25.03.2020 yildagi 182-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali daromadi yuqori boʻlmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga koʻmaklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga subsidiyalar toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlangʻich badali va foizlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)da uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalarini koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinadigan yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni toʻlab berish tartibi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari agentligi hududiy boʻlinmalari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni tanlash jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan maʼlumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida toʻlovlarsiz amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan koʻp qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. 2020-yildagi subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallari doirasida, istisno tariqasida, belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar va subsidiyalarni toʻlash muddati 2021-yil 1-dekabrga qadar uzaytiriladi;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qoʻshilgandan soʻng oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan kam boʻlsa, boshqa jismoniy shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan tanlangan uy-joyning qiymati xabarnomada koʻrsatilgan sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshgan taqdirda, ushbu uy-joyni sotib olishga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq belgilanadi. Bunda sotib olinadigan uy-joy qiymatining ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan qismi qarz oluvchining oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Toshkent shahri va shaharlarda boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarni olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratishda 2020-yilda amalda boʻlgan shartlar va miqdorlar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinganidan soʻng subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilib hisoblanayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari markazlarini, ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga masʼul boʻlgan tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlarini, subsidiya toʻlanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish boʻyicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning YIDXPga ulanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi YIDXPga elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha Reglament bir hafta muddatda Markazga kiritilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2020-yil 1-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga masʼul boʻlgan tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlari, subsidiya toʻlanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish boʻyicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Markaz bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy taʼminot (keyingi oʻrinlarda — dasturiy taʼminot) tizimi yaratilishini va YIDXPga integratsiyalashuvini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi dasturiy taʼminotning operatori etib belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dasturiy taʼminot tizimi yaratish hamda zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Davlat budjetidan moliyalashtirish chorasini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni asosida joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi (keyingi oʻrinlarda — yangi tartib) doirasida koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal va foizlarning bir qismini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni asosida yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) mablagʻlari hisobiga subsidiya taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar), shu jumladan, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni aniqlash mezonlari, subsidiyalarni hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ballar — uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich badal — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahrida (keyingi oʻrinlarda — shaharlar) va tuman maʼmuriy markazlariga tutash hududlarda (keyingi oʻrinlarda — qishloq joylar) birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻ;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadi yuqori boʻlmagan oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlar miqdori:
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining (keyingi oʻrinlarda — MHTEKM) 3,0 baravaridan 6,9 baravarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3,0 baravaridan 8,0 baravarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3,0 baravaridan 9,2 baravarigacha boʻlgan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy mezonlar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni aniqlashda qoʻllaniladigan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan asosiy koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi bozorda tanlangan uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya — tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartira sotib olish uchun boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich badal uchun subsidiya — talabgorga shaharlarda va qishloq joylarda qurilgan kvartirani ipoteka krediti asosida sotib olishda boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida Davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foiz uchun subsidiya — talabgorga shaharlarda va qishloq joylarda qurilgan kvartirani sotib olishda yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvaragʻiga birinchi 5 yil davomida oʻtkaziladigan mablagʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish toʻgʻrisida ijobiy xabarnomani olgan ariza beruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar hamda fuqaro bilan tuzilgan shartnoma doirasida unga umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyning hisoblangan qiymati — har yili kelgusi yil uchun birlamchi bozordagi uy-joylarni sotib olishga ajratilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan boshlangʻich badalning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning yuqori miqdorlarini belgilash maqsadida kvartira xonalari sonidan qatʼi nazar uning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati hamda maydonining eng koʻp meʼyoridan kelib chiqib aniqlanadigan qiymat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarnoma — tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beruvchiga yuboriladigan ushbu Nizomga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida komissiyaning QR-kodga ega boʻlgan qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom doirasida aholiga ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va qishloq joylarda birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi har yili kelgusi yil uchun kvartira xonalari sonidan qatʼi nazar uning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati hamda maydonining eng koʻp meʼyoridan kelib chiqib uy-joyning hisoblangan qiymatini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyning hisoblangan qiymati quyidagi maqsadlarda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan birlamchi bozordagi uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditlarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda va qishloq joylarda talabgorlar uchun Davlat budjetidan boshlangʻich badalning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning yuqori miqdorlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shahar va qishloq joylarda belgilangan tartibda tasdiqlangan subsidiyalar toʻlashning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib subsidiyalarni tuman (shahar)lar boʻyicha qurilgan uy-joylar soniga mutanosib ravishda taqsimlash va zarur hollarda qayta taqsimlash boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiyalar subsidiya toʻlashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududdagi qurilgan uy-joylar uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, subsidiya fuqarolarga roʻyxatga olingan doimiy yashash joyi boʻlgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlariga ajratilgan subsidiyalar ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman va/yoki shahardan olishi mumkin, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining subsidiyalarni taqsimlash boʻyicha qarorlarida shahar va qishloq joylarda quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan yakka tartibdagi uy-joylar soni ham inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda shahar va qishloq joylarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini koʻrsatgan holda internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi masʼul tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganib chiqish jarayonida doimiy ishtirok etuvchi masʼul tashkilotlar — ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi), yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi, davlat soliq inspeksiyasi, moliya boʻlimi va ishtirok etuvchi tijorat banklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan kelib chiqib, ushbu maʼlumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi masʼul tashkilotlar — tibbiyot birlashmasi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi va tuman (shahar) hokimligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shahar va qishloq joylarda qurilgan birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlash komissiya va masʼul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi yoki maʼlumotlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oila aʼzolarining (jismoniy shaxsning) shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (toʻliq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tugʻilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar bor boʻlgan taqdirda) nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi toʻgʻrisida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʻyicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (qoʻshimcha daromadlar boʻlsa soliq deklaratsiyasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali olish mumkin boʻlgan hujjatlarni (maʼlumotlarni) talab qilish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizani uning oila aʼzolari berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali koʻrsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali taqdim etiladigan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻzi kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Masʼul tashkilotlar tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat xizmatlari markazlari soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masʼul tashkilotlarga elektron tarzda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masʼul tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining arizasi u roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat xizmatlari markazlari, komissiya hamda masʼul tashkilotlar oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul tashkilotlar oʻn ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini, taqdim etilgan hujjatlar asosida, tashkilotlarda mavjud maʼlumotlar bazasi bilan solishtirgan holda oʻrganib chiqadi va YIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi maʼlumotlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning, yolgʻiz oʻzi ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar boʻlimi (boshqarma) — ariza beruvchining boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya boʻlimi — taqdim etiladigan subsidiyalarning miqdori boʻyicha ajratilgan mablagʻlarning mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq inspeksiyasi — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, turar joyda ijara shartlari asosida yashashi hamda ariza beruvchi va ushbu Nizomning 16-bandida keltirilgan shaxslarning (arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligiga koʻmaklashish markazi — ariza beruvchining kam taʼminlanganligi, “Mehnat — migratsiya” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini (oshirganligini);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi — ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va farzandlarida mulk huquqi bilan turar joyning bor-yoʻqligi, yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi, uy-joy umumiy maydonining bir shaxs uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligini;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari — ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi — ariza beruvchining alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimligi — ariza beruvchining yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toifasiga mansubligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etuvchi tijorat banklari — ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi)ning ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha toʻlov qobiliyati, unga ajratilishi mumkin boʻlgan ipoteka krediti va sotib olishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymati, kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarning mavjud emasligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agar ariza beruvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan kam boʻlsa, uning daromadlari hisob-kitobiga xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) yoki u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchining oʻrtacha oylik daromadlari miqdoriga yaqin qarindoshlarining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori qoʻshilganda va daromadlar miqdori ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan meʼyorlardan oshib ketgan taqdirda, uning faqat yetmagan qismi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaqin qarindoshlar deganda ariza beruvchining ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, er — xotinning ota-onasi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. YIDXPda masʼul tashkilotlar oʻrganib chiqish natijalariga koʻra kiritilgan maʼlumotlar asosida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi avtomatlashtirilgan tarzda ballar koʻrinishida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. YIDXPda masʼul tashkilotlarning baholash natijalari komissiyaga ariza beruvchi ishtirokida muhokama etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya uning vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning yigʻilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya aʼzolarini komissiya yigʻilishining oʻtkaziladigan joyi, vaqti va sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya aʼzolariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiyaning barcha yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya ishining tashkiliy shakli yigʻilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya aʼzolari roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi. Bunda tuman (shahar) moliya, soliq idoralarining va ishtirok etuvchi tijorat banklarining vakillari bir vaqtning oʻzida komissiya yigʻilishida ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kvorum boʻlmagan hamda tuman (shahar) moliya, soliq organlarining va ishtirok etuvchi tijorat banklarining vakillaridan biri komissiya yigʻilishida qatnashmagan taqdirda, komissiyaning majlisga kelgan aʼzolari tomonidan majlisni kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, majlisni oʻtkazishning yangi sanasi va vaqti toʻgʻrisida qoʻshimcha ravishda komissiya kotibi tomonidan xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiya yigʻilishlarida ishtirok etayotgan aʼzolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlar yigʻilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Komissiya qarorlari komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Komissiya oʻzining ish reglamentini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Komissiya kotibi ariza beruvchini uning arizasi komissiya yigʻilishda koʻrib chiqilishidan 5 kun oldin taklif etadi va qatnashishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ariza beruvchi uzrli sabablarga koʻra (mehnatga layoqatsizlik, safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti va boshqalar) komissiya yigʻilishida qatnashish imkoniga ega boʻlmasa, ariza beruvchi bu haqida komissiya kotibini xabardor qilib sababini koʻrsatishi shart. Bunda ariza beruvchining arizasi komissiyaning keyingi yigʻilishida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ariza beruvchi uzrli sabablarsiz komissiya yigʻilishiga kelmaganda komissiya arizani uning ishtirokisiz ariza beruvchi hamda masʼul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida koʻrib chiqadi va komissiya qarorini ariza beruvchiga bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Komissiya tomonidan baholash natijalarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Komissiya arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishlari, ularning oshkoraligi va xolisligini taʼminlash maqsadida zarur hollarda uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi hamda tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimida uch yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Komissiya talabgorlarni aniqlash boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni, masʼul tashkilotlarning baholash natijalarini olgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida ularning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalariga koʻra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida komissiya elektron reyestrni yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komissiyaning ipoteka krediti boʻyicha subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorida sotib olinishi mumkin boʻlgan kvartiraning yuqori qiymati uy-joylarning hisoblangan qiymati va ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan belgilangan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha komissiya yigʻilishining bayonnomasi rasmiylashtirilib, subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida komissiyaning QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan qarori qabul qilinadi va tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etilganda komissiya tomonidan subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komissiya ushbu Nizomning 38-bandiga muvofiq ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha toʻlovga layoqatsiz deb topilgan taqdirda, mazkur ariza beruvchi fuqaro talabgor sifatida tan olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Subsidiya berish toʻgʻrisidagi xabarnomada talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning real daromadlaridan kelib chiqib qoplab berilishi mumkin boʻlgan subsidiya boʻyicha sotib olinishi mumkin boʻlgan kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka kreditining yuqori qiymati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya toʻlanishi rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) masʼul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball toʻplaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila aʼzolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha toʻlovga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) oilalarning oʻrtacha oylik daromadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — MHTEKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizomning 38-bandida koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha subsidiya toʻlanishi rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya rad etish sabablarini, qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini koʻrsatgan holda QR-kod qoʻyilgan qarorni rasmiylashtiradi hamda tegishli xabarnomani tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etganda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda, notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda komissiya ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda qaror nusxasi takroran ariza topshirish mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga bir ish kuni mobaynida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Subsidiya taqdim etiladigan talabgorlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tumanlar (shaharlar) boʻyicha tasdiqlangan qarorida belgilangan sonidan oshib ketgan taqdirda, talabgorlar soni quyidagi tartibda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yuqori ball olgan talabgorlar ketma-ketligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi eng yuqori ball toʻplagan ikki yoki undan ortiq ariza beruvchining ballari teng boʻlib qolgan taqdirda, kalendar tartibga koʻra hujjatlarni birinchi boʻlib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma u berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgor foydalanmagan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻz xohishiga koʻra komissiyaga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya talabgorning rad etish toʻgʻrisidagi arizasiga asosan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda dasturiy taʼminot tizimiga tegishli tuzatishlar kiritadi (subsidiya olish toʻgʻrisidagi topshirilgan ariza bekor qilinishi boʻyicha masʼul tashkilotlarga xabar beradi). Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiyalar ajratishning parametrlarida rad etilgan subsidiyalar soni qayta inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomasi yoki arizasi rad etilgan talabgor yoki ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda bir yilda qayta (ikki marta) murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan subsidiyalar ayrim toifadagi shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari)) va davlat hisobidan uy-joylar bilan taʼminlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolariga (er yoki xotini) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Subsidiya taqdim etishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran (bir kalendar yilda ikki marta) murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalariga koʻra 30 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiyalar soni tugaganligi sababli subsidiya olish imkoniyatiga ega boʻlmagan talabgorlar keyingi yil uchun subsidiya oluvchilar roʻyxatiga avtomatik tarzda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Joriy yil uchun ajratilgan subsidiyalar soni tugagan taqdirda, komissiya tomonidan uch ish kuni mobaynida arizalarni qabul qilishni toʻxtatish haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beriladi hamda tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga axborot yuborilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yoki masʼul tashkilot xodimlari tomonidan ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash jarayonida maʼlumotlar notoʻgʻri va/yoki xato kiritilgan taqdirda, komissiya raisining yozma murojaatiga asosan dasturiy taʼminot tizim operatori tomonidan maʼlumotlar toʻgʻrilash uchun komissiya yoki masʼul tashkilotga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yoki masʼul tashkilot toʻgʻrilash uchun qaytarilgan maʼlumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi boʻyicha komissiya aʼzolari va masʼul tashkilot xodimlari shaxsan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Davlat xizmatlari markazidan subsidiya berish toʻgʻrisida ijobiy xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor tomonidan tanlangan uy-joyning qiymati xabarnomada koʻrsatilgan sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshgan taqdirda, quyidagi shartlar bilan subsidiya toʻlanishiga va ipoteka krediti ajratilishiga ruxsat etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joylar hisoblangan qiymatidan oshmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinadigan kvartira maydoni kvartira maydonining eng koʻp meʼyoridan oshmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich badal uchun subsidiya miqdori xabarnomada koʻrsatilgan sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshmagan miqdorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sotib olinadigan kvartira boʻyicha boshlangʻich badal uchun toʻlab beriladigan subsidiya summasidan ortgan qismi qarz oluvchining oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini uch ish kuni mobaynida oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka krediti ajratish (qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar uchun ajratilgan kreditni ipoteka kreditiga qayta rasmiylashtirish) maʼqullangan taqdirda, tijorat banki tuman (shahar) moliya boʻlimi bilan birgalikda ipoteka krediti boʻyicha davlat budjetidan talabgorga ajratilishi mumkin boʻlgan subsidiya summasini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Subsidiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uy-joylar (kvartiralar)ni sotib olish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va qishloq joylarda — boshlangʻich badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi besh yil davomida ipoteka krediti boʻyicha foiz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun — Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining birinchi besh yil davomida foizlarini qoplash uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Shaharlarda va qishloq joylarda uy-joylar (kvartiralar)ni sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sbb = Uq * 10%,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sbb — boshlangʻich badalning bir qismini toʻlashga subsidiya summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uq — uy-joyning hisoblangan qiymati (agar sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati uy-joy hisoblangan qiymatidan kam boʻlgan taqdirda, boshlangʻich badalning bir qismi uchun subsidiyalar shartnomada koʻrsatilgan qiymatning 10 foizi miqdorida ajratiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Shahar va qishloq joylarda uy-joylar (kvartiralar)ni sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti uchun ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini birinchi 5 yil davomida qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sm = Ks*(Af — Bf)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sm — ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ks — ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzning qoldiq summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Af — ipoteka krediti shartnomasida tijorat banki hamda ariza beruvchi kelishuviga asosan belgilangan foiz stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bf — Toshkent shahrida 12 foizlik punkt (yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishdan tashqari), Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida hamda qishloq joylarda 10 foizlik punkt.