A.N. Aripov | — | O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari | |
2. | S.U. Umurzoqov | — | Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari |
3. | B.I. Zakirov | — | qurilish vaziri |
4. | S.X. Kariyev | — | Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori v.b. |
5. | Sh.Sh. Sagdullayev | — | O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori, O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika sanoati korxonalari uyushmasi raisi |
6. | O.B. Rustamov | — | iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari |
7. | M.B. Azimov | — | Davlat bojxona qo‘mitasi raisi |
8. | R.K. Xolmatov | — | Toshkent viloyati hokimi |
9. | J.A. Artikxodjayev | — | Toshkent shahar hokimi |
10. | Sh.A. Vafayev | — | investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijrochi direktori |
11. | M.A. Allabergenov | — | Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi direktori |
12. | Sh.A. Abidov | — | Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Ishchi guruh kotibi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.04.2020 yildagi PQ-4698-son
Кучга кириш санаси
29.04.2020
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Farmatsevtika tarmog‘ining ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish bazasini jadal rivojlantirish, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida yuqumli va boshqa kasalliklarni aniqlash hamda davolash uchun zamonaviy samarador preparatlarni ishlab chiqarish bo‘yicha uning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini (keyingi o‘rinlarda — Klaster) tashkil etish” loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 50 million dollargacha summada mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Klaster hududida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi obyektlar qurilishini tashkillashtirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
loyihaviy takliflarni ko‘rib chiqish va Klaster hududida birinchi navbatda quriladigan, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining ro‘yxatini aniqlash;
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
birinchi navbatdagi obyektlar qurilishining borishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qurilish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘larning qarzdori hisoblanadi;
qarzni so‘ndirish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar Klaster hududidagi obyektlarni sotish va binolarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar, shuningdek, Agentlik huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi hamda Agentlikning boshqa tushumlari hisobidan amalga oshiriladi;
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek, qurilayotgan obyektlar bo‘yicha asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni qabul qilib olish uchun mas’ul hisoblanadi.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq birinchi navbatdagi obyektlar qurilishini moliyalashtirish Ishchi guruhning qaroriga binoan parallel ravishda quyidagilarni ekspertizadan o‘tkazgan holda amalga oshiriladi:
zamonaviy import asbob-uskunalar va texnologiyalar, qurilish materiallari, butlovchi buyumlarni xarid qilish bo‘yicha import kontraktlarini — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.