1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Ijro uchun masʼullar |
|
I. Bank sektorini restrukturizatsiya qilish | |||||
|
1. |
“Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ faoliyatini transformatsiya qilish. |
1. Bankning kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil aʼzolarni kiritish. 2. Kadrlar siyosati va eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) tizimini tasdiqlash. 3. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mavjud holatni diagnostika qilish va aktivlar sifatini baholash (AQR). 4. Konsultantlarni jalb qilgan holda 2021 — 2023-yillarda bankni transformatsiya qilish dasturini tasdiqlash. |
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori Kuzatuv kengashi qarori Diagnostika yakunlari boʻyicha hisobot Kuzatuv kengashi qarori |
2020-yil avgust 2020-yil avgust 2020-yil dekabr 2020-yil dekabr |
Oʻzmilliybank (Mirsoatov), Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev) |
|
2. |
Oʻzmilliybankning investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tarkibiy tuzilmasi (“loyihalar fabrikasi”)ni tashkil etish. |
1. Xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda “loyihalar fabrikasi” konsepsiyasi va biznes rejasini ishlab chiqish. 2. “Loyihalar fabrikasi” faoliyatini tashkil etish. |
“Loyihalar fabrikasi” konsepsiyasi Chora-tadbirlar kompleksi |
2020-yil oktabr 2020-yil dekabr |
Oʻzmilliybank (Mirsoatov) |
|
3. |
“Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB faoliyatini transformatsiya qilish. |
1. Xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda joriy holatni diagnostika qilish va aktivlar sifatini baholash (AQR). 2. Xalqaro konsalting kompaniyalari ishtirokida transformatsiya va bank xizmatlari ommabopligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish. 3. Banklarni transformatsiya qilish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida bank sohasida xalqaro tajribaga ega yuqori malakali ekspertlarni banklar boshqaruvi organlariga jalb qilish. |
Diagnostika yakunlari boʻyicha hisobot Kuzatuv kengashi qarori Boshqaruv organlari qarori |
2020-yil dekabr 2020-yil dekabr 2020-yil dekabr |
“Agrobank” ATB (Mamatqulov), Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev) |
|
4. |
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi (SHJBPT) mablagʻlarini boshqarishni Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish: SHJBPT mablagʻlarini boshqarishni Moliya vazirligiga oʻtkazish; SHJBPT mablagʻlarini yuqori likvidli va kam xatarli aktivlarga investitsiya qilish reglamentlarini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2020-yil sentabr |
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev), AT Xalq banki (Salomov) |
|
5. |
“Oʻzagroeksportbank” ATB va “Poytaxt bank” ATB faoliyatini qayta tashkil etish masalalarini koʻrib chiqish. |
1. Banklar faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy holatini baholash. 2. Banklar faoliyatini qayta tashkil etish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish. |
Diagnostika natijalari boʻyicha xulosa Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori |
2020-yil iyun 2020-yil sentabr |
OʻTTJ (Vafayev), Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev) |
|
6. |
Banklarni faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlar va funksiyalardan bosqichma-bosqich ozod qilish. |
1. Banklar tomonidan bajarilayotgan ularning faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalar (soliq agenti, XUJMSHga koʻmaklashish, qarzdorliklar hisobini yuritish va boshqalar)ni batafsil tahlil qilish. 2. Banklar faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish boʻyicha normativ hujjatni ishlab chiqish. 3. Davlat ishtirokida banklarning mol-mulklarini inventarizatsiya qilish va ular faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarni aniqlash hamda ularni sotish choralarini koʻrish. |
Tahliliy materiallar Normativ-huquqiy hujjat Banklar kuzatuv kengashlari qarorlari |
2020-yil iyul 2020-yil sentabr qabul qilinishiga qarab |
Markaziy bank (Zaxidov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov) |
|
7. |
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab chiqish. |
1. Jahon banki bilan hamkorlikda loyihaoldi oʻrganishni oʻtkazish. 2. Moliyaviy xizmatlar ommabopliginioshirish milliy strategiyasi loyihasini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish. 3. Qayta ishlangan Strategiya loyihasini tasdiqlash uchun kiritish. |
Jahon banki missiyasi hisoboti Strategiya loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2020-yil iyun 2020-yil iyun — avgust |
Markaziy bank (Zaxidov), |
|
8. |
2025-yilga qadar banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini 500 mlrd soʻmgacha bosqichma-bosqich oshirish. |
“Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini oshirish reja-jadvalini belgilagan holda ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi |
2022-yil oktabr |
Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
II. Banklardagi davlat ulushini sotish va banklarning korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish | |||||
|
9. |
“Ipoteka bank” ATIBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish. |
1. Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan kredit liniyalarini jalb qilish va bankni transformatsiya qilish shartlari boʻyicha kelishuvni imzolash. 2. Bankni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash. 3. Kuzatuv kengashining mustaqil aʼzolar ishtirokidagi yangi tarkibini shakllantirish. 4. XMK ishtirokida tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish, potensial investorlarni aniqlash. 5. Davlat ulushini xususiylashtirish. |
Kredit shartnomasi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori Chora-tadbirlar kompleksi Oldi-sotdi shartnomasi |
2020-yil may-iyun 2020-yil iyul-avgust 2022-yil |
“Ipoteka-bank” ATIB (Atabayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), OʻTTJ (Vafayev) |
|
10. |
“Asaka” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish. |
1. Xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan bankni baholashni (due diligence) amalga oshirish. 2. “Asaka” ATB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) oʻrtasida bankni kelgusida xususiylashtirishni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi institutsional transformatsiya qilish boʻyicha kelishuvni imzolash. 3. Bankni transformatsiya qilish dasturi (“yoʻl xaritasi”)ni ishlab chiqish. 4. Transformatsiya dasturini amalga oshirish va bankni xususiylashtirish rejasini tayyorlash. 5. Davlat ulushini xususiylashtirish. |
Auditorlik kompaniyasi xulosasi YETTB bilan kelishuv Kuzatuv kengashi qarori Chora-tadbirlar kompleksi Oldi-sotdi shartnomasi |
2020-yil iyun 2020-yil sentabr 2020-yil sentabr — dekabr 2021-2022-yillar 2023-yil |
“Asaka” ATB (Saydullayev), OʻTTJ (Vafayev) |
|
11. |
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish. |
1. XMK va YETTB ishtirokida bankni transformatsiya qilish va xususiylashtirishdan oldingi tayyorgarlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. XMK va YETTB bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish jarayonini amalga oshirish va bankni xususiylashtirishga tayyorlash. 3. Davlat ulushini xususiylashtirish. |
Kuzatuv kengashi qarori XMK va YETTB bilan kelishuv Oldi-sotdi shartnomasi |
2020-yil noyabr 2020 — 2022-yillar 2022-2023-yillar davomida |
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (Anaklichev), OʻTTJ (Vafayev) |
|
12. |
“Aloqabank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish. |
1. YETTB maslahat xizmati uchun xarajatlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi kelishuv doirasida “Aloqabank” ATBning joriy holati, faoliyati, jarayonlar va tartib-taomillarni tahlil qilish. 2. YETTB va OTB bilan birgalikda bankni transformatsiya qilish va xususiylashtirishdan oldingi tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”)ni ishlab chiqish. 3. “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq “Aloqabank” ATBni transformatsiya qilish va xususiylashtirishdan oldingi tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish. 4. Davlat ulushini xususiylashtirish. |
Auditorlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzish Chora-tadbirlar rejasini tayyorlash (“yoʻl xaritasi”) Chora-tadbirlar kompleksi Oldi-sotdi shartnomasi |
2020-yil may — avgust 2020-yil sentabr — dekabr 2021-2022-yillar davomida 2022-2023-yillar |
“Aloqa bank” ATB (Irisbekova), OʻTTJ (Vafayev) |
|
14. |
“Aziya alyans bank” ATBni xususiylashtirish. |
1. Xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan bankning tahlili va haqiqiy qiymati baholari (due diligence) asosida xorijiy investorlar bilan muzokaralarni tashkil qilish. 2. Markaziy bankning ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish (fit and proper). 3. Investor bilan kelishuvga erishilgan taqdirda bank aksiyalari nazorat paketini sotish. |
Oʻzaro anglashuv memorandumi Markaziy bank xulosasi Oldi-sotdi shartnomasi |
2020-yil oktabr 2020-yil |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), |
|
15. |
“Turonbank” ATBni transformatsiya qilish. |
1. XMK ekspertlari tomonidan bankni diagnostika qilishni yakunlash. 2. Xalqaro konsultantlar bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish. |
Konsultantlar xulosasi Kuzatuv kengashi qarori |
2020-yil may 2020-yil sentabr |
“Turonbank” ATB OʻTTJ (Vafayev) |
|
16. |
“Qishloq qurilish bank” ATBni transformatsiya qilish va undagi davlat ulushini sotish. |
1. Xalqaro konsultantlar tomonidan bankni diagnostika qilishni yakunlash. 2. Xalqaro konsultantlar bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish dasturini ishlab chiqish. |
Konsultantlar xulosasi Kuzatuv kengashi qarori |
2020-yil may 2020-yil sentabr |
“Qishloq qurilish bank” ATB (Muratov), |
|
17. |
“Turonbank” ATB va “Qishloq qurilish bank” ATBni qoʻshib yuborish masalasini koʻrib chiqish. |
1. Banklar faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy holatini baholash natijalarini koʻrib chiqish. 2. Bank faoliyatini qayta tashkil etish rejasini tasdiqlash. |
Diagnostika natijalari xulosasi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari |
2020-yil iyun 2020-yil sentabr |
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev), OʻTTJ (Vafayev) |
|
18. |
Davlat ulushi ishtirokidagi tijorat banklarining kuzatuv kengashlari tarkibiga mustaqil aʼzolarni jalb qilish. |
1. Kuzatuv kengashlarining mustaqil aʼzolari, shu jumladan bank sohasida xalqaro tajribaga ega boʻlgan aʼzolarni tanlash mezonlari va ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish. 2. Kuzatuv kengashlarini mustaqil aʼzolar bilan butlash. |
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari |
2020-yil iyun 2020-yil dekabr |
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev) |
|
III. Qonunchilik bazasini takomillashtirish | |||||
|
19. |
Nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirishning huquqiy bazasini yaratish. |
1. Jahon banki bilan hamkorlikda “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqish. 2. Qonun loyihasini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish. 3. Qayta ishlangan loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi |
2020-yil iyul 2020-yil avgust 2020-yil sentabr |
Markaziy bank (Zaxidov), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
20. |
Nobank moliyalashtirishning yangi biznes-modellarini joriy qilish. |
Quyidagilar uchun huquqiy bazani yaratish: yuqori texnologiyali moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar (“fin-tex” kompaniyalar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish; chakana kreditlash subyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish; Jismoniy shaxslarni toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash mexanizmlari, kraudfanding va boshqa muqobil instrumentlarni joriy qilish masalalarini oʻrganish. |
Normativ-huquqiy hujjat Yozma axborotnoma |
2020-yil sentabr 2020-yil sentabr |
Markaziy bank (Zaxidov) |
|
21. |
Banklarni sanatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqish. |
