06.03.2020 yildagi PQ-4629-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.03.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4124-son qarorida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, bozor mexanizmlariga oʻtish, raqobatbardoshlikni oshirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi istiqbolli konlarni oʻzlashtirish, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining (keyingi oʻrinlarda — “Navoiy KMK” DK) ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlaridan samarali foydalanishni taʼminlash, shuningdek, “Navoiy KMK” DK mulki negizida yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslar faoliyatini tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Navoiy KMK” DKda davlat organlari vakillari, xalqaro va mustaqil konsultantlar, auditorlar va baholovchilar ishtirokida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob va hisobot boʻyicha xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablariga muvofiq korporativ maʼlumotlarni oshkor qilish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global hisobot tashabbusiga (GRI) muvofiq, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar boʻyicha hisobotlarni chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qidiruv natijalari, mineral resurslar va maʼdan zaxiralari toʻgʻrisida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaxiralarni qayta baholash boʻyicha ishlar boshlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Navoiy KMK” DK mulki va mulkiy huquqlari roʻyxatini tasdiqlagan holda korxonaning mol-mulkini xatlovdan oʻtkazish yakunlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Navoiy KMK” DK, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Navoiy KMK” davlat korxonasi nomlanishini tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korxonasi — “Navoiyuran” davlat korxonasiga (keyingi oʻrinlarda — “Navoiyuran” DK) oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir oy muddatda “Navoiy KMK” DK mol-mulkining qismi negizida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi, aksiyadorlik jamiyati koʻrinishidagi “Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “NKMK” AJ) ishlab chiqarish korxonasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK jamgʻarmasi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — “NKMK jamgʻarmasi” DM) taʼsis etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Navoiy KMK” DKning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emulsiyaviy-portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi mulkiy kompleksni “NKMK” AJ tasarrufiga berilishini inobatga olgan holda, “NKMK” AJ tarkibiga beriladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK jamgʻarmasi” DMga beriladigan obyektlar, shu jumladan agrouchastkalar va yordamchi obyektlar, mehmonxonalar, hammom va tozalash xoʻjaligi obyektlari, ishlab chiqarish sexlari, omborxona inshootlari, shuningdek, boshqa tijorat obyektlari va qimmatbaho qogʻozlar (keyingi oʻrinlarda — asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan obyektlar) va ijtimoiy infratuzilma, jumladan tibbiy-sanitar xizmatlar, madaniyat va sport, dam olish va sogʻlomlashtirish, umumiy ovqatlanish, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlari hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, xizmat turar joylari va yotoqxonalari (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy infratuzilma obyektlari) roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Navoiy KMK” DK oʻz kuzatuv kengashi va Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda “Navoiy KMK” AJ aksiyalari qiymatini toʻlashda badal sifatida qoʻyilishi lozim boʻlgan “Navoiy KMK” DK mol-mulki va mulk huquqlarini Oʻzbekiston Respublikasi mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq baholashni yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik “NKMK jamgʻarmasi” DM va “Navoiyuran” DKning taʼsischisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “NKMK” AJ ustav kapitali taʼsischi tomonidan “Navoiy KMK” DK operativ boshqaruvidan mulk va mulkiy huquqlarning qismini, shuningdek, asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda, “Navoiy KMK” DK tomonidan “NKMK” AJ foydasiga beriladigan qimmatbaho metallarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni olish hamda ushbu mulk va mulkiy huquqlarni “NKMK” AJ aksiyalari qiymatini toʻlash hisobiga berilishi evaziga shakllantiriladi. Bunda “Navoiy KMK” DK mulki va mulkiy huquqlarini “NKMK” AJ ustav kapitaliga berish 2019-yil 1-mart holatiga oʻtkazilgan yakuniy xatlov dalolatnomasi va 2019-yil 30-iyun holatiga baholash natijalari boʻyicha xulosalar asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “NKMK” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining aksiyadori (taʼsischisi) funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “NKMK jamgʻarmasi” DM mulki taʼsischi tomonidan “Navoiy KMK” DK operativ boshqaruvidan uning mulki qismini asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda olish va keyinchalik ushbu mulkni “NKMK jamgʻarmasi” DMga operativ boshqaruvga berish orqali shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “NKMK” AJ va “NKMK jamgʻarmasi” DM amaldagi shartnomalar boʻyicha asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan hamda uchinchi tomon bilan kelishilgan holda “Navoiy KMK” DKning huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi, bunda barcha kredit shartnomalari (kreditorlar bilan kelishilgan holda) “NKMK” AJga oʻtkaziladi, “Navoiyuran” DK esa asosiy faoliyat turiga tegishliligi va ishlab chiqarish jarayonlarini inobatga olgan holda qolgan shartnomalar boʻyicha “Navoiy KMK” DK huquq