы без статуса юридического лица;
упразднить Управление художественной экспертизы при Министерстве культуры и его территориальные отделы, передать их действующие штатные единицы и имущество соответственно Агентству и его территориальным управлениям с сохранением действующего порядка финансирования, перечислить его денежные средства во внебюджетный Фонд культурного наследия Агентства;
ликвидировать Государственное унитарное предприятие «Маданий мерос таъмирлаш-тиклаш» при Министерстве культуры и Государственное унитарное предприятие «Мерос чашмаси» при Агентстве с передачей зданий и других материально-технических средств, принадлежащих им на праве хозяйственного ведения, оперативного управления и постоянного пользования Научно-исследовательскому институту культурного наследия в установленном порядке;
(абзацы четвертый — шестой пункта 1 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029)
переименовать «Службу заказчика по строительству, реконструкции, капитальному и текущему ремонту объектов, финансируемых за счет централизованных инвестиций» в Инжиниринговую компанию «Служба единого заказчика» при Министерстве культуры;
объединить редакции журналов «Гулистан» и «Театр» в единую редакцию.
(абзац восьмой пункта 1 в редакции постановления Президента Республики Узбекистан от 2 февраля 2022 года № ПП-112 — Национальная база данных законодательства, 03.02.2022 г., № 07/22/112/0099)
2. Установить, что:
задачи, функции и полномочия, возложенные на Министерство культуры законами Республики Узбекистан «О вывозе и ввозе культурных ценностей», «Об охране и использовании объектов культурного наследия», «О музеях», «Об охране и использовании объектов археологического наследия» осуществляются Агентством и его территориальными управлениями;
начиная с 1 января 2021 года деятельность Агентства и его территориальных управлений финансируется за счет Государственного бюджета Республики Узбекистан и других источников, не запрещенных законодательством.
(абзацы второй и третий пункта 2 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029)
(абзац первый пункта 3 исключен Указом Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029)
3. Возложить персональную ответственность на руководителей государственных органов и других юридических лиц, а также физических лиц, владеющих и использующих объекты материального культурного наследия, за обеспечение сохранности и рационального использования данных объектов.
4. Установить, что:
Департамент и его территориальные управления являются правопреемниками по правам и обязательствам соответственно упраздняемых Управления художественной экспертизы и его территориальных отделов;
начальник Управления художественной экспертизы и начальники отделов художественной экспертизы в составе Департамента и его территориальных управлений по должности являются соответственно заместителями начальника Департамента и его территориальных управлений;
штатные единицы Управления художественной экспертизы и отделов художественной экспертизы в составе Департамента и его территориальных управлений формируются за счет штатных единиц упраздняемых Управления художественной экспертизы и его территориальных отделов, а также путем выделения дополнительных штатных единиц, финансируемых за счет Государственного бюджета Республики Узбекистан и других источников, не запрещенных законодательством;
специальные сборы за проведение художественной экспертизы культурных ценностей направляются в Фонд культурного наследия Департамента.
5. Предоставить Научно-исследовательскому институту культурного наследия (далее — Институт) право занятия такими видами деятельности, как создание архитектурной и градостроительной документации, ведение геодезических и картографических работ, сохранение объектов недвижимого имущества материального культурного наследия без получения соответствующих лицензий.
Определить, что:
Институт финансируется за счет средств, предусмотренных в государственных научно-технических программах фундаментальных, прикладных и инновационных исследований, а также полученных от осуществления своей деятельности, грантов международных финансовых институтов и других организаций, иных источников, не запрещенных законодательством;
Институт является правопреемником по правам и обязательствам ликвидируемых Государственного унитарного предприятия «Маданий мерос таъмирлаш-тиклаш» и Государственного унитарного предприятия «Мерос чашмаси», за исключением обязательств по трудовым договорам, заключенным с работниками.
6. Передать Центр исследований культурных ценностей Узбекистана, находящихся за рубежом, при Кабинете Министров Республики Узбекистан в систему Министерства культуры вместе с действующими штатными единицами и материально-технической базой в полном объеме, с сохранением также действующего порядка финансирования, оплаты труда и материального стимулирования.
