Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
farmoyishi
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga asosan 2020-yil 11-aprelda Vengriyaga koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini bartaraf etish uchun 500,0 ming dona bir marotabalik tibbiy yuz niqoblar insonparvarlik yordami sifatida yuborilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining Vengriyaga insonparvarlik yordam yukini yuborish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ilovaga muvofiq mablagʻlar ajratsin.
3. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-may,
241-F-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 241-F-son farmoyishiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining Vengriyaga insonparvarlik yordami yuborish bilan bogʻliq
XARAJATLAR SMETASI
|
Tashkilot nomi va xarajatlar turi* |
Dastlabki hisob-kitoblar |
Summasi | |
|
1. |
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi |
||
|
1.1 |
Bir marotabalik tibbiy yuz niqoblarining shakllantirish punktiga yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikdagi narxi |
250 000 dona x 2 250,0 soʻm |
562 500 000,0 soʻm |
|
1.2 |
Bir marotabalik tibbiy yuz niqoblarining shakllantirish punktiga yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikdagi narxi |
250 000 dona x 1 750,0 soʻm |
437 000 000,0 soʻm |
|
|
Jami: |
|
1 000 000 000,0 soʻm |
* Insonparvarlik yordam yuki 2020-yil 11-aprelda Ozarbayjon Respublikasining Boku shahri aeroportida Vengriya Tashqi ishlar vazirligi vakillariga topshirildi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2020-y., 09/20/241-F/0574-son)