Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2025 20.05.2020 yildagi 301-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolarning ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda belgilangan talablar va qoidalarga toʻliq javob beradigan yuridik shaxslarga alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan ushbu qaror bilan belgilangan litsenziya talablariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan qatʼiy tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Sharobsavdo” ulgurji bazalariga ulgurji savdo faoliyati uchun ilgari berilgan litsenziyalar yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda, uch oy muddatda qayta rasmiylashtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritgan chakana savdo doʻkonlaridagi qoldiq alkogol mahsulotlarini sotishga 2020-yil 1-sentabrgacha ruxsat beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/301/0620-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son, 31.12.2020-y., 09/20/833/1704-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)