Министерству культуры в срок до 1 сентября 2020 года внести в Кабинет Министров предложение о дальнейшем совершенствовании деятельности Центра исследований культурных ценностей Узбекистана, находящихся за рубежом.
(пункт 7 утратил силу Указом Президента Республики Узбекистан от 25 декабря 2023 года № УП-214 — Национальная база данных законодательства, 29.12.2023 г., № 06/23/214/0984)
8. Создать Координационный совет по реализации Концепции дальнейшего развития национальной культуры в Республике Узбекистан в составе согласно приложению № 4, определив его основными задачами:
обеспечение своевременного, в полном объеме и эффективного исполнения мер, определенных в Указе Президента Республики Узбекистан от 26 мая 2020 года № УП-6000 «О мерах по дальнейшему повышению роли и значения сферы культуры и искусства в жизни общества»;
принятие мер по эффективной организации и координации деятельности министерств и ведомств, ответственных за обеспечение исполнения Концепции дальнейшего развития национальной культуры в Республике Узбекистан, а также «Дорожной карты» по ее реализации, утвержденных постановлением Президента Республики Узбекистан от 28 ноября 2018 года № ПП-4038, со своевременным устранением выявленных недостатков;
ведение регулярного мониторинга и анализа исполнения нормативно-правовых актов, предусмотренных настоящим пунктом, с ежеквартальным внесением информации и обоснованных предложений по их результатам в Администрацию Президента Республики Узбекистан и Кабинет Министров.
9. Министерству культуры:
а) в двухнедельный срок:
исходя из требований настоящего постановления утвердить функциональные обязанности заместителей министра культуры Республики Узбекистан, предусматривающие конкретные направления и задачи в рамках их ответственности;
образовать в структурах территориальных управлений культуры в рамках предельной численности работников, установленной настоящим постановлением, отделы по рациональному использованию и охране объектов материального культурного наследия;
б) в месячный срок:
исходя из требований настоящего постановления принять меры по укомплектованию центрального аппарата Министерства культуры, а также образованных новых подразделений квалифицированными специалистами, способными на высоком профессиональном уровне обеспечить эффективное выполнение возложенных задач;
по согласованию с Министерством финансов разработать и утвердить порядок формирования тарифов на концертно-зрелищные услуги, оказываемые организациями системы Министерства культуры;
в) в двухмесячный срок совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами внести в Кабинет Министров проекты постановлений:
о мерах по организации деятельности Научно-исследовательского института культурного наследия при Министерстве культуры Республики Узбекистан;
о мерах по совершенствованию и стабильному финансированию деятельности Департамента, усилению материального стимулирования его работников, в том числе установлению им надбавок за выслугу лет, обладание учеными званиями и ученой степенью, кардинальному улучшению его материально-технической базы;
об уведомительном порядке прохождения разрешительных процедур на осуществление деятельности по реализации культурных ценностей;
г) в трехмесячный срок внести в Кабинет Министров проекты Положения о порядке формирования и утверждения календарных планов культурно-массовых и концертно-зрелищных мероприятий и Административного регламента оказания государственных услуг по лицензированию концертно-зрелищной деятельности.
91. Создать при Министерстве культуры внебюджетный фонд Министерства культуры без образования юридического лица.
Определить источниками формирования средств внебюджетного фонда Министерства культуры:
средства, выделенные из Государственного бюджета;
15 процентов средств за счет прибыли государственных предприятий в системе министерства, оставшихся после выплаты дивидендов в размере, определяемом по доле государства;
10 процентов прибыли, получаемой от проведения культурных мероприятий, организуемых театрами, цирками и концертно-зрелищными учреждениями;
доходы, получаемые от размещения временно свободных средств Фонда на депозитах;
средства, поступившие от распределения доходов на основе государственно-частного партнерства;
средства, поступившие от проведения концертно-зрелищных мероприятий, спектаклей, шоу-программ и других мероприятий, организуемых подведомственными организациями министерства по инициативе министерства;
средства, выделяемые из внебюджетного расчетного счета инжиниринговой компании «Единая служба заказчика», находящегося в ведении министерства;
кредиты, гранты и средства технического содействия международных финансовых организаций, зарубежных государств и других доноров;
иные источники, не запрещенные актами законодательства.
