23.05.2020 yildagi 326-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlari (keyingi o‘rinlarda — Nuroniylar kengashi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Nuroniylar kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuroniylarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli eng muhim masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) hududiy bo‘linmalari faoliyati haqida jamoatchilikning, shu jumladan keksalar fikrini tizimli monitoring va har tomonlama tahlil qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan nuroniylarning muammolarini kompleks o‘rganish va bu borada takliflar ishlab chiqish;

qabul qilinayotgan qarorlarda, shuningdek, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida keksalar manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, vazirlik hududiy bo‘linmalarining nuroniylar manfaatlariga daxldor vazifalarini bajarish bilan bog‘liq faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmonining 11-bandiga muvofiq vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlarining tegishli o‘rinbosarlari — nuroniylar kengashlari raislari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi vazirlikning tegishli hududiy bo‘linmasi rahbari qarori bilan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning hududiy bo‘linmalari boshliqlarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari nuroniylar kengashlarining faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nuroniylar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik bir oy muddatda belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida nuroniylar kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuroniylar kengashlari tarkibining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuroniylar kengashlariga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, ularning choraklik ish rejalarining tasdiqlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlar hokimliklari nuroniylar kengashlari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarning tezkor va sifatli hal etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga ushbu qarorda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari S. Turdiyev zimmasiga yuklansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 23-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 326-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlardagi nuroniylar jamoatchilik kengashlarining (keyingi o‘rinlarda — Nuroniylar kengashi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nuroniylar kengashi o‘z ishini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nuroniylar kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining hujjatlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nuroniylar kengashining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nuroniylar kengashi to‘g‘risidagi nizom mazkur Nizom asosida vazirlikning tegishli hududiy bo‘linmalari boshliqlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nuroniylar kengashlarining tarkibi tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — vazirlik hududiy bo‘linmalari) boshliqlarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nuroniylar kengashi qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoatchilik fikrini hisobga olish tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nuroniylar kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Nuroniylar kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuroniylarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli eng muhim masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) hududiy bo‘linmalari faoliyati haqida jamoatchilikning, shu jumladan keksalar fikrini tizimli monitoring va har tomonlama tahlil qilish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan nuroniylarning muammolarini kompleks o‘rganish va bu borada takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan qarorlarda, shuningdek, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida keksalar manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, vazirlik hududiy bo‘linmalarining nuroniylar manfaatlariga daxldor vazifalarini bajarish bilan bog‘liq faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nuroniylar kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) keksalarni qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish sohasida:
(9-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, ushbu sohada vazirlik hududiy bo‘linmalariga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qariyalar, nogironligi bo‘lgan nuroniylar va yolg‘iz keksalarni davolash, tizimli sog‘lomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish darajasini o‘rganadi hamda natijasi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan nuroniylarni sifatli yordamchi va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini oshirish, ularni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nuroniylarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli eng muhim masalalar yuzasidan vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyati haqida jamoatchilikning, shu jumladan keksalar fikrini tizimli monitoring va har tomonlama tahlil qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga aloqador bo‘lgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keksalarga doimiy ravishda tushuntirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning hududiy bo‘linmalari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan keksalarning huquqiy madaniyatini oshirish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining keksalar, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan nuroniylar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlarni, shu jumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi va ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faxriylarining mahallalarda hamda oilalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi ishtirokini kengaytirish ishlariga yordamlashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan nuroniylarning muammolarini kompleks o‘rganish va bu borada takliflar ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan nuroniylarning uy-joy, ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilashda ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarda tadbirkorlik ruhini uyg‘otish hamda oilaviy salohiyatni ro‘yobga chiqarishda hayotiy tajribadan kelib chiqib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi hamda oila a’zolarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda aholi, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan nuroniylarning muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” tamoyili asosida hamkorlik tizimini samarali tashkil etishda fuqarolar yig‘inlaridagi “keksalar maslahati” guruhlari va boshqa jamoatchilik tuzilmalari a’zolarini, ijtimoiy faol mehnat faxriylarini keng jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida keksalar, shu jumladan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylarni mamlakatimizdagi tarixiy joylar bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlarini, ziyorat turizmlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qabul qilinayotgan