Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 24.07.1992 yildagi 346-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 24.07.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKADA KASSA AʼMOLLARINI TARTIBGA SOLIShNING KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pulni gʻayriqonuniy tarzda toʻlashga hamda pulning qadrsizlanishi kuchayishiga olib boradigan pul mablagʻlarini mijozlarning hisobiga soxta bank hujjatlari boʻyicha oʻtkazishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika xoʻjalik yurituvchi subyektlarining bank hisobiga Oʻzbekiston tashqarisidan oʻtkazilayotgan soxta bank hujjatlari boʻyicha pul mablagʻlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyganlik masʼuliyati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank tijorat banklarining korrespondentlik hisobiga mablagʻlarni “soʻm” mintaqasiga kiruvchi davlatlarning markaziy (milliy) bank muassasalarining tamgʻali muhri bilan tasdiqlangan hujjatlar boʻyicha va ularni puxta tekshirgandan soʻng oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1992-yilning 1-oktabridan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining boʻlimlari kassa xizmati koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kredit hisob-kitob va investitsiya xizmati koʻrsatish Oʻzbekiston dehqonchilik sanoati banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki va boshqa tijorat banklari zimmasida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pullarni berishni Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini barqarorlashtirishga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1992-yil 6-apreldagi 166-son qaroriga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston dehqonchilik sanoati banki va Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki shu yilning 1-sentabriga qadar ular bank tizimini qayta tashkil etish davrida sobiq SSSR davlat bankidan 1988-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan holatda qabul qilib olgan xizmat binolari va asbob-anjomlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tijorat banklari kassa xizmati koʻrsatish boʻlimlarini ochish uchun oʻzining binolaridan va ijaraga olgan binolaridan shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joy bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qabul qilib olingan binolar va berilgan imoratlar negizida oʻz boʻlimlarini ochsin, ushbu boʻlimlarga barcha tijorat banklari mijozlariga kassa xizmati koʻrsatish va naqd pullar berilishini nazorat qilish vazifasini topshirsin. Boʻsh turgan xizmat binolari va asbob-anjomlar Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki va Oʻzbekiston dehqonchilik sanoati bankiga ijaraga berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1992-yil 1-oktabrga qadar Markaziy bank, tijorat banklari va ularning joylardagi boʻlimlari rahbar xodimlarini (ularning egallab turgan lavozimiga mos yoki mos emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi bilan) ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ikki hafta muddat ichida, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha muassasalar, korxonalar va tashkilotlarga xalq xoʻjaligida kassa aʼmollarini yuritishning yangi tartibini yetkazish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari kassa aʼmollarini yuritishning belgilangan tartibi qatʼiy bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlagan kassa aʼmollarini yuritish tartibini buzganlik uchun korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari va bosh buxgalterlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston jamgʻarmalar banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, Oʻzbekiston dehqonchilik sanoati banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki zimmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan pul oʻtkazish yoʻli bilan fuqarolarning shaxsiy hisobiga kelib tushayotgan mablagʻlarni hisobga olish hamda naqd pul berish tartibini uch hafta muddat ichida ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklari muassasalarining rahbarlari zimmasiga korxonalar, tashkilotlar, kooperativlar va muassasalar amalga oshirayotgan aʼmollar ularning tasdiqlangan nizomlari va qoidalariga muvofiq ekanligini nazorat qilish shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin. Soxta hujjatlar taqdim etish hollari aniqlangan taqdirda bank muassasalari materiallarni darhol huquqni himoya qilish idoralariga topshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Oʻrta Osiyo temir yoʻllar boshqarmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xizmat safariga yuboriladigan shaxslar uchun muassasalar, korxonalar va tashkilotlarga fuqaro aviatsiyasi, temir yoʻl transporti chiptalarini naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan sotishga oʻtish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi kelishib olingan takliflarni ikki oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga takdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining bank faoliyati bilan, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun ana shunday banklarni tegishli mintaqa hududida barpo etishga jiddiy iqtisodiy zarurat boʻlgan taqdirdagina va Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilganidagina litsenziyalar berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kredit zaxiralari va naqd pulning koʻplab yetishmayotganini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining savdo-vositachilik va savdo-xarid aʼmollarini amalga oshirish (davlat ehtiyojlarini hamda hukumat qarorlariga muvofiq ravishda aholini ijtimoiy himoyalashni taʼminlash bundan mustasnodir) uchun qarz berishni 1993-yilning 1-iyuliga qadar vaqtincha toʻxtatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari — Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346-son