O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga oid masalalarni muvofiqlashgan hamkorligini tartibga solish hamda mazkur yo‘nalishda davlat organlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmua (keyingi o‘rinlarda — karantin majmuasi) barpo etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent shahar hokimligi huzurida Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuasini boshqarish bo‘yicha maxsus markaz (keyingi o‘rinlarda — Karantin markazi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish maxsus markazining tuzilmasi 1-ilovaga;
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga;
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida karantin majmualari tashkil etilganda Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Toshkent shahar hokimiga karantin majmuasida saqlanayotgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslar sonidan kelib chiqib Karantin markazining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda karantinga olingan shaxslar deb ataladi) qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan chiqarishni tashkil etish;
karantin majmuasini samarali boshqarish, karantin majmuasida koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish va karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazoratini tizimli ravishda olib borish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan karantinga olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini nazorat etilishida hamkorlik qilish;
karantinga olingan shaxslarni qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan markazlashtirilgan tartibda chiqarishni tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
karantin majmuasida muntazam, shu jumladan, karantin tadbirlari yakunlangandan keyin dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishni ta’minlash.
Toshkent shahar hokimligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
direktori O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
faoliyati manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari hamda yordamchi va texnik xodimlarni jalb qilgan holda tashkil etiladi;
oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur tovarlarni istisno tariqasida, tender savdolarisiz, ishlab chiqaruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) lar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali xarid qiladi;
o‘zining faoliyati, yuzaga kelayotgan tizimli muammolar, karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazorati to‘g‘risida har kunlik ma’lumotlar hamda favqulodda vaziyatlar haqida darhol O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) elektron tarzda axborot kiritib boradi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi karantin majmuasiga mehnat va xizmat faoliyatini olib borish maqsadida tegishli mutaxassis, xodimlar va harbiy xizmatchilarning biriktirilishini ta’minlasin.
asosiy ish joyidan ajralgan va oylik ish haqi (pul ta’minoti) saqlangan holda olib boradilar hamda ularga tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ularni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi;
bevosita karantin majmuasida istiqomat qilib, unda o‘rnatilgan rejimga rioya qilgan holda olib boradilar.
7. Karantin markazining moddiy-texnika bazasini shakllantirish va joriy saqlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish, shuningdek karantinga olingan shaxslarni hamda jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilarni oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur narsalar bilan ta’minlash xarajatlari quyidagilar hisobidan qoplanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda karantin markazini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash hamda yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash ishlarini tezlashtirsin.
9. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mitasi bilan birgalikda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib karantin tadbirlari tugatilgandan so‘ng 5 kun muddatda ushbu majmuadagi inshootlardan samarali foydalanish yuzasidan Komissiyaga taklif kiritsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — karantin markazlariga umumiy rahbarlik qilish va jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar faoliyatini muvofiqlashtirishga;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazoratini tizimli ravishda olib borgan holda ularni sog‘lig‘ini saqlashga va karantin majmuasida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi — karantin majmualari perimetri bo‘ylab kecha-kunduz qo‘riqlashga;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi — karantin majmualarida ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga va jamoat tartibini saqlashga;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — karantin markazlarini o‘rnatilgan tartibda Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlashga mas’ul hisoblanadilar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada (keyingi o‘rinlarda — karantin majmuasi) epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
karantin — ma’lum hududni koronavirus infeksiyasi tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yo‘qotishga hamda koronavirus infeksiyasining bir joydan boshqa hududlarga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ma’muriy va sanitariya-epidemiologik tadbirlar majmui;
markaz — karantin majmuasini boshqarish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus markaz;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat organlari — karantin majmuasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vakillari;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
sanitariya-karantin punktlari — Davlat chegaralarini quruqlikda (avtomobil va temir yo‘llari), havo va suv yo‘llari orqali kesib o‘tish joylaridagi chegara-bojxona majmualarida tashkil etiladigan ixtisoslashgan profilaktik muassasa;
qizil zona — karantin majmuasining qabulxonasi, karantinga olingan shaxslarning yashashi uchun mo‘ljallangan xonalari (shu jumladan, yuvinish xonasi va hojatxona), biologik material olish uchun mo‘ljallangan xonalar, karantinga olingan shaxslarning shaxsiy buyumlari saqlanishi uchun mo‘ljallangan xonalar, tozalash va dezinfeksiya vositalari saqlanishi uchun mo‘ljallangan xonalar;
sariq zona — qizil zonadan yashil zonaga yoki yashil zonadan qizil zonaga o‘tish uchun ularning oralig‘ida joylashtiriladigan hamda u erda bo‘lgan shaxslarning kiyinishi, yuvinishi va kiyimlarini zararsizlantirilishiga mo‘ljallangan xonalar;
yashil zona — karantin majmuasining tibbiyot va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda nazorat organlarining xodimlari uchun mo‘ljallangan xonalar, shuningdek dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa tibbiyot preparatlari zaxirasi saqlanishi uchun mo‘ljallangan hamda xodimlar uchun yuvinish va kiyinish xonalari, hojatxona va oshxona.
3. Chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilar dastlab sanitariya-karantin punktlarida navbatchi xodimlar tomonidan koronavirus infeksiyasining belgilarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan holda tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng chegara va bojxona xizmatlari nazoratidan o‘tkaziladi.
4. Chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilar orasidan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxs aniqlanganda harakatlanish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5. Sanitariya-karantin punktlarining navbatchi xodimlari tomonidan chegara bojxona postlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarning ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — chegaradan o‘tayotgan shaxslar ro‘yxati) shakllantiriladi va elektron aloqa vositalari orqali markazga yuboriladi.
6. Markaz chegaradan o‘tayotgan shaxslar ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini ta’minlaydi.
7. Tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi chegaradan o‘tayotgan shaxslar ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni hamda ularga tegishli bo‘lgan buyumlarni karantin majmuasiga olib borilishi uchun ularning soniga mutanosib ravishda transport vositalari bilan ta’minlaydi.
8. Karantinga olinadigan shaxslar ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida karantin majmuasiga olib boriladi.
Karantinga olinadigan shaxslar tomonidan karantin majmuasiga borishdan bo‘yin tovlash epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi hamda bunday hollarda shaxs majburiy tartibda karantin majmuasiga olib boriladi.
9. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib borishda kuzatib boruvchi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari, shuningdek ularni olib boruvchi transport vositasi haydovchisi shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
10. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib kelgan transport vositasida karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maxsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng uning ketishiga ruxsat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda ichki ishlar organlari hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining bo‘limlari xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati shakllantiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Bunda, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining bo‘limi shu vaqtning o‘zida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarninig ro‘yxatini elektron aloqa vositalari orqali tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organi, sog‘liqni saqlash organiga hamda markazga yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
13. Ichki ishlar organi tomonidan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (IIOFMB, bo‘limlari)ga yuboriladi.
14. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) darhol o‘zlariga tegishli hududda yashaydigan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxatida ko‘rsatilgan shaxslarni uy sharoitida “o‘zini-o‘zi yakkalash”ini ta’minlaydi.
15. Markaz koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini ta’minlaydi.
16. Tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlarninig ro‘yxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni hamda ularga tegishli bo‘lgan buyumlarni karantin majmuasiga olib borilishi uchun ularning soniga mutanosib ravishda transport vositalari bilan ta’minlaydi.
17. Karantinga olinadigan shaxslar ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida karantin majmuasiga olib boriladi.
Karantinga olinadigan shaxslar tomonidan karantin majmuasiga borishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ular majburiy tartibda karantin majmuasiga olib boriladi va bunday harakatlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
18. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib borishda kuzatib boruvchi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari, shuningdek ularni olib boruvchi transport vositasi haydovchisi shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
19. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib kelgan transport vositasida karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maxsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng uning ketishiga ruxsat beriladi.
20. Karantin majmuasiga chegara-bojxona postidan o‘tayotgan hamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar joylashtiriladi.
22. Yashil zonaga tibbiyot va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, nazorat organlarining xodimlari, shuningdek karantin majmuasining yordamchi bo‘limlari xodimlari va karantin majmuasi ma’muriyatining ruxsati bo‘lgan boshqa shaxslar joylashtiriladi.
24. Karantin majmuasiga kiritiladigan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mavsumiy grippga qarshi emlangan bo‘lishi tavsiya etiladi.
25. Karantinga olingan shaxslar karantin majmuasida 14 kun davomida yoki karantinga olingan shaxsning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida saqlanadi.
26. Karantin majmuasiga olib kelingan shaxslar u erga joylashtirilishidan oldin birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, ya’ni tana haroratining o‘lchanishi, tibbiy niqob bilan ta’minlanishi va qo‘llarini antiseptik vositalari bilan zararsizlantirilishi va shundan keyin tegishli xonalarga joylashtirilishi kerak.
27. Karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon, audio va video vositalar, kredit kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar karantin majmuasining kirish joyida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan vaqtincha olib qo‘yiladi.
28. Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar har bir shaxsning F.I.O. ko‘rsatilgan holda ikki nusxada tuziladigan ro‘yxat asosida qabul qilib olinadi.
Bunda, ro‘yxatda har bir topshirilgan buyum ko‘rsatilishi, shuningdek buyumlarni topshirgan va qabul qilgan shaxs tomonidan imzo qo‘yish orqali tasdiqlanishi lozim. Ro‘yxatning bir nusxasi buyumlarni topshirgan shaxsga beriladi va ikkinchi nusxasi markazning mas’ul xodimida saqlanadi.
29. Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar karantinga olingan shaxs karantin majmuasidan chiqayotgan vaqtda o‘ziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud qonuniy vakillariga topshiriladi. Bunda buyumlarni qabul qilib olgan shaxs ularni qaytarib olganligini o‘z imzosi bilan tasdiqlashi shart.
Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlarni saqlash (qo‘riqlash) markaz tomonidan ichki ishlar va milliy gvardiya organlari bilan birgalikda tashkillashtiriladi.
30. Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar maxsus xonada ochiq ultrabinafsha nurlari (bakteriotsid lampa) bilan yoki sterillangan spirtli nam salfetkalar yoxud antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinadi.
31. Karantin majmuasining har bir xonasiga 4 tadan ko‘p bo‘lmagan shaxslar ularning shaxsini hisobga olgan holda joylashtiriladi. Bunda erkaklar va ayollar hamda yuqumli va parazitar kasalliklarga chalingan yoki tibbiy kuzatuvga muhtoj bo‘lgan bemorlar alohida xonalarda joylashtirilishi shart, bundan bir xonaga bir oilaning a’zolarini joylashtirish hollari mustasno.
32. Karantin majmuasining har bir xonasiga karantinga olingan shaxslarni joylashtirish bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishi shart.
Agar xonaga bir vaqtning o‘zida 4 tadan kam shaxs joylashtirilganda yoki bir xonaga joylashtirilgan shaxslar orasidan biri yoki bir nechtasi chiqarilganda ushbu xonada qolgan shaxslarning karantinda bo‘lish muddati tugaguniga qadar mazkur xonaga boshqa shaxslarni joylashtirish taqiqlanadi.
33. Karantin majmuasining xonasida mavjud jihoz va buyumlarning nomi va soni ko‘rsatilgan ro‘yxat har bir xonaning hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyiga osib qo‘yiladi.
34. Karantinga olingan shaxslarning kun tartibi markaz tomonidan belgilanadi. Kun tartibi karantin majmuasining har bir xonasida hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyga osib qo‘yiladi.
35. Karantin majmuasining karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan har bir xonasi eshigining tashqi tomoniga ushbu xonada joylashtirilgan shaxslarning F.I.O. ko‘rinarli qilib osib qo‘yilishi zarur.
36. Karantinga olingan shaxslarning shaxsiy vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun kitob va davriy bosma nashrlari bilan ta’minlash markaz zimmasiga yuklatiladi.
Bunda, bir xonadagi shaxslarga berilgan kitob va davriy bosma nashrlarini boshqa xonadagi shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
37. Karantinga olingan shaxslar uchun shaxsiy gigiyena vositalari (shu jumladan, antiseptik vositalar, tibbiy niqob, sovun) bilan ta’minlanishi shart.
38. Karantin majmuasining karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan har bir xonasi barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bunda, xonalar mazkur Nizomning ilovasida belgilangan me’yorlardan kam bo‘lmagan holda jihozlanadi.
Karantin majmuasi hududida joriy tozalov ishlari kuniga bir mahal, shuningdek haftada kamida bir marotaba dezinfeksiya vositalaridan foydalangan holda o‘tkaziladi. Bunda karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan xonada joriy tozalov ishlari ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi.
Karantin majmuasi hududida, shu jumladan karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan xonada profilaktik dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari har oyda kamida bir marta amalga oshirilishi talab etiladi.
39. Karantin majmuasining karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan har bir xonasi tibbiy yordam chaqirish, karantin majmuasi ma’muriyati bilan bog‘lanish va tashqi aloqa uchun uzluksiz ravishda ishlaydigan telefon apparati bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Bunda, karantinga olingan shaxslarning xonasidagi yuvinish xonasi yoki hojatxona ishlamasligi yoxud shaxsiy gigiyena vositalarining (shu jumladan, antiseptik vositalar, tibbiy niqob, sovun) mavjud emasligi haqidagi talablari karantin majmuasi ma’muriyati tomonidan darhol bartaraf etilishi shart.
40. Karantin majmuasida karantinga olingan shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ularning tegishliligi bo‘yicha mas’ul xodimlarga xabar berilishini ta’minlash maqsadida karantin majmuasida alohida navbatchilik qismi tashkil etiladi.
41. Karantinga olingan shaxslar tashqaridan har qanday ko‘rinishdagi pochta jo‘natmalari, posilka va banderollar qabul qilishi taqiqlanadi, bundan quyidagi jo‘natmalar mustasno:
Mazkur jo‘natmalar markazning maxsus xodimlariga topshiriladi. Bunda jo‘natmalarning xususiyatidan kelib chiqib ultrabinafsha nurlari (bakteriotsid lampa) yoki sterillangan spirtli nam salfetkalar yoxud antiseptik vositalar bilan dizinfeksiya qilinadi va karantinga olingan shaxslarga yetkaziladi.
