23.05.2020 yildagi 325-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muzey va teatrlarning marketing faoliyati samaradorligini oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon hamjamiyatida Oʻzbekiston Respublikasining ijobiy imidjini shakllantirish va mustahkamlash, respublikaning muzey toʻplamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosini keng targʻib qilish, teatr sanʼatini ommalashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 .Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Jonli muzey” va “Muhtasham teatr” loyihalarini amalga oshirish taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeylar va teatrlarda, shuningdek. ularga tutash hududda interfaol zonalarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeylarda xorijiy tillarni mukammal biladigan gid (gid-tarjimon), muzey brendini targʻib qilish boʻyicha marketolog va uning xizmatlarini monetizatsiya qilish boʻyicha mutaxassis lavozimlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktyorlarning nutqini bir vaqtning oʻzida tarjima qilish imkoniyatiga ega boʻlgan quloqchinlar va (yoki) matnli monitor-tablo oʻrnatish orqali xorijiy tomoshabinlar uchun teatr chiqishlarini sinxron tarjima qilish imkoniyatlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchilar va turizm sohasining subyektlari orasida soʻrovnoma olib borish, marketing tadqiqotlari va jamoatchilik bilan oʻzaro aloqa qilishning strategiyasini avtomatlashtirishga moʻljallangan keng qamrovli axborot tizimi va maʼlumotlar bazasini (CRM) muzeylar faoliyatida joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamon talablariga javob beradigan muzeylar, teatrlar infratuzilmasini rivojlantirish va qiyofasini oʻzgartirish maqsadida dunyoning yetakchi muzeylari va teatrlaridan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey va teatrlarda “Faxriy mehmon” maqomini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ichida hunarmandlar ustaxonasini va savdo shoxobchalarini tashkil etish hamda ularda muzey ashyolari va kolleksiyalari nusxalari. milliy suvenir mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeyda axborot va virtual haqiqat texnologiyalardan foydalangan holda sensorli ekranlarda interfaol koʻrgazmalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeylar, galereyalar va madaniyat obyektlarida boshqa muzey ashyolari va kolleksiyalarining koʻrgazmalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeylar ichida fotosurat va videotasvirga olish tartibini soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanʼat yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun muzeylarga imtiyozli tartibda kirishlari uchun sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniyat obyektlarining doʻstlari klubi”ni tashkil etish. xayriya mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, shuningdek madaniyat sohasidagi vasiylik kengashlari mablagʻlari hisobidan har yili kamida ikkita muzeylarning, shu jumladan bitta hududiy muzeyning brendini yaratish va xorijiy ommaviy axborot vositalarida targʻibot qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeylar va teatrlarning turizm sohasidagi ishtirok etishi yuzasidan baholash reytingini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzey ashyolarini chet el koʻrgazmalariga vaqtincha olib chiqilganda ularning butligini saqlashga qaratilgan sugʻurta qilish taomillarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muzey va teatrlarning marketing faoliyati va xizmatlar monetizatsiyasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimini yaratish va joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi 18-sonli qaroriga muvofiq madaniyat va sanʼat muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimini (keyingi oʻrinlarda BOYAET deb ataladi) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-avgustdan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri, Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri va “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasida chiptalarni sotish BOYAET orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari birinchi navbatda madaniyat obyektlariga olib boradigan yoʻllarda turistik axborot-ishora belgilarini oʻrnatilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat obyektlarning maʼmuriyati obyekt hududida joylashgan sanitariya-gigiyena shohobchalarining bepul faoliyat koʻrsatishini va ularga olib boradigan belgilar oʻrnatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va madaniyat obyektlari maʼmuriyatlari bilan birgalikda mehnat qonunchiligi doirasida madaniyat obyektlarning ish vaqtini oʻzgartirish (uzaytirish)ni nazarda tutuvchi tegishli meʼyoriy hujjatlar qabul qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda gid (gid-tarjimon) lavozimi hamda muzey va teatr brendini targʻib qilish va xizmatlarni monetizatsiya qilish boʻlimini tashkil etishni nazarda tutuvchi 10 tadan muzey va teatrlarning namunaviy shtatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritsin. Bunda, gid (gid-tarjimon) lavozimi, muzey va teatrlar brendini targʻib qilish hamda xizmatlarni monetizatsiya qilish boʻlimi faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan muzey va teatrlar roʻyxati Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda “Madaniyat obyektlarining doʻstlari klubi”ning tarkibini takomillashtirish, madaniyat obyektlarining muammolarini hal qilishda va muhim madaniy loyihalarni amalga oshirishda maslahat, moliyaviy, tashkiliy koʻmak koʻrsatadigan taniqli olimlar, homiylar, madaniyat arboblari va sanʼatshunoslardan iborat yangi vasiylik kengashini shakllantirish va amaldagi kengashlar tarkibini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2020-yil 1-iyulga qadar Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri, Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri va Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasini BOYAET tizimiga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari Turizm sohasini mehnat-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tajriba tariqasida 2023-yil 1-yanvargacha Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri, Oʻzbekiston milliy akademik drama teatri, “Mingoʻrik” shaharchasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining “Xamar xalqaro aloqalar markazi” davlat korxonasining xizmatlarini monetizatsiya qilish va brendini targʻib qilishga qaratilgan choralarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tashrif buyuruvchilar bilan oʻzaro muloqotda boʻladigan madaniyat xodimlari uchun bepul “Smile Culture” kurslarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr institutining markazini Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etish hamda Xalqaro muzeylar kengashi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Turizm sohasining subektlariga turli mavzular boʻyicha turizm mahsulotlarni shakllantirishda, muzeylar va teatrlarning turizm salohiyatidan foydalanish, shuningdek, kartografiya mahsulotlarini chop ettirishda ularning joylashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish hamda joylashtirish va qabul qilish xizmati boʻyicha masʼul boʻlgan xodimlariga madaniyat va turizm namoyish obyektlari toʻgʻrisidagi bilimlarini oshirib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov va Madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 23-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 325-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzey va teatrlarning marketing faoliyati va xizmatlar monetizatsiyasini kompleks rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