(пункт 91 дополнен абзацами вторым — одиннадцатым постановлением Президента Республики Узбекистан от 2 февраля 2022 года № ПП-112 — Национальная база данных законодательства, 03.02.2022 г., № 07/22/112/0099)
Определить, что порядок формирования и использования средств внебюджетного фонда Министерства культуры устанавливается Кабинетом Министров.
Министерству культуры до 15 февраля 2022 года внести в Кабинет Министров Положение о внебюджетном фонде Министерства культуры.
(пункт 91 введен Указом Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029)
10. Принять к сведению, что за счет средств Фонда развития культуры и искусства при Кабинете Министров разработана Единая электронная система билетных операций в учреждениях культуры и искусства.
(абзац первый пункта 10 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029)
Министерству культуры:
в месячный срок по согласованию с Государственным комитетом по развитию туризма утвердить Перечень объектов недвижимого имущества материального культурного наследия и музеев массового посещения;
в срок до 1 июля 2021 года обеспечить установку в местах входа и выхода в театрах своей системы электронных турникетов либо других устройств, предназначенных для автоматического учета посетителей с их интеграцией с Единой электронной системой билетных операций за счет собственных средств театров, внебюджетных средств Министерства культуры, а также средств субъектов предпринимательства, привлекаемых на условиях государственно-частного партнерства.
11. До введения единой системы оплаты труда государственных служащих внедрить для работников Министерства культуры следующие виды материального стимулирования за счет средств, выделяемых из Государственного бюджета Республики Узбекистан:
ежемесячную надбавку за выслугу лет в коэффициентах к должностному окладу с учетом коэффициента стимулирования работникам центрального аппарата Министерства культуры в следующих размерах: от 1 года до 5 лет — 0,3; от 5 до 10 лет — 0,6; от 10 до 15 лет — 0,9; свыше 15 лет — 1,2;
ежемесячную надбавку за выслугу лет в коэффициентах к должностному окладу с учетом коэффициента стимулирования работникам территориальных управлений культуры, районных и городских отделов культуры в следующих размерах: от 1 года до 5 лет — 0,1; от 5 до 10 лет — 0,2; от 10 до 15 лет — 0,3; свыше 15 лет — 0,4;
с 1 января 2022 года при установлении должностных окладов работников центрального аппарата Министерства культуры за счет средств Государственного бюджета в соответствии с утвержденными разрядами оплаты труда по Единой тарифной сетке применяется повышенный тарифный коэффициент — в 1,4 раза, территориальных управлений культуры — в 1,2 раза.
При этом дополнительное стимулирование работников Министерства культуры, территориальных управлений культуры, районных и городских отделов культуры за счет средств внебюджетного фонда Министерства культуры осуществляется в зависимости от эффективности их деятельности (KPI) и достигнутых результатов.
(пункт 11 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029)
(пункт 12 утратил силу Указом Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029)
13. Внести изменения и дополнения в некоторые решения Президента Республики Узбекистан и Правительства Республики Узбекистан согласно приложению № 5.
14. Постановление Президента Республики Узбекистан от 14 сентября 2006 года № ПП-467 «Об организации деятельности созданной в городе Ташкенте выставки культуры и искусства» признать утратившим силу.
15. Министерству культуры совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами в двухмесячный срок внести в Кабинет Министров предложения об изменениях и дополнениях в законодательство, вытекающих из настоящего постановления.
16. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на советника Президента Республики Узбекистан А.А. Абдувахитова и заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан Б.А. Мусаева.
Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ
г. Ташкент,
26 мая 2020 г.,
№ ПП-4730
(приложение № 1 утратило силу Указом Президента Республики Узбекистан от 25 декабря 2023 года № УП-214 — Национальная база данных законодательства, 29.12.2023 г., № 06/23/214/0984)
(приложение № 2 утратило силу Указом Президента Республики Узбекистан от 25 декабря 2023 года № УП-214 — Национальная база данных законодательства, 29.12.2023 г., № 06/23/214/0984)
(приложение № 3 утратило силу Указом Президента Республики Узбекистан от 25 декабря 2023 года № УП-214 — Национальная база данных законодательства, 29.12.2023 г., № 06/23/214/0984)
ПРИЛОЖЕНИЕ № 4
к постановлению Президента Республики Узбекистан от 26 мая 2020 года № ПП-4730
СОСТАВ
Координационного совета по реализации Концепции дальнейшего развития национальной культуры в Республике Узбекистан

