1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4162-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash vazifasi yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari, shuningdek, litsenziya olish uchun hujjatlar taqdim etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorining arizasini koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish, shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga nisbatan ogohlantirish, moliyaviy sanksiya va (yoki) litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish kabi taʼsir choralarini qoʻllash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovini toʻlash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolarning ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda belgilangan talablar va qoidalarga toʻliq javob beradigan yuridik shaxslarga alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan ushbu qaror bilan belgilangan litsenziya talablariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan qatʼiy tizimli nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Sharobsavdo” ulgurji bazalariga ulgurji savdo faoliyati uchun ilgari berilgan litsenziyalar yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda, uch oy muddatda qayta rasmiylashtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi 301-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatini litsenziyalash tartibini, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan litsenziyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat bilan faqat yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi sohasidagi litsenziya boshqa yuridik shaxslarga oʻtkazib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilish (oʻz mulkida boʻlishi, xoʻjalik yuritishida, operativ boshqaruvida boʻlishi yoki ijaraga olgan boʻlishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Hisobga olish axborot tizimi) ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini olib kirish hamda sotishga doir cheklovlarga, toʻlov intizomi boʻyicha belgilangan talablarga rioya qilish hamda oʻz vaqtida soliqlarni va qonun hujjatlari talablariga muvofiq boshqa majburiy toʻlovlarni, shuningdek, yillik litsenziya toʻlovini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondini bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda pul mablagʻi koʻrinishida shakllantirish (doimiy ravishda taʼminlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarini chakana savdosi bilan shugʻullanishga va (yoki) chakana savdosi uchun ruxsat guvohnomasi boʻlmagan yuridik shaxslarga sotishga yoʻl qoʻymaslik, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlariga aksiz markalarini qoʻllash tartiblariga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Litsenziya olish uchun talabgor Inspeksiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) alkogol mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun moʻljallangan binoga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki ijara shartnomasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shakllantirilgan ustav fondi miqdori toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Inspeksiya besh kun muddatda litsenziya talabgorining ishtirokisiz quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan soʻrash yoʻli bilan oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ombor inshootlarining qonun hujjatlarida belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish uchun litsenziya talabgorining yigʻimni Inspeksiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga toʻlagani toʻgʻrisida Moliya vazirligining Gʻaznachiligi maʼlumoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli organ besh kun muddatda ijobiy xulosa yoki asoslantirilgan rad javobini bermasa, Inspeksiya tegishli xulosalarsiz litsenziya berish toʻgʻrisida arizani koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda javobgarlik belgilangan muddatlarda ijobiy xulosa yoki asoslantirilgan rad javobini bermagan vakolatli organ yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgoridan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan Inspeksiyaga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha litsenziyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgoridan ariza qabul qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Inspeksiya, zarur hollarda, ariza beruvchi yuridik shaxs va (yoki) vakolatli organ vakillar ishtirokida joyiga chiqqan holda, hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga yozma shaklda hamda axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi), shuningdek, imzolash uchun litsenziya shartnomasi ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Litsenziya shartnomasi Inspeksiya va litsenziya talabgori oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Litsenziya ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda belgilangan namunadagi blankada rasmiylashtiriladi va Inspeksiya boshligʻi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Litsenziya talabgori tomonidan yillik litsenziya toʻlovi toʻlab, litsenziya shartnomasi imzolangandan soʻng litsenziya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Inspeksiyaga litsenziya berilganligi uchun yillik litsenziya toʻlovini amalga oshirmasa yoxud litsenziya shartnomasini imzolamasa, litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shuningdek, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, biroq uch oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Litsenziya “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga muvofiq dublikat beriladi. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yoʻqolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida xabar berishi, shuningdek, xabarni Inspeksiyaga taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi Inspeksiya tomonidan qonun hujjatlarida va litsenziya shartnomasida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan tartibda barcha maʼmuriy va ombor binolariga kirish, avtotransport vositalari va boshqa texnikani koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalar axborot tizimiga litsenziat tomonidan ishonchli maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) litsenziat tomonidan alkogol mahsulotini markirovkalash va kuzatish tizimini oʻz ichiga oluvchi Hisobga olish axborot tizimiga ishonchli maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qonun hujjatlari va litsenziya talablari hamda shartlarining buzilish holatlari boʻyicha mansabdor shaxslarning yozma ravishdagi tushuntirish xatlarini soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tekshirishlar davomida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda, ular asosida dalolatnoma (maʼlumotnoma) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) litsenziatga aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi yozma koʻrsatmalar berish, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) litsenziatga belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida Inspeksiya tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Inspeksiyada qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Litsenziatga nisbatan ogohlantirish, moliyaviy sanksiya va (yoki) litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish kabi taʼsir choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziatlarga jarima koʻrinishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) alkogol mahsulotlarini litsenziya olish chogʻida arizaga kiritilmagan joylarda saqlash uchun — shunday joyda saqlangan tovar qiymatining 100 foizi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Hisobga olish axborot tizimda qayd etmasdan alkogol mahsulotlarini sotish, unga ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni kiritish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining100 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) litsenziya talablarini va shartlarining boshqa tarzda buzganlik uchun (bundan mazkur Nizomning 38-bandida koʻzda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish holatlari mustasno) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziya talablari va shartlarini buzishi mumkin boʻlgan harakatlarni sodir etishga tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganda, Inspeksiya qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida litsenziatning mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Litsenziatga nisbatan ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga asosan taʼsir choralari qoʻllash uchun litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi boʻyicha bevosita Inspeksiya tomonidan oʻtkazilgan tekshirish materiallari hamda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabarlar asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari Inspeksiya nomidan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida tuzilgan bayonnomalar Inspeksiya tomonidan sudga koʻrib chiqish uchun kiritiladi, litsenziatning sodir etilgan huquqbuzarliklarda oʻzaybini tan olgan va moliyaviy jarimalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Moliyaviy jarimalarning qoʻllanilishi aybdor shaxslarni ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Inspeksiya mansabdor shaxslarining xarakatlaridan (harakatsizligidan) norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan jarima koʻrinishidagi huquqiy taʼsir choralari litsenziyaning amal qilishini tugatish va litsenziyani bekor qilish taʼsir choralari bilan bir vaqtda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻlib hisoblanadigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlmagan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlarini (bundan tabiiy vinolar mustasno) saqlash va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz markalarini joriy etish tartiblariga rioya etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlarni chakana savdosi bilan shugʻullanish va (yoki) chakana savdosi uchun ruxsat guvohnomasi boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish, mahalliy pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ayni bir turdagi litsenziya talablarini va shartlarini buzish bir yil davomida takror sodir etilsa ushbu holat litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda buzish deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovini toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Litsenziya talabgorining Inspeksiya tomonidan arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechganda va (yoki) mazkur Nizomning 19-bandiga asosan litsenziyani berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingan taqdirda, litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish uchun litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan yigʻimning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Litsenziya berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 barobari miqdorida yillik litsenziya toʻlovi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim, litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish, shuningdek, yillik litsenziya toʻlovi Inspeksiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot blankasi
20___y. “____”___________ _________________
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berish uchun ARIZA
1. Ariza beruvchi _____________________________________________________________________________
2. Ariza beruvchining yuridik manzili:___________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________
(joylashgan joyi, pochta indeksi, telefon, faks va boshqalar)
3. Ariza beruvchining bank rekvizitlari__________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ Quyidagi manzil(lar)da joylashgan obyekt(lar)da alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya berishingizni soʻrayman: a)______________________________ b)______________________________ v)______________________________
(ombor binolarning yuridik manzillari koʻrsatiladi)
Litsenziya olish uchun talab qilinadigan hujjatlar ____ varaqda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun qoʻllanadigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING RAMZI) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLISH INSPEKSIYASI Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun LITSENZIYA
Seriyasi _____
20__ y. “___” _______________
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi boshligʻining 20__ y. “____” __________________dagi _____________-son buyrugʻiga asosan
____________________________________ (tashkilotning nomi) _____________________________________ (pochta manzili va tashkilotning STIRi)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Lavozimi, F.I.O., vakolatli shaxs imzosi M.Oʻ.