1-ILOVA
1-ILOVA
|
|
LOYIHANI AMALGA OShIRIShNING ASOSIY PRINSIPLARI |
||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
1. Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ruda zaxiralari hisoboti Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaxiralarni hisoblash. 2. Qimmatbaho, rangli va nodir metallarni qazib olishni koʻpaytirish natijasida mis katodi, oltin, kumush, rux va nodir metallarni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish. 3. Odamlar va atrof muhitni ishlab chiqarishda yuzaga keladigan zaharli moddalar va gazlarning potensial zararli taʼsiridan himoya qilish. 4. Yangi ish oʻrinlari yaratish orqali Olmaliq shahri va Toshkent viloyati aholisining bandligi darajasini oshirish. | |||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
LOYIHANI AMALGA OShIRIShNING KOʻRSATKIChLARI |
|||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
1. Mis-molibden rudalari qazib chiqarish va qayta ishlashni yillik 35,0 mln tonnadan 100,0 mln tonnaga yetkazish. 2. Mis katodi ishlab chiqarishni 108,0 ming tonnadan 265,0 ming tonnaga yetkazish. 3. Oltin ishlab chiqarishni 15,0 tonnadan 31,0 tonnaga, kumush ishlab chiqarishni 96,0 tonnadan 169,0 tonnaga yetkazish. 4. Metallurgiya sohasi ilm-fani, zamonaviy texnologiyalar, malakali milliy kadrlarni tayyorlash orqali ishlab chiqarish quvvatlaridan xavfsiz foydalanish infratuzilmasini taʼminlash. | |||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
LOYIHANI AMALGA OShIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI |
|||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
1. ”Yoshlik I” konini, 3-mis boyitish fabrikasini hamda mis eritish zavodi obyektlarini qurish, shu jumladan, mis boyitish fabrikasi va mis boyitish jarayonida hosil boʻladigan qoldiqlarni saqlash obyekti qurilishi uchun maydonni tanlash, mazkur obyektlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish. 2. Mis eritish zavodi quvvatlaridan foydalanishda atrof muhit muhofazasini va aholini himoya qilishni taʼminlash. 3. Arzon va iqtisodiy samarali xomashyo siklini tashkil etish, shu jumladan, uzoq muddatga taʼminlash, mis boyitish jarayonida hosil boʻladigan qoldiqlarini saqlash uchun sharoitlar yaratishni tashkil etish. 4. Metallurgiya sohasini uzoq muddatli rivojlantirishni taʼminlash, shu jumladan, qimmatbaho va rangli metallar ishlab chiqarish obyektlarini qurish va undan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash uchun metallurgiya sohasi ilm-fani va texnologiyalarini rivojlantirish, mahalliy tashkilotlar tomonidan loyihaviy, konstruktorlik, ekologik va boshqa bilimlar hamda tajribani oʻrganish, boʻlajak zavod va fabrikalarning referent texnologiyalarini tanlash uchun texnologiyalarning rivojlanish yoʻnalishlarini oʻrganish. | |||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
LOYIHANI AMALGA OShIRIShNING ASOSIY USTUVOR YOʻNALIShLARINI AMALGA OShIRISh BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR |
|||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
a) Loyihani amalga oshirish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari: loyiha ofisini tashkil etish; “Olmaliq KMK” AJ Kuzatuv kengashi qoshida Boshqaruv qoʻmitasini tashkil etish; loyiha obyektlarining ekspluatatsiya faoliyatini taʼminlash; mustaqil kompaniyalarni muhandis-maslahatchilar sifatida jalb qilish; malakali kadrlar bilan taʼminlash; b) Loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari: “Yoshlik I” koni va yangi 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi (I bosqich); mis eritish zavodi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish (II bosqich); atrof muhit muhofazasini taʼminlash sohasidagi tadbirlar. | |||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
STRATEGIYANI AMALGA OShIRISh MONITORINGI VA NAZORATI |
|||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
1-bosqichda Loyiha ofisi tomonidan “Olmaliq KMK” AJ Boshqaruvi oldida har haftada tezkor hisobot berilishi. |
2-bosqichda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga har oyda hisobot berilishi. |
3-bosqichda “Olmaliq KMK” rahbariyati tomonidan loyihani amalga oshirishning strategik va dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorakda hisobot berilishi. | |||||||||||
|
Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2019-yil 26-sentabrdagi 21979-xh-son bayonnomasiga muvofiq “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish va joriy faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha Doimiy ishchi guruh tomonidan ham amalga oshiriladi. | |||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
2024 YILDA ERIShILADIGAN MAQSADLAR |
|||||||||||||
|
| |||||||||||||
|
Quyidagi yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi: 74,0 million tonna ruda qazib olish quvvatiga ega boʻlgan kon; 60,0 million tonna rudani qayta ishlash imkoniyatga ega boʻlgan yangi 3-mis boyitish fabrikasi; 275,0 ming tonna mis ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan mis elektrolizi sexi; respublikaga har yili 265,0 ming tonna mis katodi, 31,0 tonna oltin va 169,0 tonna kumush yetkazib berish; 6000 tadan ziyod yangi ish oʻrinlarini yaratish. | |||||||||||||
