Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” 2019-yil 10-dekabrdagi OʻRQ-591-son Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati aʼzolari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanishi tartibi joriy etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Bosh vazirning maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-aprel,
234-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
“3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 14-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-sentabrdagi 558-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 09/21/558/0854-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 14-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 09/21/66/0113-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 15-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 690-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 11-son, 266-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 36-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Davlat geologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 33-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 37-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Davlat ekologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi”;
b) 38-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 31-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 108-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 21-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Vazirlikni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshqaradi”;
b) 23-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 36-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tavsiyasiga binoan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 23-martdagi 176-son qarorining 2-bandi oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi oʻn uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Tartibning amal qilish davrida, zaruratga koʻra, qoʻshimcha yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ichki ishlar organlari yoʻl-patrul xizmati xodimlariga, istisno tariqasida, Tartib davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 291-moddasida belgilangan tartibda avtotransport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yoʻli bilan ushlab turish huquqi berilsin.
Bunda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qaror belgilangan tartibda ijro etilganidan yoxud ijrosi tugatilgandan soʻng Sanitariya- epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan maʼlumotnoma asosida avtotransport vositasi jarima maydonchasidan olib chiqib ketiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son, 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son; 13.02.2021-y., 09/21/66/0113-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 09/21/558/0854-son, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son; 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son; 08.08.2024-y., 09/24/489/0599-son; 10.10.2024-y., 09/24/633/0799-son; 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)