27.04.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3230
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3230]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir J. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-son

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2020-yil 25-martdagi 70-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom talablari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hududiy “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga (bundan buyon matnda “Agropilla” MChJ deb yuritiladi) tegishli boʻlgan tutzorlarga (bundan buyon matnda tutzorlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tutzorlar “Agropilla” MChJ tomonidan aholiga (oilaga) oilaviy pudrat asosida pilla yetishtirish mavsumi boshlanishidan oldin tanlov asosida ajratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Agropilla” MChJ tomonidan tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga (oilaga) ajratish boʻyicha tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) mavsum boshlanishidan kamida 1 oy oldin oʻtkazilishi haqida mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga (oilaga) ajratib berish maqsadida “Agropilla” MChJ rahbarining qarori bilan mazkur jamiyat xodimlaridan 5 nafardan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish boʻyicha tanlov komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga kiritilgan shaxslar oilaviy pudratchi sifatida tanlovda ishtirok etishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oila boshligʻi yoki oilaning voyaga yetgan boshqa aʼzosi (bundan buyon talabgor deb yuritiladi) oilaviy pudrat asosida tutzorlarni ajratib berish haqida tanlov eʼlon qilingandan keyin bir oy ichida Komissiyaga yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada talabgorning mehnatga layoqatli doimiy ish joyiga ega boʻlmagan oila aʼzolari soni, tutzorlarga ishlov berish va tut ipak qurtini parvarishlash uchun zarur bilim va tajribasi hamda talabgorda tut ipak qurtini parvarishlash uchun zarur bino va inshootlar hamda shart-sharoitlar mavjudligi haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgorlarning arizalari Komissiya tomonidan 7 kun muddatda koʻrib chiqiladi, bunda Komissiya zarur hollarda arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni manzil boʻyicha joyiga borib oʻrganishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgor quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning mehnatga layoqatli doimiy ish joyiga ega boʻlmagan aʼzolarining mavjudligi va ularning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila aʼzolarining tutzorlarga ishlov berish va tut ipak qurtini parvarishlash uchun zarur bilim va tajribaga egaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tut ipak qurtini parvarishlash uchun zarur bino va inshootlar hamda shart-sharoitlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya mazkur Nizomning 7-bandida keltirilgan mezonlarga muvofiq talabgorga tutzorlarni oilaviy pudrat asosida ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida xulosa qiladi va “Agropilla” MChJ rahbariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Agropilla” MChJ rahbari Komissiya xulosasiga muvofiq tutzorlarni oilaviy pudrat asosida ajratib berish toʻgʻrisida 3 kunlik muddatda qaror qabul qiladi va talabgorga bu haqda yozma yoki elektron tarzda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agropilla” MChJ rahbarining qarorida oilaviy pudrat asosida talabgorlarga ajratiladigan tutzorlarning oʻlchami, ularning joylashgan manzili, talabgorning talabi qondirilmagan taqdirda esa, uning asoslangan sababi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Agropilla” MChJga tegishli boʻlgan tutzorlar oilaviy pudratchilarga 1 gektardan 3 gektargacha va 5 yil muddatga foydalanish uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tutzorlarni ajratib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng “Agropilla” MChJ rahbari va talabgor oʻrtasida tutzorlarni ipak qurti boqish va pilla mahsuloti yetishtirish uchun oilaviy pudrat asosida ajratib berish boʻyicha 5 yil muddatga shartnoma (bundan buyon matnda oilaviy pudrat shartnomasi deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oilaviy pudrat shartnomasi “Agropilla” MChJ rahbari va talabgor tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oilaviy pudrat shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutzorlardan foydalanish shartlari, tomonlarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq tut daraxtlarining barg hosildorligi, yerni meliorativ holati, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtiriladigan tirik pilla mahsulotining miqdori va sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilgan pilla mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni sotish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutzorlarni sugʻorish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan oilaviy pudratchini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning kelishuviga koʻra boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shartnoma ikki nusxada tuziladi va imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartnomaning bir nusxasi “Agropilla” MChJda, ikkinchi nusxasi tanlov natijasida gʻolib deb topilgan talabgorda (bundan buyon matnda oilaviy pudratchi deb yuritiladi) saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tutzorlarni oilaviy pudratchiga topshirishda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma tutzorlarning oʻlchami, ularning joylashgan manzili, holati va tutzorlardagi mavjud koʻp yillik daraxtlar soni koʻrsatilgan holda ikki nusxada tuziladi hamda “Agropilla” MChJ vakili va oilaviy pudratchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bitta nusxasi “Agropilla” MChJda, ikkinchi nusxasi oilaviy pudratchida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oilaviy pudratchilarga berilgan tutzorlarda “Agropilla” MChJ rahbarining yozma roziligi bilan vaqtinchalik qurilma va boshqa inshootlar qurilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oilaviy pudrat asosida ajratilgan tutzorlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oilaviy pudratchi tutzorlardan tut bargi yetishtirish va tut ipak qurti parvarishlash maqsadida foydalanilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutzorlarni orasiga tut koʻchatlarini ekish mumkin, bunda ularning 95 foizidan ortiq koʻkaruvchanligini taʼminlaydi va asrab qolish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutzorlarning tut bargi hosildorligini oshirish maqsadida oʻz vaqtida bahorgi, yozgi va kuzgi agrotexnik ishlovlar berish (oʻgʻitlash, tagini yumshatish, qator oralarini haydash va qondirib sugʻorish) ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutzorlar yer maydonining meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish va tutzorlarning barg hosildorligini koʻpaytirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutzorlarni asrash hamda ularning payxon qilinishi va noqonuniy kesib ketilishining oldini olish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutzorlardan olingan tut bargidan pilla yetishtirish uchun foydalanadi, bunda tut ipak qurti parvarishlash hajmi tut bargining miqdoriga qarab belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilgan tirik pillani shartnoma asosida toʻliq pillani qayta ishlash korxonasiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oilaviy pudratchilar tutzorlardagi tutlar oraliqlaridan ularning tut bargi hosildorligini kamaytirmagan holda mustaqil ravishda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishda foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oilaviy pudratchi tomonidan yetishtirilgan pilla hosilini sotishdan tashqari tutzorlar orasiga qoʻshimcha ekinlar ekish orqali olinadigan daromadlar oilaviy pudratchining oʻzida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Agropilla” MChJ pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan oilaviy pudratchilarga tutzorlarni yangilash uchun tut koʻchatlari, shuningdek pilla mavsumlarida ipak qurti urugʻi hamda tomonlar kelishuviga koʻra boʻnak (avans) mablagʻlari berilishini taʼminlaydi. Bunda oilaviy pudratchilarga tutzorlarni yangilash uchun tut koʻchatlari va pilla mavsumlarida ipak qurti urugʻi bepul yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutzorlarga ishlov berish uchun ularni yetarli miqdorda mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash oʻzaro kelishuv asosida qayta ishlash korxonalari yoki oilaviy pudratchi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuman “Agropilla” MChJ tavsiyasiga asosan Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari tut daraxtlarining oʻta xavfli zararkunandasi (tut parvonasi)ga va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 23-iyundagi 113-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3230-1, 13.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/3230-1/0475-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuman “Agropilla” MChJ pillani qayta ishlash korxonalari bilan birgalikda oilaviy pudrat asosida ajratilgan tutzorlardan maqsadli va samarali foydalanishni monitoring qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har yili dekabr oyida oilaviy pudratchilarga ajratilgan tutzorlar “Agropilla” MChJ tomonidan xatlovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov natijalari boʻyicha tut daraxtlarining kamayishi, hosildorlikni pasayishi va payxon qilinishi aniqlangan holatlarda oilaviy pudrat shartnomasiga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shartnoma shartlarini bajarish, oʻzgartirish yoki bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar shartnomaga muvofiq hal qilinadi. Oʻzaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-mart

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 10/20/3230/0514-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.07.2023-y., 10/23/3230-1/0475-son)