Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 16.04.2020 yildagi 232-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-apreldagi PQ-4679-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq toʻlashning 1 — 3 razryadlari qoʻllaniladigan xodimlardan tashqari) ishlaydigan xodimlarga 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktabriga qadar moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishini toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida koʻzda tutilgan xarajatlarni 1 va 1-a ilovalarga muvofiq maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari xarajatlarini 2-ilovaga muvofiq maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining 2020-yil II choragi uchun rejalashtirilgan xarajatlarni 3-ilovaga muvofiq 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga 2-ilovaga muvofiq iqtisod qilingan mablagʻlarni mahalliy budjetlarning daromadlar prognozining bajarilmagan qismini koplashga yoʻnaltirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda barcha budjet tashkilotlarida (tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalari hamda mehribonlik uylaridan tashqari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vositalarni xarid qilish va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarni joriy yilning 1-iyuliga qadar toʻxtatish (moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno) va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablagʻlarni qisqartirish yoki 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qogʻoz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar oʻtkazish, joriy taʼmirlash va boshqa xarajatlarni qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish hajmini joriy yilning II choragida 3,0 trln soʻmdan oshirmaslik boʻyicha amaliy choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqkiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobiga 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidan chiqariladigan loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirib, uch kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda ularning soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan jamlanadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarmalar) hisobida joriy yil 16-aprel holatiga mavjud qoldiq mablagʻlari, shu jumladan, tijorat banklaridagi depozit hisob-raqamidagi milliy va xorijiy valyutadagi qoldiq mablagʻlarining 50 foizini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkazsin hamda ijrosi yuzasidan 2020-yilning 5-mayiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J. Qoʻchqorovga 2020-yilning 1-mayidan boshlab jamgʻarmalarga soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan tushadigan tushumdan (xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish xarajatlarini chegirgan holda) respublika budjetiga 50 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratma belgilash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining — yirik korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibini qayta koʻrib chiqsin va ularning tarkibiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi vakillarini kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan maqbullashtiriladigan xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mlrd.soʻm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yoʻnalishlar

summa

Jami maqbullashtiriladigan mablagʻlar

2 970,1

1.

Budjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq toʻlashning 1 3 razryadlari qoʻllaniladigan xodimlardan tashqari) aprel sentyabr oylari uchun moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shu jumladan direktor jamgʻarmasi boʻyicha koʻzda tutilgan mablagʻlarni maqbullashtirish

1 450,8

2.

Budjet tashkilotlarida (sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari) asosiy vositalar sotib olish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni maqbullashtirish

243,2

3.

Karantin davridagi (mart-aprel oylari) budjet tashkilotlarining IV guruh xarajatlarini (kommunal toʻlovlar, koʻmir sotib olish va markazlashgan xarajatlaridan tashqari), jumladan, oziq-ovqat xarajatlaridan iqtisod qilish

19,0

4.

Madaniyat va sport muassasalarini tadbirlar va xizmat safarlari uchun koʻzda tutilgan xarajatlarni qisqartirish

116,4

5.

Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga subsidiya uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan (karantin davrida faoliyat yuritmayotganligi sababli)

100,0

6.

Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi uchun ajratilgan mablagʻlar

66,7

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijga tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

30,0

8.

6 yoshli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlashni kelgusi yilga oʻtkazish hisobiga

80,0

9.

Daftar va yozma ishlarni tekshirish hamda informatika xonasi mudirligi uchun qoʻshimcha toʻlovlarni yozgi oʻquv taʼtili (mehnat taʼtilidan tashqari boʻlgan) davrida bir oy davomida amalga oshirmaslik.

33,0

10.

Kasb-hunar maktablarida taʼlim oladigan oʻquvchilarga Davlat budjeti hisobidan oylik stipendiya (223 ming soʻmdan) hamda uch mahal ovqat bilan taʼminlash tartibini 2021/2022 oʻquv yilidan joriy etish.

347,3

11.

Geologiya qidiruv ishlaridan iqtisod qilingan mablagʻlar

483,7

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida budjet tizimi budjetlari hisobidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining limitlaridan maqbullashtiriladigan mablagʻlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mlrd.soʻm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yoʻnalishlar nomi

Summa

Jami maqbullashtiriladigan mablagʻ

2 185,0

1.

