Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 17.03.2020 yildagi 164-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2020-yil 20-martdan boshlab amalga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — yuridik shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari pasportlarini rasmiylashtirish va berish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini ularning texnik va ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari hamda jihozlanganligidan kelib chiqqan holda, toifalarga tasniflashning asosiy talablari va me’yorlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi — jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti toifasini tasdiqlash va pasportini berishni rad etish asoslarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining YIDXP orqali yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va qayta ishlash uchun axborot tizimiga ulanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qo‘llasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-martdagi 164-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament tadbirkorlik subyektlariga hamda tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini (keyingi o‘rinlarda — sport inshooti pasporti) berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglament respublikada jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan (keyingi o‘rinlarda — sport inshootlari) foydalanuvchi barcha yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmati tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali, tadbirkorlik subyekti bo‘magan yuridik shaxslar uchun esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) orqali O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik, davlat xizmatlari markazlari, Markaz hamda hududiy boshqarmalar o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat elektron raqamli imzodan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda, idoralararo elektron hamkorlik vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasporti mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sport inshooti pasporti — sport inshooti tarkibiga kiruvchi bino va inshootlarning texnik va ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi va foydali maydonlari, texnik ko‘rsatkichlari, o‘tkazuvchanligi, sport inshooti egasi haqidagi, sport inshooti manzili va sport inshootining funksional yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport inshootlari mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq ularning texnik va ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari hamda jihozlanganligidan kelib chiqqan holda quyidagi toifalarga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, o‘lchamlari va jihozlanishi respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni (Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempionatlari, birinchiliklari va kuboklari, xalqaro turnirlar) o‘tkazishni ta’minlashga imkon beradi. Inshoot aholi ishtirokida jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun mo‘ljallanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, o‘lchamlari va jihozlanishi respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni (Osiyo va O‘zbekiston chempionatlari, birinchiliklari va kuboklari, turli xil turnirlar), shuningdek, o‘quv-mashq mashg‘ulotlari o‘tkazishni ta’minlash imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, o‘lchamlari va jihozlanishi respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosidagi musobaqalar va turnirlarni (chempionatlar, birinchiliklar va boshqalar) o‘tkazishni, shuningdek, o‘quv-mashq mashg‘ulotlari hamda ishtirokida bilan jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borishni ta’minlash imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, o‘lchamlari va jihozlanishi ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, o‘quv-mashq mashg‘ulotlari hamda aholi ishtirokida jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borishni ta’minlash imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, o‘lchamlari va jihozlanishi o‘quv-mashq mashg‘ulotlari hamda aholi ishtirokida jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borishni ta’minlash imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi toifa sport inshootlari — sport inshootining asosiy parametrlari, o‘lchamlari va jihozlanishi jismoniy tarbiya va sport vositalari orqali jismoniy-tarbiya va sog‘lomlashtirish hamda sport-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi va xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va jo‘natish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sport inshooti pasportini olish uchun ariza beruvchilar davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qiladilar yoki davlat xizmatini elektron shaklda olish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar. Tadbirkorlik subyekti bo‘magan yuridik shaxslar esa, shuningdek, bevosita hududiy boshqarmalar yoki Markazga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bevosita murojaat qilinganda, davlat xizmatlari markazi xodimi (hududiy boshqarmalar yoki Markaz xodimi) ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shaklda Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport xizmatlari ko‘rsatilishi nazarda tutilgan sport inshooti ariza beruvchi tomonidan ijaraga olingan bo‘lsa, so‘rovnomaga amaldagi inshoot ijarasi shartnomasining nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilardan mazkur bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirib, so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng uni o‘z ERI bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligi axborot kommunikatsiya tizimlari vositasida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobraqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — Markaz hisobraqamiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobraqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasining hisobraqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — Markaz hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchilar tomonidan so‘rovnomada ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imlar to‘lanmaganligi davlat xizmatini ko‘rsatishni rad qilish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uning istalgan bosqichida voz kechish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi davlat xizmatidan foydalanishdan voz kechgan taqdirda, so‘rovnoma ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bevosita murojaat qilinganda, davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan paytdan boshlab o‘n daqiqa ichida uni tegishli hududiy boshqarmaga yoki Markazga (oliy va birinchi toifali sport inshootlari uchun) yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YIDXP orqali murojaat qilinganda, so‘rovnoma to‘g‘ridan to‘g‘ri hududiy boshqarmaga yoki Markazga (oliy va birinchi toifali sport inshootlari