Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-aprel,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 211-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “tumanlar (shaharlar) chaqiruv komissiyalari” soʻzlari “tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi Qurolli Kuchlarni butlash komissiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshidagi “tibbiy (chaqiruv)” soʻzlari “Rahbariyat kengashi va harbiy-tibbiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma toʻrtinchi xatboshidagi “viloyat chaqiruv komissiyasi” soʻzlari “Rahbariyat kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasi” soʻzlari “Rahbariyat kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning beshinchi xatboshidagi “chaqiruv komissiyasining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “chaqiruv komissiyalarining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harbiy qismlarga yuborilayotgan yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatib qoʻyish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari rahbarligida tashkil etiladi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida oʻtkaziladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 413-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 09/25/413/0570-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/211/0419-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 09/25/413/0570-son)