va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Navoiy KMK” DK xodimlarining “NKMK” AJ va “NKMK jamgʻarmasi” DMga oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 98-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK” AJ va “NKMK jamgʻarmasi” DMga oʻtgan ishchi xodimlar bilan yangi mehnat shartnomasi tuzish talab qilinmaydi, amaldagi mehnat shartnomasiga zarur oʻzgartirishlar esa ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan ishchi xodimlarga mehnatga haq toʻlashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, moddiy yordam hamda qonun bilan belgilangan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamgʻarmasi” DM ishchi xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun ilgari “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlari uchun oʻrnatilgan ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan, jumladan tibbiy-sanitar xizmatlar, madaniyat va sport, dam olish va sogʻlomlashtirish obyektlari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari hamda xizmat turar joylari, yotoqxonalar va boshqa obyektlardan imtiyozli foydalanish huquqi toʻlaligicha saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh yil davomida “NKMK jamgʻarmasi” DM ixtiyoriga berilayotgan “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlari sonini qisqartirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining faoliyat turini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy KMK” DKdan pensiyaga chiqqan shaxslar hamda “NKMK” AJ, “NKMK jamgʻarmasi” DM va “Navoiyuran” DKda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar uchun qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan imtiyozlar, shuningdek, tovon, kompensatsiya va nafaqalarning barcha turlari (mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalliklari, sogʻliqqa shikast yetganlik, bola parvarishi va boshqalar uchun) saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “NKMK jamgʻarmasi” DMga berilayotgan asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan obyektlardan tashqari ijtimoiy infratuzilma obyektlarini besh yil davomida xususiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini kompleks hal qilish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ustidan nazorat qilish Komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy KMK” DK qayta tashkil etilishi davrida “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamgʻarmasi” DM xodimlarining mehnat huquqlari, imtiyozlari va kafolatlariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomalari shartlariga rioya etilishini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini taʼminlash choralari koʻrilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DM mehnat shartlariga koʻra ish oʻrinlarining attestatsiya kartalari oʻz kuchida qolishi qismida qonun talablari bajarilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya bir oy muddatda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DM xodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi shartlari, shu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar, moddiy yordam, shuningdek, rayon koeffitsiyentlari va boshqa ijtimoiy imtiyozlar saqlanishini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik bilan birgalikda ikki hafta muddatda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DM faoliyatini tashkil qilish boʻyicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar samarali boshqaruv tizimini joriy etish, moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilash va 2025-yilgacha boʻlgan muddatga investitsiya dasturini tasdiqlashni nazarda tutgan holda “Navoiyuran” DK faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2020-yil 15-martdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK” AJning maʼdan zaxiralari va zaxiralar holati toʻgʻrisidagi hisobotlari, texnik hisobotlari, konlarning kamayishi (istiqbolli maydonlar) toʻgʻrisidagi hisobotlari, kon ishlari boʻyicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari Qidiruv natijalari, mineral resurslar va maʼdan zaxiralari toʻgʻrisida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksiga (JORC Code) muvofiq tayyorlanadi hamda ular eʼlon qilinishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi) tomonidan litsenziyalar berishda Qidiruv natijalari, mineral resurslar va maʼdan zaxiralari toʻgʻrisida hisobot yuritishning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlari boʻyicha “NKMK” AJ hisobotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansida hisobini olib borish uchun belgilangan tartibda tayyorlangan zaxiralar boʻyicha maʼlumotlar qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2026-yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish dasturida nazarda tutilgan “Navoiy KMK” DK investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini jadallashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalqaro moliya institutlari va banklarning qarz mablagʻlari, jumladan kreditlar, obligatsiyalar, yevroobligatsiyalar, lizing hamda qonunchilikda ruxsat etilgan qarzni moliyalashtirishning boshqa turlarini jalb etish “NKMK” AJning investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “NKMK” AJ bilan birga 2020-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK” AJ moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobot yuritishning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit oʻtkazish ishlarini yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy KMK” AJda savdolarning rentabellik darajasi, aktivlar, aktiv va majburiyatlar aylanmasi hamda xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga muvofiq aniqlanadigan boshqa koʻrsatkichlarni oshkor etish