Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 17.07.1992 yildagi 328-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 17.07.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH MASALALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunini roʻyobga chiqarish, huquq va erkinliklarni amalga oshirishda nogironlarga Oʻzbekistonning boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni taʼminlash, toʻlaqonli turmush tarzi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nogironlikni belgilash maʼlumotlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashaydigan joylarni rejalashtirish va imorat solishga oid respublika meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqishda, turli xil maqsadlardagi binolar va inshootlarni loyihalash va qurishda nogironlarning ijtimoiy va funksional talablari hisobga olinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-1994-yillarda 1-qavatida nogironli oila uchun xonadonlari boʻlgan uy-joylarning va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlarining namunali loyihalarini ishlab chiqishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mikrorayonlar, kvartallar va aholi yashaydigan boshqa joylar qurilishini rejalashtirishda ixtisoslashtirilgan uy-joylar va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlari boʻlishini hamda nogironlarning funksional talablarini va hayot faoliyatining oʻziga xosligini hisobga olgan holda turli maqsadlardagi jamoat binolari va inshootlarni qayta qurishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari (kamida 34 kishi ishlovchi) korxonalar, birlashmalar va muassasalarda jamoada ishlovchilar umumiy sonining kamida uch foizi hisobidan nogironlarning mehnat qilishlari uchun ishchi oʻrinlari band qilib qoʻyilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar uchun ishchi oʻrinlari band qilib qoʻyilishini taʼminlamaydigan yoki ularni ish bilan taʼminlashdan bosh tortuvchi korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlarni ishga joylashtirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ishchi oʻrinlarini barpo etish va ularga moddiy yordam koʻrsatish uchun davlat hokimiyatining mahalliy organlariga ishchi oʻrinlarining uch foizigacha oʻrtacha oylik ish haqini toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat statistika qoʻmitasi bir oy muddat ichida mazkur qarorning 4-bandi bajarilishini hisobga olish, nazorat qilish tartibi boʻyicha tegishli hujjatlarni tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1993-yil 1-yanvargacha, nogironlarning mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, xalqaro meʼyorlarga asoslanib, ular uchun ixtisoslashgan ishchi oʻrinlari meʼyorlarini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat soliq bosh boshqarmasi, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar tomonidan nogironlar uchun qurilishlarni mablagʻ bilan taʼminlashga, asbob-uskunalar sotib olishga, ijtimoiy-madaniy, sport inshootlarini saqlashga ajratiladigan mablagʻlarni belgilangan tartibda soliq solishdan ozod qilish hamda belgilangan uch foizli normadan ortiqcha ish bilan taʼminlangan nogironlarning har 2,5 foizi hisobiga daromaddan olinadigan soliqni bir foiz kamaytirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsin. Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar uchun ijtimoiy sugʻurtaga 4,7 foiz miqdorida mablagʻ ajratish belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi vazirliklar, idoralar va nogironlar jamiyati bilan birgalikda, keyinchalik imtiyozli shartlarda Nogironlar jamiyatiga berish uchun, davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar (korxonalar, artellar, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalari, maishiy komplekslar va boshqalarni aniqlash boʻyicha 1992-yil 1-sentabrgacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda bolalar jamoasida boʻlish imkonini bermaydigan hamda yakka tartibda parvarishni