uchun) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Sport inshooti pasportini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali so‘rovnoma hududiy boshqarmalarga yuborilgach, avtomatik ravishda quyida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olish haqida tegishli davlat organlariga hududiy boshqarmalar tomonidan so‘rovlar yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya bo‘limlariga — ariza beruvchining inshootlari, bino va xonalarini tegishli sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga javob berishi haqida xulosa uchun;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tuman (shahar)dagi yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallariga — obyekt bo‘yicha egalik huquqi haqidagi ma’lumot uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar tegishli davlat organlari tomonidan hududiy boshqarmalarga besh ish kuni davomida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hududiy boshqarma so‘rov kelib tushgandan so‘ng yetti ish kuni davomida ariza beruvchi bilan birgalikda sport inshootini ko‘zdan kechiradi va inshootning asosiy va yordamchi bino va inshootlarini o‘lchaydi, fotosuratga oladi hamda mazkur Reglamentga 4-ilovadagi shaklga muvofiq sport inshooti pasporti blankasini to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va birinchi toifa berilishi nazarda tutilgan sport inshootlarini ko‘zdan kechirish va inshootning asosiy va yordamchi bino hamda inshootlarini o‘lchash, fotosuratga olish va sport inshooti pasporti blankasini to‘ldirish Markaz vakili ishtirokida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport inshooti pasportining to‘ldirilgan blankasi sport inshooti egasining imzosi, hududiy boshqarma vakilining imzosi, oliy va birinchi toifadagi sport inshootlari uchun esa qo‘shimcha Markaz vakilining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport inshooti blankasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar inshootning toifasini belgilashga asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hududiy boshqarma sport inshooti pasporti blankasi to‘ldirilganidan so‘ng uch ish kuni davomida to‘ldirilgan sport inshooti pasporti blankasini, hududiy boshqarmaning tavsiyanomasini hamda mazkur Reglamentning 16-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni jamlab, Markazga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaz besh ish kuni davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarma tomonidan taqdim qilingan sport inshooti hujjatlari jamlamasini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshooti toifasini tasdiqlash yoki rad etish bo‘yicha taklif tayyorlaydi hamda hujjatlar jamlamasini ilova qilgan holda, tayyorlangan taklifni vazirlikka kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlik hujjatlar jamlamasi va tegishli takliflarni olgandan so‘ng uch ish kuni davomida sport inshooti toifasini tasdiqlash yoki rad etish to‘g‘risida buyruq chiqaradi va Markazga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Markaz vazirlikning sport inshooti toifasini tasdiqlash haqidagi buyrug‘i tasdiqlanganidan so‘ng bir ish kuni davomida ariza beruvchiga tasdiqlangan toifadan kelib chiqqan holda, mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq miqdorlarda sport inshooti pasportini rasmiylashtirish uchun pul to‘lovini amalga oshirish haqida shartnomani yuboradi. Sport inshooti pasportini rasmiylashtirish va berish uchun yig‘im to‘liqligicha Markaz hisobraqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchi tomonidan shartnomaga muvofiq to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng bir ish kuni davomida davlat xizmatlari markazlariga, hududuy boshqarmalariga, Markazga (bevosita murojaat qilinganida) yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilingan hollarda) mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan sport inshooti pasportini yuboradi hamda tegishli ma’lumotlarni Sport inshootlari davlat reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sport inshooti toifasidan kelib chiqqan holda, Sport inshooti pasporti quyidagi muddatlarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va birinchi toifadagi sport inshootlari uchun — 4 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi toifadagi sport inshootlari uchun — 3 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi toifadagi sport inshootlari uchun — 2 yilgacha (sport inshootini ijaraga olish haqidagi shartnomada ko‘rsatilgan muddatdan kelib chiqqan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport inshooti pasportining amal qilish muddati tugaganda, yangi pasport mazkur Reglamentga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan sport inshooti pasporti qabul qilinganidan so‘ng bir soat davomida uni ariza beruvchiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sport inshooti toifasini tasdiqlash va pasportini berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar noto‘g‘riligi yoki sport inshooti haqidagi tegishli hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshootining bino, inshoot va xonalari belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga javob bermasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halqaro sport federatsiyalari tomonidan belgilangan me’yorlar va talablarga jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining mos emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga ko‘ra, sport inshooti pasportini berishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi sport inshooti pasportini berish rad etilgan kundan boshlab o‘n besh kun mobaynida davlat xizmati ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish asoslari bartaraf etilib, qayta murojaat qilingan taqdirda, hujjatlar hududiy boshqarma yoki Markaz tomonidan ikki ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport inshooti pasportini qayta berish haqidagi ariza ko‘rib chiqilganida, oldin ko‘rsatilmagan asoslarga muvofiq sport inshooti pasportini berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Avval ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida arizachi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan sport inshooti pasportisiz foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat xizmatlari markazlari, hududiy boshqarmalar, Markaz va vazirlik o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida arizachi haqida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarning oshkor etilmasligini ta’minlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu Reglament talablarining bajarilishi bo‘yicha faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatlari markazlariga, hududiy boshqarmalarga, “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi (keyingi o‘rinlarda Markaz)ga o‘zi kelgan holda murojaat qiladi yoki elektron tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1) Davlat xizmatlari markazi, hududiy boshqarmalar, Markaz