amaliyotini tatbiq etish ishlarini yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-noyabrga qadar kamida 300 million AQSH dollari miqdorida korporativ yevroobligatsiyalar chiqarish boʻyicha aniq choralar koʻrgan holda “NKMK” AJning moliyaviy boshqaruvi tizimini yanada isloh qilishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “NKMK” AJda, shu jumladan kuzatuv kengashiga ikki nafar mustaqil aʼzoni tayinlash, kuzatuv kengashi qoshida qoʻmitalar tashkil etish, axloq kodeksi, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi nizom va korporativ boshqaruv sohasidagi boshqa ichki hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni koʻzda tutgan holda korporativ boshqaruvning eng samarali amaliyotlari tatbiq etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining daromadlarini koʻpaytirishni va iqtisodiy samaradorlikni inobatga olgan holda, qazib chiqarish boʻyicha iqtisodiy samarador reja, qimmatbaho metallarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, operatsion va kapital xarajatlarni kamaytirish choralarini oʻz ichiga oluvchi “NKMK” AJ ishlab chiqarish dasturi va moliyaviy rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatbaho metallar aktivlarini toʻldirish maqsadida “NKMK” AJdan affinlangan qimmatbaho metallarni oldi-sotdi shartnomasi asosida xarid qilishda ustuvor huquqqa ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki affinlangan qimmatbaho metallarni xarid qilishni rad etgan taqdirda, “NKMK” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda affinlangan qimmatbaho metallarni London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi savdolarida yuzaga kelgan narxlarda uchinchi shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi ikki hafta muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida, ochiq savdolar oʻtkazmasdan va toʻlovlar olmasdan, “Navoiy KMK” DK buyurtmanomalariga va 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha foydali qazilmalarni qazib olish va geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga oid litsenziyalar berilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi “NKMK” AJ va “Navoiyuran” DK buyurtmanomalari asosida oʻn kun muddatda “Navoiy KMK” DKga tegishli boʻlgan foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni mos ravishda “NKMK” AJ va “Navoiyuran” DKga berish va qayta rasmiylashtirish tartib-taomillari bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK” AJga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, faqatgina kredit va qarz mablagʻlarini koʻchirish hamda ularni soʻndirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisob raqamlari ochishga va ulardan foydalanishga ruxsat etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvarga qadar, istisno tariqasida, “NKMK” AJga Davlat geologiya qoʻmitasi, shu jumladan Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlari etib qayta tashkil qilinayotgan davlat korxonalari bilan geologiya-qidiruv ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarni texnik shartlar/spetsifikatsiyalar, ish hajmlari va tuzilgan shartnomalarni majburiy ekspertizadan oʻtkazmasdan, raqobatlashuv asosida xarid qilish tartib-taomillarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali tuzishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat geologiya qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “NKMK” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan obyektlarni bosqichma-bosqich geologik oʻrganishni nazarda tutuvchi uzoq istiqbolga moʻljallangan geologiya-qidiruv ishlari dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar yangi ochilayotgan Geologiya fanlari universiteti qoshida geoinnovatsion ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasi 17-bandiga binoan “Navoiy KMK” DK tomonidan ushbu qarorga muvofiq bepul berilayotgan mol-mulk va mulkiy huquqlar soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK” AJ va “NKMK jamgʻarmasi” DM tomonidan qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblash va qayta hisoblash taʼsischining “NKMK” AJ ustav kapitaliga mol-mulk va mulk huquqlarini kiritishi, “NKMK jamgʻarmasi” DMning mol-mulk va mulkiy huquqlarni operativ boshqaruvga olishi, shuningdek, mol-mulk va mulkiy huquqlarni boshqa asoslarda berilishi bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha haqiqatda toʻlovlar qilinmasdan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 4-bandi “g” kichik bandiga muvofiq tomonlar — “Navoiy KMK” DKni “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DMga oʻzgartirilishi belgilangan shartnomalarga (shartnomalarning amaldagi shartlari saqlangan taqdirda) nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarori tatbiq etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DM boshqaruvi va kuzatuv kengashi tarkibiga chet el fuqarolarini jalb etishga aʼzolar umumiy sonining 35 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamgʻarmasi” DMga 2022-yil 1-yanvargacha, istisno tariqasida, xoʻjalik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berishda, shuningdek, jalb etilayotgan qarz mablagʻlari boʻyicha taklif qilingan konsultantlar bilan, raqobatlashuv asosida xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazmasdan hamda texnik vazifalar/spetsifikatsiyalar, ish hajmlari, tuzilgan shartnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda majburiy ravishda ekspertiza qilmasdan va roʻyxatga olmasdan oʻzaro toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4629-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy KMK” DK ishchi xodimlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini kompleks hal etish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi

N.B. Xusanov

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Komissiya hamraisi

Q.S. Sanaqulov

Navoiy KMK” DK bosh direktori, Komissiya hamraisi

U.N. Muxammadiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Komissiya raisi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, Komissiya raisi oʻrinbosari

A.D. Tashkulov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son qaroriga
2-ILOVA

“Navoiy KMK” DK buyurtmanomalariga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar yakunlari boʻyicha ommaviy savdolar oʻtkazmasdan va litsenziya berganlik uchun toʻlov undirmasdan Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish va geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar beriladigan geologik obyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geologik obyektlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(foydali qazilmalarni qazib olishga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Besapantau
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gʻarbiy Amantaytau
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uzunbulak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Saribatir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Asaukak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Roxat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yasvay
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kolchiktau
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nukrakon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Amantaytau (Markaziy va Shimoliy uchastkalari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Daugiz maʼdanli maydonining kichik masshtabli obyektlari (Shimoliy Asaukak, Gʻarbiy Karasay, Aksay, Oʻrtalik, Shimoliy Daugiztau, Shimoli-Sharqiy, Shimoli-Gʻarbiy, Tumshuktau, Taskazgan, Yasaul, Markaziy Karasay, Oxaktosh, Sharqiy Karasay)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Zarkatlam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sharikti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Gʻarbiy Daugiztau (Magʻribkon)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geologik obyektlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(geologik oʻrganishga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Balpantau
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tamdibulak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oltin maʼdanli 2-zona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yelsoy (Djelsay)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mayskiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kiziltash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Turbay
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boztau
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sardor
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Barxanniy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Telkitau
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kaskirtau
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dalniy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shimoliy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Daykoviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pistali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oltin Diyor
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Chuqurquduq (Triada)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shimoliy minerallashgan zona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muruntau maʼdanli maydon qanotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kokpatas koni yonbagʻrlari (Gʻarbiy 1 — 4, 1 — 6, Gʻarbiy 3-2, 3-3, Yoʻl boʻyi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Karaungur
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Daugiztau koni yonbagʻrlari (Sharqiy Daugiztau, Janubiy Daugiztau)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Lapak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Aybodom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Pistali koni yonbagʻri (Shimoliy, Janubiy, Gʻarbiy, Sharqiy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sarmich
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Karabugug
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oltin maʼdanli 8-zona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tayman
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Uzunkuduk-2
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Joldas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oltin maʼdanli 3-zona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Biran
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Prikontaktoviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vodiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Salin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Maulyan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qumli-2
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qumtosh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Djamankon-Bijankara
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Shimoliy Kosshoxa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Birinchi sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3067-son qarori 1-ilovasining 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning roʻyxatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. “Navoiyuran” DK”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 23 va 24-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23. “Navoiy KMK” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Hududgaztaʼminot” AJ”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari va muassasalarining sihatgohlari va sogʻlomlashtirish muassasalariga, shuningdek, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4124-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy KMK” DK negizida qimmatbaho metallar qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha aksiyadorlik jamiyatini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlardan samarali va oqilona foydalanish uchun davlat muassasasini tashkil qilish, keyinchalik “Navoiy KMK” DKni uran va noyob metallar qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha davlat korxonasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-bandi “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy KMK” DK negizida tashkil qilinayotgan qimmatbaho metallarni qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha aksiyadorlik jamiyati — 2023-yilda”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4256-son Farmoniga ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 3-martdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinatining kuzatuv kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-809-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 3-martdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinatining kuzatuv kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-809-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1373-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1711-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)