Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 26.07.1995 yildagi PF-1207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUSUSIY TADBIRKORLIK VA KIChIK BIZNESNI SUG‘URTA YO‘LI BILAN HIMOYA QILUVChI AGENTLIKNI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PF-4993-sonli “2017-yilgi soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni jadal rivojlantirish, tadbirkorlik harakatining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini hamda kreditorlarga qarz kapitali evaziga kafolatlar berilishini ko‘zda tutuvchi dasturlarni ro‘yobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “Tadbirkorbank”, “Savdogarbank”, “Mevasabzavotbank”ning, Tadbirkorlar uyushmasining, Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar uyushmasining, Ishbilarmon xotin-qizlar uyushmasining “Madad” sug‘urta agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madad” agentligi muassislarining agentlik ustav jamg‘armasini 10 million so‘m miqdorida shakllantirish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Madad” sug‘urta agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs huquqiga bo‘lgan ochiq turdagi hissadorlik jamiyati hisoblanadi va o‘z faoliyatini Ustavga muvofiq to‘la xo‘jalik hisobi prinsiplari asosida tashkil qiladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda o‘z bo‘linmalariga ega bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 3-martdagi PF-3404-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 9-son, 104-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Madad” sug‘urta agentligi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xususiy tadbirkorlar va kichik biznesga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini baholash va ekspertiza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan imtiyozli shartlar asosida sug‘urta yo‘li bilan himoya etish, kreditlar qoplanmaganligi uchun qarzdorning mas’uliyatini sug‘urtalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublikada xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan xorijiy sarmoyalarini sug‘urta yo‘li bilan himoya qilinishni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Madad” agentligining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi uning sug‘urta jamg‘armasini shakllantirishga 100 million so‘m miqdorida foizsiz ssuda ajratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Madad” sug‘urta agentligi qonunda belgilangan soliqlar, shuningdek majburiy to‘lovlar to‘lashdan uch yilga ozod qilishsin, mablag‘larning shu qismi sug‘urta jamg‘armasini to‘ldirishga va uni texnika bilan jihozlashga sarflanishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamaning bir hafta muddat ichida “Madad” sug‘urta agentligining faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1207-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 104-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda)