Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.07.1992 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 12.08.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ XOʻJALIGIDA HISOB-KITOBLARNI YaXShILAShNING KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLARI VA KORXONALARNING MOLIYAVIY AHVOLI UChUN ULARNING JAVOBGARLIGINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat korxonalari va tashkilotlarining bir maromda ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratish, toʻlov tangligini bartaraf etish, xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar tizimi samaradorligini oshirish, korxonalar va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari va zayom resurslari hisobiga aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish hamda toʻlov-hisob-kitob intizomining ahvoli ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Oliy Kengash bilan kelishilgan, xalq xoʻjaligida toʻlovlarni normallashtirish uchun ilovaga* muvofiq 20 mlrd. soʻm miqdorida kredit liniyasi ochish toʻgʻrisida Hukumatga taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, hokimiyatlarning rahbarlari Markaziy bank muassasalari va tijorat banklari bilan birgalikda oʻzaro qarzdorlikning, shu jumladan, budjetga toʻlovlarning 1-avgustdagi holatiga koʻra tarmoqlararo respublika ichki zachyotini ishlab chiqilgan shartlarga muvofiq yuqori tashkiliy darajada oʻtkazsinlar va uning samaradorligini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu maqsadlarda korxonalarning rahbarlariga shu yilning 1-avgustiga qadar debit va kredit qarzdorlikni roʻyxatdan oʻtkazish yuklatilsin, uning natijalari toʻgʻrisida banklarning xizmat koʻrsatuvchi boʻlimlariga maʼlum qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda iyul-avgust oylarida MDH davlatlari markaziy (milliy) banklari bilan oʻzaro talablarning respublikalararo zachyotini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vazirliklar va idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitoblari boʻyicha aylanma mablagʻlarni koʻpaytirishga maqsadli kredit berish uchun respublika Moliya vazirligi bilan kelishilgan kredit resurslar ajratish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayd etilgan kreditlardan korxonalar tomonidan faqat tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob hujjatlariga haq toʻlash, budjetga toʻlovlar va zachyot boʻyicha ilgari berilgan kreditlarni toʻlash uchun foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan barcha mijozlar uchun bir xil miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zarurat boʻlganda respublika vazirliklari va idoralari tomonidan aylanma mablagʻlarni koʻpaytirish uchun respublika banklaridan olingan kreditlar boʻyicha davlat kafolatini bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi davlat korxonalarining aylanma mablagʻlarni koʻpaytirishga yoki koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun olingan kreditlarni toʻlashga yoʻnaltirilayotgan daromadlarini 1992-yilda soliq solishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari shu yilning III choragida budjetdagi muassasalar va tashkilotlarni ish haqi, stipendiyalarning — oshishini va narxlarning oʻzgarishini hisobga olgan holda shu yilning II choragida haqiqatda sarflangan xarajatlar doirasida mablagʻ bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda respublika Markaziy banki ana shu maqsadlar uchun belgilangan tartibda kredit bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika Markaziy banki bir hafta muddat ichida respublika xalq xoʻjaligida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi yangi nizomlarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻlovlarning muddati oʻtib ketganligi uchun penya miqdori mahsulot yetkazib beruvchi bilan xaridor oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanmagan hollarda 1992-yil 1-iyuldan boshlab muddati oʻtib ketgan toʻlovlar uchun mahsulot yetkazib beruvchilardan kuniga 0,1 foiz miqdorida penya olish joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarning schyotiga toʻlovlarni oʻtkazish banklarning aybi bilan kechikkan taqdirda qayd etilgan bankdan mahsulot yetkazib beruvchi foydasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 3 foiz penya undirish nazarda tutilsin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 411-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari — komplekslarning rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-son