1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari, shuningdek, litsenziya olish uchun hujjatlar taqdim etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish, shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga nisbatan ogohlantirish, moliyaviy sanksiya va (yoki) litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish kabi taʼsir choralarini qoʻllash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovini toʻlash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolarning ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda belgilangan talablar va qoidalarga toʻliq javob beradigan yuridik shaxslarga alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan ushbu qaror bilan belgilangan litsenziya talablariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan qatʼiy tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Sharobsavdo” ulgurji bazalariga ulgurji savdo faoliyati uchun ilgari berilgan litsenziyalar yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda, uch oy muddatda qayta rasmiylashtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritgan chakana savdo doʻkonlaridagi qoldiq alkogol mahsulotlarini sotishga 2020-yil 1-sentabrgacha ruxsat beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 301-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatini litsenziyalash tartibini, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan litsenziyalanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan faqat yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi sohasidagi litsenziya boshqa yuridik shaxslarga oʻtkazib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, xoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Hisobga olish axborot tizimi) ishlatish;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini olib kirish hamda sotishga doir cheklovlarga, toʻlov intizomi boʻyicha belgilangan talablarga rioya qilish hamda oʻz vaqtida soliqlarni va qonun hujjatlari talablariga muvofiq boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek, yillik litsenziya toʻlovini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondini bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda pul mablagʻi koʻrinishida shakllantirish (doimiy ravishda taʼminlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini chakana savdosi bilan shugʻullanishga va (yoki) chakana savdosi uchun ruxsat guvohnomasi boʻlmagan yuridik shaxslarga sotishga yoʻl qoʻymaslik, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartiblariga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Litsenziya olish uchun talabgor Agentlikga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan binoga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shakllantirilgan ustav fondi miqdori toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik besh kun muddatda litsenziya talabgorining ishtirokisiz quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan soʻrash yoʻli bilan oladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborning sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi toʻgʻrisida tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimlarining xulosasi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ombor inshootlarining qonun hujjatlarida belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish uchun litsenziya talabgorining yigʻimni Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga toʻlagani toʻgʻrisida Moliya vazirligining Gʻaznachiligi maʼlumoti.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli organ besh kun muddatda ijobiy xulosa yoki asoslantirilgan rad javobini bermasa, Agentlik tegishli xulosalarsiz litsenziya berish toʻgʻrisida arizani koʻrib chiqadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda javobgarlik belgilangan muddatlarda ijobiy xulosa yoki asoslantirilgan rad javobini bermagan vakolatli organ yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgoridan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan Agentlikga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha litsenziyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgoridan ariza qabul qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Agentlik, zarur hollarda, ariza beruvchi yuridik shaxs va (yoki) vakolatli organ vakillar ishtirokida joyiga chiqqan holda, hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazishga haqli.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga yozma shaklda hamda axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi), shuningdek, imzolash uchun litsenziya shartnomasi ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Litsenziya shartnomasi Agentlik va litsenziya talabgori oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya shartnomasining talablari va shartlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya shartnomasining talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya shartnomasi ikki nusxada — litsenziat va Agentlik uchun bittadan nusxada tuziladi.
