Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda O‘zbekiston badminton federatsiyasi bilan birgalikda 2-ilova bilan biriktirilayotgan sport obyektlarida badmintonchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy sport asbob-uskunalari, inventarlari bilan ta’minlash, badminton bo‘yicha yuqori darajada sport musobaqalarni, o‘quv-mashq yig‘inlarini va boshqa sport tadbirlarini o‘tkazish, badminton klublarini tashkil etish vazifalari yuklansin.

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Amalga oshirish mexanizmi

I. Badminton sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu sport turining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish

1.

Respublikadagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport obyektlarini va inshootlarini (davlat va nodavlat) xatlovdan o‘tkazish.

Xatlov natijalariga asosan faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining munosib maydonchalarida badminton sport turi bilan shug‘ullanish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha manzilli ro‘yxat (dastur)ni shakllantirish.

2020-yil

aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi, Qurilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Respublikadagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport obyektlarini va inshootlarini (davlat va nodavlat) xatlovdan o‘tkazish yuzasidan ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o‘rganish.

3. Xatlov natijalariga asosan faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining munosib maydonchalarida badminton sport turi bilan shug‘ullanish uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha manzilli ro‘yxat (dastur)ni shakllantirish va tasdiqlash hamda shu ro‘yxat asosida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish.

2.

Respublika hamda hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida badminton sport turi uchun nazarda tutilgan mablag‘lar miqdorini oshirish masalasini ko‘rib chiqish.

Aholining barcha qatlamlari, jumladan, xotin-qizlar, o‘quvchi va talabalar o‘rtasida tizimli o‘tkaziladigan sport musobaqalariga, shuningdek, sportchilarni respublika va halqaro sport tadbirlariga yuborish maqsadida kalendar rejada nazarda tutilgan mablag‘lar ajratilishini ta’minlash.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan

Ijrochilar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston badminton federatsiyasi,

Xotin-qizlar qo‘mitasi

1. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining respublika kalendar rejasida badminton sport turi uchun nazarda tutilgan mablag‘lar miqdorini oshirish masalasini respublika komissiyasida ko‘rib chiqishni tashkil etish.

2. Aholining barcha qatlamlari, jumladan, xotin-qizlar, o‘quvchi va talabalar o‘rtasida tizimli o‘tkaziladigan sport musobaqalariga, shuningdek, sportchilarning respublika va xalqaro sport tadbirlarida ishtirokini ta’minlash.

3.

Andijon, Guliston, Termiz va Farg‘ona shaharlarida badminton markazlarini tashkil etish uchun sendvich penelli badminton zallarini qurish va ularni anjom va uskunalar bilan jihozlash.

2020-2021

yillar

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning imtiyozli kredit mablag‘larini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni doirasida)

Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari
hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport azirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1. Andijon, Guliston, Termiz va Farg‘ona shaharlarida sendvich penelli badminton zallarini qurish va ularda badminton markazlarini tashkil etish.

2. Andijon, Guliston, Termiz va Farg‘ona shaharlarida tashkil etiladigan badminton markazlarini jihozlash.

4.

Davlat ta’lim muassasalarining sport obyektlarida badminton sport turi bo‘yicha yaroqlilik muddati o‘tgan sport anjomlarini yangilash va qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilarning o‘z mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1. Davlat ta’lim muassasalarining sport obyektlarida badminton sport turi bo‘yicha yaroqlilik muddati o‘tgan sport anjomlari ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida bosqichma-bosqich sport anjomlarini yangilash va qayta jihozlash.

5.

Aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, sport bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyatlar yaratish uchun madaniyat va istirohat bog‘lari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari bo‘yicha maydonchalarni tashkil etish.

2020-2021

yillar

Investorlarning mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1. Aholining madaniy va jismoniy dam olishini yaxshilash, sog‘lig‘ini mustahkamlash, sport bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyatlar yaratish uchun madaniyat va istirohat bog‘lari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari bo‘yicha maxsus maydonchalarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish va tasdiqlash.

2. Mazkur tasdiqlangan ro‘yxat asosida madaniyat va istirohat bog‘lari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari bo‘yicha maxsus maydonchalarni tashkil etish.

6.

Har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari bo‘yicha maydonlarni qurish.

