Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiNING
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiNING
Qarori
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2886-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-fevral,
343-B-5-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-fevral,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 26-fevraldagi 343-V-5 va 9-son-qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
oʻn sakkizinchi xatboshi “ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar” degan soʻzlardan keyin “, ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yigirma toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari”;
oʻttizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uchinchi tomon — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar.”.
2. 3-bandda:
beshinchi xatboshidagi “yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlarining” degan soʻzlar “yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat.”.
3. 6-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari” degan soʻzlar “yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Bank guruhining ichki qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;
komplaens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shuʼba korxonalardan ularning mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olinishini taʼminlash;
maxfiylikni va maʼlumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.”.
5. 12-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.”.
6. 22-bandda:
a) “a” kichik bandning ikkinchi xatboshidan “, tijorat banki avval taqdim etilgan, tekshirish davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlari asosida lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) bir martalik operatsiyalar, shu jumladan ular oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan quyidagi hollarda:”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini, numizmatika va kolleksiya maqsadlarida chiqarilgan pul belgilarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) mazkur Qoidalarda oʻrnatilgan har qanday istisnolarga qaramasdan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha shubhalar mavjud boʻlganda;”.
7. 23-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilish;”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mijoz nomidan ish koʻrayotgan shaxsni identifikatsiya qilish, shaxsini va vakolatlarini tegishli hujjatlar asosida tekshirish;”;
uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati, tavakkalchilik xususiyati, shu jumladan zarur boʻlganda mablagʻlar manbasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Tijorat banklari mijoz yoki benefitsiar mulkdorning yuqori mansabdor shaxs ekanligini aniqlash maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlaridan foydalanishlari shart va mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan:”;
toʻqqizinchi xatboshi “kirishish” degan soʻzdan keyin “(yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tijorat banklari yuqoridagi choralarni yuqori mansabdor shaxslarning oila aʼzolariga yoki yuqori mansabdor shaxsga yaqin shaxslarga nisbatan ham koʻrishlari kerak.
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda tijorat banki bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻxtatishi lozim.”.
8. 24-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda tijorat banklari ushbu mijozga nisbatan quyidagi lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari shart:”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini, aynan mijozdan, u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi maʼlumotlarni olish va (yoki) mazkur mijoz tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning maqsadlarini oʻrganishni amalga oshirish imkoni boʻlmagan taqdirda tijorat banki bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi va bunday mijoz bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishi kerak.”.
9. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda tijorat banklari ulardan quyidagilarni olishlari lozim:
yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlari;
yuridik shaxslarning rahbarlari toʻgʻrisidagi hamda taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
Mazkur maʼlumotlar tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni avtomatlashtirilgan tizimi orqali olinadi, ushbu tizimdan maʼlumotlarni olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ular bevosita mijozni oʻzidan olinadi.
Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning benefitsiar mulkdori – jismoniy shaxsni identifikatsiya qilishi, ishonchli manbadan olingan maʼlumotlardan foydalangan holda, shu jumladan quyida keltirilgan maʼlumotlarni oʻrganish orqali, benefitsiar mulkdorning shaxsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak:
mijozning mulk va boshqaruv tuzilmasi;
mijozning taʼsischilari (jamiyat aksiyalarining/ulushlarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari/ishtirokchilari) toʻgʻrisidagi;
pirovardida yuridik shaxsning ulushiga (kamida oʻn foiz) egalik qiluvchi jismoniy shaxs (lar)ning (agar mavjud boʻlsa) shaxsiy maʼlumotlari;
agar koʻrilgan choralar boʻyicha nazorat qiluvchi ulushga ega boʻlgan shaxs benefitsiar mulkdor ekanligiga shubha tugʻilsa yoki ulushga boʻlgan mulk huquqi boshqaruvini amalga oshiruvchi shaxslar boʻlmasa, yuridik shaxs ustidan nazoratni boshqa usullar bilan amalga oshirayotgan shaxs(lar)ning (agar mavjud boʻlsa) shaxsiy maʼlumotlari.
Tijorat banklari tomonidan koʻrilgan tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, tijorat banklari yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaxsni identifikatsiya qilishi va uning shaxsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak.”.
11. 33-bandda:
uchinchi xatboshi “olib borilgan yoki borilmaganligini” degan soʻzlardan keyin “yohud nazorat qiluvchi organlar tomonidan unga nisbatan choralar koʻrilganini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“norezident bank tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni baholash;”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tranzit hisobvaraqlar”ga nisbatan – bank-respondent bank-korrespondentdagi hisobvaraqlardan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish imkoniyatiga ega oʻz mijozini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrganligi, shuningdek mijoz toʻgʻrisida zarur boʻlgan identifikatsiya natijasida olingan maʼlumotlarni bank-korrespondentning soʻroviga asosan taqdim qilish imkoni mavjudligi boʻyicha tegishli tasdiqni olish;”.
12. 36-bandning oltinchi xatboshisidagi “bu haqda Markaziy bankka va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishlari” degan soʻzlar “bu haqda Markaziy bankka va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishlari va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tegishli qoʻshimcha choralarni koʻrishlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 38-band qoʻyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tijorat banklariga, pul oʻtkazmasi mazkur bandda belgilangan talablarga javob bermasa, pul oʻtkazmalari boʻyicha, shu jumladan xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali xizmatlarni koʻrsatish taqiqlanadi.”.
14. Quyidagi mazmundagi 381-band bilan toʻldirilsin:
“381. Yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalari boʻyicha maʼlumotlar xalqaro pul oʻtkazmalari uchun qayd etilgani kabi joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.”.
15. 39-bandning birinchi xatboshisi “joʻnatuvchilari” degan soʻzdan keyin “va qabul qiluvchilari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
16. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Tijorat banklari mavjud mijozlarga nisbatan ularning ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishi va tegishli vaqtda bunday mavjud munosabatlarni lozim darajada tekshirishni, bunday tekshirishlar qachon oʻtkazilganligi va umuman oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmaganligini hamda olingan maʼlumotlarni yetarliligini hisobga olgan holda oʻtkazishlari kerak.”.
17. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan toʻldirilsin:
“461. Tijorat banklari, bir vaqtning oʻzida mazkur Qoidalarning 49-bandida keltirilgan mezonlarga ega boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk manbalarini shakllanishi bilan bogʻliq va oʻtkazilishi rejalashtirilgan operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organiga darxol xabar beradi hamda uzogʻi bilan uch ish kuni mobaynida ularning oʻzaro aloqadorligining tavakkalchilik darajasini aniqlash maqsadida toʻliq tahlil qilganidan soʻng bunday operatsiyalarni amalga oshiradi.”.
18. 55-bandning “l” kichik bandidagi “va ularning yaqin qarindoshlari” degan soʻzlar “, ularning yaqin qarindoshlari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 69-banddan oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
20. 94-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“94. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi bank tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.”.
21. 2-ilovaning 1-bandi “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) joylashgan eri (pochta manzili), shuningdek roʻyxatdan oʻtgan ofisining manzili va bosh ofisining manzili, agar u birinchisidan farq qilsa;”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 10/20/2886-5/0326-son)