Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 150-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishtirokini oshirish hamda ularning davlat boshqaruvi organlari bilan yaqin hamkorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-aprel,
219-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 219-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi boshqa organlari” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 33-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “manfaatdor vazirliklar va idoralar” soʻzlaridan keyin “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
b) quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar”;
v) oʻn uchinchi-oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha oʻn toʻrtinchi-oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/219/0430-son)