talab qiluvchi ogʻir kasalliklarga chalingan, jismoniy kamchiliklari boʻlgan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy pensiyalar va imtiyozlar tayinlash uchun maʼlumotlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida bolalikdan nogironlarga ijtimoiy pensiyalar va imtiyozlar tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani qayta koʻrib chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi Nogironlar jamiyati va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1993-yil 1-yanvargacha “Oʻzbekiston Respublikasi nogironlarini reabilitatsiya qilish” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim boʻlimiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 17-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 17-iyuldagi 328-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlikni aniqlash maʼlumotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarga nisbatan olib borilayotgan ijtimoiy siyosat ularning hayotda va jamiyat taraqqiyotida faol qatnashish imkoniyatlarini kengaytirishga, moddiy ahvollarini yaxshilashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq jismoniy yoki aqliy kamchiligi sababli ijtimoiy madad va himoyaga muhtoj boʻlgan shaxs nogiron hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayot faoliyatining buzilishi darajasiga qarab birinchi, ikkinchi, uchinchi nogironlik guruhi belgilanadi. Nogironlik yoshdan qatʼi nazar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlikni belgilash toʻgʻrisidagi masala diagnostika, davolash va sogʻliqni saqlash tadbirlari oʻtkazilgandan keyin koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlik toʻgʻrisidagi qaror klinik, psixologik, ijtimoiy-maishiy va kasb omillari majmuini baholashga asoslanadi. Bunda kasallanishning xarakteri, funksiyaning buzilish darajasi, davolashning, sogʻliqni tiklash tadbirlarining samaradorligi, normal holatdan ogʻishlarni kompensatsiyalab turuvchi mexanizmlarning holati, klinik va mehnat prognozi, ijtimoiy moslashuv imkoniyati, turli ijtimoiy yordam turlariga muhtojlik, shaxsiyat aniqlanishlari, mehnatning aniq sharoitlari va uning mazmuni, kasb tayyorgarligi, yosh va hokazolar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vrachlik-mehnat ekspert komissiyasida, kasallikning xarakteridan yoki nuqsonidan qatʼi nazar, har bir holda bemor organizmining barcha tizimlari yalpi tekshiruzdan oʻtkaziladi. Salomatlikning ahvolini hamda ijtimoiy moslashuv darajasini obyektiv baholash maqsadida tekshiruvning funksional va laboratoriya usullari maʼlumotlaridan foydalaniladi, bemor bilan soʻrov oʻtkaziladi, zarur hujjatlar tahlil qilinadi. Bemorning kasb mehnat faoliyati inobatga olinadi. Bemorning shaxsiy xususiyatlariga, ijtimoiy moslashuv imkoniyatlariga eʼtibor beriladi. Kasallikni aniqlash tibbiyot etikasi va deontologiyasiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlik haqida qaror chiqarilayotganda ilgari oʻtkazilgan tibbiy-ijtimoiy tadbirlarning davomiyligini nazarda tutuvchi yakka tartibdagi sogʻliqni tiklash dasturi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nobarqaror, qayta tiklanadigan morfologik oʻzgarishlar hamda organizm organlari va tizimlarining funksiyalari buzilganda davolashning, sogʻliqni tiklash tadbirlarining samaradorligini, salomatlikning ahvolini va ijtimoiy moslashuv darajasini kuzatish maqsadida nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab 6 oydan 2 yilgacha boʻlgan muddatda nogironlar takroriy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqaror, qayta tiklanmaydigan morfologik oʻzgarishlarda va organizm organlari va tizimlarining funksiyalari buzilgan, kasallikning kechishini yaxshilash va ijtimoiy moslashuvni qayta tiklash mumkin boʻlmagan, oʻtkazilgan qayta tiklash tadbirlari samara bermagan hollarda nogironlik Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan kasalliklar va anatomik nuqsonlar roʻyxatiga muvofiq takroriy tekshiruvdan