2) YIDXP

So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar) yoki Markazga yuboradi.

1) 10 daqiqa ichida

2) Avtomatik tarzda

3-bosqich

Hududiy boshqarmalar, Markaz

Davlat organiga so‘rovlar yuboradi.

Avtomatik tarzda

4-bosqich

Davlat organi

(tuman (shahar) sanitariya-epidemiologiya bo‘limlari;

tuman (shahar)dagiyer tuzish

va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari)

Sport inshooti bo‘yicha tegishli xulosalar va ma’lumotlarni hududiy boshqarmalarga yoki Markazga taqdim qiladi.

5 ish kuni davomida

5-bosqich

Hududiy boshqarma

1. Ariza beruvchi bilan birgalikda sport inshootini ko‘zdan kechiradi va inshootning asosiy va yordamchi bino va inshootlarini o‘lchaydi, fotosuratga oladi va sport inshooti pasporti blankasini to‘ldiradi. Davlat organlariga yuborilgan so‘rovlar bo‘yicha javoblarni jamlaydi.

2. Hujjatlarni to‘plab Markazga jo‘natadi.

1) So‘rov kelib tushgandan so‘ng

7 ish kuni davomida;

2) 3ish kuni davomida.

6-bosqich

1) Markaz

2) Jismoniy tarbiya va

sport vazirligi

1. Sport inshooti toifasini tasdiqlash yoki rad etish bo‘yicha taklif tayyorlaydi va hujjatlar jamlamasini ilova qilgan holda tayyorlangan taklifni vazirlikka kiritadi.

2. Hujjatlar jamlamasi va tegishli takliflarni olgandan so‘ng sport inshooti toifasini tasdiqlash yoki rad etish bo‘yicha buyruq chiqaradi va Markazga yuboradi.

1) 5 ish kuni davomida;

2) 3 ish kuni davomida.

7-bosqich

Markaz

Ariza beruvchiga tasdiqlangan toifadan kelib chiqqan holda, sport inshooti pasportini rasmiylashtirish uchun pul to‘lovini amalga oshirish haqida shartnomani yuboradi

1 ish kuni davomida

8-bosqich

Markaz

Shartnomaga muvofiq to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng davlat xizmatlari markazlariga (bevosita murojaat qilinganida) yoki YIDXP orqali arizachiga (elektron shaklda murojaat qilingan hollarda) sport inshooti pasportini yuboradi hamda tegishli ma’lumotlarni Sport inshootlari davlat reyestriga kiritadi.

Ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng 1 ish kuni davomida

9-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan sport inshooti pasporti qabul qilinganidan so‘ng uni arizachiga taqdim qiladi.

1 soat ichida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport inshootlarini toifalarga tasniflashning asosiy talablari va me’yorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Inshoot turi

Asosiy ko‘rsatkichlar

Sport inshootining toifasi

Izoh

Oliy

1

2

3

4

5

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Sport yadrosi

Yengil atletika yo‘lka o‘lchami, m

400

400

333

250

200

200

-

Yugurish yo‘lkalarining soni

(kam bo‘lmagan)

6

6

6

2

2

2

-

Futbol maydonining o‘yin o‘lchamlari, m

104×69

(105×68)

104×69

(105×68)

90×60

90×60

-

(90×60)

-

-

Uloqtirish sektori

to‘liq

to‘liq

to‘liq

-

-

-

to‘liq — to‘liq tarkib

Sakrash sektori

to‘liq

to‘liq

to‘liq

-

-

-

-

Qoplamasi

sint.

sint.

sint.

ixtiyoriy

ixtiyoriy

ixtiyoriy

-

Futbol maydonining qoplamasi

chim

chim

chim

-

-

-

-

Sport arenasi

Yugurish yo‘lkalarining soni (kam bo‘lmagan)

8

8

6

2

2

2

-

Sektorlar soni

(kam bo‘lmagan)

2

2

2

2

2

2

-

Yo‘lkalar qoplamasi

sint.

sint.

sint.

ixtiyoriy

ixtiyoriy

ixtiyoriy

-

Maydon qoplamasi

chim

chim

chim

ixtiyoriy

ixtiyoriy

ixtiyoriy

-

Sport zali

O‘lchamlari

(kam bo‘lmagan), m

42×24×12

42×24×15

42×24×12

42×24×15

30×15×8

42×24×12

30×15×8

18×9×5

-

(18×9×5)

-

Otish joylari

Tir o‘lchamlari, m

300,

100,

50,

25,

10

300,

100,

50,

25,

10

100,

50,

25,

10

50,

25,

10

-

-

10 m pnevmatik otish tiri

Mexanik uskunalar borligi

+

+

(+)

-

-

-

-

Otish o‘rinlarining soni

8 — 10

8

6

4

2 — 4

2 — 4

Ov o‘q otish stendi

Aylana transheyali stendlar soni

4 va 8

4 va 8

2 va 4

2 va 4

-

-

-

O‘quv-mashq bazalari

Sportchilar uchun joylar soni

-

-

300

200 — 300

100 — 200

-

-

Stadion

Sport arenasi

Tribunalardagi joylar soni

40000

15000 — 40000

5000 — 15000

3000 — 5000

1000 — 3000

500 — 5000

-

Ippodrom Avtomotodrom

Axborot panellarining o‘lchamlari, m

40 — 50

30 — 40

20 — 30

10-20

5 — 10

2 — 5

-

Televizion panel

+

+

(+)

-

-

-

-

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

(+)

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

(+)

-

Yopiq VIP-joylar

+

+

-

-

-

-

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharhlovchilar uchun joylar

30 — 50

20 — 40

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Sport saroyi

Sport maydonchalarining soni

≤4

2 — 4

1-2

1

1

1

-

Velodrom

Manej

Tribunalardagi joylar soni

≤15000

10000 — 15000

5000 — 10000

1000 — 5000

500 — 1000

0 — 500

-

Ochiq sport maydonchasi

Axborot panellarining o‘lchamlari, m

20 — 30

10 — 20

5 — 10

2 — 5

1 — 5

(1-2)

-

Televizion panel

+

(+)

(+)

-

-

-

-

Yopilgan konkida uchish yo‘lkasi

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

(+)