1. Jahon banki ekspertlarini jalb qilish hamda banklarni sanatsiya qilish mexanizmini tashkil etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. 2. XMI ekspertlari bilan hamkorlikda “Banklarni sanatsiyalash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish. 3. Qonun loyihasini mutaxassislar, ilmiy xodimlar va ekspertlar hamjamiyati bilan muhokama qilish. 4. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Konsultantlar hisoboti Qonun loyihasi |
2021-yil aprel 2021-yil sentabr tayyorlanishiga qarab 2022-yil |
Markaziy bank (Zaxidov), |
|
22. |
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi bank operatsiyalari boʻyicha qonunchilikni soddalashtirish. |
Amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish: qimmatli qogʻozlar bozorida banklarning operatsiyalarini faollashtirish; tijorat banklari tomonidan korporativ obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish hamda boshqa instrumentlar uchun maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish, bir vaqtning oʻzida nazoratni kuchaytirish; banklarning qimmatli qogʻozlarini xalqaro kapital bozoriga chiqarish boʻyicha huquqiy bazani yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat |
2020-yil oktabr |
Markaziy bank (Nurmuratov), |
|
IV. Moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish sohasidagi davlat hamkorligi | |||||
|
23. |
Davlat banklari uchun “Davlat korxonalarida korporativ boshqaruv boʻyicha IHTT standartlari”ni qabul qilish. |
1. Davlat korxonalarini korporativ boshqarish boʻyicha IHTT standartlarini joriy etish yuzasidan xalqaro tajribani oʻrganish. 2. Davlat ishtirokidagi banklarga korporativ boshqaruv boʻyicha IHTT standartlarini joriy qilish, shu jumladan: nomzodlarni koʻrsatishning shaffof jarayoni bilan professional kuzatuv kengashini tashkil etish mexanizmlari; banklar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari; banklarda maʼlumotlarni oshkor qilish siyosati; tashqi auditorlar va davlat nazorat organlari bilan hamkorlik qilish; Kuzatuv kengashlari aʼzolarini ragʻbatlantirish siyosatini ishlab chiqish, malakali mutaxassislarni jalb qilish va qoʻllab-quvvatlash. |
Yozma axborotnoma Normativ-huquqiy hujjat |
2020-yil oktabr |
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov) |
|
24. |
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (TFQDJ)ni kengaytirish va mustahkamlash. |
1. TFQDJ faoliyatini kengaytirish va mustahkamlash rejasini ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilish. 2. TFQDJ faoliyati samaradorligini quyidagilar orqali oshirish: uning boshqaruv tuzilmasini kuchaytirish va operatsiyalari shaffofligini oshirish; audit oʻtkazish, tavakkalchiliklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish; moliyalashtirish modelini ishlab chiqish va hamkor banklarni tanlash uslubiyotini birxillashtirish; axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy qilish; garov bilan bir qatorda kafilliklar boʻyicha undiruv mexanizmlarini joriy qilish. |
Konsultantlar hisoboti Normativ-huquqiy hujjat |
2020-yil sentabr 2020-yil noyabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (Qoʻchqorov), Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev), Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi |
|
25. |
Iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini kamaytirish choralari. |
Banklar aktivlari va passivlari tarkibida dollarlashuv darajasini kamaytirish boʻyicha ragʻbatlantiruvchi va regulyativ chora-tadbirlar qabul qilish, shu jumladan: banklarning aktivlari va majburiyatlarida xorijiy valyutaning ulushini kamaytirish uchun makroiqtisodiy shart-sharoitlar yaratish; xorijiy valyutada beriladigan kreditlar turlariga cheklovlar joriy qilish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2020-yil noyabr |
Markaziy bank (Zaxidov), |
|
26. |
Banklarning kredit portfeli oʻsishini optimallashtirish va kreditlarning konsentratsiyalashuvi tavakkalchiliklarini kamaytirish. |
1.Banklar kredit portfeli oʻsish darajasini optimallashtirish uchun makroiqtisodiy va regulyativ choralarni moslashuvchan tarzda qoʻllash. 2.Bank tizimi yirik qarzdo??arinin? qarz yuklarini tartibga solish, shu jumladan haddan tashqari qarz yukiga ega boʻlgan eng yirik qarzdorlarga kreditlar berish boʻyicha cheklovlarni hamda qarz yukining ruxsat etilgan darajasini belgilash. |
Chora-tadbirlar kompleksi Normativ-huquqiy hujjat |
2020-2021-yillar davomida 2020-yil dekabr |
Markaziy bank (Zaxidov), |
|
27. |
Aholi omonatlarini himoyalash tizimini rivojlantirish. |
Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi va Omonatlarni sugʻurtalovchilar xalqaro uyushmasi tomonidan tasdiqlangan “Omonatlarni himoyalashning samarali tizimlari uchun asosiy tamoyillar”ni amaliyotga joriy qilish masalasini koʻrib chiqish. |
Yozma axborotnoma loyihasi |
2021-yil fevral |
Markaziy bank (Zaxidov), Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev) |
|
28. |
Kredit byurolari faoliyatini takomillashtirish. |
Kredit byurolariga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etish orqali koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va maʼlumotlar bazasini kengaytirish: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan soliqlar; uy-joy kommunal xizmatlarini toʻlashda qarzdorlikning mavjudligi; sud qarorlari, korxonalarni tugatish va tashkil qilish hamda boshqalar. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2020-yil avgust |
Markaziy bank (Zaxidov), vazirlik va idoralar |
|
29. |
Banklarga nisbatan qoʻllaniladigan xalqaro tan olinganminimal standartlar va talablarni joriy qilish orqali meʼyoriy va nazorat bazalarini qayta koʻrib chiqish. |
1. Bazel qoʻmitasining korporativ boshqaruv tamoyillarini Banklarda korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririga tatbiq qilish. 2. Banklarda stress-testlar oʻtkazish boʻyicha batafsil talablarni ishlab chiqish, shu jumladan stress-testlar natijalarini kapital va likvidlikni rejalashtirishda qoʻllash. 3. Banklarning kapital monandligini baholash boʻyicha ichki jarayonlari (ICAAP), stress-testlar va tavakkalchilik xususiyatlari asosida kapitalga nisbatan tabaqalashtirilgan talablar belgilash. |
Markaziy bank boshqaruvi qarori Markaziy bank boshqaruvi qarori Markaziy bank boshqaruvi qarori |
2020-yil iyun 2021-yil 2022-yil |
Markaziy bank (Zaxidov) |
|
30. |
Aniq va uzoq muddatli strategik tashabbusga ega boʻlgan barqaror ishtirokchilarning bozorga kirishini taʼminlash maqsadida banklarni litsenziyalash tartibini qayta koʻrib chiqish. |
“Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Markaziy bank boshqaruvi qarori |
2020-yil iyun |
Markaziy bank (Zaxidov) |
|
31. |
Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Bazel III tavsiyalariga (kapital elementlari, tavakkalchiliklarni qoplash, hisoblash uslubi) muvofiq “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. 2. “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ni Bazel qoʻmitasi tavsiyalari va Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS-9) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. 3. Konsolidatsiyalashgan nazorat uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish (bank guruhlarini, konsolidatsiyalashgan hisobotni, konsolidatsiyalashgan asosda prudensial normativlarni aniqlash). |
Markaziy bank boshqaruvi qarori Markaziy bank boshqaruvi qarori Markaziy bank boshqaruvi qarori |
2020-yil dekabr 2021-yil 2022-yil |
Markaziy bank (Zaxidov) |
|
32. |
Davlat ishtirokidagi banklarning mijozga yoʻnaltirilganlik darajasini oshirish. |
1. Aholining keng qatlami va tadbirkorlik subyektlariga moʻljallangan bank xizmatlari koʻlamini, shu jumladan kam xarajatli bank xizmatlari va mahsulotlarini standartlashtirish orqali kengaytirish. 2. Isteʼmolchini qanoatlantirish indeksi (CSI) hamda Isteʼmolchining sodiqligi indeksi (NPS) asosida bank xizmatlari sifatini baholash tizimini joriy qilish. |
Chora-tadbirlar kompleksi Markaziy bank boshqaruvi qarori |
2020-yil iyun 2020-yil sentabr |
Tijorat banklari Markaziy bank (Zaxidov) |
|
V. Bank faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish | |||||
|
33. |
Tijorat banklarini AKT-auditidan oʻtkazish. |
Tijorat banklarida ishlab turgan avtomatlashtirilgan bank tizimlarini baholash maqsadida AKT-auditini oʻtkazishga malakali kompaniyalarni jalb qilish. |