Bunda:

bolalar maydonchalari mavjud bo‘lmagan mahallalar va ko‘p qavatli uylar atrofida badminton sport turi bo‘yicha maydonlarini qurish;

sport maktablari va xususiy tadbirkorlarning sport maydonchalarida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini badminton sport turi bilan shug‘ullanishga beg‘araz jalb etish;

bosqichma-bosqich ular orasidan qobiliyatli va iste’dodli sportchilarni aniqlash, tajribasi va sport mahoratini oshirish, milliy terma jamoa zahirasini tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratish.

2020 — 2025

yillar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari, Xususiy tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari, homiylik hayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublikasi kengashi

1. Har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari bo‘yicha maydonlarni qurish bo‘yicha ehtiyojni shakllantirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashiga taqdim etish.

2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan har bir mahallada namunaviy loyiha asosida, bolalar maydonchalari negizida samarali sport infratuzilmasini yaratish hamda badminton sport turlari bo‘yicha maydonlarni qurish ro‘yxatini tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida belgilangan muddatlarda qurilish ishlarini olib borish.

7.

O‘zbekiston badminton federatsiyasi va hududiy bo‘linmalarining bino va sport inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish bo‘yicha pullik xizmatlarni (servis) kengaytirish.

Bunda ular�ing moddiy-texnika bazalarining ahvolini yaxshilash, aholiga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini yaratish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1. O‘zbekiston badminton federatsiyasi va hududiy bo‘linmalarining bino va sport inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish bo‘yicha pullik xizmatlarni (servis) kengaytirish bo‘yicha ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan ro‘yxatga asosan jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish bo‘yicha pullik xizmatlarni tashkil etish.

8.

Barcha ta’lim muassasalari sport zallarida badminton sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish.

2020-2021

yillar

Ijrochilar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ta’lim muassasalari sport zallarida badminton sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

II. Badminton sport turi bo‘yicha kadrlar salohiyatini yanada oshirish, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan malakali trenyerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash

9.

Badminton sport turini rivojlantirishda zamonaviy metodlarni qo‘llash, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va trenyerlarning bilimini oshirish, shug‘ullanuvchilarni sog‘lomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda yaxshilash maqsadida ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni chop etish.

2020-yil

II chorakdan boshlab har yili

Homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1. Badminton sport turini rivojlantirishda zamonaviy metodlarni qo‘llash, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va trenyerlarning bilimini oshirish, shug‘ullanuvchilarni sog‘lomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda yaxshilash maqsadida ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni yaratish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish.

2. Ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni bosqichma-bosqich yaratish va chop etish bo‘yicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Yaratilgan ilmiy, metodik va ommabop adabiyotlarni bosqichma-bosqich chop etish va tasdiqlangan reja bo‘yicha joylarga yetkazish.

10.

Badminton sport turini rivojlantirishning omillari bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya v� seminarlar o‘tkazish.

2020-yil

IV chorakdan boshlab har yili

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston badminton federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi

Badminton sport turini rivojlantirishning omillari bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o‘tkazish.

11.

Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish uchun istiqbolli sportchilar, trenyerlar va hakamlarni xalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda xorijdan malakali mutaxassis va trenyerlarni taklif etish.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar, ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1. Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish uchun istiqbolli sportchilar, trenyerlar va hakamlarni xalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda xorijdan malakali mutaxassis va trenyerlarni taklif etish ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida xalqaro badminton sport turlari maktablari va markazlarida tajriba oshirishga (stajirovkaga) yuborish hamda xorijdan malakali mutaxassis va trenyerlarni taklif etish.

12.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi bo‘yicha mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

2020-yilidan boshlab

Ijrochilar mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida badminton sport turi bo‘yicha mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ehtiyojni shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan reja va ro‘yxat asosida badminton sport turi bo‘yicha mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

III. Aholining keng qatlamlari orasida badminton bo‘yicha ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, musobaqalarni o‘tkazish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va maqsadli tayyorlash

13.

O‘zbekiston badminton federatsiyasining tomonidan ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

Bunda, badminton sport turini rivojlantirish, ta’lim muassasalari sport zallaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha seksiyalar tashkil qilish orqali yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik memorandumlarini (uch tomonlama shartnoma) tuzish.

2020-2021

yillar

Homiylik xayriyalari

O‘zbekiston badminton federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston badminton federatsiyasining tomonidan ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandumlarni (uch tomonlama shartnoma) tuzish.

14.

Milliy terma jamoa safiga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini kuchaytirish uchun badminton sport turi bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatlarini quyidagi bosqichlarda o‘tkazishni joriy etish:

I- bosqich — tuman (shahar);

II-bosqich — viloyat;

III-bosqich — respublika (final).

