Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Bogʻlar va xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Jizzax shahrida barpo etilgan Sharof Rashidov xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya bogʻi, “Xotira maydoni”, “Toshloq” mahallasi hududidagi bogʻ, “Oʻrda” ekologik bogʻi, viloyat drama teatri istirohat bogʻi hamda viloyat hokimligi hududidagi yangi bogʻni obodonlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish, ignabargli va manzarali oʻsimliklarning qimmatli turlari saqlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyati hokimligining mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Jizzax shahar hokimligi huzurida Bogʻlar va xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Jizzax shahridagi Sharof Rashidov xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya bogʻi, “Xotira maydoni”, “Toshloq” mahallasi hududidagi bogʻ, “Oʻrda” ekologik bogʻi, viloyat drama teatri istirohat bogʻi hamda viloyat hokimligi hududidagi yangi bogʻlarning namunali saqlanishini taʼminlash, obodonlashtirish obyektlaridan foydalanish ishlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
sunʼiy sugʻorish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, qattiq qoplamalar, yoʻllar va yoʻlaklar, koʻchalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda boʻlishini taʼminlash;
dov-daraxtlar, butalar va gullarni saqlash va parvarish qilish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish, hududni yanada koʻkalamzorlashtirishning agrotexnik tadbirlarini qoʻl mehnatini kamaytirgan holda amalga oshirish;
ignabargli va manzarali oʻsimliklarning qimmatli turlarini saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni saqlab qolish ishlarini tashkil etish, yashil maysalarni saqlash, xizmat koʻrsatiladigan hududni yanada koʻkalamzorlashtirish va obod qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
obodonlashtirish obyektlarini saqlash va rivojlantirish, ularning sanitariya jihatidan tozalanishini taʼminlash.
3. Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Bogʻlar va xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Jizzax viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli boʻlgan Sharof Rashidov xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya bogʻi, “Xotira maydoni”, “Toshloq” mahallasi hududidagi bogʻ, “Oʻrda” ekologik bogʻi, viloyat drama teatri istirohat bogʻi hamda viloyat hokimligi hududidagi yangi bogʻlarga biriktirilgan shtat birliklari va texnikalarni belgilangan tartibda Departamentga oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Quyidagilar Departament faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
har yili Jizzax viloyatining mahalliy budjeti parametrlarida obodonlashtirish uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishga maqsadli yoʻnaltirilgan mablagʻlar;
faoliyat yoʻnalishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Departament xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi tatbiq etiladi.
7. Jizzax viloyati hokimligi:
a) bir oy muddatda:
Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Bogʻlar va xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Jizzax shahridagi Sharof Rashidov xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya bogʻi, “Xotira maydoni”, “Toshloq” mahallasi hududidagi bogʻ, “Oʻrda” ekologik bogʻi, viloyat drama teatri istirohat bogʻi va viloyat hokimligi hududidagi yangi bogʻ hududida joylashgan ignabargli va manzarali oʻsimliklar qimmatli turlarini, koʻchalarni yoritish obyektlarini, favvoralarni va boshqa obodonlashtirish obyektlarini xatlovdan oʻtkazsin hamda xatlov natijalari boʻyicha obodonlashtirish obyektlarini kelgusida foydalanish uchun Departamentga belgilangan tartibda ajratib bersin;
Departamentni malakali muhandis-texnik xodimlar va ishlab chiqarish xodimlari bilan taʼminlasin;
b) doimiy ravishda:
Jizzax shahrini obodonlashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan amaliy monitoring olib borsin;
obodonlashtirish ishlarini shaharsozlik hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq Jizzax shahri va uning tashqi qiyofasiga qoʻyiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tashkil etsin va amalga oshirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-mart,
159-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 159-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Bogʻlar va xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining
TUZILMASI
|
|
Direktor |
||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor oʻrinbosari — bosh agranom |
Iqtisodiy �ahlil boʻlimi 2 |
||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
Obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash uchastkasi boshligʻi |
Kadrlar boʻyicha inspektor |
||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
Koʻkalamzorlashtirish 1 |
Yuriskonsult |
||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
Avtotransport vositalaridan foydalanish boʻlimi 1 |
Texnika xavfsizligi |
||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
Yordamchi xodimlar 6 |
|||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||
Xodimlarning cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari — 10 nafar;
yordamchi xodimlar — 6 nafar.
Izoh. Ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2020-y., 09/20/159/0320-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)