Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-aprel,
261-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi 261-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qaroriga 8-ilovaning rus tili matnidagi 13-bandida:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“skladskiye svidetelstva”, drugiye finansovie instrumenti i prava arendi zemelnogo uchastka”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Boshoqli don yetishtirishni yanada ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi 959-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 26-apreldagi 357-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2020-y., 09/20/261/0515-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)