2-ILOVA
|
|
mln dollar | ||||
|
Kapital qoʻyilmalar |
2017 — 2019-yy. sarflangan mablagʻ |
Prognoz |
Jami | ||
|
I bosqich (2020 — 2023-yy.) |
II bosqich (2022 — 2024-yy.) |
jami* (2020 — 2024-yy.) | |||
|
Togʻ-kon — transport kompleksi |
330,0 |
1022,0 |
- |
1022,0 |
1352,0 |
|
“Yoshlik I” koni ishlab chiqarish maydoni (avtobaza, omborlar, avtomobil yoʻllari va boshqalar qurilishi) |
- |
20,0 |
- |
20,0 |
20,0 |
|
Togʻ-kon texnikasi (tuproq va qazish ishlari uchun togʻ-kon texnikasi sotib olish) |
220,0 |
396,0 |
- |
396,0 |
616,0 |
|
Togʻ-kon ishlari (tuproq ishlari va ruda qazib olishga tayyorlash) |
56,0 |
168,0 |
- |
168,0 |
224,0 |
|
SOT (siklik-oqim texnologiyasi: ruda va togʻ jinslari uchun maydalash va konveyer uskunalari) |
- |
322,0 |
- |
322,0 |
322,0 |
|
Portlovchi moddalar zavodi (uskunalar sotib olish va qurilish-montaj ishlari) |
- |
10,0 |
- |
10,0 |
10,0 |
|
Temir yoʻl sexi obyektlari (temir yoʻllar, stansiyalar va tegishli infratuzilmasini koʻchirish, yangidan qurish) |
54,0 |
70,0 |
- |
70,0 |
124,0 |
|
Energiya taʼminoti (elektr uzatish tarmoqlari va uskunalari) |
- |
36,0 |
- |
36,0 |
36,0 |
|
3-son Mis boyitish fabrikasi, shu jumladan: |
- |
2064,0 |
- |
2064,0 |
2064,0 |
|
infratuzilma va qoldiqlarni saqlash obyekti |
- |
534,0 |
- |
534,0 |
534,0 |
|
Mis eritish zavodi |
- |
- |
795,0 |
795,0 |
795,0 |
|
Infratuzilma obyektlari (elektr uzatish tarmogʻi va 500 kV nimstansiya, yangi ohak zavodi, suv taʼminoti qurilishi) |
- |
220,0 |
- |
220,0 |
220,0 |
|
Boshqa xarajatlar |
- |
65,0 |
6,0 |
71,0 |
71,0 |
|
Loyihalash va qidiruv ishlari |
- |
50,0 |
- |
50,0 |
50,0 |
|
Buyurtmachi xizmati |
- |
15,0 |
6,0 |
21,0 |
21,0 |
|
Jami: |
330,0 |
3371,0 |
801,0 |
4172,0 |
4502,0 |
3-ILOVA
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
“Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish strategiyasining I-bosqichi | |||
|
1. |
Loyiha ofisi va Boshqaruv qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish. |
2020-yil |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
2. |
Loyiha ofisi va Boshqaruv qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
3. |
Loyihaning I-bosqichida amalga oshiriladigan qurilish ishlarini bajarish boʻyicha, shu jumladan, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida “Yoshlik I” koni va infratuzilma obyektlari boʻyicha shartnomalar tuzish. |
2020-yil 21-sentabrga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allabergenov) |
|
4. |
Loyihaning I-bosqichi boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish. |
2020-yil 9-oktabrga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
5. |
Loyihaning I-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini Tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish va kelishish. |
2020-yil 30-oktabrga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
6. |
Loyihaning I-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻillikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK ekspertizadan oʻtkazish. |
2020-yil 10-noyabrga qadar |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allabergenov), |
|
7. |
Loyihaning I-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil 1 dekabrga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
8. |
Asbob-uskunalarni yetkazib berish va qurilish-montaj ishlarini bajarish. |
2023-yil 20-sentabrga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), Qurilish vazirligi (Zokirov) |
|
9. |
Loyihaning I-bosqichi doirasida belgilangan obyektlarni foydalanishga topshirish. |
2023-yil |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
“Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish strategiyasining II-bosqichi | |||
|
10. |
Qurilish ishlarini bajarish, shu jumladan foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida Mis eritish zavodi obyektlarini qurilishi boʻyicha shartnomlar tuzish. |
2021-yil 1-mayga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻillikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allabergenov) |
|
11. |
Loyihaning II-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish. |
2021-yil 4-iyunga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
12. |
Loyihaning II-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini Tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish va kelishish. |
2021-yil 17-iyunga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |
|
13. |
Loyihaning II-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻillikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash. |
2021-yil 10-avgustga qadar |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻillikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (Allabergenov), |
|
14. |
Loyihaning II-bosqichi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil 1-oktabrga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), |
|
15. |
Asbob-uskunalarni yetkazib berish va qurilish-montaj ishlarini bajarish. |
2024-yil 20-avgustga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov), Qurilish vazirligi (Zokirov) |
|
16. |
Loyihaning II-bosqichini foydalanishga topshirish. |
2024-yil 1-dekabrga qadar |
“Olmaliq KMK” AJ (Xursanov) |