qarorlarda, shuningdek, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida keksalar manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, vazirlik hududiy bo‘linmalarining nuroniylar manfaatlariga daxldor vazifalarini bajarish bilan bog‘liq faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari, chora-tadbirlar rejalarini, shu jumladan keksalarni qo‘llab-quvvatlashga oid boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuroniylarning oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni, shu jumladan “Oila — muqaddas” degan ezgu g‘oya targ‘ibotidagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda va oilalarda sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, ommaviy sportni rivojlantirish ishlarini “umummilliy harakat”ga aylantirishda nuroniylarning tashabbuskor bo‘lishlarini targ‘ib qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda to‘ylar va boshqa marosimlarning ixcham, keng aholi manfaatlarining hisobga olgan holda o‘tkazilishini ta’minlashda nuroniylarning faol ishtirok etishlarini ta’minlab boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishda oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi prinsiplariga rioya etilishini ta’minlashda ishtirok etadi;
(9-band “g” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ularning ongiga singdirish hamda ularning yuksak ma’naviyatli va sadoqatli bo‘lib voyaga yetishlarida keksalarning ijtimoiy faolligini oshiradi, bu borada harbiy okruglar bilan hamkorlikni mustahkamlash choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nuroniylarning yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat, yoshi katta insonlarni hurmat qilish, mardlik, halollik, odillik va rahmdillik kabi ezgu tuyg‘ularni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, ular o‘rtasida loqaydlik va boqimandalikning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish va nojo‘ya xatti-harakatlardan qaytarish kabi tadbirlarda nuroniylarning faolligini oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, oilalarda farzandlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash va jamiyat oldidagi mas’uliyat hissini oshirishda nuroniy otaxon va onaxonlarning hayotiy tajribalaridan keng foydalanishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini uyushtirishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar, ko‘chalar, qabristonlar va xonadonlar tozaligi hamda obodligini ta’minlashning ahamiyatini yoshlarga o‘rgatish, ularni ushbu ishlarga safarbar qilishda keksalarni tashabbuskorlikka chorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskanlari”da va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar o‘rtasida to‘rt bosqichli “Yoshlar murabbiysi” ko‘rik-tanlovining mahallalararo (saralash), tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazishda mas’ullar hamda ishtirokchilar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik kabi prinsiplarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nuroniylar kengashining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nuroniylar kengashi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik hududiy bo‘linmalari yig‘ilishlari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni so‘rab olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh avlodni Vatanga muhabbat va milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol, tashabbuskor keksalarni “Mahalla iftixori” va “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash yuzasidan vazirlik hududiy bo‘linmalariga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlari tomonidan har chorakda tegishli xalq deputatlari kengashlariga taqdim etiladigan axborotlarga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotlar, statistika va boshqa materiallarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan dastur va rejalar loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini ta’minlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalarning murojaatlariga vazirlik hududiy bo‘linmalari tomonidan berilgan javoblarning sifatini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari, “keksalar maslahati” guruhlari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarning roziligi bilan ularning uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalarni bajarish uchun seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish, zarur hollarda ularga davlat organlari va jamoat tashkilotlarining mas’ul xodimlarini hamda mahalla faollarini taklif etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(10-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nuroniylar kengashi o‘z faoliyatini amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilishi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning hududiy bo‘linmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilishi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat ko‘rsatishi uchun to‘sqinlik qilmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nuroniylar kengashining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nuroniylar kengashining tarkibiga rais, rais o‘rinbosari va a’zolari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik hududiy bo‘linmalarining boshliqlarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida tegishli nuroniylar kengashlariga ham raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik hududiy bo‘linmalari keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha mutaxassislari bir vaqtning o‘zida tegishli nuroniylar kengashlarining kotiblari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi raisining o‘rinbosarlari Nuroniylar kengashi a’zolari orasidan yig‘ilish ishtirokchilarining uchdan ikki qismi ovozi bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nuroniylar kengashi 15 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi tarkibi, qoida tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organlari va muassasalarida, nodavlat notijorat tashkilotlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida namunali xizmat ko‘rsatgan mehnat faxriylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari faxriylar kengashlarining faol raislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jamoatchilik faoliyati sohasida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli va tashabbuskor ziyolilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining nuroniy xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) namunali fuqarolar yig‘inlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilaridan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi a’zoligiga davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarining kiritilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nuroniylar kengashining tarkibi vazirlik hududiy bo‘linmasi boshlig‘ining qarori bilan har 3 yilda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi holatlarda Nuroniylar kengashi raisining o‘rinbosarlari va a’zolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan Nuroniylar kengashi tarkibidan chiqish to‘g‘risida ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashiga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash ishlarida muntazam qatnashmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda, shuningdek, sud