Audit yakunlari boʻyicha xulosa |
2020-yil iyul |
Tijorat banklari, Markaziy bank (Abdugafarov), |
|
34. |
Bank xizmatlarining sifati va tezligini oshirish uchun yangi raqamli mahsulotlarni joriy qilish. |
Xalqaro standartlar asosida sinalgan mahsulotlarni taklif qilayotgan yetakchi IT kompaniyalarni ichki bozorga jalb qilish. |
Tijorat shartnomalari |
2020-yil yakuniga qadar |
Tijorat banklari |
|
35. |
Potensial tavakkalchiliklarni baholash sifatini oshirish va qarorlar qabul qilish jarayonini optimallashtirish maqsadida davlat ishtirokidagi banklarda kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish. |
Quyidagilar orqali kreditlar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning samarali mexanizmini joriy etish: yuqori malakali anderrayterlar guruhlarini tashkil qilish; xizmat koʻrsatish jarayonlarini optimallashtirish va modulli (“bir xil”) kredit mahsulotlarini joriy qilish hamda ularning bank kredit portfelidagi ulushini oshirish orqali tez va kam xarajatli chakana bank xizmatlari turlarini kengaytirish; banklarning skoring tizimlarini yanada takomillashtirish. |
Tijorat banklari kuzatuv kengashlari qarorlari |
2020-yil yakuniga qadar |
Tijorat banklari, Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev) |
|
36. |
Qarzdorlarni identifikatsiyalashning zamonaviy tizimlarini joriy etgan holda kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish. |
Tijorat banklariga mijozlarni identifikatsiyalashni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining biometrik maʼlumotlar bazasidan foydalanish huquqini berish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2020-yil dekabr |
DPM (Turaxodjayev) IIV (Bobojonov), Markaziy bank (Abdugafarov) |
|
37. |
Banklarning koʻrsatilayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash, operatsion samaradorligini oshirish, shuningdek ularning real moliyaviy holatini baholash uchun ishonchli maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida bisnes jarayonlarni avtomatlashtirish. |
1. Banklarning axborot tizimlari samaradorligini, ularning mavjud talablarga muvofiqligini tekshirish va ularning zamonaviy mahsulotlarni joriy etish salohiyatini baholash uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish. 2. Jalb qilingan xalqaro konsalting kompaniyalari bilan birgalikda banklarning axborot tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. 3. Axborotlarni “Big Data” asosida yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish. 4. “RegTech” va “SupTech” texnologiyalarini tatbiq etish orqali maʼmuriy va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish. |
Konsultant hisoboti “Yoʻl xaritasi” loyihasi Markaziy bank boshqaruvi qarori |
2020-yil iyun 2020-yil dekabr 2020-2021-yillar 2020-2021-yillar |
Moliya vazirligi (Nasritdinxodjayev), Markaziy bank (Zaxidov), tijorat banklari |
|
38. |
Masofaviy bank xizmatlari koʻrsatish ulushini oshirish maqsadida banklarning operatsion faoliyatida axborot texnologiyalari keng qoʻllanilishini taʼminlash. |
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarining toʻlov xizmatlaridan tunu kun foydalana olishini taʼminlash maqsadida barcha tijorat banklarini 24/7 rejimida ishlovchi banklararo lahzali toʻlovlar tizimiga ulash. 2. Masofaviy bank toʻlovlari hajmini 90 foizgacha oshirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2020-yil may 2020 — 2022-yillar |
Markaziy bank (Abdugafarov), tijorat banklari |
|
VI. Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish | |||||
|
39. |
Markaziy bank xodimlarining salohiyatini oshirish. |