Б. А. Мусаев

заместитель Премьер-министра Республики Узбекистан, председатель Координационного совета

О.А. Назарбеков

министр культуры Республики Узбекистан, заместитель председателя Координационного совета

Р.Т. Маматов

министр по поддержке махалли и семьи Республики Узбекистан

А.В. Шин

министр дошкольного образования Республики Узбекистан

Ш.Х. Шерматов

министр народного образования Республики Узбекистан

И.У. Мажидов

министр высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан

Н.Ф. Арзиев

первый заместитель министра иностранных дел Республики Узбекистан

Ш.Ш. Шарахметов

заместитель министра финансов Республики Узбекистан

К.Б. Акилова

заместитель министра культуры Республики Узбекистан — начальник Департамента культурного наследия

А.У. Аккулов

первый заместитель председателя Государственного комитета Республики Узбекистан по развитию туризма

Ф.Ф. Абдухоликов

генеральный директор Национального агентства «Узбеккино»

Д.М. Саиджонов

первый заместитель директора Агентства информации и массовых коммуникаций при Администрации Президента Республики Узбекистан

С.Н. Бабаходжаев

директор Агентства по развитию Президентских, творческих и специализированных школ при Кабинете Министров

Б.С. Юлдашев

президент Академии наук Республики Узбекистан

А.В. Нуридинов

председатель Академии художеств Узбекистана

по должности

директор Центра исследований культурных ценностей Узбекистана, находящихся за рубежом при Министерстве культуры Республики Узбекистан

С.С. Сайидов

председатель Союза писателей Узбекистана

Р. Абдуллаев

председатель Союза композиторов и бастакоров Узбекистана

Я. Ахмедов

председатель Ассоциации театральных деятелей Узбекистана

по должности

заместители председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и г. Ташкента по вопросам молодежной политики, социального развития и духовно-просветительской работы

по должности

заведующий секретариатом Кабинета Министров Республики Узбекистан, секретарь Координационного совета

