03.03.2020 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmonida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida o‘zbek tilining o‘rnini kuchaytirish va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini mustahkamlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilarining malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish hamda atamashunoslik bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari xodimlari hamda respublikada doimiy istiqomat qilayotgan boshqa tillarda so‘zlashuvchi aholi, shu jumladan xorijiy fuqarolar uchun Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari hamda pedagogika institutlari huzurida hududiy bo‘linmalariga ega bo‘lgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilarining o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining yozma va og‘zaki savodxonligini oshirish, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek tilining tuzilishi bo‘yicha amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratini tizimli asosda oshirib borish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari va aholining nutq madaniyati hamda notiqlik mahoratini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohalar kesimida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha ommabop qo‘llanmalar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid o‘quv va malaka oshirish kurslarining, shu jumladan masofaviy o‘qitishning o‘quv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/592/1336-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/662/1001-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining xodimlari umumiy cheklangan soni 53 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hududiy bo‘linmalari tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari uchun tatbiq etiladigan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida o‘quv rejadagi fanlarni o‘qitish uchun professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar shtat va soatbay asosida jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqining miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga ko‘paytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari xodimlari (keyingi o‘rinlarda — tinglovchilar) pulli shartnoma asosida o‘qitiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy bo‘linmalari tinglovchilari tegishli oliy ta’lim muassasalarining Axborot-resurs markazi elektron adabiyotlar fondidan bepul asosda foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida aholi uchun o‘zbek tilida yozma va nutq madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tashkil etiladigan bepul o‘quv kurslari xarajatlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida ish joyidan ajralgan holda ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun o‘qish davrida asosiy ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazning hududiy bo‘linmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari hamda pedagogika institutlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida hamda tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplagan holda joylashtirilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarni pulli shartnoma asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi davlat tilini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yildan boshlab dolzarb filologik ilmiy-texnik muammolar yechimiga bag‘ishlangan fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari bajarilishini maqsadli moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2021-yildan boshlab tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarini oshirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda mazkur qaror bilan joriy etilayotgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, Universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda Markaz ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika hududlarida o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda respublika ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyoti o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash va uzoq hududlardan o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida davlat universitetlari hamda pedagogika institutlarida o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2020-yildan boshlab ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda, o‘zbek tili bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, takomillashtirilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) o‘zbek tilining lug‘at boyligini yangi so‘zlar bilan doimiy boyitib borish va ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan O‘zbek shevashunosligi markazini bir oy muddatda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Universitetda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Sinxron tarjima” va “Kompyuter lingvistikasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik (etnologiya)”, “Kompyuter lingvistikasi”, “Psixologiya”, “Sotsiologiya”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)”, “Folklorshunoslik va shevashunoslik”, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “Badiiy tarjima”, “Ilmiy-texnik tarjima” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, yangi o‘qitish metodikasiga asoslangan o‘zbek tilini bilish darajasini baholashning xalqaro standartini yaratish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy universitetlarda mavjud bo‘lgan o‘zbek tili markazlarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy va malakali kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish, o‘zbek tili bo‘yicha ilmiy tadqiqot va ta’lim dasturlarini hamkorlikda amalga oshirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon hamjamiyatining, xususan, xorijlik yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini fan va ta’limdagi hamkorlik loyihalari orqali oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi madaniy-gumanitar va ilmiy-ta’lim hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida o‘zbek tili targ‘ibotini keng yo‘lga qo‘yish va bu borada xorijdagi mavjud infratuzilma, vosita va imkoniyatlardan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tilini targ‘ib qilish, uni o‘rgatish va o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘zbek madaniyati, fani va ta’limini jahonda ommalashtirish maqsadida o‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan kompleks aksiya va tadbirlar o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yildan boshlab Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi tanlovlarini o‘tkazishda o‘zbek tili metodikasi sohasini inobatga olsin hamda ushbu soha mutaxassislarining Jamg‘arma tanlovlarida ishtirok etishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Universitetda hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Universitet professor-o‘qituvchilarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlariga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish bilan bog‘liq xarajatlar Universitetning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar 2019/2020 o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti kafedralari tashkil etilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash (shu jumladan, professor-o‘qituvchilarning mehnatiga haq to‘lash) va saqlash xarajatlari, shuningdek, Markaz va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish, jumladan, mebel, o‘quv va masofaviy ta’lim uchun zarur jihozlar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlash xarajatlari tinglovchilarni pulli shartnoma asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘z tizimidagi tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari xarajatlar smetalarini shakllantirishda xodimlarining davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha malakasini oshirish uchun to‘lanadigan mablag‘lar rejalashtirilishini nazarda tutsin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazni Toshkent shahrida bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 3-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni — 53 nafar, shu jumladan hududiy bo‘linmalar xodimlari soni — 39 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hududiy bo‘linmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining hududiy bo‘linmalari tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI

1. Qoraqalpoq davlat universiteti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon davlat universiteti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buxoro davlat universiteti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Guliston davlat universiteti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jizzax davlat pedagogika instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Navoiy davlat pedagogika instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Namangan davlat universiteti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Samarqand davlat universiteti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Termiz davlat universiteti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Urganch davlat universiteti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Farg‘ona davlat universiteti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qarshi davlat universiteti
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2020-y., 09/20/117/0247-son; 29.09.2020-y., 09/20/592/1336-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 29.10.2021-y., 09/21/662/1001-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)