oʻtkazish muddati koʻrsatilmagan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baynalmilalchi jangchilar va Chernobil AESdagi avariya vaqtida zarar koʻrgan shaxslarning nogironligi Hukumatning maxsus qarorlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. NOGIRONLIK GURUHLARINI BELGILASH MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birinchi guruh nogironlikni belgilash uchun kasalliklar, jarohatlar, tugʻma nuqsonlar oqibatida organizm past faoliyatining yaqqol koʻrinib turgan cheklanishlari asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi guruh nogironlik quyidagi hollarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻziga oʻzi xizmat qilish, harakat qilish yoki oʻz xulq-atvorini nazorat qilish (oʻqish, muomala qilish, harakatlanish), shuningdek, mehnat faoliyatida qatnashish mumkin boʻlmagan bu esa oʻz navbatida boshqalarning doimiy parvarishiga, yordamiga yoki nazoratiga ehtiyoj sezishga olib keladigan, toʻla ijtimoiy moslashuvchanlikni yoʻqotish hollarida. Masalan, tetraplegiya, ogʻir tetraparez, devonalik darajasidagi oligrofreniya, ogʻir surunkali psixozlar, inkurabel xatarli oʻsmalar va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harakat qilish, oʻziga oʻzi xizmat qilish, oʻqish yoki muomala qilish, oʻzini idora qilish, oʻz xulq-atvorini nazorat qilish, shuningdek, oddiy ishlab chiqarish sharoitida mehnat faoliyatida qatnashish ancha qiyinlashgani oqibatida, agar koʻrsatilgan buzilishlar doimo oʻzgalarning parvarishi, yordami yoki nazorati zarurligini taqozo etuvchi ancha yaqqol koʻrinib turgan ijtimoiy moslashuvchanlikni yoʻqotish hollarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anatomik nuqsonlar yoki organizm funksiyalarining buzilishi kompensatsiya vositalari bilan taʼminlanganda, ishlab chiqarishda yoki uyda maxsus sharoit yaratilganda nogironning salomatligi holatiga muvofiq mehnatning har xil turlari bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga quyidagilar misol boʻla oladi: oyoqlarning doimiy falaji, har ikki qoʻlning choʻltoqligi (har ikki panjadagi hamma barmoqlarning yoʻqligi va kesib tashlash natijasida undan ham ogʻirroq nuqsonlar); yuqoridan uchdan bir darajada har ikki sonning choʻltoqligi, butunlay koʻrmaslik, shuningdek, unga tenglashtirilgan quyidagi holatlar: yaxshi koʻradigan koʻzda koʻrishning oʻtkirligi 0,03 dan oshmasligi va uni tuzatib boʻlmasligi yoki ikkala koʻz koʻrish maydonining 10 gradusgacha konsentrik torayishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikkinchi guruh nogironlikni belgilash uchun kasalliklar, jarohatlar, tugʻma nuqsonlar oqibatida organizm hayot faoliyatining ancha yaqqol koʻrinib turgan cheklanishlari asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi guruh nogironlik quyidagi hollarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) salomatligining holatiga koʻra mehnat faoliyatida qatnasha olmaslik oqibatida ancha yaqqol koʻrinib turgan ijtimoiy moslashuvchanlikni yoʻqotishda yoki mehnat faoliyati taʼsirida kasallik kechishining yomonlashishi, ogʻir asoratlar paydo boʻlishi xavfi tugʻilganda, shuningdek, muomala qilish, oʻzini idora qilish, oʻqish, oʻz xulq-atvorini nazorat qilishga yaqqol qiynalishda, ammo oʻzgalarning yordamiga, parvarishiga yoki nazoratiga ehtiyoj boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holatlarga quyidagilar misol boʻla oladi: yurakning klapan apparati shikastlanganligi yoki qon aylanishining 2 — 3 darajali doimiy buzilgandagi miokard, tez avj oluvchi, tez-tez krizislarga moyil ikkinchi bosqich gipertoniya kasalligi, ochiq koʻrinib turgan yurak-oʻpka faoliyatidagi yetishmovchilik holatlari boʻlgan oʻpka sirrozi; yaqqol koʻrinib turgan yurak tomirlari faoliyatidagi yetishmovchilik holatlari boʻlgan takroriy miokard infarkti, qisqa vaqt ichida takrorlangan insult, yaqin masofani koʻrolmaslik avj olgan chogʻda koʻradigan yagona koʻz pardasiga qon quyilishi va