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Litsenziya ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda belgilangan namunadagi blankada rasmiylashtiriladi va Agentlik direktori tomonidan imzolanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Litsenziya talabgori tomonidan yillik litsenziya toʻlovi toʻlab, litsenziya shartnomasi imzolangandan soʻng litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Agentlikga litsenziya berilganligi uchun yillik litsenziya toʻlovini amalga oshirmasa yoxud litsenziya shartnomasini imzolamasa, litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shuningdek, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, biroq uch oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Litsenziya “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga muvofiq dublikat beriladi. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek, xabarni Agentlikga taqdim etishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi Agentlik tomonidan qonun hujjatlarida va litsenziya shartnomasida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agentlik litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan tartibda barcha maʼmuriy va ombor binolariga kirish, avtotransport vositalari va boshqa texnikani koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalar axborot tizimiga litsenziat tomonidan ishonchli maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) litsenziat tomonidan “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT) hamda Hisobga olish axborot tizimiga ishonchli maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish;
(28-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qonun hujjatlari va litsenziya talablari hamda shartlarining buzilish holatlari boʻyicha mansabdor shaxslarning yozma ravishdagi tushuntirish xatlarini soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tekshirishlar davomida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda, ular asosida dalolatnoma (maʼlumotnoma) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi yozma koʻrsatmalar berish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) litsenziatga belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida Agentlik tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Agentlikda qoladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Litsenziatga nisbatan ogohlantirish, moliyaviy sanksiya va (yoki) litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish kabi taʼsir choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziatlarga jarima koʻrinishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chogʻida arizaga kiritilmagan joylarda saqlash uchun — shunday joyda saqlangan tovar qiymatining 100 foizi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Hisobga olish axborot tizimda hamda “Asl belgisi” MATda qayd etmasdan alkogol mahsulotlarini sotish, unga ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni kiritish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining100 baravari miqdorida;
(30-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) litsenziya talablarini va shartlarining boshqa tarzda buzganlik uchun (bundan mazkur Nizomning 38-bandida koʻzda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish holatlari mustasno) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziya talablari va shartlarini buzishi mumkin boʻlgan harakatlarni sodir etishga tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganda, Agentlik qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida litsenziatning mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Litsenziatga nisbatan ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga asosan taʼsir choralari qoʻllash uchun litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi boʻyicha bevosita Agentlik tomonidan oʻtkazilgan tekshirish materiallari hamda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabarlar asos boʻladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari Agentlik nomidan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida tuzilgan bayonnomalar Agentlik tomonidan sudga koʻrib chiqish uchun kiritiladi, litsenziatning sodir etilgan huquqbuzarliklarda oʻzaybini tan olgan va moliyaviy jarimalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar bundan mustasno.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun toʻlanadigan jarimalar Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Moliyaviy jarimalarning qoʻllanilishi aybdor shaxslarni ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Agentlik mansabdor shaxslarining xarakatlaridan (harakatsizligidan) norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan jarima koʻrinishidagi huquqiy taʼsir choralari litsenziyaning amal qilishini tugatish va litsenziyani bekor qilish taʼsir choralari bilan bir vaqtda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻlib hisoblanadigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini (bundan tabiiy vinolar mustasno) saqlash va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz markalarini joriy etish tartiblariga rioya etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etmaslik;
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarni chakana savdosi bilan shugʻullanish va (yoki) chakana savdosi uchun ruxsat guvohnomasi boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ayni bir turdagi litsenziya talablarini va shartlarini buzish bir yil davomida takror sodir etilsa ushbu holat litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda buzish deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agentlik litsenziyalar reyestrini yuritadi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovini toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Litsenziya talabgorining Agentlik tomonidan arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechganda va (yoki) mazkur Nizomning 19-bandiga asosan litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingan taqdirda, litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish uchun litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan yigʻimning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Litsenziya berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobari miqdorida yillik (litsenziya berilgan sanadan bir yil muddatda) litsenziya toʻlovi undiriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim, litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish, shuningdek, yillik litsenziya toʻlovi Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ariza beruvchining yuridik manzili:___________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
(joylashgan joyi, pochta indeksi, telefon, faks va boshqalar)
3. Ariza beruvchining bank rekvizitlari__________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ Quyidagi manzil(lar)da joylashgan obyekt(lar)da alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berishingizni soʻrayman: a)______________________________ b)______________________________ v)______________________________
(ombor binolarning yuridik manzillari koʻrsatiladi)
Litsenziya olish uchun talab qilinadigan hujjatlar ____ varaqda ilova qilinadi.
Tashkilot rahbarining lavozimi
(imzo)
_________________________
(rahbarning F.I.O.)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING RAMZI) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH HAMDA VINOCHILIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun LITSENZIYA
Seriyasi _____
20__ y. “___” _______________
Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi boshligʻining 20__ y. “____” __________________dagi _____________-son buyrugʻiga asosan
____________________________________ (tashkilotning nomi) _____________________________________ (pochta manzili va tashkilotning STIRi)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Lavozimi, F.I.O., vakolatli shaxs imzosi M.Oʻ.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)