Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 23-noyabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3580, 25.11.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 7-iyuldagi 2, 276-V-son qarori (roʻyxat raqami 1636, 2006-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-mart,
14/02-son
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-mart,
276-B-4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 9-martdagi 14/02 va 276-V-4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-banddagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Hayʼati (bundan keyin — Qoʻmita Hayʼati)ning” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hayʼatining (bundan buyon matnda Agentlik Hayʼati deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Maxsus sanatsiya hisobvaragʻini ochish uchun sanatsiya qilinayotgan korxona uning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatayotgan bankka maxsus sanatsiya hisobvaragʻi ochishga ariza taqdim etadi. Arizaga Agentlik Hayʼatining korxonaga nisbatan sudgacha sanatsiyani joriy etish toʻgʻrisidagi qarorining Agentlik tomonidan tasdiqlangan nusxasi, moliyaviy sogʻlomlashtirish biznes-rejasi va barcha kreditorlar qarzlarini soʻndirishning Agentlik Hayʼati maʼqullagan jadvali ilova qilinadi.”.
3. 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “xorijiy valyutadagi” degan soʻzlar “chet el valyutasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish” degan soʻzlar “Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari harakati bilan bogʻliq maxsus hisobvaraqlarning ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti tomonidan belgilanadi.”.
4. 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 5 va 8-banddagi “Qoʻmita” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 9-banddagi “Qoʻmita Hayʼatining” degan soʻzlar “Agentlik Hayʼatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 11-bandda:
uchinchi xatboshidagi “boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “yigʻimlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi “bank” degan soʻzdan keyin “va Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 12-banddagi “xorijiy valyutadagi” degan soʻzlar “chet el valyutasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Qoʻmita” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qoʻmita Hayʼatining” va “Qoʻmita” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlik Hayʼatining” va “Agentlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/1636-4/0458-son)