h. k;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ogʻir surunkali kasalliklar, tayanch-harakat aʼzolarining oʻzaro bogʻliq nuqsonlari va koʻrish qobiliyatini ancha yoʻqotish oqibatida yaqqol koʻrinib turgan ijtimoiy moslashuvchanlikni yoʻqotganda, shuningdek, muomala qilish, oʻzini idora qilish, oʻqish, oʻz xulq-atvorini nazorat qilish hamda oddiy sharoitdagi mehnat faoliyatida qatnashish qiyin boʻlganda, ammo oʻzgalarning yordamiga, parvarishiga yoki nazoratiga ehtiyoj boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anatomik nuqsonlar yoki organizm funksiyalarining buzilishi kompensatsiya vositalari bilan taʼminlanganda, ishlab chiqarishda yoki uyda maxsus sharoit yaratilganda nogironlar salomatligining holatiga muvofiq mehnatning har xil turlari bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir surunkali kasalliklarga quyidagilar misol boʻla oladi: ovqatlanishning kamayishi va qisqa muddatli remissiyalar koʻrinib turgan yazva kasalligining ogʻir shakli, sezilarli darajada zaharlanish va tez-tez zoʻrayib turadigan bronxoektatik kasallik, tez-tez xuruj qiladigan tutqanoq kasalligi, qadam bosishni birmuncha buzib turadigan oyoq paraparezi, subkompensatsiya bosqichidagi shizofreniya va alahsirash alomatlari boʻlganda shaxsning sezilarli oʻzgarishi, turgʻun (tez tarqalmaydigan) patologik oʻzgarishlar natijasida, biroq odatdagi sharoitlarda ishga joylashishning individual imkoniyatlarini hisobga olib, yaxshi koʻra oladigan koʻzning koʻrish qobiliyati 0,04 dan 0,08 gacha (koʻzoynak tanlash yoʻli bilan) pasayishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir anatomik nuqsonlarga quyidagilar misol boʻla oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala boldirning choʻltoqligi, panjaning yoki bilakning toʻmtoqligi va boldirning choʻltoqligi, boshqa qoʻl barmoqlarining funksiyasi birmuncha buzilganda yelkaning yoki bilakning choʻltoqligi, chanoqning toʻmtoqligi va boshqa oyoqlarning harakatga keltiruvchi yoki statistik funksiyalarining birmuncha buzilishi, qoʻl va oyoqning toʻmtoqligi va bir koʻzning koʻrmay qolishi, chanoqning ekzartikulyatsiyasi, chanoqning qisqa toʻmtoqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kichik guruhga kiruvchi nogironlar (“b” kichik bandi) quyidagi maxsus yaratilgan sharoitlarda u yoki bu ishlarni bajarishlari mumkin; alohida mehnat rejimini tashkil etish taʼminlanadigan nogironlar uchun maxsus sexlarda (ish kunini qisqartirish, ishlab chiqarishning individual normalari, ishda qoʻshimcha tanaffuslar, sanitariya-gigiyena normalariga qatʼiy rioya qilish, tibbiy kuzatuvda boʻlish va muntazam ravishda vrach yordami koʻrsatib turish va shu kabilar), zarur xom ashyoni uyga yetkazib berish va tayyor mahsulotni uyda qabul qilib olib, majburiy ishlab chiqarish normalarini belgilamasdan uy sharoitida yakka tartibdagi ish maromi, maxsus sexlardagi kabi yengilliklar taʼminlangan sharoitlar boʻlgan korxonalar yoki muassasalarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. “a” kichik band boʻyicha I va II guruh nogironlar deb topilgan va maxsus yaratilgan sharoitlarda hamda “b” kichik band boʻyicha odatdagi ishlab chiqarish sharoitlarida ishlashni davom ettirishni xohlovchi shaxslar turar joydagi (kuzatuvda boʻlgan) davolovchi vrachdan VKK orqali shu haqda vrach xulosasini oladilar. Xulosada ishning xususiyati va sharoiti, bir kundagi ish soatlari soni, hafta davomidagi ish soatlarining soni koʻrsatiladi va keyinchalik salomatlikning ahvoli yuzasidan tavsiyanomalar berish bilan muntazam kuzatuv belgilab qoʻyiladi. Xulosalarni berishda VKK mehnat faoliyatining taʼsiri ostida nogironning ahvoli birdan yomonlashib qolishi, shuningdek, atrofdagilar uchun xavfli holat roʻy berishi mumkinligini hisobga oladi, bunday hollarda mazkur davrda ishlash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uchinchi guruh nogironlikni belgilash uchun, odatda, kasalliklar, jarohatlar, tugʻma nuqsonlar oqibatida kelib chiqqan, odatda, muomala qilish, oʻqish, harakat qilish qiyinligi oqibatida ijtimoiy moslashuv imkoniyatlarining yaqqol koʻrinib turgan pasayishiga olib keluvchi hayot faoliyatining cheklanishi, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzining oldingi kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ishni davom ettirish imkoni yoʻqligi oqibatida salomatlikning holatiga koʻra kamroq malaka talab qiladigan boshqa kasbdagi ishga oʻtkazish zarur boʻlgan hollar asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga quyidagilar misol boʻla oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali chilangar asbobsozni qon aylanishining 1 va 2 darajali barqaror buzilganligi tufayli mayda buyumlarni yigʻuvchilik ishiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻng panjaning 2, 3 va 4 barmoqlari yoʻqligi tufayli ip yigiruvchi ayolni mato chetini toʻgʻrilash ishiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5—6-razryadli frezerchini 2 bosqichdagi gipertoniya kasalligi tufayli asboblarni tarqatuvchilik ishiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir qazuvchini silikoz tufayli shaxtadan tashqaridagi yordamchi ishchi vazifasiga oʻtkazish yoki boshqa hunarni oʻrganishga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zarurat boʻlganda salomatligining holatiga koʻra ishlab chiqarish faoliyati hajmini ancha qisqartirishga olib keladigan oʻz kasbi boʻyicha ishlash sharoitlarini oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga quyidagilar misol boʻla oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trest bosh buxgalterini xotiraning pasayishi, diqqat-eʼtiborning kamayishi, astenizatsiya va hokazo bilan bogʻliq serebral arteriosklerozga uchraganligi tufayli kichikroq muassasaga buxgalterlik ishiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp dastgohda ishlovchi toʻquvchi ayolni oʻrtacha ogʻirlikdagi qand diabeti tufayli 1 — 2 ta dastgohda ishlashga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi yoki xizmatchiga qoplanish holatlari nobarqaror boʻlgan surunkali oʻpka sili yoki tez-tez krizislar boʻlib turadigan gipertoniya kasalligi tufayli ish kuni qisqartirilgan, yengil mehnat sharoiti yaratib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kam malakali yoki ilgari ishlamagan shaxslarda belgilari koʻrinib turgan funksional buzilishlar oqibatida ularning ishga joylashish imkoniyatlari ancha cheklanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga quyidagilar misol boʻla oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtacha ogʻirlikdagi yazva kasalligiga chalingan yordamchi ishchini bino ichidagi vaxtyorlik ishiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat malakasiga ega boʻlmagan, yurak-oʻpka kasalliklariga chalingan ayollarning ishga joylashishining qiyinligi tufayli ular nogironlar uchun moʻljallangan artel sharoitlarida qoʻl mehnatining yengil turlaridagina ishlashi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda yashovchi va ilgari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida ishlagan harbiy xizmatchilarning yaradorlik asorati tufayli ishga joylashishining qiyinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) uchinchi guruh nogironligi, bulardan tashqari, bajaradigan ishidan qatʼi nazar, anatomik nuqsonlar yoki funksiyalarning buzilishiga olib keluvchi deformatsiyalar mavjud boʻlganda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllarning nuqsonlari va deformatsiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yelkaning choʻltoqligi (ekzartikulyatsiya yoki oʻng yelka, chapaqaylarda chap yelkaning choʻltoqligi va ishga joylashish imkonining yoʻqligida ikkinchi guruh nogironlik belgilanishi mumkin), bilakning choʻltoqligi, panjalarning yoʻqligi, yelkaning yoki har ikkala bilak suyaklarining soxta boʻgʻimi, tirsak boʻgʻimining yaqqol ifodalangan kontrakturasi (boʻgʻimlardagi harakatlarning cheklanishi 5 — 8 gradusgacha) yoki tirsak boʻgʻimining funksional nomaqbul holatdagi ankilozi (60 gradusdan kam yoki 150 gradusdan koʻp burchak ostida) yoki bilakning oʻta pronatsiya yoki oʻta supinatsiya holatida qotib qolishi, rezeksiyadan keyin yelka yoki tirsak boʻgʻimining osilib qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