42. Karantin majmuasida karantinga olingan shaxslar shaxsiy ehtiyojlari yoki boshqa sabablar tufayli ular harakatlanishi belgilangan hududdan chiqishi qat’iyan taqiqlanadi.
43. Karantinga olingan shaxslarning choyshablari har yetti kunda va ifloslanishiga qarab almashtiriladi.
Karantinda bo‘lish muddati tugaganidan so‘ng karantin majmuasidan chiqarilgan shaxslarning foydalanilgan choyshablari kamerali dezinfeksiya usulida zararsizlantiriladi, karavot va karavot oldi tumbalar hamda xonadagi barcha jihoz va anjomlar dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida joriy tozalash va dezinfeksiya tadbirlaridan o‘tkaziladi.
44. Karantinga olingan shaxslar har kuni ikki mahal (ertalab va kechqurun) tibbiyot xodimlari tomonidan tana harorati o‘lchanadi, koronavirus infeksiyasi klinik belgilari (tana haroratining me’yoridan yuqoriligi, quruq yo‘tal, holsizlanish, nafas siqilishi) kuzatilganda darhol shifokor ko‘rigi tashkil etiladi.
Tibbiy kuzatuv bilan bir vaqtda tibbiyot xodimi karantinga olingan shaxslarning o‘z o‘rnida bo‘lganliklarini tekshirib boradi va bu haqdagi ma’lumotlarni alohida jurnalda muntazam ravishda (kamida sutkada ikki mahal (tun va kun) qayd etib boradi.
45. Karantin majmuasida koronavirus infeksiyasi klinik belgilari kuzatilgan shaxs aniqlanganda, u darhol karantin majmuasining alohida xonasiga (izolyatorga) ko‘chiriladi va uni 6 soat ichida tegishli kasalxonaga (gospital, provizor gospital) yuborish choralari ko‘riladi. Bu shaxslar bilan muloqotda bo‘lganlar esa laboratoriya tahlili natijalari olingunga qadar, o‘z xonalarida izolatsiya qilinadi.
46. Karantin majmuasida faoliyat yuritayotgan barcha tibbiyot xodimlari, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa shaxslar shaxsiy himoya vositalari (kombinezon, etik, tibbiy niqob, ko‘zoynak va qo‘lqop) turidan foydalanadi.
Karantin majmuasida xizmat o‘tovchi ichki ishlar organlari xodimlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari zarur shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob va qo‘lqop) foydalangan holda o‘z xizmat faoliyatlarini olib boradilar.
47. Karantin majmuasiga jalb etilgan xodimlar ushbu majmuada 14 kun davomida qolib ishlashlari (kazarma holatida bo‘lishlari) talab etiladi.
karantin majmuasi masofadan ushbu targ‘ibot ishlarini olib borish uchun umumiy axborot yetkazuvchi barcha vositalar bilan ta’minlanadi.
49. Qizil zonaga tibbiyot xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan boshqa xodimlarning kirishi va karantinga olingan shaxslar bilan muloqotga kirishishi qat’iyan taqiqlanadi.
Agar karantin majmuasiga jalb qilingan xodimlar faoliyati davrida ularda koronavirus infeksiyasi belgilari qayd etilsa, ushbu xodimlar karantin majmuasidan chiqarilmasdan, alohida kuzatuvga olinadi va mazkur Nizomning 45-bandiga muvofiq zarur tadbirlar amalga oshiriladi.
50. Karantin majmuasining qizil zonasidan yashil zonasiga o‘tish yoki aksincha yashil zonadan qizil zonaga o‘tish sariq zona orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Viloyat, shahar, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining bo‘limlari va hududiy o‘lat, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalarni profilaktika qilish markazlari karantin majmuasida epidemiyaga qarshi rejim talablari bajarilishini monitoring qilish va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
52. Karantinga olingan shaxslarni ovqatlantirish markaz tomonidan autsorsing yoki keytering shartlari asosida tashkil etiladi.
Karantinga olingan shaxslar bir kunda to‘rt mahal markaz hisobidan ovqatlantiriladi. Bunda karantinga olingan shaxslarga oziq-ovqatlarni tarqatish tibbiyot xodimi nazorati ostida amalga oshirilishi shart.
53. Markaz tomonidan har kuni oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorsing (keytering) tashkilotiga karantin majmuasida joylashtirilganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib borilishi lozim.
54. Karantin majmuasiga oziq-ovqatlar transport vositasida olib kelinishi, ular bir marotaba ishlatishga mo‘ljallangan, usti yopiladigan maxsus idishlarga joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda foydalaniladigan barcha buyumlar bir marotaba ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lishi talab etiladi.