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

(+)

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharhlovchilar uchun joylar

20 — 30

10 — 20

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Suzish havzasi

50×21 va 50×25 m o‘lchamli havzalar soni

≤ 2

2

1

1

0-1

0-1

-

25×11 va 25×8,5 m o‘lchamli havzalar soni

-

-

2-3

1-2

1-2

1

-

Tribunalardagi joylar soni

≤ 5000

1000 — 5000

500 — 1000

100 — 500

0 — 100

-

-

Tramplinlar majmuasining mavjudligi

+

+

(+)

-

-

-

-

Axborot panellarining o‘lchamlari, m

10 — 20

10 — 20

5 — 10

2 — 5

1 — 5

-

-

Televizion panel

+

(+)

(+)

-

-

-

-

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

-

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

-

-

Yopiq VIP-joylar

+

+

-

-

-

-

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharxlovchilar uchun joylar

20 — 30

10 — 20

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Eshkak eshish bazasi

Qayiqlar soni

≤ 100

75 — 100

50 — 75

25 — 50

25 — 50

0 — 25

-

Yaxt-klub

Tribunalardagi joylar soni

≤ 5000

1000 — 5000

500 — 1000

100 — 500

0 — 100

-

-

Suv-motor bazasi

Axborot panellarining o‘lchamlari, m

10 — 20

10 — 20

5 — 10

2 — 5

1 — 5

-

-

Televizion panel

+

(+)

(+)

-

-

-

-

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

-

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

-

-

Yopiq VIP-joylar

+

+

-

-

-

-

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharhlovchilar uchun joylar

20 — 30

10 — 20

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Chang‘i trassasi

Tribunalardagi joylar soni

5000

1000 — 5000

500 — 1000

100 — 500

0 — 100

-

-

Tog‘-chang‘i trassasi

Axborot panellarining o‘lchamlari, m

10 — 20

10 — 20

5 — 10

2 — 5

1 — 5

-

-

Chang‘i bazasi

Televizion panel

+

(+)

(+)

-

-

-

-

Elektron tablo

+

+

(+)

(+)

-

-

-

Mexanik tablo

(+)

(+)

+

+

(+)

-

-

Yopiq VIP-joylar

+

+

-

-

-

-

-

Matbuot markazi

+

+

+

(+)

-

-

-

Konferens-zal

+

+

+

(+)

-

-

-

Televizion markaz

+

+

+

(+)

-

-

Sharhlovchilar uchun joylar

20 — 30

10 — 20

1-2

1

-

-

-

Klub-muzey

+

-

-

-

-

-

-

Restoran-kafe

+

+

+

(+)

-

-

-

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. “+” sport inshootida ma’lum bir kursatkichning mavjudligini, “–” — uni yo‘qligini, “(+)” — mavjudligi tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(sanasi)‎

___________________
‎ (raqam) ‎

‎Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha
‎SO‘ROVNOMA

‎‎I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
‎‎1. F.I.O.:
‎‎2. Pasport seriyasi va raqami
‎‎3. STIR:
‎‎4. JSh ShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)
‎‎5. Telefon raqami:
‎‎6. Elektron pochta manzili:
‎‎Ia. Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
‎‎1. To‘liq nomi:
‎‎2. Tashkiliy-huquqiy shakli:
‎‎3. STIR:
‎‎4. Joylashgan joyi:
‎‎5. Telefon raqami:
‎‎6. Elektron pochta manzili:
‎‎7. Sport inshooti kadastrining raqami:
‎‎II. So‘rovnomaga ilova:
‎‎1. Agarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilgan sport inshooti arizachi tomonidan ijaraga olingan bo‘lsa, so‘rovnomaga amaldagi inshoot ijarasi shartnomasining nusxasini ilova qiladi.
‎‎III. Xabar berish tartibi
‎‎1. Pochta orqali (pochta manzili)
‎‎2. SMS orqali (telefon raqami)
‎‎3. Telefon orqali (telefon raqami)
‎‎4. Elektron pochta orqali (elektron pochta manzili)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎‎JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎“SERTIFIKATSIYALASH VA KOMPYUTERLASHTIRISH MARKAZI”
‎DAVLAT KORXONASI

‎‎
‎ SPORT INSHOOTI
‎P A S P O R T I

‎‎________________________________________________________________________________
‎(sport inshootining nomi)

Sport inshootining turi

‎‎Asos: Buyruq №

‎‎“____”____________________ y.