panjalardagi bosh barmoqdan tashqari qolgan toʻrtta barmoqning yoʻqligi, panjadagi bosh barmoq bilan birga uch barmoqning yoʻqligi, xuddi shu barmoqlarning funksional nomaqbul holatdagi yaqqol koʻrinib turgan kontrakturasi va ankilozi, bosh va koʻrsatkich barmoqlarning yoki uch barmoqning tegishli panja suyaklari bilan birga yoʻqligi, har ikkala panjadagi bosh barmoqlarning yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oyoqlarning nuqsonlari va deformatsiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
son va boldirlarning turli darajadagi choʻltoqliklari, son choʻltoq boʻlganda va uni protezlash imkoniyati boʻlmaganda ikkinchi guruh nogironligi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oyoq poyining plastik-suyak amputatsiyasidan keyingi choʻltoqligi (Pirogov boʻyicha), Shopar boʻgʻimining xasta choʻltoqligi va Lisfrank boʻgʻimining ikki tomonlama choʻltoqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oyoq poylarining nomaqbul joylashishi hamda yurish va turish funksiyalarining ancha buzilganligi bilan bogʻliq holda toʻpiq boʻgʻimining yaqqol koʻrinib turgan kontrakturasi yoki ankilozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
son yoki har ikkala boldir suyaklarining soxta boʻgʻimi, tizza yoki chanoq-son boʻgʻimlarining rezeksiyadan keyin osilib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chanoq-son boʻgʻimining yaqqol koʻrinib turgan kontrakturasi yoki ankilozi, tizza bugʻimining funksional nomaqbul holatdagi ankilozi — (180 gradusdan kam burchak ostidagi yoki boʻgʻimlar rezeksiyasidan keyin oyoqning 7 santimetrdan ortiq kalta boʻlishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Periferik asab tizimi jarohatlanishlari va kasalliklarining turgʻun va tuzalmaydigan asoratlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
panja yoki qoʻllarning barmoqlari falaji, oyoq falaji, barcha qoʻl yoki oyoqlarning anchagina trofik buzilishlar boʻlgan, yaqqol koʻrinib turuvchi parezi (yaqqol koʻrinib turgan mushak atrofiyasi, surunkali trofik yazva).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunlay koʻrlik yoki bir koʻzdagi koʻrish quvvatining korrigiratsiya qilish imkoni boʻlmaganda 0,03 gacha pasayishi yoki koʻrish maydonining 10 gradusgacha torayishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yurak mushagida yoki yurak xaltasida begona jinsning mavjudligi. Bosh suyagidagi 3 sm2 dan ortiq nuqsonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jagʻdagi yoki tanglaydagi nuqsonlar (agar qoʻyilgan protez chaynashni taʼminlay olmasa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafas olish yetishmovchiligi mavjud boʻlib, tezkor aralashuv — besh yoki undan koʻp qovurgʻaning toʻgʻrilanishi oqibatida koʻkrak qafasining oʻzgarishi (ikkinchi guruh nogironlik belgilanganida qayta tekshiruvdan oʻtkazish umumiy asoslarda belgilanadi). Bolaligidan ikki tomonlama karlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Quloq suprasining qattiq ogʻzaki nutqni qabul qila olmasligini karlik deb hisoblash kerak. Nuqsonlar va deformatsiyalar roʻyxatning 3-bandidagi “g” kichik bandda nazarda tutilmagan boʻlsa, nogironlik guruh toʻgʻrisidagi masala ekspertizaning umumiy qoidalariga koʻra, yaʼni kasbi boʻyicha ish bajarish imkoniyatining hisobga olib hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi guruh nogironlik belgilanadigan, ammo uzoq muddat davolanishga, shu jumladan, bosqichli operativ aralashuvga (umumiy hisobda 4 oydan kam emas) muhtoj boʻlgan shaxslarga ikkinchi guruh nogironlik belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. IJTIMOIY