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yakka tartibdagi uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ushbu yakka tartibdagi uy-joylar qurib bitkazilgandan va/yoki rekonstruksiya qilingandan soʻng kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkalari mutanosib ravishda pasayadi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkalari pasayganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya miqdori ushbu sanadan boshlab mutanosib ravishda kamayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni toʻlab berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Sotib olinadigan uy-joy (kvartira) boʻyicha talabgor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan boshlangʻich badal toʻliq shakllantirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Talabgor tomonidan sotib olinadigan uy-joy (kvartira)ning kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tijorat banki bir ish kuni ichida tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlariga boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiya summasini toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlari uch ish kuni mobaynida ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻttiz kun ichida uzrli sabablarsiz foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiya mablagʻlarini tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimining tegishli hisobvaragʻiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat oʻtgandan soʻng uch ish kuni ichida ajratilgan subsidiya summasi tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimining tegishli hisobvaragʻiga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun ushbu qaytarilmagan subsidiya summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Talabgorlarga shahar va qishloq joylarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurib bitkazilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar uchun kadastr hujjatlari asosida ipoteka kreditlari qayta rasmiylashtirilgan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan uch ish kuni ichida tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlariga ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlovlarni qaytarish grafiklari ilova qilingan holda foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar toʻlashga buyurtmanomalar bilan talabgorlarning tegishli hisobvaraqlari rekvizitlari yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari toʻlovlarini qaytarish grafiklarida foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanishi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlari tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar summasi ushbu Nizomning 57-bandida koʻrsatilgan buyurtmanomalar taqdim etilgan oydan boshlab har oyning 25-kuniga qadar oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda subsidiya ajratilgan fuqaroning ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlovlarni qaytarish grafigida oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki bu haqida 3 ish kunida tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlariga qoʻshimcha maʼlumotlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlariga kredit toʻlovlarini qaytarish grafiklaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilmasligi natijasida ortiqcha toʻlangan subsidiyalar tijorat banki hisobidan Davlat budjetiga tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar, talabgor va pudrat tashkiloti uy-joyning haqiqiy qiymati, ishtirok etuvchi tijorat banki ajratilgan ipoteka krediti summasi va foiz stavkasi, moliya boʻlimlari hisoblangan va ajratilgan subsidiya summasi toʻgʻri hisoblanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Uy-joy sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti talabgor bilan tuzilgan ipoteka kredit shartnomalari shartlariga rioya etilishini nazorat qilish ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ishtirok etuvchi tijorat banki har chorakda tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlari bilan birgalikda talabgorning ipoteka krediti boʻyicha toʻlovlarni qaytarish grafigi va ajratilgan subsidiya summalari asosida solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Subsidiya boʻyicha oxirgi toʻlov amalga oshirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlari va talabgorga ajratilgan subsidiyadan toʻliq foydalanilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi hamda gʻaznachilik boʻlimlari bilan yakuniy solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Oylik subsidiya summasi ortiqcha toʻlanganda, tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlari tomonidan keyingi oyda talabgor uchun subsidiya toʻlovi avval toʻlangan ortiqcha toʻlovni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatlarida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlovlarni surunkali ravishda toʻlamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari boʻyicha undiriladigan mablagʻlar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismi uchun ajratilgan subsidiya summasi ipoteka krediti boʻyicha garovga qoʻyilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimlariga ushbu banklar tomondan toʻliq miqdorda qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Mehnat migrantlari, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga beriladigan subsidiyalar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq yangi tartib doirasida ular uchun quriladigan uy-joylar sonidan oshmasligi lozim.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratilishi, talabgorlarga subsidiyalar hisoblanishi va toʻlanishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mezonlar