55. Autsorsing (keytering) tashkilotlari tomonidan karantin majmuasiga olib kelingan oziq-ovqatlar markaz faoliyatiga jalb qilingan mas’ul yordamchi xodimlar tomonidan qabul qilib olinadi va tarqatiladi.
56. Oziq-ovqatlar shu vaqtning o‘zida tibbiyot xodimlari nazorati ostida karantin majmuasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan navbat bilan qizil va yashil zonalarda joylashtirilgan shaxslarga tarqatiladi.
57. Karantin majmuasida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan tarqatilgan oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari har bir xonadan maxsus polietilen qoplarga yig‘ib chiqiladi.
Oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari joylashtirilgan maxsus polietilen qoplar saqlab turilishi taqiqlanadi.
58. Barcha oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari joylashtirilgan maxsus polietilen qoplar shu vaqtning o‘zida tegishli hududga olib borilib, maxsus (mufel) pechlarda kuydirib tashlash orqali yo‘q qilinadi.
59. Karantin majmuasi hududiga faqatgina markaz komendanti ruxsati bilan markazga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi.
60. Karantin majmuasi hududiga kiritiladigan har bir transport vositasi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgandan keyingina kiritilishi mumkin.
61. Karantin majmuasi hududiga kiritiladigan va ushbu hududdan chiqariladigan transport vositalari, ularning haydovchisi va boshqa shaxslar to‘g‘risidagi, shuningdek hududga olib kiriladigan buyum, mahsulot va boshqa vositalar haqidagi ma’lumotlar ichki ishlar va milliy gvardiya organlarining xodimlari tomonidan tizimlashtirilgan tartibda karantin majmuasi bo‘yicha yuritiladigan elektron ma’lumotlar bazasiga kiritib borilishi shart.
62. Transport vositasini karantin majmuasi hududiga kiritishda ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan transport vositasi haydovchisiga olib kelingan buyum, mahsulot va vositalarni karantin majmuasida qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan hudud doirasida harakatlanishi va ortga qaytishi lozimligi tushuntirilishi kerak.
63. Karantin majmuasi hududidan har qanday buyum, mahsulot va boshqa vositalarning olib chiqilishi taqiqlanadi, bundan yashil zonadan chiqariladigan maishiy chiqindilar mustasno.
64. Transport vositalari karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maxsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng uning ketishiga ruxsat beriladi.
65. Karantin majmuasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar har qanday holatda 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani saqlashlari tavsiya etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
66. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi:
(66-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
karantinga olingan shaxslarning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi ta’minlanishi ustidan belgilangan tartibda nazorat olib borishlari;
karantinga olingan shaxslar tomonidan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzilishini oldini olishlari, ularni aniqlashlari va bartaraf etishlari;
karantinga olingan shaxslarda koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlangan hollarda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni darhol karantinda olingan boshqa shaxslardan ajratish choralarini ko‘rilishini, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashlari shart.
67. Begona shaxslarni, jonivorlarni va avtotransport vositalarni karantin majmuasi hududiga kiritmaslik maqsadida karantin majmuasi hududi o‘rab olinishi, hududni qo‘riqlayotgan xodimlar uchun maxsus xonalar bo‘lishi, hududda kuzatuv olib borish va kirish uchun maxsus postlar belgilanishi lozim.
68. Karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarni nazorat qilish ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari hamda karantin majmuasi xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan navbatchilik guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
Karantin majmuasida karantinga olingan har bir shaxsning xonasi va unga tutash bo‘lgan hudud ushbu navbatchilik guruhlari tomonidan alohida karantin hududi sifatida qat’iy nazoratga olinadi.
69. Karantin majmuasi hududini qo‘riqlash Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, karantin majmuasi binolari va unga tutash hududni kecha-kunduz navbatchilik asosida qo‘riqlanishi ta’minlanadi.
karantinga olingan shaxslarning karantin ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari doimiy nazorat qilib boriladi;
karantin majmuasining hududida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
71. Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari hamda markaz xodimlari tomonidan karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida o‘zboshimchalik bilan karantin hududini tark etishga har qanday urinishlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanishi va bu belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantiriladi.
72. Karantinga olingan shaxslarni o‘zboshimchalik bilan karantin hududini tark etish yoki shunday harakatlarni sodir etishga urinish, shuningdek tibbiyot xodimlariga qarshilik ko‘rsatish holatlari sodir etilsa, bu to‘g‘risida ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlariga zudlik bilan xabar beriladi.
Bunda, ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari karantinga olingan shaxslarni o‘zboshimchalik bilan karantin hududini tark etishlarini oldini olishga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Karantin hududini o‘zboshimchalik bilan tark etishga uringan yoki karantin hududini tark etgan karantinga olingan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
74. Karantin majmuasida polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriyasi va kirxona bo‘linmalari tashkil etiladi.
75. Polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laborotoriya bo‘linmasi alohida binoda joylashgan va xonalarni joylashtirishda ketma-ketlik qoidalariga rioya etiladi va quyidagi xonalardan iborat bo‘lishi kerak:
76. Polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya bo‘linmasi xonalari manfiy bosim ostida ishlashga mo‘ljallangan mexanik ventilatsiya tizimiga ega bo‘lishi kerak.
77. Har bir xona funksional vazifasidan kelib chiqqan holda asbob-anjomlar, reaktiv va sarflovchi materiallar bilan ta’minlanishi kerak, bunda:
polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya bo‘linmasining barcha xonalari bakteritsid lampalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
78. Har bir xona laboratoriya mebeli (stol, stul, shkaf), bir kanalli har xil o‘lchamdagi dozatorlar, konteynerlar, dozator va probirkalar uchun shtativlar, ultrapast temperaturali muzlatgichlar uchun krioqo‘lqoplar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
80. Qizil majmuada joylashgan xonalarning choyshablarini, shuningdek tibbiy xodimlarning maxsus kiyimlarini yuvish uchun karantin majmuasi hududida kirxonalar tashkil etiladi.
81. Kirxona sanitariya qoidalari va me’yorlari talablari asosida suv ta’minoti, kanalizatsiya va ventilatsiya tizimiga ega bo‘lishi kerak. Kirxona xonalari alohida binoda joylashgan va xonalarni joylashtirishda ketma-ketlik qoidalariga rioya etiladi va quyidagi xonalardan (sexlardan) iborat bo‘lishi kerak:
82. Kirxonalar kirlarni zararsizlantirish uchun vannalar, kir yuvish mashinalari, tsentrifugalar, dazmollash uskunalari bilan jihozlanadi.
84. Kirlarni quritish sexi kirlarni quritish uchun mo‘ljallangan uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
85. Karantinga olingan shaxslarda oxirgi 14 kunlik muddatda yoki ularning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddatda koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni karantin majmuasidan chiqarish bo‘yicha sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.
Bunda, mazkur shaxslar bilan bir xonada bo‘lgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.
86. Karantin majmuasiga joylashtirilgan shaxslarni karantin majmuasidan chiqarishda quyidagilar inobatga olinadi:
karantin muddatida jami uch marotaba polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) tahlili o‘rganishda manfiy natija chiqqanligi.
87. Karantin majmuasidan chiqarilayotgan shaxslarning vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ularning o‘zlariga yoki ularning yaqin qarindoshlari yoxud qonuniy vakillariga karantin muddati tugaganidan keyin qaytarib beriladi.
88. Karantin majmuasi tomonidan karantindan chiqqan shaxslar haqida ularning yashash joylaridagi poliklinikalarga axborot beriladi.
Karantinga olingan shaxslar ustidan keyingi 10 kun davomida yashash joyidagi poliklinika shifokori tomonidan telefon orqali kuzatuv o‘rnatiladi.
89. Karantin majmuasidan chiqariladigan shaxslarni maxsus dezinfeksiyalangan transport vositalarida ularning yashash joylariga olib borilishi tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ta’minlanadi.
Bunda, ularni yashash joylariga olib borilishi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida amalga oshiriladi.
90. Karantindan chiqayotgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) muvofiq epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.
91. Karantindan chiqqan shaxslar yashagan xonalarda joriy tozalash va dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng sog‘liqni saqlash organlari tomonidan xonalar tegishli hududdagi markazga topshiriladi.
92. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, saqlash va topshirish uchun javobgarlik markaz direktorining buyrug‘i bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslarga yuklatiladi.
Moddiy javobgar shaxslarning almashinishi tovar-moddiy zaxiralarning inventarizatsiyasi va markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini tuzish bilan amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash joylari ushbu zaxiralarning xususiyatidan kelib chiqib ularni saqlashga mo‘ljallangan vositalar bilan ta’minlanishi, shuningdek zarur o‘lchov asboblari, o‘lchov idishlari va boshqa nazorat moslamalari bilan ta’minlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(93-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
94. Hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqarilish dalilini aniqlash paytida balansdan chiqarilishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralar markaz balansidan:
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
Oldingi tahrirga qarang.
95. Karantinga joylashtirilgan shaxslar tomonidan karantin majmuasining tovar-moddiy zaxiralariga yetkazilgan zarar ushbu shaxslar mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(95-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
96. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralar joylashgan binoni qo‘riqlash Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
97. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan karantinga olingan shaxslarning markazlashgan hisobi va karantin rejimi holati ustidan monitoringini olib borish imkonini beradigan markazlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) tashkil etiladi.
Axborot tizimiga joylashtiriladigan ma’lumotlar formati o‘z ichiga anketa, hisobotlar va boshqa shakllarni olishi zarur.
98. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot tizimi orqali karantin majmualarida joylashtirilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash, ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek ularni tegishli davlat organlariga taqdim etilishini ta’minlaydi.
99. Axborot tizimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — hududiy sog‘liqni saqlash organi) tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.
100. Karantin majmuasida axborot tizimiga kiritiladigan ma’lumotlarni va karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar shakllantirish uchun karantin majmuasining ma’lumotlar bazasi (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotlar bazasi) tashkil etiladi.
Ma’lumotlar bazasiga karantinga olingan shaxslar va karantindan chiqarilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar axborot tizimida belgilangan ma’lumotlarni yig‘ish shakliga muvofiq amalga oshiriladi.
101. Markaz ma’lumotlar bazasiga kiritilgan ma’lumotlarni har kuni kamida ikki marotaba tegishliligi bo‘yicha hududiy sog‘liqni saqlash organiga axborot tizimi orqali yuboradi.
102. Hududiy sog‘liqni saqlash organlari markaz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni qabul qilib oladi va shu vaqtning o‘zida umumlashtirilgan holda axborot tizimi orqali Sog‘liqni saqlash vazirligiga hamda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etib boradi.
103. Hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladigan ma’lumotlar axborot tizimiga mas’ul xodim tomonidan umumlashtirilgan holda qayta kiritiladi.
104. Axborot tizimida karantinga olingan yoki undan chiqarilgan shaxslarni hisobga olish axborot tizimida o‘rnatilgan formatdagi shakl bo‘yicha karantin majmuasiga joylashtirilgan shaxslarni hisobga olish kartochkasi asosida amalga oshiriladi.
105. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot tizimidagi yangilangan ma’lumotni kuniga kamida ikki marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
106. Karantinga olingan shaxslar haqidagi ma’lumotlardan foydalanishda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qat’iy amal qilinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot tizimidagi ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi oqibatida shaxsning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelgan yoki ushbu ma’lumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilgan holatlarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
(106-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
107. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
ILOVA
Karantinga olingan shaxslar joylashtiriladigan xonalarda bo‘lishi lozim bo‘lgan jihozlarning eng kam
T/r | Jihozlarning nomi | Jihozlarning soni |
1. | Kiyim javoni | 1ta |
2. | Tumba (oyoq kiyimlar uchun) | 1ta |
3. | Karavot | 4ta |
4. | Stol | 1ta |
5. | Stul | 4ta |
6. | Yumshoq jihozlar uchun javon | 1ta |
7. | Yostiq | 4ta |
8. | To‘shak | 4ta |
9. | Ko‘rpa (jun yoki paxtali) | 4ta |
10. | Choyshab | 4ta |
11. | Yostiq jild | 4ta |
12. | Ko‘rpa jild | 4ta |
13. | Xo‘jalik anjomlari uchun javon | 1ta |
14. | Sochiq | 4ta |
15. | Qog‘oz salfetkalari | 4 ta |
16. | Axlat qutisi | 1 ta |
17. | Pol yuvish uchun latta | 1ta |
18. | Chelak | 1ta |
19. | Supurgi | 1ta |
20. | Hokandoz | 1ta |
21. | Shvabra | 1ta |
22. | Konditsioner | 1ta |
23. | Televizor | 1ta |
24. | Termometr | 4ta |
25. | Devorda turadigan ilgich (sochiqlar uchun) | 1ta |
26. | Xolodilnik | 1ta |
1. Mazkur Nizom koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining bo‘limlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) (keyingi o‘rinlarda — hududiy ichki ishlar organlari) xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlarning (keyingi o‘rinlarda muloqotda bo‘lgan shaxs deb yuritiladi) ro‘yxati shakllantiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Bunda, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda bo‘lganlar koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining bo‘limi hamda hududiy ichki ishlar organlari shu vaqtning o‘zida muloqotda bo‘lgan shaxslarninig ro‘yxatini elektron aloqa vositalari orqali tegishlicha yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash hamda ichki ishlar organlariga, shuningdek tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Taqdim etilgan ro‘yxatga asosan mahalliy davlat hokimiyati, sog‘liqni saqlash hamda ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari bilan hamkorlikda tegishli hududda epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlari tashkil etilishini ta’minlaydi.
4. Ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari xodimlari bilan hamkorlikda darhol muloqotda bo‘lgan shaxslarninig ro‘yxatida ko‘rsatilgan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirilishi va saqlanishini ta’minlaydi.
5. Muloqotda bo‘lgan shaxslar 14 kun davomida yoki ularning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida (keyingi o‘rinlarda — karantin muddati) uy sharoitida karantinga olinadi.
6. Muloqotda bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantiniga olinganda ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan naryad tomonidan ularning karantin qoidalariga rioya qilinishi ustidan kechayu-kunduz qat’iy va tizimli nazorat o‘rnatiladi.
