Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat talablarini soddalashtirish hamda ushbu turdagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida” 2019-yil 9-martdagi 202-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-may,
319-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 21-modda):
3-banddagi “2020” raqami “2021” raqami, “2021” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin;
31-band chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib- taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyundagi 389-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 104-modda) ilovaning 1-bandi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 133-modda):
a) 2-ilovada:
57-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“57. Milliy haydovchilik guvohnomasi egasining belgilangan tartibdagi arizasi, uning oldingi haydovchilik guvohnomasi (eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari uchun - uning taloni ham) hamda egasining fuqarolik pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan soʻng almashtiriladi”;
581-band chiqarib tashlansin;
59-bandga quyidagi mazmundagi “g” kichik band qoʻshilsin:
“g) transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari uchun avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi”;
b) 4-ilovada:
49-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 5-ilovada:
15-banddagi “6 oy davomida keng qamrovli aprobatsiyadan oʻtgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
16-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)