Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“MADAD” AGENTLIGIni TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sugʻurta yoʻli bilan himoya qiluvchi Agentlikni tashkil qilish toʻgʻrisida” gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻztadbirkorbank”, “Oʻzsavdogarbank”, “Mevasabzavotbank”, Tadbirkorlar uyushmasi, Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar uyushmasi, Ishbilarmon xotin-qizlar uyushmasi tomonidan aksionerlik jamiyati shaklidagi “Madad” sugʻurta agentligi tashkil etiladi;
muassislar tomonidan ustav jamgʻarmasi 10 million soʻm miqdorida eʼlon qilingan boʻlib, ulushlar quyidagicha taqsimlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki — 17 foiz
“Oʻzsanoatqurilishbank” — 17 foiz
“Oʻzdehqonchiliksanoatbank” — 17 foiz
“Oʻztadbirkorbank” — 10 foiz
“Oʻzsavdogarbank” — 10 foiz
“Mevasabzavotbank” — 10 foiz
Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlar uyushmasi — 5 foiz
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar uyushmasi — 10 foiz
Ishbilarmon xotin-qizlar uyushmasi — 4 foiz
2. Agentlik boshqaruvining taklif etilayotgan tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati tuzilmasi hamda uning viloyat filiallari namunaviy tuzilmasi 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyektlarini (shu jumladan kichik va oʻrta biznes korxonalari tomonidan olinadigan kreditlarni taʼminlash uchun qoʻyilgan garovlarni)sugʻurta qilish tartibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
4. “Madad” agentligi biznes-fond bilan birgalikda qarzdorning masʼuliyatini sugʻurtalashga oid imtiyozli stavkani belgilasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishning ahvoli hamda istiqbollari toʻgʻrisidagi axborot-tahliliy materiallar bilan “Madad” agentligi taʼminlab tursinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Madad” agentligini ochiq turdagi aksionerlik jamiyati sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda agentlikning filiallari uchun tegishli xizmat xonalarini ajratib bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin. Ularga “Madad” agentligini tashkil etishga oid taʼsis yigʻilishini tayyorlash va oʻtkazish topshirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-iyul,
292-son
“Madad” sugʻurta agentligini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi
“Madad” sugʻurta agentligi markaziy tuzilmasi
Markaziy apparat xodimlari soni — 53 kishi
Viloyat filiallarining namunaviy sxemasi
1. Qoraqalpogʻiston filiali — 7 kishi
2. Andijon filiali — 9 kishi
3. Buxoro filiali — 10 kishi
4. Jizzax filiali — 7 kishi
5. Qashqadaryo filiali — 9 kishi
6. Navoiy filiali — 8 kishi
7. Namangan filiali — 10 kishi
8. Samarqand filiali — 12 kishi
9. Sirdaryo filiali — 7 kishi
10. Surxondaryo filiali — 9 kishi
11. Fargʻona filiali — 10 kishi
12. Xorazm filiali — 8 kishi
13. Toshkent viloyati filiali — 10 kishi
14. Toshkent shahar filiali — 12 kishi
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes subyektlarini sugʻurta qilish
tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Madad” agentligi kichik va oʻrta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank bilan uzviy aloqada ishlaydi, takliflar va loyihalarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazishni, shuningdek, qarz oluvchilarga biznes-fond tomonidan kredit ajratilishida asos hisoblanadigan sugʻurta polisini berishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
2. Tadbirkor hujjatlar paketi (Ustav, balans, loyihaning biznes-rejasi) bilan “madad” agentligiga murojaat qiladi.
3. “Madad” agentligi taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi va quyidagilarni oʻrganib chiqadi:
— loyihaning xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligi;
— loyihaning kichik va xususiy korxonalar mezonlariga muvofiqligi;
— loyihaning realligi, qoplanishi, tadbirkorning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli;
— tavakkalchilik darajasini belgilash imkonini beradigan boshqa masalalar.
Ekspertiza natijalari agentlik Boshqaruviga maʼlum qilinadi, u sugʻurta kafolatini berishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Boshqaruv qarori tadbirkorga yetkaziladi va u bilan sugʻurta shartnomasi tuziladi, shu shartnoma asosida sugʻurta polisi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tadbirkor sugʻurta shartnomasi asosida agentlikka sugʻurta toʻlovini oʻtkazadi. Agar tadbirkorda sugʻurta haqini toʻlashga mablagʻ boʻlmasa, toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni kichik va oʻrta biznes korxonalariga kredit beruvchi bankdan kredit olganidan keyin amalga oshiradi.
Tadbirkor kredit mablagʻlarni kichik va oʻrta biznes korxonalariga kredit beruvchi bankda rasmiylashtiradi va oladi. Kredit berishda sugʻurta polisi va kichik va oʻrta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank bilan tadbirkor oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasi huquqiy asos hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kredit va sugʻurta shartnomalari amalda boʻlgan davrda “Madad” agentligi ajratilgan va sugʻurtalangan kreditdan maqsadli foydalanilayotganligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Kredit shartnomasining amalda boʻlish muddati tugagandan keyin kredit yoki uning bir qismi toʻlanmay qolgan taqdirda “Madad” agentligi kichik va oʻrta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank taqdimnomasi boʻyicha sugʻurta holati boshlangani haqida Dalolatnoma tuzadi va 10 kun muddatda toʻlov topshirigʻi orqali tegishli mablagʻni kichik va oʻrta biznes korxonalariga kredit beruvchi bankning hisob-kitob schyotiga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sugʻurta qoplamasi toʻlagandan keyin sugʻurtalanuvchi (foyda koʻruvchi) sugʻurta natijasida koʻrilgan zararlar uchun masʼul boʻlgan shaxsga qoʻyiladigan talablar huquqining toʻlagan summasi doirasida “Madad” agentligiga oʻtadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
8. “Madad” agentligining bosh tashkiloti bilan uning hududiy boʻlinmalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar:
— bosh tashkilot boʻlinmalarga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
— hududiy boʻlinmalar — filiallar toʻgʻrisidagi nizom va bosh tashkilotdan olingan ishonchnoma asosida ish yuritadilar hamda oʻzlarining ishlab chiqarish faoliyatlari toʻgʻrisida unga hisob beradilar;
— filiallar sugʻurta faoliyatini mustaqil ravishda amalga oshiradilar;
— sugʻurta holati yuzaga kelgan taqdirda filiallar sugʻurta tovonini sugʻurta toʻlovlarini jamlash yoʻli bilan hosil qilingan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydilar.
Filialning mablagʻlari yetmay qolgan taqdirda bosh tashkilot ushbu summani oʻzining sugʻurta fondidan toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mijoz, “Madad” agentligi va kichik va oʻrta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank oʻrtasidagi oʻzaro munosabat sxemasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
ILOVA
Korxona (mijoz), “Madad” agentligi va Biznes-fond oʻrtasidagi oʻzaro munosabat sxemasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 7-son, 25-modda)