1. Har yili xorijiy oʻquv markazlarida (Shveysariya Milliy banki, Rossiya banki, Polsha banki, Koreya banki, Birlashgan Vena instituti va boshqalarning markazlari) Markaziy bankning kamida 150 nafar mutaxassislari malakasini oshirish. 2. Yetakchi universitetlar va oʻquv markazlarining (Kaliforniya universiteti, Yel universiteti, Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti, Sberbank korporativ markazi) kamida 15 ta masofaviy oʻqitish shakli dasturlarini, shu jumladan onlayn kurslarini joriy etish. 3. Xorijiy mamlakatlarning (Gruziya, Ukraina, Shveysariya, Chexiya, Armaniston, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqalar) markaziy banklarida kamida 30 nafar mutaxassislarning stajirovkasini tashkillashtirish. 4. Bank sektori mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida Markaziy bankning korporativ oʻquv markazida xorijiy ekspertlarni (XVJ, JB, YETTB, OTB, VISA va Mastercard kompaniyalari, auditorlik va konsalting kompaniyalari va boshqalarning ekspertlari) jalb qilgan holda kamida 10 ta (har oy bittadan) trening va seminarlar tashkil qilish. |
Xodimlarni oʻqitish rejalarini ishlab chiqish Ikki tomonlama kelishuv Korporativ oʻquv markazi oʻquv dasturi |
Har yili 2020-yil davomida 2020-yil davomida 2020-yil iyun |
Markaziy bank (Zaxidov) |
|
40. |
Tijorat banklari xodimlarining salohiyatini oshirish. |
1. 2020-yilda tijorat banklari tomonidan banklar faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari (loyihaviy moliyalashtirish, risk-menejment, axborot texnologiyalari va boshqalar) boʻyicha 10 ta (har oy bittadan) korporativ mahorat darslari (master-klass) va treninglar tashkil qilish. 2. 2020-yilda Markaziy bankning Korporativ oʻquv markazida xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda tijorat banklari mutaxassislari uchun korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari, risk-menejment, MHXS va boshqa yoʻnalishlarda 6 ta oʻquv seminarlarini tashkil etish. 3. Muntazam ravishda tijorat banklarining kamida 3-4 nafar xodimini xorijiy va mahalliy OTMning “Biznesni boshqarish magistri” (MBA) dasturlarida oʻqitish. |
Korporativ oʻquv markazi oʻquv dasturi Kadrlarni tayyorlash korporativ dasturlari Kadrlarni tayyorlash korporativ dasturlari |
2020-yil davomida 2020-yil davomida Har yili |
Markaziy bank (Zaxidov), |
|
41. |
Bank-moliya akademiyasini (BMA) rivojlantirish. |
1. Gazprombank, RF Sberbanki, MDU qoshidagi Strategik tadqiqotlar markazining oʻquv markazlari va boshqa sheriklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 2. Yillik kamida 200 nafar talaba kvotasiga ega boʻlgan “Biznesni boshqarish magistri” (MBA) dasturini joriy etish. 3. “Bank ishi” mutaxassisligi boʻyicha bakalavr talabalar oʻqitishni tashkillashtirish (bakalavrlar ulushini 2020-yildagi 5 foizdan 4. Talab eng yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda (risk-menejment, korporativ boshqaruv, loyihaviy tahlil va boshqalar) bank sohasi kadrlarining malakasini oshirish uchun 10 ta professional dasturlar ishlab chiqish. |
Hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlar Oʻquv dasturi Oʻquv dasturi Malaka oshirish kurslari |
2020-yil may — dekabr 2022-yil 2020-yil sentabr 2020-yil dekabr |
Oʻzmilliybank (Mirsoatov) |
3-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar nomlanishi |
Joriy holati |
Maqsad: | ||
|
2021-yilga |
2023-yilga |
2025-yilga | |||
|
1. |
Xususiy (davlat ulushi ishtirok etmagan) banklar aktivlarining bank sektori aktivlari umumiy hajmidagi ulushi |
15 foiz |
17 — 20 foiz |
35 — 40 foiz |
60 foiz |
|
2. |
Banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlarining majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi |
28 foiz |
30 — 40 foiz |
60 foiz |
70 foiz |
|
3. |
Yetarli tajriba, bilim va obroʻga ega boʻlgan strategik xorijiy investorlarni jalb qilish |
- |
- |
3 |
3 |
|
4. |
Depozitlarning banklar majburiyatlariga nisbati |
41 foiz |
41 — 45 foiz |
45 — 50 foiz |
50 — 60 foiz |
|
5. |
Nobank kredit tashkilotlari aktivlarining kredit tashkilotlari aktivlari umumiy hajmidagi ulushi |
0,35 foiz |
0,5 — 0,7 foiz |
1 — 1,5 foiz |
4 foiz |
|
6. |
Xorijiy valyutadagi majburiyatlarning majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushi |
58 foiz |
50 — 55 foiz |
45 — 50 foiz |
40 — 45 foiz |
|
7. |
Bank aktivlarining YAIMga nisbati |
53 foiz |
53-54 foiz |
54-55 foiz |
55 foizdan koʻp |
|
8. |
Bank depozitlarining YAIMga nisbati |
18 foiz |
19 — 21 foiz |
22 — 24 foiz |
25 — 27 foiz |