Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON YoShLARINI ChET MAMLAKATLARGA OʻQIShGA YuBORISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida kadrlar va ilmiy xodimlar tayyorlash sohasidagi davlatlararo bitimlarni bajarish, xalq xoʻjaligi tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, fan va taʼlim sohalarida oʻzaro munosabatlarni ragʻbatlantirish, madaniyat, til va adabiyotni rivojlantirish va oʻzaro boyitish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek chet mamlakatlarning oʻquv yurtlarida Oʻzbekiston vakillarining taʼlim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, davlat idoralari tomonidan tuzilgan bitim va shartnomalarga muvofiq, chet mamlakatlarga oʻqishga yuborilayotgan shaxslarga oʻqishga borish va vataniga qaytib kelish, shuningdek, taʼtil vaqtida, ammo bir yilda koʻpi bilan bir marta kelib-ketish xarajatlari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan toʻlanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Turkiya Respublikasiga oʻqishga borayotgan har bir kishining tijorat kursi boʻyicha AQShning 50 dollarigacha miqdorda valyuta sotib olishiga yordam bersin.
3. Vazirliklar va idoralar chet mamlakatlarga oʻqishga yuborilayotgan yetim talabalar va oʻquvchilarni AQShning 50 dollarigacha miqdorda valyuta sotib olish uchun bir yoʻla koʻrsatiladigan yordam bilan taʼminlasinlar.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 20-iyul,
334-son