11.05.2020 yildagi 276-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarning moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish va toʻlov qobiliyatini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi “Fargʻonaazot” AJning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish, moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish orqali jamiyatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarop qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2001 — 2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatlari ostida “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi oʻrinlarda — Oʻzmilliybank) kreditlarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasida natriy xlorat va magniy xlorat defolianti ishlab chiqarishlarini rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 28-yanvardagi 41-son qaroriga muvofiq yiliga 20 ming tonna natriy xlorat va 11,8 ming tonna magniy xlorat defolianti ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan ishlab chiqarishlar rekonstruksiya qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasida konsentratsiyalanmagan azot kislotasi va ammiakli selitra ishlab chiqarishlari qurilishini tugallash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-oktabrdagi 484-son qaroriga muvofiq yiliga 360 ming tonna konsentratsiyalanmagan azot kislotasi va 450 ming tonna ammiakli selitra ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan ishlab chiqarishlar qurilishi amalga oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Fargʻonaazot” AJda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga talabning mavsumiyligi, moliyaviy-iqtisodiy holatga salbiy taʼsir koʻrsatgan boshqa omillar hisobiga Oʻzmilliybank tomonidan ajratilgan kreditlardan umumiy qarzdorlik summasi 2020-yilning 1-yanvar holatiga koʻra 35,8 mln dollarni, shundan: asosiy karz — 3,3 mln dollar, foizlar — 32,5 mln dollarni tashkil etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzmilliybank va “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan mazkur qarzdorlikni milliy valyutaga oʻzgartirgan holda toʻlov muddatini 2022-yilning dekabr oyiga qadar uzaytirishni koʻzda tutgan holda kredit shartnomalari shartlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida taklif kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzkimyosanoat” AJ va Oʻzmilliybankning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fargʻonaazot” AJ investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Oʻzmilliybank tomonidan xorijiy valyutada ajratilgan kredit summasini qaytarish muddatini 2022-yil dekabrga qadar uzaytirish va belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzmilliybankka “Fargʻonaazot” AJning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit qoldiqlarini milliy valyutaga konvertatsiya qilish hamda ular boʻyicha foiz stavkalarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasida belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, “Oʻzkimyosanoat” AJ va “Fargʻonaazot” AJ tomonidan kredit majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan Oʻzmilliybankka berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzkimyosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Fargʻonaazot” AJ moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish va toʻlov qobiliyatini mustahkamlash, shuningdek, natriy xlorat, magniy xlorat defolianti, konsentratsiyalanmagan azot kislotasi va ammiakli selitra ishlab chiqarishlari quvvatlaridan samarali foydalangan holda Oʻzmilliybank oldidagi kredit qarzdorligini oʻz vaqtida va toʻliq soʻndirishning qoʻshimcha chora-tadbirlarini ishlab chiqib, ularning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri T.A. Ishmetov va “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 09/20/276/0572-son)