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida ko‘zda tutilgan mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi

1. Milliy terma jamoa safiga iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) ishlarini kuchaytirish uchun badminton sport turi bo‘yicha 1, 2 va 3-bosqichda bo‘lib o‘tadigan chempionatlar ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida 1, 2 va 3-bosqich chempionatlarni yuqori saviyada o‘tkazish.

15.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari o‘rtasida badminton sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning yil davomida muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilar mablag‘lari

Mudofaa vazirligi,Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston badminton federatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublikasi kengashi

1. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari o‘rtasida badminton sport turi musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha ro‘yxatni tuzish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan ro‘yxat asosida musobaqalarni o‘tkazish va yil davomida muntazam ravishda badminton sport turi bilan shug‘ullanishini tashkil etish.

IV. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, elektron va Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholi o‘rtasida badminton sport turining sog‘lom turmush tarziga ijobiy ta’sir etuvchi vosita ekanligini targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish

16.

O‘zbekiston bad�inton federatsiyasining Internet portalini yaratish va respublikada badminton sport turini rivojlantirish, aholiga bu sohada xizmat ko‘rsatadigan interaktiv xizmatlarni joriy etish.

Bunda veb-saytlarga sportchilar, trenyerlar, rahbarlar, sport bazalari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar kiritish va ushbu bazani doimiy yangilab borish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston badminton federatsiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1. O‘zbekiston badminton federatsiyasining Internet portalini yaratish.

2. Yaratilgan portalda Respublikada badminton sport turini rivojlantirish, aholiga bu sohada xizmat ko‘rsatadigan interaktiv xizmatlarni joriy etish.

17.

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali badminton sport turini keng targ‘ib qilish.

2020-yil

II chorak

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

O‘zbekiston badminton federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

O‘zbekiston badminton federatsiyasining murojaatiga asosan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali badminton sport turini keng targ‘ib qilish.

T/r

Hudud nomi

Obyekt nomi

Manzil

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus maishiy xizmat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji sport zali

Nukus shahri, A. Utepov ko‘chasi, raqamsiz uy

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi tennis majmuasi

Andijon shahri, 1-kichik daxa, 21b-uy

Andijon shahri 32-umumta’lim maktabi sport zali

Andijon shahri, Saloxiyat ko‘chasi, 110-uy

3.

Buxoro viloyati

“Xumo” sport majmuasi badminton sport zali

Buxoro shahri, M. Iqbol ko‘chasi, 16-uy

4.

Jizzax viloyati

Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji sport zali (18x36)

Jizzax shahri, Sayiljoy mahallasi, Istiklol ko‘chasi, 12-uy

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali sport zali

Jizzax shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 259-uy

5.

Navoiy viloyati

Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi sport zali

Navoiy shahri, G‘alaba shox ko‘chasi, 44-uy

6.

Namangan viloyati

Namangan viloyati yuridik kolleji sport zali

Namangan shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 2-uy

7.

Samarqand viloyati

Samarqand viloyati sportning uyin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zali

Samarqand shahri, Rudaki ko‘chasi, 243-uy.

8.

Sirdaryo viloyati

“Alpomish” sport majmuasi

Guliston shahri, Guliston ko‘chasi

Madaniyat saroyi sport zali

Guliston tumani, Turkiston ko‘chasi, 16-uy

Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zali

Xovos tuman, Xovos shaxarchasi, “Bunyodkor” mahallasi, Katta O‘zbek Trakti M-34, Samarqand ko‘chasi

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi sport zali

Termiz shaxri, A. Navoiy kuchasi, 699-uy

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti filialining sport zali

Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 288 b-uy

10.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabi qo‘p tarmoqli sport majmuasi sport zali

Farg‘ona shahri, Oxunboboyev ko‘chasi

11.

Xorazm viloyati

Xorazm tennis va badminton markazi

Urganch shahri, Yangiariq ko‘chasi

12.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali

Qarshi shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 64-uy

Shaxrisabz shahar 14-umumta’lim maktabi sport zali

Shaxrisabz shahri, S. Ayniy ko‘chasi, 56-uy

Toshkent shahar

13.

Bektemir tumani

Bektemir tumani I.M. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi akademik litseyi sport zali

Bektemir tumani, Suvsoz qo‘chasi, 89-uy

14.

Mirobod tumani

Mirobod tumani 175-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Mirobod tumani, Sarakulskaya ko‘chasi, 24-uy

15.