Ball

Masʼul organ

I. Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi

(mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — MHTEKM asosida)

Qishloq joylarda (tuman va tuman markazlari)

1.

MHTEKMning 3,0 ga teng va koʻp boʻlgan, 6,0 ga teng va kam boʻlgan

10

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi

2.

MHTEKMning 6,0 dan koʻp boʻlgan, 6,5 ga teng va kam boʻlgan

6

3.

MHTEKMning 6,5 dan koʻp boʻlgan, 6,9 ga teng va kam boʻlgan

2

Shaharlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlari)

1.

MHTEKMning 3,0 ga teng va koʻp boʻlgan, 7,0 ga teng va kam boʻlgan

10

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi

2.

MHTEKMning 7,0 dan koʻp boʻlgan, 7,5 ga teng va kam boʻlgan

6

3.

MHTEKMning 7,5 dan koʻp boʻlgan, 8,0 ga teng va kam boʻlgan

2

Toshkent shahrida

1.

MHTEKMning 3,0 dan ga teng va koʻp boʻlgan 8,0 ga teng va kam boʻlgan

10

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi

2.

MHTEKMning 8,0 dan koʻp boʻlgan 8,5 ga teng va kam boʻlgan

6

3.

MHTEKMning 8,5 dan koʻp boʻlgan 9,2 ga teng va kam boʻlgan

2

II. Hozirgi turar joy maqomi*

1.

Ijara (er-xotin oʻz mulkida uy-joyi mavjud emas)

20

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi,

Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi

2.

Egasining ruxsati bilan tekin turar joy (er-xotin oʻz mulkida uy-joyi mavjud emas)

3.

Ariza beruvchi yaroqsiz yakka tartibdagi uy-joyda yashashi yoki uy-joy yashash maydonining bir shaxs uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligi.

III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar

1.

“labor-migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migranti

10

Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazi

2.

Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar

10

Tuman (shahar) hokimligi

3.

Alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar

10

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi

4.

Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar**

10

Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

5.

Yagona (yolgʻiz) boquvchiga ega boʻlgan oila (erkak yoki ayol)

9

6.

Boshqalar

0

IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi***

1.

Birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs

10

Tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi

2.

Surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi

10

3.

Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan

10

Jami ball:

50

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Toʻliq oʻz mulkida uy-joyga ega boʻlgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** III boʻlimdagi “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni boʻyicha 10 ball olgan nomzodlarga IV boʻlim mezonlari boʻyicha ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, IV boʻlim mezonlari boʻyicha 10 ball olgan nomzodlarga III boʻlimdagi “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni boʻyicha ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** III va IV boʻlimlar boʻyicha ball bitta mezonga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎

UY-JOY SOTIB OLISN YOKI YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLARNI QURISN
VA REKONSTRUKSIYA QILISN UCNUN SUBSIDIYA
‎TAQDIM ETISH TOG`RISIDA‎‎

000000-son

XABARNOMA ‎‎‎‎

Berilgan sanasi “___” _________ 20___ yil‎‎
Amal qilish muddati “___” _________ 20___ yil‎‎
Fuqaro ______________________________________________________________________________________‎‎

(F.I.O.)‎‎

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2021 yil _________ ______-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq ________________________________ deb topildi.

(ijtimoiy me`zonga muvofiqligi)‎

‎‎

Passport ma`lumotlari: seriyasi _______ raqami _______________________________‎‎______________________
Kim tomonidan berilgan _________________________________, berilgan sanasi ____________‎‎______________
Yashash manzili _________________________________________________________‎‎_____________________
Ro`yxatdan o`tgan manzili ________________________________________________‎‎_______________________
Davlat byudjeti hisobidan turar joy bilan ta'minlash huquqiga ega bo'lgan u bilan birga yashaydigan oila a'zolari hisobga olingan holda (tegishlisi tanlanadi):
1. Uy-joy sotib olish uchun dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
Bunda sotib olinishi mumkin boʼlgan uy-joyning yuqori qiymati ___________________________ soʼm.
2. Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi.
Bunda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilishi mumkin bulgan ipoteka kreditining yuqori qiymati _____________________________ soʼm.
‎‎


‎‎‎‎QR-kod

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

UY-JOY SOTIB OLISN YOKI YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLARNI QURISN

VA REKONSTRUKSIYA QILISN UCNUN SUBSIDIYA

TAQDIM ETISNNI RAD ETISN TOG`RISIDA

000000-son‎‎

XABARNOMA‎‎

Berilgan sanasi “____” __________ 20___ yil‎‎
Fuqaro _______________________________________________________________‎‎_______________________

(F.I.O.)‎‎

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2021 yil _________ ______-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomning talablariga ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________sababli subsidiya taqdim etilishi muvofiq emas deb topildi. (nizomninig qaysi talablariga muvofiq emasligi koʼrsatilishi kerak)
Passport ma`lumotlari: seriyasi _______ raqami _____________________________________________________‎‎
Kim tomonidan berilgan _________________________________, berilgan sanasi __________________________‎‎
Yashash manzili ______________________________________________________________________________‎‎
Ro`yxatdan o`tgan manzili ________________________________________________‎‎_______________________


‎QR-kod‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______________ tumani (shahri)da subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyaning namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) xalq qabulxonasi rahbari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori

6.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

7.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi rahbari

8.

Lavozimiga koʻra

Ishtirok etuvchi tijorat bankining tuman (shahar) filiali rahbari

9.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda toʻldiradi.

Yil davomida (haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha)


2-bosqich

Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi

1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi.

2. Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi arizalarni qayd qilinishi navbatligiga koʻra tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga, ichki ishlar boʻlimiga (boshqarmasiga), moliya boʻlimiga, davlat soliq inspeksiyasiga, aholi bandligi koʻmaklashish markaziga, yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasiga, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimiga, tuman (shahar) hokimligiga, ishtirok etuvchi tijorat bankiga elektron shaklda taqdim etadi.

1 ish kuni mobaynida


3-bosqich

Tibbiyot birlashmasi

Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslarning mavjudligi, ariza beruvchining oila aʼzolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi, yolgʻiz oʻzi ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.

10 ish kuni mobaynida


Ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi)

Ariza beruvchi boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.


Moliya boʻlimi

Taqdim etiladigan subsidiyalarning miqdori tugaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.


Davlat soliq inspeksiyasi

Davlat soliq inspeksiyasi — Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, turar joyda ijara shartlari asosida yashashi hamda ariza beruvchi va ushbu Nizomning 16-bandida keltirilgan shaxslarning (arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.


Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

Ariza beruvchining kam taʼminlanganlarga mansubligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.


Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi

Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan kadastr hujjatining maʼlumotlari (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joy bilan toʻgʻri kelsa), ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va farzandlarida mulk huquqi bilan turar joyning bor-yoʻqligi, yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi, uy-joy umumiy maydonining bir shaxs uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.


Tuman (shahar) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

Ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar, yagona (yolgʻiz) boquvchisiga ega boʻlgan oila — ayollar toifasiga mansubligi.


Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi

Ariza beruvchining alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi.


tuman (shahar) hokimligi

Ariza beruvchining yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toifasiga mansubligi.


Ishtirok etuvchi tijorat banklari

Ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi)ning ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha toʻlov qobiliyati, unga ajratilishi mumkin boʻlgan ipoteka krediti va sotib olishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymati, kredit tashkilotlaridan avval olingan kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotni dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.


4-bosqich

Komissiya

1. Arizalarni ularning qayd etilishi navbatliligiga koʻra koʻrib chiqadi.

2. Talabgorlarni aniqlash boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar, masʼul tashkilotlarning baholash natijalari Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.

Maʼlumotlar olingan kundan boshlab 7 ish kuni mobaynida, ariza beruvchi ishtirokida


Tanlov natijalari yuzasidan subsidiya berish yoki rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi.

1 ish kuni mobaynida


5-bosqich

Talabgor

Oʻzining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib moʻljallayotgan uy-joyni, uning hisoblangan qiymatidan oshmagan haqiqiy qiymatini inobatga olgan holda ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorni olgandan soʻng

1 oy (habarnoma amal qilishi muddatining oxirgi kunigacha)mobaynida


Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga kvartira sotib olish uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.


Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlarini hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.

Kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng 3 ish kuni mobaynida


6-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki va moliya boʻlimi

1. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqadi.

2. Ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha davlat budjetidan talabgorga qoplab berilishi mumkin boʻlgan subsidiya summasini aniqlaydi.

3 ish kuni mobaynida


7-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnomani imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.

2. Talabgor tomonidan sotib olinadigan uy-joy (kvartira)ning kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tijorat banki tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimiga boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiya summasini toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.

1 ish kuni ichida


8-bosqich

Hududiy gʻaznachilik boʻlimi

Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.

3 ish kuni mobaynida


9-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

Ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnoma va unga ilova (toʻlovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda toʻlab borish uchun subsidiya ajratilishi boʻyicha hududiy gʻaznachilik boʻlimiga yuboradi.

I?oteka krediti taqdim etilganidan soʻng 3 ish kuni mobaynida


Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yakka tartibdagi uy-joylar kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng ajratilgan kredit ipoteka kreditiga qayta rasmiylashtiriladi.

1 ish kuni mobaynida


10-bosqich

Hududiy gʻaznachilik boʻlimi

Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun mablagʻlarni oʻtkazib boradi.

Har oyning 25-kunigacha

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ANKETA-ARIZA‎‎

Ariza № ________________
Qabul qilish sanasi________
Qabul qilgan shaxs ________

1. ________________________ (familiyasi)

__________________________ (ismi)

______________________ (otasining ismi)

2. Manzil:_______ (aholi punkti)

________________ (tuman, shahar)

_________________ (viloyat)

3. Tugʻilgan sanasi
‎ ___ / _____ / ______

4.‎ Jinsi
‎____ ayol _____ erkak

5. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) _________________

6. Oilaviy ahvoli _____ boʻydoq / turmushga chiqmagan _____ uylangan / turmushga chiqqan _____ ajrashgan
‎_____ beva
7. Asosiy faoliyat turi (?andlik, ish joyi): _________________________________________ 8. Pasport boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR)*: _______________________
9. Oila aʼzolaringizni ularning yoshini koʻrsatgan holda sanab oʻting: 1._____, yosh: ___ 2._____, yosh: ___ 3._____, yosh: ___ 4._____, yosh: ___ 5._____, yosh: ___ 6._____, yosh: ___ 10. Quyidagi shaxslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini koʻrsating:
‎1. Birinchi guruh nogironi ____ kishi.
‎2. Surunkali kasalliklarning ogʻir turlaridan azob chekuvchilar ____ kishi.
‎3. Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan.
11. Har oylik daromad miqdori (zarurat boʻlganda xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining daromadlari):
‎_____________ soʻm; _____________ soʻm; _____________ soʻm; _____________ soʻm.
‎11.1. Har oylik qoʻshimcha daromad miqdori: ___ soʻm.
‎12. Hozirgi vaqtda oilanin? bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan turar joy maydoni: ______ kv.m.
13. Sizning hozirgi uy-joyingizning huquqiy maqomi: _____ mulk
‎_____ ijara
‎______mulkdor ruxsati bilan bepul yashash
14. Qaysi turdagi arzon uy-joydan olmoqchisiz? shaharda ________ qishloq joyda ___________
‎14¹. Yakka tartibdagi uy-joyni qurmoqchimisiz yoki rekonstruksiya qilmoqchimisiz? ___________
‎Yakka tartibdagi uy-joyni qurish ______________
‎Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish __
‎14.1. Qiymati qancha boʻlgan uy-joy olmoqchisiz? __________________ 14¹.1. Qancha miqdorda ipoteka krediti olmoqchisiz?_____________
‎14.2. Uy narxining necha foizini boshlangʻich toʻlov sifatida toʻlay olasiz? ______________________ 14¹.2. Ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha kamida 15 foiz miqdoridagi boshlangʻich badal uchun mablagʻlar mavjudmi?
‎Naqd pul koʻrinishida _______
Qurilish materiallari koʻrinishida _______
‎ Yakka tartibdagi uy-joy qisman qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan ____________.
15. Sizning aloqa qilish uchun maʼlumotlaringiz?
‎ el.pochta _________
‎uy tel: _________
‎ish tel: ________
‎uyali tel: ________
‎15.1. Ipoteka kreditini qaysi tijorat bankidan olmoqchisiz? ________________
16. Siz quyidagi fuqarolar toifalariga mansubmisiz? Agar mansub boʻlsangiz, qaysiligiga koʻrsating:
‎mehnat migranti _______;
‎yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar _______;
‎ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar _______;
‎alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar _______.
Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman va tegishli maʼlumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman. Pasport va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilinadi.

‎‎____________

_____

_____

_____

imzo

yil

kun

oy‎‎

‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* JSH SHIRni aniqlash quyida koʻrsatilgan (bu yerda JSH SHIR raqami sariq rang bilan belgilangan — 30101800050014 raqami).
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 09/20/182/0361-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 13.04.2024-y., 09/24/183/0273-son; 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)