Maʼmuriy, suv xoʻjaligi, shuningdek, alohida muhim va toifalangan obyektlar

864,9

shu jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

11,4

Andijon viloyati

7,1

Buxoro viloyati

3,6

Jizzax viloyati

16,9

Qashqadaryo viloyati

3,0

Samarqand viloyati

12,6

Surxondaryo viloyati

9,0

Sirdaryo viloyati

7,1

Toshkent viloyati

47,8

Xorazm viloyati

12,0

Toshkent shahar

17,5

Badiiy akademiyasi

15,3

Madaniyat vazirligi

59,0

Innovatsion rivojlanish vazirligi

5,0

Moliya vazirligi

21,6

Suv xoʻjaligi vazirligi (“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida)

50,0

Ichki ishlar vazirligi

15,0

Milliy gvardiya (obyektlar qurilishi va rekonstruksiyasi)

30,0

Favqulotda vaziyatlar vazirligi

10,0

Yopiq qismi

95,9

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga qoʻshimcha koʻzda tutilgan

400,0

Kelgusi davr uchun loyihalash ishlari boʻyicha zaxira

15,0

2.

Oliy taʼlim muassasalari

294,8

3.

Umumtaʼlim maktablari

240,3

shundan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida

204,0

4.

Maktabgacha taʼlim muassasalari

162,1

shundan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida

162,1

5.

Sogʻliqni saqlash muassasalari

74,8

shundan, “Obod qiishoq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida

74,8

6.

Olimpiya zaxiralari maxsus maktab internatlari

38,6

7.

Jismoniy tarbiya va sport obyektlari

147,7

8.

Avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar

170,0

shundan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida

100,0

9.

Musiqa va sanʼat maktablari

40,0

10.

Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlari obyektlari

151,8

shundan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida

151,8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan maqbullashtiriladigan xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mlrd.soʻm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Maqbullash-

tirishga

taklif

shu jumladan,

Budjet tashkilotlarida (sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari) aprel — sentyabr oylari uchun moddiy rabatlantirish jamgʻarmasi, shu jumladan direktor jamgʻarmasi boʻyicha koʻzda tutilgan mablagʻlarni maqbullashtirish

Budjet tashkilotlarida (sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari) asosiy vositalar sotib olish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni

maqbullashtirish hisobiga

Karantin davrida budjet tashkilotlarining IV guruh xarajatlarini (kommunal toʻlovlar, koʻmir sotib olish va markazlashgan xarajatlaridan tashqari) jumladan, oziq ovqat xarajatlaridan iqtisod qilish hisobiga

1.

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

85,6

34,9

16,7

34,1

2.

Andijon viloyati

80,8

39,5

16,6

24,7

3.

Buxoro viloyati

66,7

30,5

14,2

22,0

4.

Jizzax viloyati

44,4

21,1

8,6

14,7

5.

Qashqadaryo viloyati

92,6

35,4

24,8

32,4

6.

Navoiy viloyati

39,8

21,5

8,4

9,9

7.

Namangan viloyati

72,9

34,9

14,8

23,2

8.

Samarqand viloyati

70,2

20,6

15,4

34,2

9.

Surxondaryo viloyati

64,6

30,1

14,2

20,2

10.

Sirdaryo viloyati

33,0

17,5

6,6

8,9

11.

Toshkent viloyati

80,5

39,5

17,2

23,8

12.

Fargʻona viloyati

102,4

46,5

20,8

35,1

13.

Xorazm viloyati

59,9

25,7

10,6

23,6

14.

Toshkent shahar

87,4

43,1

18,8

25,5

Jami

980,6

440,8

207,6

332,3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining 2020-yil II choragi uchun rejalashtirilgan xarajatlardan 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkaziladigan xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mlrd.soʻm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yoʻnalishlar

Jami

shu jumladan,

aprel

may

iyun

Jami

3 179,2

1 017,1

949,8

1 212,3

1.

Taʼlim xarajatlari

451,9

148,4

153,5

150,0

2.

Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari

97,4

38,3

35,0

24,1

3.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohalari xarajatlari

134,6

70,8

29,3

34,5

4.

Hududlarni obodonlashtirish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish xarajatlari

194,1

109,7

31,9

52,5

5.

Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar

1 481,3

400,0

400,0

681,3

6.

Boshqa xarajatlar

820,0

250,0

300,0

270,0

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/232/0449-son)