Mirzo Ulug‘bek tumani

Mirzo Ulug‘bek tumani 211-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Mirzo Ulug‘bek tumani, Gulsanam ko‘chasi, 1-uy

16.

Olmazor tumani

Olmazor tumani 196-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/1 mavzesi, 5a-uy

17.

Sergeli tumani

Sergeli tumani 300-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Sergeli tumani, 7 mavzesi, Jahonaro ko‘chasi

18.

Uchtepa tumani

Toshkent Soliq kolleji sport zali

Uchtepa tumani, kichik xalqa yo‘li, 3-uy

19.

Yashnobod tumani

Yashnobod tumanidagi Mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kolleji sport zali

Yashnabod tumani, Tarakiyot kuchasi 2 proyezd 1-uy

20.

Chilonzor tumani

Chilonzor Tibbiyot kolleji sport zali

Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 16-uy

21.

Shayxontohur tumani

Shayxontohur tumani 254-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Shayxontoxur tumani, Nuvza MFY, Ok tepa daxasi, 12-uy

22.

Yunusobod tumani

Yunusobod tumani 271-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Yunusobod tumani, Chimkent yo‘li ko‘chasi

23.

Yakkasaroy tumani

Yakkasaroy tumanidagi to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyi sport zali

Yakkasaroy tumani, Shoxjahon ko‘chasi 5/4

Toshkent viloyati

24.

Angren shahri

Angren shahri Transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji sport zali

Angren shahri, Istiqbol MFY, Bunyodkor ko‘chasi, 5/1a-uy

25.

Bekobod tumani

Bekobod tumani 7-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Zafar shahri, Guliston MFY

26.

Bekobod shahri

Bekobod shahri 12-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Bekobod shahri, “Qosim ota Farmonov” MFY

27.

Bo‘ka tumani

Bo‘ka tumani Bo‘ka Agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji sport zali

Bo‘ka tumani, A. Ikromov ko‘chasi, 39-uy

28.

Bo‘stonliq tumani

Bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Abay” BSM sport zali

Bo‘stonliq tumani, Qoramanas qishlog‘i, Boyterak MFY, Ipak-yo‘li ko‘chasi

29.

Zangiota tumani

Zangiota tumani Bolalar o‘smirlar sport maktabi sport zali

Eshonguzar qo‘rg‘oni, X. No‘mon ko‘chasi

30.

Qibray tumani

Qibray tumani 8-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Qibray tumani, Qadirlik ko‘chasi

31.

Nurafshon shahri

Nurafshon shahri 1-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Obod turmush MFY, Shon shuxrat ko‘chasi, 1-uy

32.

Oqqurgon tumani

Oqqurgon tumani 6-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Okkurgon tumani, Birlik MFY

33.

Olmaliq shahri

Olmaliq shahri Bolalar o‘smirlar sport maktabi sport zali

Olmaliq shahri, Ulug‘bek ko‘chasi, 59a-uy

34.

Ohangaront umani

Ohangaron tumani 12-sonli umumtalim maktabi sport zali

Ohangaron tumani, Qoroxtoy MFY

35.

Parkent tumani

Parkent tumani 45-sonli umumtalim maktabi sport zali

Parkent tumani, Surxi MFY

36.

Pskent tumani

Pskent tumani 8-sonli umumtalim maktabi sport zali

Pskent tumani, Gulshan ko‘chasi, raqamsiz uy

37.

Toshkent tumani

Toshkent tumani Bolalar o‘smirlar sport maktabi

Keles shahar, M. Qashqariy ko‘chasi, 1-uy

38.

O‘rta Chirchiq tumani

O‘rta Chirchiq Pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji sport zali

O‘rta Chirchiq tumani, Ko‘tarma-2 MFY

39.

Chinoz shahri

Chinoz shaxri 40-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Chinoz shaxri, Beshkapa MFY

40.

Chirchiq shahri

Chirchiq shahri 16-sonli umumta’lim maktabi sport zali

Chirchiq shahri, 8-kichik noxiya

41.

Yuqori Chirchiq tumani

Yuqori Chirchiq tumani 37-sonli umumta’lim maktabi zali sport zali

Yuqori Chirchiq tumani

42.

Yangiyo‘l tumani

Yangiyo‘l tumani Gulbaxor sanoat kasb-hunar kolleji sport zali

Yangiyo‘l tumani, Sharof Rashidov ko‘chasi, 6-uy


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi