Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son va “Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qarorlari)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son va “Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-may,
305-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 305-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarda issiqlik taʼminoti xizmatlari koʻrsatish qoidalarida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Koʻp kvartirali uylar bevosita mulkdorlar tomonidan boshqarilganda, Etkazib beruvchi issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlashga Isteʼmolchilar bilan ikki tomonlama issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzadi hamda issiqlik tarmogʻining balans mansubliligi chegarasida issiqlik energiyasi berish rejimi va sifati uchun javob beradi.
Koʻp kvartirali uylarda kommunal xizmatlar Isteʼmolchisining nomidan shartnoma Ijro etuvchi (xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, boshqaruvchi tashkilot va boshqalar) tomonidan tuzilishi mumkin.
Bunda issiqlik taʼminoti korxonalari, isteʼmolchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki professional boshqaruv kompaniyalari oʻrtasida aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvni yetkazib berish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma tuziladi”;
b) 42-bandda:
beshinchi xatboshidagi “2” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “4” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
v) 62-banddagi “30” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
g) 90-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) isitishga — 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun”;
d) 94-bandda:
birinchi xatboshidagi “kalendar yil mobaynida har oyda teng ravishda” soʻzlari “2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab isitish davrining har bir kuniga 1 kvadrat metr isitiladigan maydon uchun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
e) 98-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kalendar” soʻzi “isitish davridagi kalendar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tamom” soʻzi “isitish davridagi tamom” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2020-y., 09/20/305/0626-son; 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)