22.04.2020 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini o‘zgartirish” investitsiya loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoniga muvofiq “COSCOM” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda — “COSCOM” MChJ) tomonidan “Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini o‘zgartirish” investitsiya loyihasi (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qarorining 7-ilovasiga asosan 2020 — 2022-yillarda amalga oshirilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasining umumiy qiymati 47 834,3 ming AQSh dollari ekvivalenti, shu jumladan, 28 500,0 ming AQSh dollari-litsenziyalar va avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimini (BSS) qo‘llab-quvvatlash (keyingi o‘rinlarda — 1-bosqich), 19 334,3 ming AQSh dollari-uskuna (apparatli ta’minot) va uchinchi shaxslar tomonidan yetkazib beriladigan dasturiy ta’minotning (keyingi o‘rinlarda — 2-bosqich) shartnoma qiymati va boshqa sarf-xarajatlar uchun ajratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqich doirasida o‘tkazilgan tender yakunlari bo‘yicha tender g‘olibi “Neksayn” AJ (Rossiya Federatsiyasi) va “COSCOM” MChJ o‘rtasida shartnoma imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqich doirasida 2020-yil may va iyun oylarida “COSCOM” MChJ tomonidan tender e’lon qilinishi va uning natijalariga ko‘ra tender g‘olibi bilan shartnoma(lar) tuzilishi rejalashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbai etib “COSCOM” MChJning o‘z mablag‘lari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini o‘zgartirish” investitsiya loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 246-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini o‘zgartirish” investitsiya loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming doll.‎

T/r‎ Ko‘rsatkich nomlanishi‎ Jami o‘zlashtiriladigan investitsiyalar ‎ Shundan, markazlashmagan investitsiyalar ‎
1.‎ Loyihaning umumiy qiymati‎ 47 834,3‎ 47 834,3‎
2.‎ Kapital qo‘yilmalarning qiymati‎ 47 834,3‎ 47 834,3‎

Shu jumladan:

‎‏ Mashina, uskunalar va litsenziyalar‎ 47 834,3‎ 47 834,3‎
Qurilish-montaj ishlari‎ -‎ -‎
Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar‎ -‎ -‎
Dastlabki aylanma kapital‎ -‎ -‎
Boshqa xarajatlar‎ -‎ -‎
3.‎ Mavjud asosiy fondlarning qiymati‎ -‎ -‎
4.‎ Tashkilotning quvvati, shu jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi, mo‘ljallanayotgan yillik eksport hajmi‎

12 million abonentga xizmat ko‘rsatuvchi uskuna (apparatli ta’minot);
‎10 million abonentga xizmat ko‘rsatadigan dasturiy ta’minot, shundan oldindan to‘lov (prepaid) — kamida 9,1 million dona va keyingi to‘lov (postpaid) — kamida 900 000 dona.
‎Indikativ ko‘rsatkichlar:
‎a) ovozli aloqa:
‎har bir abonent uchun hisobdagi pul mablag‘larining o‘rtacha balanslari soni — 30 ta;
‎bir abonent uchun ulanish mumkin bo‘lgan davriy xizmatlar (paket) soni — 5 ta;
‎GSM tarmog‘idagi har bir faol abonent uchun eng band soatda (EBS) ovozli qo‘ng‘iroqlar soni — 3,5 ta;
‎b) ma’lumotlarni uzatish:
‎sekundiga tranzaksiyalar soni — 15 000 ta;
‎internet-sessiyaning o‘rtacha davomiyligi kamida 40 daqiqa;
‎bitta internet-sessiyadagi yangilanishlar soni — 5 ta;
‎bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladigan internet- sessiyalar soni — 7 000 000 ta;
‎v) CMC:
‎sms-sessiyalar uchun soniyalar soni — 1 500 ta;
‎g) qo‘shimcha ko‘rsatkichlar:
‎EBSda to‘ldirish soni — 250 000 ta;
‎kuniga buyurtmalar soni — 1 500 000 ta;
‎zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab- quvvatlash, shu jumladan:
‎LTE texnologiyasidagi rouming;
‎talab bo‘yicha video (VoD);
‎videouzatma (streaming);
‎IP turmaklari orqali ovoz (VoIP);
‎uyali aloqa operatori raqamini aloqa operatorlari (MNP) o‘rtasida o‘tkazish;
‎5G avlod texnologiyalari.

5.‎ Tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlari soni‎ -
6.‎ Loyihaning mo‘ljallanayotgan o‘zini qoplash muddati‎ 53 oy (4,4 yil)‎
7.‎ Investitsiya davrining davomiyligi‎ 6 oy

8.‎

Ishlab chiqarish fondlarining qiymati‎

‎‎19 334,3

9.‎

Kredit va boshqa qarz mablag‘larini so‘ndirish muddati, shu jumladan, valyutadagi qarzlar‎

‎‎-

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 09/20/246/0484-son)