Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.07.2023 15.04.2020 yildagi 227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.07.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-sonli “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qaroriga muvofiq hamda alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2020-yil 1-maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz markalari namunalari va tavsiflari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmogʻidagi alkogol va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab toʻqqiz oy oʻtgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qiluvchida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol mahsulotlari mavjud boʻlganda, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda tayyor mahsulot qoldiqlariga yangi namunadagi aksiz markalari yangidan markalanib, tovarlardan eski namunadagi aksiz markalari olib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlardan olib tashlangan aksiz markalari eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan tovarlarni sotishning ruxsat etilgan muddati tugashiga qadar besh oy qolgan kunda inventarizatsiyani oʻtkazish komissiyasi (soliq va moliya organlarining vakillari, ishlab chiqaruvchi korxonalarning xodimlaridan tashkil topadi) tomonidan kuydirish yoʻli bilan yoʻq qilinishi kerak, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi 2021-yil 1-fevraldan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmogʻida sotilishining oldini olish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 2020-yil 1-mayga qadar yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisidagi axborotni alkogol va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar eʼtiboriga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisidagi axborotni alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlari eʼtiboriga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 227-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol mahsulotlariga aksiz markalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNALARI VA TAVSIFLARI

Oʻzbekiston Respublikasining alkogol mahsulotlari uchun aksiz markalari 160x18 mm oʻlchovda boʻlib, gorizontal holatda joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markasining chap tomonida metallograf bosma usulida binafsha rangida bosilgan naqshinkor bezak mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqshinkor bezakning oʻng tomonida “OʼZBEKISTON AKSIZ MARKASI” soʻzi vertikal koʻrinishda chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʼZBEKISTON AKSIZ MARKASI” soʻzining oʻng tomonida kumush rangli tasvir ifodalangan. Kumush rangli tasvir ustida “2020” abbreviaturasi boʻyoqsiz metallograf bosma usulida tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kumush rangli tasvirning oʻng tomonida “UZB” abbreviaturasi joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markaning markazida QR-CODE joylashgan boʻlib, u oʻz ichiga mahsulotni ishlab chiqargan tashkilot nomi, alkogol mahsuloti nomi, tashkilot kodi, alkogol mahsuloti hajmi, aksiz markaning seriya raqamlari va individual raqam maʼlumotlari kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-CODE ning oʻng tarafidagi oq qismining perimetri boʻylab joylashgan mikromatn — koʻp marta kattalashtirilganda koʻrinadigan matn, takrorlanuvchi “UZBEKISTAN” degan soʻz koʻrinishida mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markaning markazidan oʻng tarafida mahsulot nomi, seriya raqamlari va mahsulot hajmi ifodalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot nomining oʻng tomonida koʻrish burchagi rangini oʻzgarganda oʻz rangini oʻzgartiradigan, “ANTISTOKS” xususiyatiga ega boʻlgan iridissent boʻyogʻida trafaret bosma usulida tasvir tushirilgan boʻlib, tasvir ustida “DSN” va “UZB” abbreviaturalari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markaning oʻng tomonida ishlab chiqaruvchining kod raqamlari “OʼZ20…” yoki “IM20…” ifodalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi kod raqamlarining chap tarafida ishlab chiqaruvchining logotipi joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi 227-son qaroriga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan tamaki mahsulotlariga aksiz markalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNALARI VA TAVSIFLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tamaki mahsuloti uchun aksiz markalari 44x19 mm oʻlchovda boʻlib, gorizontal holatda joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tamaki mahsuloti uchun aksiz markasining tangir (fon) setkasi har xil qiyalikda joylashgan chiziqlar koʻrinishida bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markaning tangir (fon) setkasidagi chiziqlar barglar koʻrinishida tasvirlangan boʻlib, ushbu tasvir markazida “AKSIZ” soʻzlari ifoda etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz marka oʻng tomonining oq qismida yorugʻlikda koʻrinadigan suv belgisining elementlari joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markaning chap tomonida romb koʻrinishidagi mikromatn joylashgan boʻlib, bu mikromatn kattalashtirilganda takrorlanuvchi “AKSIZ MARKA” degan soʻzlarni koʻrish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikromatnning oʻng tomonida, yaʼni aksiz markaning markazida gilosh naqshi tasvirlangan boʻlib, bu naqshning ustiga optik oʻzgaruvchan “DSN” abbreviaturasi elementi iridissent boʻyogʻida chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gilosh naqshining yuqori qismida “TAMAKI MAHSULOTLARI”, pastki qismida esa “OʼZBEKISTON AKSIZ MARKASI” degan coʻzlar va aksiz marka ishlab chiqaruvchining kod raqami “OʼZ 1901” tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gilosh naqshining oʻng tomonida maxsus himoya boʻyogʻi bilan chop etilgan ultrabinafsha va infraqizil nurlar ostida koʻrinadigan romb shaklidagi element aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markaning ikki tomonida yarim aylana koʻrinishida takrorlanuvchi mikromatn joylashgan boʻlib, koʻp marotaba kattalashtirilganda “TAMAKI MAHSULOTLARI” degan soʻzlarni koʻrish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz markaning toʻrtburchagida 450 S burchak ostida tasvirlangan chiziqlarda mikromatn mavjud boʻlib, uni koʻp marotaba kattalashtirilganda takrorlanuvchi “AKSIZ MARKA” degan soʻzlar ifodalangan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/227/0439-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)