1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.77.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, tadqiqotchilik)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning iste’dodi va qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorini ro‘yobga chiqarish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni barkamol, jismonan va ruhan sog‘lom shaxs sifatida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, fidoyilik, keng dunyoqarashga ega komil inson bo‘lishga intilish tuyg‘usini shakllantirish maqsadida ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchi yoshlarga buyuk ajdodlarimiz va adiblarimizning boy ijodiy merosini o‘rgatish, ularga munosib voris etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan kompleks o‘quv-tarbiya jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish, yosh iste’dodlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ularga zamon talablaridan kelib chiqib ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) ushbu Agentlik tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi o‘rinlarda ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar) o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini yangidan ishlab chiqish hamda ularda interaktiv tarzda chuqurlashtirib o‘qitish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning tayanch o‘quv rejasi 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktiriladigan oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olgan oliy ta’lim muassasalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslik yo‘nalishlaridan kelib chiqib maktablarga oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini dars mashg‘uloti o‘tishga yo‘naltirish tartibini tegishli kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablarda o‘qituvchilarni yuqori malakali mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantirishga ko‘maklashish, xususan, ularda magistrlik darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik usul va texnologiyalarni joriy qilishning ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori sinf o‘quvchilarini ixtisoslik fani bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirishga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish, shuningdek, ularning maktabdan tashqari vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy usul va uslublarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda biriktirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va ijrosini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish maqsadida taniqli davlat va jamoat arboblari, sohaning ijodkor va ilg‘or yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan, ularning zehnini charxlovchi va ilmiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablarning kuzatuv kengashlariga ularni otaliqqa olgan tashkilotlarning rahbarlariga raislik qilish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tayanch o‘quv rejadagi fanlarning o‘quv dasturlari va darsliklar majmualarini yangidan shakllantirish bo‘yicha aniq choralar belgilangan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin va uning ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruhni shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Agentlik tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar tayanch o‘quv rejadagi fanlarning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda darslik mualliflari bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar ixtisoslik fanlari bo‘yicha darsliklarni, 2020-2021-yillarda asosiy fanlar bo‘yicha dasrliklarni bosqichma-bosqich yaratish va chop etish ishlarini amalga oshirish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlikning ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda dars va fakultativ mashg‘ulotlarni olib borishda ilg‘or xorijiy mamlakatlarning e’tirof etilgan darsliklaridan foydalanish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga tashabbuskor, keng dunyoqarash hamda yuqori ilmiy salohiyatga ega ilg‘or pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga jalb qilish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ichki mehnat tartibi qoidalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda o‘qituvchining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishi, dars o‘tish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillardan birini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ilg‘or xalqaro tajribadan xabardorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritganligi kabi mezonlar nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 o‘quv yili yakunida ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish, jumladan, rahbar va pedagog xodimlar salohiyati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazsin hamda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, ularga yuksak malakali rahbar va pedagog xodimlarni jalb etish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalqaro rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktablarga yuqori malakali xorijiy pedagoglarni ishga yollashni yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari, rahbar va pedagog xodimlarining xorijdagi yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalarida malaka oshirishlarini tashkil etish yuzasidan har yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasiga taklif kiritsin.
(6-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qo‘yilsinki, 2020-yil sentabr oyidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ma’muriy-boshqaruv, pedagogik, o‘quv-yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi, shuningdek, ularni ish haqi fondi hisobiga 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda dars bergan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining asosiy ish joyidagi lavozim maoshlariga oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida Agentlik tizimida tashkil etiladigan boshqa ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ham ushbu mehnatga haq to‘lash tizimi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda iqtidorli bolalarni aniqlash va ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga saralab olish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tavsiyasiga muvofiq umumta’lim maktablaridagi ijodkor, izlanuvchan, iste’dodli hamda turli tanlov va olimpiadalarda yuqori natijalar ko‘rsatgan o‘quvchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Yoshlar akademiyasi tavsiyasiga muvofiq gazeta va jurnallarda ijod namunalari, she’r, hikoya, ilmiy maqolalar e’lon qilgan o‘quvchilarga saralash imtihonlarida ishtirok etish imkoniyati berilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarining ovqatlanishi, ushbu maktablarda xo‘jalik faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq moliyaviy masalalarni qayta ko‘rib chiqsin hamda sarf-xarajatlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga to‘liq qoplanishi choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini ovqatlantirish tizimi autsorsing shartlari asosida tashkil etilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda fakultativ mashg‘ulotlarni olib borish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalarini mustaqil belgilash, mavjud sinflarda o‘quvchilar sonini maqbullashtirish va to‘ldirish, tayanch o‘quv rejasi doirasida o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom Agentlik tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga hamda ushbu maktablarda ishlash uchun jalb etiladigan o‘qituvchilar va mutaxassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi vakolatlari doirasida Agentlik buyurtmalari bo‘yicha jalb etiladigan xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalarining rasmiylashtirilishini, belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari budjetdan tashqari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnika bazasini takomillashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori S.N. Babaxodjayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-martdagi 141-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAYANCH O‘QUV REJASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ixtisoslik fanlari — ijod maktablari uchun notiqlik san’ati, xalq og‘zaki ijodi, adabiy jarayon, adabiyot qoidalari, publitsistika, matnshunoslik, dramaturgiya kabi fanlar hamda ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ilm-fan (Science), shaxsiy saviya (Personal development), zamonaviy yondashuv (Global Perspectives) kabi fanlar tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslik fanlari hamda xorijiy tillar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Maktab ixtiyoridagi soatlar pedagogik kengash qarori bilan o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ixtisoslik yoki asosiy fanlarga qo‘shib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari fanlarining bir qismi asosiy fanlarga integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Fakultativ mashg‘ulotlar:
(izohning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarda — musiqa, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya fanlari, shaxmat mashg‘ulotlari, sun’iy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijod maktablarida — musiqa, san’at (ART), texnologiya (robototexnika), jismoniy tarbiya fanlari darslardan keyin o‘qitiladi;
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab ixtiyoridagi soatlar va fakultativ mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib tayanch o‘quv rejasidagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 141-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktiriladigan oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Ta’lim muassasasining nomi
Otaliqqa oladigan oliy ta’lim muassasalari nomi
Biriktiriladigan vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
1.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Qarshi davlat universiteti
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Qashqadaryo viloyati hokimligi
2.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Farg‘ona davlat universiteti
Xalq ta’limi vazirligi,
Farg‘ona viloyati hokimligi
3.
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
Urganch davlat universiteti
Madaniyat vazirligi,
Xorazm viloyati hokimligi
4.
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Namangan davlat universiteti
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Namangan viloyati hokimligi
5.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
Guliston davlat universiteti
Sirdaryo viloyati hokimligi
6.
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
A. Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyot universiteti
Fanlar akademiyasi,
Toshkent shahar hokimligi
7.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Andijon davlat universiteti
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,
Andijon viloyati hokimligi
8.
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Toshkent davlat jurnalistika universiteti
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Jizzax viloyati hokimligi
9.
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Qoraqalpoq davlat universiteti
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
10.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Toshkent axborot texnologiyal?ri universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti,
Toshkent shahridagi Amiti universiteti
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi
11.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
M. Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi
12.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 09/20/141/0286-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)