‎‎Sport inshootining toifasi

Amal qilish muddati: ‎‎

‎‎

‎‎‎‎“____”____________________ y.

‎‏
‎‏

‎‎
‎Markaz direktori

‎‎____________________________

M.O’.‎

Pasport raqami‎

XXX 000000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎MAXSUS SPORT INSHOOTLARI UCHUN PASPORTGA QO‘SHIMCHA QISQA TEXNIK KO‘RSATKICHLAR ILOVASI TO‘LDIRILADI

1-ILOVA‎ KAMONDAN OTISH MAYDONCHASI, O‘Q OTISH TIRI VA OV O‘Q OTISH STENDINING TEXNIK KO‘RSATKICHLARI‎
2-ILOVA SPORT YADROSI TEXNIK KO‘RSATKICHLARI‎
3-ILOVA‎ VELOTREK TEXNIK KO‘RSATKICHLARI‎
4-ILOVA‎ OT SPORTI BAZASI TEXNIK KO‘RSATKICHLARI‎
5-ILOVA‎ CHANG’I (TOG‘-CHANG‘I) BAZASINING TEXNIK KO‘RSATKICHLARI ‎
6-ILOVA‎ CHANA-BOBSLEY TRASSASINING TEXNIK KO‘RSATKICHLARI‎
7-ILOVA‎ AVTO VA MOTOPOYGALAR TRASSASINING TEXNIK KO‘RSATKICHLARI ‎
8-ILOVA‎ GOLF KLUBNING TEXNIK KO‘RSATKICHLARI‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Umumiy ma’lumotlar

1.

Egasi

2.

Manzili

3.

Telefon

Faks

Internet manzili (URL)

Elektron pochta (e-mail)

4.

Ishga tushirilgan sana

5.

Balansdagi narxi, mln. so’m

6.

Umumiy maydoni, m2

7.

Perimetri, m

8.

To‘silgan chegara perimetri, m

9.

Chegara to‘sinlari materiali

10.

Sport inshooti

11.

Issiqlik ta’minoti

Umumiy quvvati, GKal

12.

Konditsionerlarning soni

Umumiy quvvati, KVatt

13.

Ventilyatsiya

Ventilyatorlarning soni

Umumiy quvvati, KVatt

14.

Suv ta’minoti

15.

Kanalizatsiya

16.

Radio aloqa tarmog‘i

Radio nuqtalar soni

Radio tarmog‘i quvvati, KVatt

17.

Telefon tarmog‘i

Raqamlar soni

18.

Internet tarmog‘i

Ma’lumotlar uzatish tezligi, Kbit/s

19.

Elektr ta’minoti

Umumiy quvvati, KVat

20.

Qo‘shimcha injener-texnik qurilmalar va ularning umumiy ko’rsatkichlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎SPORT INSHOOTI ASOSIY KO‘RINISHINING FOTORASMI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

SPORT INSHOOTI UMUMIY KO‘RINISHINING SXEMATIK TARXI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎ASOSIY INSHOOTLAR VA BINOLAR

T/r‎‏

Nomi va qo’llanilishi‎‏

Soni‎‏

Hajmi, m‎‎

O‘tkazuvchanligi
‎ (odam soni/soat)‎‏

Yo‘ritilganligi‎‏

Qoplama
‎turi‎‏

Drenaj

Ma’lumot manbalari‎‎

Qo‘shimcha
‎ma’lumotlar‎‏

Uzunligi‎

Eni‎

Balandligi,
‎Chuqurligi‎

Qavatligi,
‎Radiusi‎

Telefon‎

Radio‎

Televideniye‎

Elektron
‎ tablo‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

YORDAMCHI INSHOOTLAR VA BINOLAR

T/r

Nomi va qo‘llanilishi

Soni

Umumiy maydoni, m2

Qo‘shimcha ma’lumotlar

I. Sportchilarga hizmat ko‘rsatish inshootlari

1.