qaroriga ko‘ra ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nuroniylar kengashining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumot va kiritilgan o‘zgartirishlar tasdiqlangan kunda vazirlik hududiy bo‘linmalarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nuroniylar kengashining raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining majlislarini chaqiradi va kun tartibidagi masalalarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining ish rejalari, majlis bayonnomalari va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi a’zolarining zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik hududiy bo‘linmalarining rasmiy veb-saytlarida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan Nuroniylar kengashining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarkibi bo‘yicha takliflar kiritadi va uni vazirlikning hududiy bo‘linmalari boshliqlari bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan davlat organlarining hududiy bo‘linmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining samarali ishini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nuroniylar kengashining raisi bo‘lmagan taqdirda, uning vazifalarini rais o‘rinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nuroniylar kengashi raisining o‘rinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais yo‘qligida Nuroniylar kengashining majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Nuroniylar kengashi faoliyatiga taalluqli murojaatlarni ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining samarali ishlarini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nuroniylar kengashining kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, vazirlik hududiy bo‘linmalari xodimlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibiga muvofiq Nuroniylar kengashining majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi majlislari o‘tkaziladigan sana, joy va ularga taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini Nuroniylar kengashining raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni Nuroniylar kengashi majlislari o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi qarorlari bajarilishining monitoringini olib boradi va uning natijalarini Nuroniylar kengashlari majlisida ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning Nuroniylar kengashi a’zolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nuroniylar kengashining a’zolari o‘z majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda o‘z vakolatini boshqalarga o‘tkazish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining majlisida ishtirok etish imkoni bo‘lmagan holatlarda, Kengash a’zolari majlis kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda uning fikri majlisda ko‘rib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining a’zolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun vazirlikning hududiy bo‘linmalarida, fuqarolar yig‘inlarida tashkil etiladigan majlislarda va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi ish rejalarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni Nuroniylar kengashida ko‘rib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejalari bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik hududiy bo‘linmalari hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflarni Nuroniylar kengashiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqadi va natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nuroniylar kengashi faoliyatining asosiy masalalari uning majlislarida ko‘rib chiqiladi. Nuroniylar kengashining majlisi ish rejalari asosida har chorakda kamida bir marotaba chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi raisining tashabbusi, shuningdek, Nuroniylar kengashi a’zolari uchdan bir qismining yozma murojaati asosida uning navbatdan tashqari majlisi chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nuroniylar kengashining majlislariga davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining vakillari, mahalla faollari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nuroniylar kengashi majlisi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan Nuroniylar kengashi a’zolarining takliflari va Nuroniylar kengashi raisining topshirig‘i asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nuroniylar kengashining majlisini uning raisi olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais ishtirok eta olmagan holatlarda, majlisni uning o‘rinbosari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashining majlisida vazirlikning hududiy bo‘linmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va boshqa xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nuroniylar kengashining majlisi, agar unda Nuroniylar kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisni o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Nuroniylar kengashining yangi majlisi o‘tkaziladigan sana e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nuroniylar kengashi qarorlari uning a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nuroniylar kengashining har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘zining fikrini yozma va og‘zaki shaklda ifodalashga haqli. Uning fikri Nuroniylar kengashi majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qo‘shib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nuroniylar kengashining majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuroniylar kengashi majlisining bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda vazirlik hududiy bo‘linmalariga, fuqarolar yig‘inlariga, Nuroniylar kengashi a’zolariga va manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Nuroniylar kengashining qarorini tezlik bilan qabul qilish zarurati tug‘ilganda, qaror kengash raisining tashabbusi bilan Nuroniylar kengashining a’zolari bilan kelishilgan holda so‘rov yo‘li bilan ham qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari Nuroniylar kengashining qabul qilgan qaroriga qo‘shilmagan hollarda, Nuroniylar kengashining qarorini olgan kundan boshlab o‘n kun muddatdan kechikmay unga asoslantirilgan e’tirozini yozma shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nuroniylar kengashining kotibi kengash a’zolari ko‘magida Nuroniylar kengashining topshiriq va qarorlari ijrosining holatini o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarur bo‘lgan hollarda, Nuroniylar kengashining raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vazirlik hududiy bo‘linmalarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan tarkibiy bo‘linma Nuroniylar kengashiga doimiy ravishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nuroniylar kengashining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan vazirlik hududiy bo‘linmasi tomonidan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ta’minlanadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Nuroniylar kengashining faoliyati uning nizomiga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ekanligi vazirlik hududiy bo‘linmasi rahbari tomonidan nazorat qilinadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2020-y., 09/20/326/0649-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)