1.

Muzey va teatrlarning joylashgan joy manzili, unga yetib borish usuli va masofasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aeroport, temir yoʻl va avto vokzallar, jamoat joylari va joylashtirish vositalari, shuningdek reklama obyekti va kioskalarda tarqatish.

2020-yil 1-sentabrdan boshlab,
doimiy ravishda

respublika va mahalliy budjet,
ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Uzbekistan Airways” AJ,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,
Transport vazirligi

2.

Avia va temir yoʻl kompaniyalarning bort jurnallarida, muzey ashyolari va kolleksiyalari, teatrlarning spektakl, tomoshalar namoyishi, gastrol faoliyati toʻgʻrisidagi reklama materiallarini doimiy ravishda joylashtirish.

2020-yilning may oyidan boshlab,
har chorakda

ijrochilar mablagʻlari

“Uzbekistan Airways” AJ,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,
Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3.

Xorijiy auditoriyani teatrlarga jalb qilish maqsadida:

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Qoʻqon shaharlaridagi teatrlarda sahnadagi aktyorlarning chiqishlari matnini ingliz tilida koʻrsatib beruvchi tablolarni joriy qilish;

Toshkent shahridagi bitta teatrda sinov tariqasida xorijiy tomoshabinlar uchun ingliz tilidagi matnlarni koʻrsatib beruvchi tablo monitorlar va (yoki) aktyorlar soʻzlarini ingliz tiliga sinxron tarjima qilish uchun quloqchinlar joriy qilish.

2020 — 2022

yillar

2020-yil sentyabr

respublika va mahalliy budjet, ijrochilar
va homiylik mablagʻlari, investor va xorijiy donorlar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Samarqand, Buxoro, Xorazm, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Radiogid xizmatini tashkil qilish orqali muzey va moddiy madaniy meros obyektlarida tashrif buyuruvchilar uchun qulay ekskursiyalarni tashkil qilish.

2021-yil iyul

respublika va mahalliy budjet, ijrochilar
va homiylik mablagʻlari, investor va xorijiy donorlar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Moliya vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Muzeylar ashyolari va kolleksiyalari haqidagi soʻnggi maʼlumotlarni rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda elektron qoʻllanmalarga kiritish.

Muzeylarni global interaktiv kartalar (“GoogleMaps”, “YandexKarta”, “MapsMe” va boshqa elektron navigator va kartalar)ga joylab borish tizimini yoʻlga quyish.

2020-yilning sentyabrdan boshlab, doimiy

ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Turli toifadagi tomoshabinlar uchun moʻljallangan teatr va muzeylarning maxsus elektron mobil ilovasi “UzMuseums”ni yaratish va uni “AppStore”, “Google Play Market” kabi ilovala�ga joylashtirish.

2020-yil avgust

Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, ijrochilar, tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Madaniyat vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
axborot texnologiyalar sohasidagi tadbirkorlik subyektlari

7.

Muzeylarning interaktiv saytlarini takomillashtirish maqsadida respublikadagi 10 ta muzeylarning har bir ashyolari va kolleksiyalari uchun QR-kod tizimini joriy qilish va uning qisqacha taʼrifini beruvchi jamlanmalar yaratish. Bunda, QR-kod tizimini joriy qilish uchun mablagʻlarning 50 foizi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va 50 foizi Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

2020-yil avgust

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Axborottexnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Ijobiy sinovdan oʻtgan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda madaniyat obyektlari jozibadorligini oshirish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish

2020-yil iyul

Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

9.

Xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasini oʻrgangan holda madaniyat sohasida taʼlim jarayoniga madaniyat obyektlari jozibadorligini oshirishga qaratilgan fanlarni kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2020-yil iyul

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston badiiy akademiyasi,
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

10.