Foye

2.

Garderob

3.

Kiyinib-yechinish xonasi

4.

Metodik xona

5.

Oshxona

6.

Dush-hammom

7.

Hojatxona (Sanitariya uzeli)

8.

Dam olish xonasi

II. Injener-texnik xizmati inshootlari

9.

Suv ta’minoti bo‘limi

10.

Suv tozalash uskunalari bo‘limi

11.

Issiqlik ta’minoti bo‘limi

12.

Energiya ta’minoti bo‘limi

13.

Aloqa uskunalari bo‘limi

14.

Radiofikatsiya uskunalari xonasi

15.

Ma’lumot va qayd qilish uskunalari bo‘limi

16.

Sovitish uskunalari bo‘limi

17.

Lift ko’targichlari mexanik bo‘limi

18.

Xavfsizlik tizimi uskunalari bo‘limi

III. Xo‘jalik inshootlari

19.

Jihozlar saqlash xonasi

20.

Omborxona

21.

Garaj

22.

Ustaxona

IV. Ma’muriy inshootlar

23.

Direktsiya xonalari

24.

Trenerlar xonalari

25.

Injener-texnik xodimlar xonalari

26.

Qo‘riqlash xizmati xonalari

V. Tibbiyot inshootlari

27.

Tibbiyot markazi

28.

Tibbiyot punkti

29.

Tibbiyot xonasi

VI. Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mo‘ljallangan xonalar

30.

Matbuot markazi

31.

Konferens-zal

32.

Televizion markaz

33.

Sharhlovchi xonasi

VII. Hakamlar xonalari

34.

Hakamlar xonalari

VIII. Xavfsizlik xizmatlari vakillari uchun mo‘ljallangan inshootlar

35.

O‘t ochiruvchilar posti

36.

Ichki ishlar organi punkti

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TOMOSHABINLARGA MO‘LJALLANGAN INSHOOTLAR

T/r

Nomi va konstruktiv jihatlari

O‘lchov ko‘rsatkichi

Soni

Qo‘shimcha ma’lumotlar

1.

Tribuna

Sektor

Qator

Joy

2.

VIP uchun joylar

Joy

3.

Nogironlar uchun joylar

Joy

4.

Balkon

Joy

5.

Garderob

Joy

6.

Nojatxonalar

Erkaklar uchun

Ayollar uchun

7.

Oshxona

Joy

8.

Kinoteatr (Kinozal)

Joy

9.

Tibbiyot punkti (markazi)

Joy

10.

Avtomobillar to‘xtash joyi

Avtomobil

11.

Kirish-chiqish joylari (darvozalar)

Soni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TEXNIK TASNIF

1. Inshootning asosiy konstruktiv qismlarining materiallari

2. Inshootning qo‘shimcha konstruktiv qismlarining materiallari

RIVOJLANTIRILAYOTGAN SPORT TURLARI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎PASPORT O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI
‎BARCHA SPORT INSHOOTLARIGA BERILADI

‎‎

‎‎

‎‎USHBU PASPORT RAQAMLANGAN 12 BETDAN IBORAT
‎ ________________________________________________________________________________
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI
“SERTIFIKATSIYALASH VA KOMPYUTERLASHTIRISH MARKAZI”
‎DAVLAT KORXONASI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshooti pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari pasportini rasmiylashtirish va berish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIG‘IMLAR MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Inshoot toifasi

Yig‘im miqdori

(bazaviyhisoblashmiqdori karraligida)

Oliy

36

Birinchi

30

Ikkinchi

15

Uchinchi

12

To‘rtinchi

6 (2*)

Beshinchi

12

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda respublika oliy ta’lim muassasalarining sport inshootlari uchun.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 09/20/164/0329-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)