7. Muloqotda bo‘lgan shaxs uy sharoitida karantinga olinganda u bilan bir uyda yashovchi barcha shaxslar karantinga olinadi.
Mazkur uyda yashovchi shaxslarning biri yoki bir nechtasi karantinga olingan uydan tashqarida bo‘lgan taqdirda, ular darhol tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasidan foydalangan holda ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari kuzatuvi ostida yashash joyiga olib kelinadi. Bunda tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasida bo‘ladigan tibbiyot xodimlari hamda uning haydovchisi yuqori himoya darajasiga ega bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
Agar ushbu shaxslar yashash joyiga borishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ular ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan majburiy tartibda yashash joyiga olib boriladi va bunday harakatlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
8. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida uylarini tark etishlari qat’iyan man etiladi, bundan ularga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologiya yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollar mustasno.
Ushbu holatda uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga faqatgina tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasidan foydalangan holda, shuningdek ichki ishlar organlari kuzatuvi ostida tibbiyot muassasasiga olib boriladi. Bunda, tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasida bo‘ladigan tibbiyot xodimlari hamda uning haydovchisi yuqori himoya darajasiga ega bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslardan uy sharoitida karantinga olingan kundan boshlab bir kun ichida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining bo‘limlari xodimlari tomonidan polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasi olinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
10. Polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasining tahlili natijasi musbat bo‘lganda, darhol uy sharoitida karantinga olingan shaxsni mazkur Nizomnnig 8-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan shartlarda tegishli kasalxonaga (gospital, provizor gospital) olib borish choralari ko‘riladi.
Uy sharoitida karantinga olingan shaxs bilan bir uyda bo‘lgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.
11. Polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasining tahlili natijasi manfiy bo‘lganda, uy sharoitida karantinga olingan shaxslar belgilangan karantin muddati tugaguniga qadar karantinda qoldiriladi.
12. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantin muddati davomida yashash joyidagi poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan har kuni ikki mahal ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda birinchi ko‘rik soat 9:00 gacha, ikkinchi ko‘rik 16:00 gacha amalga oshirilishi lozim.
Ushbu shaxslarni ko‘rikdan o‘tkazadigan poliklinika tibbiyot xodimlari yuqori himoya darajasiga ega bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart.
13. Poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik natijalari observatsion varaqda qayd etiladi. Tegishli hududda o‘tkazilgan barcha ko‘rik natijalari haqidagi ma’lumotlar poliklinika tomonidan umumlashtiriladi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga taqdim etib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik natijasida uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda koronavirus infeksiyasi klinik belgilari kuzatilganda, bu haqda poliklinika tomonidan zudlik bilan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining bo‘limiga xabar berilishi kerak.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Uy sharoitida karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaxslarning hisobi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining bo‘limlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan yuritiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining bo‘limlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan yuritiladigan uy sharoitida karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaxslarning hisobi haqidagi ma’lumotlar har kuni elektron axborot tizimi orqali ularning yuqori turuvchi organiga, shuningdek tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etib boriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
16. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojlari uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlarini (dezinfeksiya vositalari va boshqalar) yetkazib berish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va volontyorlar guruhlarini faol jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Bunda barcha zarur mahsulot va vositalar karantinga olingan shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
17. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning uylaridan chiqariladigan chiqindilar ularning o‘zlari tomonidan uyning (ko‘p qavatli uylarda xonadonning) kirish eshiklar tashqarisiga chiqarib qo‘yiladi.
18. Uyning (ko‘p qavatli uylarda xonadonning) kirish eshiklari tashqarisiga chiqarib qo‘yilgan chiqindilar “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari tomonidan belgilangan tartibda sanitariya qoidalariga rioya etgan holda yig‘ib chiqiladi va olib ketiladi.
Bunda, “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari xodimlari shaxsiy himoya vositalari (tibbiy niqob va qo‘lqop) bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
19. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan haftada bir marotaba karantinga olingan uyning (xonadonning) tevarak-atrofida dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlanadi.
20. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda karantin muddatida koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni uy karantinidan chiqarish bo‘yicha sog‘liqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.
21. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning yashash joyidagi poliklinika shifokori tomonidan ularda va ular bilan birga yashovchi boshqa shaxslarda koronavirus infeksiyasi klinik belgilari yo‘qligi tasdiqlangan taqdirda ularni karantindan chiqarishga ruxsat etiladi.
22. Poliklinika shifokori uy sharoitida karantinga olingan shaxs karantindan chiqarilgan kundan boshlab 10 kun davomida uning sog‘lig‘i holati haqida telefon orqali xabar olib turishi lozim.
23. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantindan chiqayotganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi qonunchilikda belgilangan tartibda ularning yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)