Har bir muzey boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish boʻyicha Harakatlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil avgust

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi,
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi

11.

Mahalliy muzey va teatrlarning chet el tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorligini yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash boʻyicha Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil sentyabr

Madaniyat vazirligi,
Tashki ishlar vazirligi,
Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi,
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi

12.

Muzey va teatrlar faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan sensor maʼlumot kiosklarini joylashtirish uchun turistik namoyish obyektlari atrofida, jamoat joylarida Toshkent shahrida (20 ta), Respublika boʻysunuvidagi hududlarning maʼmuriy markazlarida (5 tadan), shaharlar va tuman markazlarida (1 tadan) tayyor konstruksiyali yer maydonlarini ajratish.

2020-yil sentyabr

ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar vaToshkent shahar hokimliklari,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Madaniyat vazirligi

13.

Ajratilgan maydonchalarda tajribali dizaynyerlarni jalb qilgan holda sifatli maʼlumotlarni tayyorlash va joylashtirish, shuningdek Internet tarmogʻida muzey va teatrlarga tashrif buyurishga chorlovchi materiallarni joylash va rejalashtirilayotgan tadbir?ar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda yangilab borish.

2020-yil sentyabr

ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Madaniyat vazirligi

14.

Muzey va teatrlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan loyihalar boʻyicha grant tanlovini tashkil qilish va oʻtkazish.

2020-yil sentyabr oyidan boshlab har yili

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, ijrochilar hamda homiylik mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Muzey va teatrlar boʻyicha “Yil metsenati” respublika darajasidagi aksiyani oʻtkazish.

2020-yil sentyabrdan boshlab har yili

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, ijrochilar hamda homiylik mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Muzeylar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida jamoatchilikning muzey xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini har yillik sotsiologik oʻrganishlar orqali tashkil etish.

2020-yil noyabrdan boshlab, har yili

ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Tashrif buyuruvchilar va sayyohlik tashkilotlari bilan oʻzaro munosabatlarini, shuningdek, tashrif buyuruvchilar orasida soʻrovnoma olib borish, marketing tadqiqotlari va jamoatchilik bilan oʻzaro aloqalar qilishning strategiyasini avtomatlashtirishga moʻljallangan keng qamrovli axborot tizimi va maʼlumotlar bazasini (CRM) muzeylar faoliyatida joriy etish.

2020-yil dekabr

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, ijrochilar hamda homiylik mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

18.

Muzey ashyolari va kolleksiyalarining elektron va qogʻozli kataloglarini yaratish hamda ularni kitob doʻkonlarida sotuvini yoʻlga qoʻyish.

2020-yil iyundan boshlab, bir yilda kamida ikki marta

ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

19.

Mamlakatdagi muzey va teatrlarni tanishtirishga qaratilgan televizion koʻrsatuvlar va reklama roliklarini tayyorlash, shuningdek, ularni tekinga respublikadagi barcha kanallarda namoyishini taʼminlash.

2020-yil dekabrdan boshlab doimiy

ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
MTRK,
OʻEOAVA

20.

“Madaniy obyektlarning doʻstlari klubi” xayriya mablagʻlari, metsenatlik koʻmagi, shuningdek madaniyat sohasidagi vasiylik kengashlari mablagʻlari hisobidan har yili ikkita muzeylarning brendini, shu jumladan viloyatlardan birini xorijiy OAVda reklama qilishni tashkil etish.

2020-yil sentyabrdan boshlab, doimiy

ijrochilar va buyurtmachilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
OʻEOAVA

21.

Quyidagilarni tashkil qilishni nazarda tutuvchi 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasida madaniy tadbirlar kalendarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

teatrlar, musiqiy guruhlar birlashmasi va muzeylar oʻrtasida tashkil etiladigan maxsus tadbirlar;

xorijiy mamlakatlar madaniyatiga oid tadbirlar;

butunjahon darajasidagi muzey ashyolari va kolleksiyalari koʻrgazmasi hamda teatrlarning ijodiy guruhlari koʻrgazma va chiqishlar va boshqalar.

2020-yil dekabr

Madaniyat vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Muzey va (yoki) teatrning faxriy tashrif buyuruvchisi maqomini berish toʻgʻrisida”gi Nizom loyihasini ishlab chiqish:

maqomni berish asosi va talablari;

maʼlum davrda muzey va teatrlarga bepul asosda kirish (1, 3 va 5 yilgacha);

maqomni berish toʻgʻrisida tashrif buyuruvchini CMC orqali hamda koʻrgazma va dasturlar toʻgʻrisida oldindan elektron pochta manzili orqali xabardor qilish tartibi va boshqalar.

2020-yil iyul

Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

23.

Xorijiy tajribani chuqur oʻrgangan holda YUNESKO huzurida Xalqaro teatr instituti markazini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil avgust

Madaniyat vazirligi.
Tashqi ishlar vazirligi,
YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya,
Moliya vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/325/0659-son)