Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FARGʻONA “AZOT” IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASIDA KONSENTRATSIYALANMAGAN AZOT KISLOTASI VA AMMIAKLI SELITRA IShLAB ChIQARIShLARI QURILIShINI TUGALLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligining ammiakli selitraga boʻlgan ehtiyojini, uni eksportga yetkazib berishni taʼminlash maqsadida va Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-martdagi 129-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasida yiliga 360 ming tonna konsentratsiyalanmagan azot kislotasi va 450 ming tonna ammiakli selitra ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan ishlab chiqarishlar qurilishini tugallash loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasiga “MBNS” (Chexiya) firmasi bilan texnik hujjatlarni tayyorlash, asbob-uskunalar, materiallar yetkazib berish, shefmontaj ishlarini va asosiy ishlab chiqarishlarning texnologik asbob-uskunalarini ishga tushirishga texnik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan qiymati 50660 ming AQSh dollari boʻlgan kontrakt tuzishga ruxsat etilsin.
3. Quyidagilar:
Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi — konsentratsiyalanmagan azot kislotasi va ammiakli selitra ishlab chiqarishlari qurilishining bosh buyurtmachisi etib;
“Fargʻonasanoatxoʻjalikqurilish” aksiyadorlik jamiyati — ushbu ishlab chiqarish qurilishi boʻyicha bosh pudratchi etib;
“Oʻzkimyosanoatloyiha” institutining Chirchiq filiali — bosh loyihalovchi etib;
ishlab chiqarishlarni loyihalash, qurish, asbob-uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish va ishga tushirish muddatlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-yanvardagi 45-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-yanvardagi 45-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Moliya vaziri “ING Barings” bankiga va “EGAP” eksport-kredit agentligi — Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari boʻyicha hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasining jalb etiladigan kreditlar yuzasidan majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatlar berishga vakil qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlari yuzasidan, kredit bitimiga ilova bilan belgilangan shakl boʻyicha, yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
9. Belgilansinki, Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi uchun ushbu loyihani amalga oshirish davrida foyda soligʻini hisoblash chogʻida soliq solinadigan baza mazkur loyiha boʻyicha olinadigan kreditlarni va unga xizmat koʻrsatish chiqimlarini toʻlashga yoʻnaltiriladigan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
10. Quyidagilar:
Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi — konsentratsiyalanmagan azot kislotasi va ammiakli selitra ishlab chiqarishlari qurilishi yuzasidan “MBNS” firmasi bilan tuziladigan kontraktga muvofiq keltiriladigan import asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, texnik hujjatlar uchun bojxona bojlari toʻlashdan;
qurilishda qatnashuvchi pudrat tashkilotlari — ushbu loyiha boʻyicha import asbob-uskunalar va materiallar (ishlar va xizmatlar) uchun bojxona bojlari toʻlashdan;
“ING Barings” banki, “EGAP” eksport-kredit agentligi va “MBNS” firmasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi norezidentlardan undiriladigan daromad soliqlarini toʻlashdan ozod qilinsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasidagi konsentratsiyalanmagan azot kislotasi va ammiakli selitra ishlab chiqarish boʻyicha mavjud quvvatlarni tiklashni belgilangan tartibda kelishib olsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-oktabr,
484-son