Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining parvoz maʼlumotlarini yigʻish, tahlil qilish, saqlash hamda ulardan foydalanish boʻyicha aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-123) 21-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 20-maydagi roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2718-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 15-sentabrdagi 65-n-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2718, 2015-yil 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 41-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining parvoz maʼlumotlarini yigʻish, tahlil qilish, saqlash hamda ulardan foydalanish boʻyicha aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-123) 21-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq “Uzbekistan Airways” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-may,
6-son
Kelishilgan:
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisi v.b. B. XAKIMOV
2020-yil 1-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 10/20/2718-1/0628-son)