O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, davlat buyurtmachilarining mas’uliyatini oshirish, investitsiya loyihalarini samarali va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-aprel,
PQ-4678-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 07/22/332/0677-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 3-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi “Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4077-son qarori 2-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilishga bo‘lgan texnik topshiriqlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan (birgalikda moliyalashtiriladigan) holatlar bundan mustasno;”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarorining 4-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4544-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “o‘n besh” so‘zlari “o‘n” so‘zi bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 07/22/332/0677-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)