Примечание:
При переходе членов Координационного совета на другую работу в его состав включаются лица, вновь назначенные на эти должности, либо лица, на которых возложено выполнение соответствующих функций.
К деятельности Координационного совета, по согласованию, могут привлекаться руководители и специалисты других министерств, ведомств, хозяйственных обществ и институтов гражданского общества.
ПРИЛОЖЕНИЕ № 5
к постановлению Президента Республики Узбекистан от 26 мая 2020 года № ПП-4730
Изменения и дополнения,
вносимые в некоторые решения Президента Республики Узбекистан и Правительства Республики Узбекистан
1. В пункте 1 примечании приложения № 35 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 4 декабря 2014 года № ПП-2270 «О прогнозе основных макроэкономических показателей и параметрах Государственного бюджета Республики Узбекистан на 2015 год» после слов «детей из малообеспеченных семей» дополнить словами «и детей с ограниченными возможностями».
2. В постановлении Президента Республики Узбекистан от 15 февраля 2017 года № ПП-2778 «Об организации деятельности Министерства культуры Республики Узбекистан»:
а) пункт 1 признать утратившим силу;
абзац третий исключить;
абзацы четвертый-пятый считать соответственно абзацами третьим-четвертым;
абзацы третий-четвертый изложить в следующей редакции:
«Утвердить структуру Республиканского научно-методического центра организации деятельности учреждений культуры при Министерстве культуры Республики Узбекистан согласно приложению № 7.
Предоставить право министру культуры Республики Узбекистан вносить, при необходимости, изменения в структуру Республиканского научно-методического центра организации деятельности учреждений культуры при Министерстве культуры Республики Узбекистан в пределах установленной общей предельной численности работников и фонда оплаты труда»;
в) приложения №№ 1 — 6 и 8 признать утратившими силу.
3. Абзац третий пункта 3 постановления Президента Республики Узбекистан от 16 августа 2017 года № ПП-3219 «О дополнительных мерах по развитию и дальнейшему совершенствованию деятельности Академии художеств Узбекистана» изложить в следующей редакции:
«Одобрить предложение о ежегодном выделении Фонду развития культуры и искусства при Министерстве культуры Республики Узбекистан 2 миллиардов сумов за счет средств Государственного бюджета Республики Узбекистан для приобретения произведений изобразительного и прикладного искусства, созданных в годы независимости, имеющих высокую художественную ценность».
4. В пункте 3 приложения № 1 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 16 октября 2017 года № ПП-3325 «О создании Фонда развития культуры и искусства при Министерстве культуры Республики Узбекистан» слова «Средства АО «Узшаробсаноат», ежегодно выделяемые в порядке благотворительности по собственной инициативе» заменить словами «Средства Государственного бюджета Республики Узбекистан, ежегодно выделяемые».
(пункт 5 утратил силу Указом Президента Республики Узбекистан от 15 января 2022 года № УП-52 — Национальная база данных законодательства, 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029)
6. Абзацы второй и третий пункта 29 Порядка финансирования (оплаты) расходов бюджетных организаций, утвержденного постановлением Кабинета Министров от 3 сентября 1999 года № 414 (СЗ Республики Узбекистан, 1999 г., № 9, ст. 51) после слов «в бюджетных учреждениях» дополнить словами «в центрах культуры системы Министерства культуры Республики Узбекистан».
7. Правила розничной торговли в Республике Узбекистан, утвержденные постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 13 февраля 2003 года № 75, дополнить пунктом 141 следующего содержания:
«141 Продавец во время продажи культурных ценностей, запрещенных к вывозу за пределы Республики Узбекистан, обязан в письменной форме уведомить покупателя о запрете на вывоз данных ценностей за пределы Республики Узбекистан».
8. В постановлении Кабинета Министров от 19 июня 2018 года № 458 «Об утверждении усовершенствованной системы оплаты труда и материального стимулирования работников государственных учреждений культуры и государственных архивов»:
а) приложение № 6 дополнить примечанием следующего содержания:
«Примечание: размеры базовых должностных окладов административно-управленческого персонала:
имеющего ученую степень доктора наук или доктора наук (Doctor of Science) или приравненные к ней другие ученые степени зарубежных стран — устанавливаются с применением повышающего коэффициента 2,5;
имеющего ученую степень кандидата наук или доктора философии (Ph.D) или приравненные к ней другие ученые степени зарубежных стран — устанавливаются с применением повышающего коэффициента 2»;
б) примечание к приложению № 7 дополнить абзацами следующего содержания:
«имеющего ученую степень доктора наук или доктора наук (Doctor of Science) или приравненные к ней другие ученые степени зарубежных стран — устанавливаются с применением повышающего коэффициента 2,5;
имеющего ученую степень кандидата наук или доктора философии (Ph.D) или приравненные к ней другие ученые степени зарубежных стран — устанавливаются с применением повышающего коэффициента 2».
Примечание: пункты 3, 4 и 8 вступают в силу с 1 января 2021 года.
(Национальная база данных законодательства, 27.05.2020 г., № 07/20/4730/0670; 10.04.2021 г., № 07/21/5070/0315; 15.01.2022 г., № 06/22/52/0029; 03.02.2022 г., № 07/22/112/0099; 29.12.2023 г., № 06/23/214/0984)