YORDAM TURLARI VA USHBU YORDAMLARNI BERISH ZARURLIGIGA OLIB KELUVCHI JAROHATLAR VA NUQSONLAR OQIBATLARI HAMDA KASALLIKLARNING ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pul toʻlovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir martalik toʻlovlar), texnika vositalari va boshqa vositalar, shu jumladan, avtomobillar, kreslo-aravachalar, protezortopediya buyumlari, maxsus shriftli matbaachilik mahsulotlari, ovozni kuchaytirish apparatlari va signalizatorlar bilan taʼminlash orqali, shuningdek, tibbiy, ijtimoiy va professional tiklanish xizmatlari hamda maishiy xizmat koʻrsatish yoʻli bilan nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chet kishilarning doimiy parvarishida, yordami yoki nazoratida boʻlish barcha manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilib, Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyxatda koʻrsatilgan hollarda tavsiya qilinadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Salomatlikni tiklashning texnika vositalari (buzilgan faoliyat, kasallangan qul-oyoqlar va sezgi aʼzolari oʻrniga ishlatiladigan maxsus asbob-uskunalar, asboblar, moslamalar) quyidagi holatlarda tavsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqqol koʻrinib turgan monoparez, gemiparez, triparez, tetraparez, yaqqol koʻrinib turgan ataksiya, yaqqol koʻrinib turgan giperkinetik belgi, siydik yoki najasni doimiy ushlolmaslik, shu jumladan, siydik yoki najas chiqish teshiklarining yarasi, karlik, 1 ta barmoq yoʻq boʻlib, panjaning choʻltoqligi va qoʻlning kesib tashlanganligi, qoʻl-oyoq boʻgʻimlarining yaqqol koʻrinib turgan kontrakturalari, yelka tirsak, tizza boʻgʻimlarining osilib turishi, shart boʻyicha tovonlarning choʻltoqligi va kesib tashlangan kattaroq nuqsonlar, har ikkala yoki yaxshi koʻruvchi koʻzning amalda bu-tunlay koʻrligi va yaxshi koʻrmasligi (koʻrish quvvatining korreksiya bilan 0,1 gacha boʻlishi yoki koʻrish maydonining 20 gradusgacha konsentrik torayishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harakatlanishni taʼminlovchi vositalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kreslo-aravacha (xonabop) quyidagi holatlarda tavsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qon aylanishining III darajadagi surunkali yetishmovchiligi, oʻpka-yurak faoliyatining III darajadagi yetishmovchiligi, gemiplegiya belgilari koʻrinib turgan gemiparez, paraplegiya, belgilari koʻrinib turgan quyi paraparez, tetraplegiya, triplegich belgilari koʻrinib turgan triparez va tetraparez, belgilari yaqqol koʻrinib turgan ataksiya, giperkinetik amiostatik alomat, har ikkala boldirning choʻltoqligi yoki ancha koʻp kesib tashlanganligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kreslo-aravacha (sayrbop) quyidagi hollarda tavsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gemiplegiya, belgilari koʻrinib turgan gemiparez, paraplegiya, belgilari koʻrinib turgan quyi paraparez, triplegiya, tetraplegiya, belgilari koʻrinib turgan triparez va tetraparez, har ikkala boldirning choʻltoqligi yoki ancha koʻp kesib tashlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtomobil quyidagi holatlarda tavsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protez qilishga yaroqliligidan qatʼi nazar, barcha darajadagi bir boldir va sonning choʻltoqligi, Shart boʻyicha har ikkala oyoqning choʻltoqligi (oyoq pay suyaklari uchining kesib tashlanganligi) va oyoqlarning oʻta choʻltoqligi, gemiplegiya, belgilari koʻrinib turgan gemiparez, belgilari koʻrinib turgan paraparez, har ikkala oyoq panjasining choʻltoqligi va koʻproq darajada kesib tashlanganligi, bir oyoqning 10 sm va undan koʻproq kalta boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Ijtimoiy taʼminot vazirligiga birgalikda 4 boʻlimning 3 va 4-bandlarida qayd etilgan jarohatlar va nuqsonlar oqibatlari, kasalliklarning roʻyxatiga qoʻshimchalarni tasdiqlashga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.