1-ILOVA
| Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar | |
| I.MHXSni joriy etish jarayonini tizimlashtirish va uning natijadorligini oshirish | ||||
| 1. | MHXS va unga tushuntirishlar matnlarini davlat tiliga tarjima qilish. | 1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. | 2020-yil 1-iyun | Moliya vazirligi (D. Sultanov), |
| 2. MHXS hujjatlarini davlat tilida talab qilish huquqlaridan voz kechish boʻyicha MHXS fondi bilan kelishuv tuzish. | 2020-yil 1-iyul | buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari | ||
| 3. MHXS va unga tushuntirishlar matnlarini davlat tiliga tarjima qilish, shuningdek, ularni Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirish. | kelishuvga muvofiq | |||
| 4. MHXSning har yili yangilanishini hisobga olgan holda, davlat tilidagi MHXS hujjatlarining dolzarbligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish. | Doimiy ravishda | |||
| 2. | Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga uygʻunlashtirishni hisobga olgan holda ularni takomillashtirish. | 1.Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda buxgalteriya hisobining milliy standartlari va MHXS oʻrtasidagi muhim farqlanishlar boʻyicha keng qamrovli axborotlar tayyorlash. | 2020-yil 1-mart | Moliya vazirligi (D. Sultanov), buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari |
| 2.Buxgalteriya hisobining yangi milliy standartlarini ishlab chiqish va amaldagi milliy standartlarga oʻzgartishlar kiritish. | Doimiy ravishda | |||
| 3. | MHXSni joriy etishni hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish. | 1. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, jumladan: MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida eʼlon qilmaslik; MHXS boʻyicha sertifikatga ega mutaxassislar soni eng kam miqdor talablariga muvofiq emasligi boʻyicha maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2020-yil 1-iyul | Moliya vazirligi (D. Sultanov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Soliq hisoboti shakllarini MHXS boʻyicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarga asosan qayta koʻrib chiqish va unga moslashtirish. | 2020-yil 1-oktabr | Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi (D. Sultanov) | ||
| 4. | Davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishni MHXS asosida amalga oshirishga oʻtish. | 1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi veb-saytida davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishni MHXS asosida amalga oshirishga oʻtish grafigini eʼlon qilish. | Har yili | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalari |
| 2. Davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishni MHXS asosida amalga oshirishni tashkil etish. | Grafikka muvofiq | |||
| 3. Davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida eʼlon qilinadigan moliyaviy hisobotlari shaffofligi va sifatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Moliya vazirligiga maʼlumot taqdim etish. | Har yili 1-aprelgacha | |||
| 5. | Har yili aksiyadorlik jamiyatlarining eʼlon qilinadigan moliyaviy hisoboti MHXSga muvofiqligi boʻyicha sifat nazoratini amalga oshirish. | 1. Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisoboti MHXS asosida eʼlon qilinishini taʼminlash choralarini koʻrish. | Har yili | Kapital bozorini rivojlantirish agentligi aksiyadorlik jamiyatlari |
| 2. Aksiyadorlik jamiyatlarida MHXS joriy qilinganligi toʻgʻrisida Moliya vazirligiga axborot taqdim etish. | Har yili | |||
| 6. | MHXSga bosqichma–bosqich oʻtish chora-tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagini jalb etish masalasini koʻrib chiqish. | 1. Xalqaro moliya institutlariga milliy buxgalteriya hisobi tizimini diagnostikadan oʻtkazish va baholashga koʻmaklashish hamda MHXSni qoʻllash infratuzilmasini yaratish masalalari boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan soʻrovnoma yuborish: MHXSga oʻtish jarayonida tadbirkorlik subyektlarini uslubiy qoʻllab-quvvatlash; qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari moliyaviy hisobotlarining axborot berish darajasini oshirish; davlat sektorida MHXS boʻyicha kadrlar salohiyatini oshirish. | 2020-yil mart | Moliya vazirligi (D. Sultanov) |
| 2. Yuqorida keltirilgan masalalar boʻyicha ekspertlar bilan hamkorlik qilish va grant shartnomalari imzolashni muhokama qilish. | ||||
| 3. Buxgalterlarni milliy sertifikatlash tizimini joriy qilish boʻyicha takliflar kiritish. | 2021-yil davomida | |||
| II. Buxgalteriya hisobi va audit taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va oliy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar | ||||
| 7. | Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida mutaxassislarni MHXS boʻyicha oʻqitish chora-tadbirlarini ish beruvchilar hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash. | 1. Aksiyadorlik jamiyatlari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda xodimlarning MHXS boʻyicha oʻqish va malaka oshirish xarajatlarini ish beruvchi tomonidan kafolatli qoplanishi mexanizmini joriy etish. | 2020-yildan boshlab | Aksiyadorlik jamiyatlari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslar |
| 2. Aksiyadorlik jamiyatlari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda MHXSning amaliy qoʻllanilishi natijalarini har yili oʻrganish va aniqlangan muammolarni tahlil qilish. | Har yili | |||
| 3. Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlari va davlat organlari xodimlarini MHXS boʻyicha oʻqitish ehtiyojlarini aniqlash. | Har yili | Moliya vazirligi (D. Sultanov) | ||
| 4. Oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari, talabalar, bitiruvchilar (oliy taʼlim muassasasini tugatgandan soʻng olti oy davomida) va davlat organlari xodimlarining buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida oʻqitish va imtihonlarni topshirish boʻyicha xarajatlarini respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplashning har yillik cheklangan qiymatlarini belgilashni nazarda tutuvchi vaqtinchalik tartibini tasdiqlash. | 2020-yil 1-iyul | |||
| 8. | Tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalarida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish va mazkur tajriba loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy taʼlim muassasalarida amalga oshirish. | 1. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha MHXS sohasida yetakchi xalqaro professional tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2020-yildan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi (D. Sultanov), Tajriba oliy taʼlim muassasalari |
| 2. Oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishning asosiy tartib-taomillari va bosqichlari bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni taklif etish. | ||||
| 3. Oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalari va akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | ||||
| 4. Oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalari hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining masʼul xodimlarini belgilash. | ||||
| 5. “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari oʻquv dasturlari mazmunini monitoring qilish tizimini shakllantirish, shuningdek, MHXSni qoʻllash boʻyicha ommabop oʻquv va amaliy materiallarni koʻpaytirish. | ||||
| 9. | Respublikadagi oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari tarkibining MHXS boʻyicha kasbiy bilimlarini oshirishda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish. | 1. Tizimli asosda oʻquv jarayoniga va pedagog xodimlar malakasini oshirish kurslariga xorijiy mutaxassis va oʻqituvchilarni jalb qilish. | Har yili | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi sohaga oid oliy taʼlim muassasalari |
| 2. Xalqaro va respublika darajalarida MHXS boʻyicha amaliy seminarlar va tanlovlar tashkil etish. | ||||
| 10. | MHXS sohasidagi xalqaro tashkilotlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish asosida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqish. | 1. MHXS boʻyicha xalqaro professional sertifikatlashtirish dasturlariga mos keladigan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. | 2020-yil 1-avgust | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi sohaga oid oliy taʼlim muassasalari |
| 2. MHXSni chuqur oʻrganish, uni amalda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishni nazarda tutuvchi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha yangilangan oʻquv dasturlarini tasdiqlash va taʼlim jarayoniga joriy qilish. | Har yili | |||
| 3. Uch yillik oʻqish muddatidan kelib chiqqan holda “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqitishning kunduzgi shakli oʻquv dasturlari va rejalarini qayta koʻrib chiqish. | 2020-yil 1-avgust | |||
| 11. | Oliy taʼlim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yoʻnalishlari boʻyicha pedagog xodimlarini tezlashtirilgan tarzda oʻqitish maxsus kurslarini tashkil etish, shuningdek, MHXS boʻyicha pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish. | 1.“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻqituvchilarni buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotdan akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim muassasalarida MHXS boʻyicha oʻqitish grafigini tasdiqlash. | Har yili | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oliy taʼlim muassasalari |
| 2. Quyidagilarni: | ||||
| akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartlari asosida MHXS boʻyicha malaka oshirish jarayonini tashkil etishda masofaviy va vebinar texnologiyalar dasturlari; | 2022-yildan boshlab | |||
| oʻqitish, imtihon topshirish va malaka oshirish hamda “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yoʻnalishlari | 2022-yildan boshlab | |||
| buxgalteriya hisobi va audit fanlarini faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” yoki “Audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) ega boʻlgan pedagog xodimlar tomonidan oʻqitish tartibini; | 2021/2022 oʻquv yildan boshlab | |||
| Xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) mavjud “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yoʻnalishidagi pedagog xodimlarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish. | Doimiy ravishda | |||
| 3. Xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) mavjudpedagog xodimlarning malakasini oshirish xarajatlari uchun ish beruvchi tomonidan kafolatli toʻlovlarni amalga oshirish. | Har yili | |||
| 12. | Buxgalteriya hisobi va audit fanlari boʻyicha oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish. | 1. Buxgalteriya hisobi va audit fanlari boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalari amaliyotida joriy etilgan zamonaviy oʻquv adabiyotlarni sotib olish, jumladan elektron kutubxonani yaratish. | Doimiy ravishda | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), oliy taʼlim muassasalari |
| 2. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining Internet global axborot tarmogʻidan foydalangan holda mustaqil chuqur bilim olishlarini taʼminlash uchun ularni MHXSga doir yangiliklar bilan tezkor tanishtirib boradigan virtual maydon (veb-sayt) yaratish. | 2020-yilda vomida | |||
| 13. | Oʻquv jarayoni, imtihon oʻtkazish va uning natijalarini baholash hamda sertifikat berish shaffofligini taʼminlaydigan MHXS boʻyicha maqsadli oʻqitish dasturlarini tashkil etish orqali xalqaro standartlar asosida kasbiy sertifikatlashning zamonaviy tizimini joriy etish. | 1. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida MHXS boʻyicha oʻqitishni davom ettirish boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari bilan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtishning dolzarb masalalarini muhokama qilish. | 2020-yil davomida | Moliya vazirligi (D. Sultanov), akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari Moliya vazirligi (D. Sultanov) |
| 2. Xalqaro professional tashkilotlar bilan buxgalterlarni sertifikatlash boʻyicha quyidagilarga yoʻnaltirilgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) oʻrtasida tuzilgan memorandum va qoʻshma harakatlar rejasi ijrosi boʻyicha; oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish; mutaxassislarning keng doirasi uchun MHXS boʻyicha moliyaviy hisob sohasidagi xalqaro kasbiy sertifikatlash boʻyicha oʻqitish va imtihon topshirish dasturidan foydalanish imkoniyatini taʼminlash. | Memoran-dumga muvofiq | Moliya vazirligi (D. Sultanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | ||
| 3. Quyidagilar uchun MHXS boʻyicha oʻqitish va sertifikat olish uchun imtihon topshirishning grafigini tasdiqlash: davlat organlari xodimlari; oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari. | Har yili | manfaatdor vazirlik va idoralar | ||
| III. MHXSning ahamiyati va mazmunini tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlar | ||||
| 14. | Tashkilotlar rahbarlari va buxgalteriya hisobi xizmati xodimlari uchun MHXSni qoʻllash masalalari boʻyicha faol axborot-uslubiy qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish. | Mavzuli seminarlar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni tashkil etish. | Grafik asosida | Moliya vazirligi (D. Sultanov), buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (M. Tulaxodjayeva, N. Karimov) |
| 15. | Ushbu qaror talablarini yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar tashkil etish. | MHXSning ahamiyati toʻgʻrisidagi axborotlarni davlat organlari hamda buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida joylashtirish. | Media-rejaga muvofiq | Moliya vazirligi (D. Sultanov), Markaziy bank (I. Norkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi |
| 16. | Tadbirkorlik subyektlari moliyaviy hisobotni MHXS boʻyicha tayyorlaganda, buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotni taqdim etishdan ozod etilishi tartibi belgilanganligi haqida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish. | Tadbirkorlik subyektlariga “soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti” orqali xabarlar yoʻnaltirish. | 2020-yil davomida | Davlat soliq qoʻmitasi |
| 17. | Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarni quyida belgilangan yangi talablar toʻgʻrisida xabardor qilish: 2021-yildan boshlab hisob yuritish va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni tayyorlash faqat MHXS asosida amalga oshirilishi; buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganlik toʻgʻrisida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA va ASSA DipIFR, SRA, CIPA, 2022-yil 1yanvardan boshlab esa — ACCA va ACCA DipIFR, CPA) ega boʻlgan kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qoʻllash uchun yetarli boʻlgan xodimlar sonini bosqichma-bosqich taʼminlash. | 1. Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarga xabarnomalar yuborish. | 2020-yil davomida | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Markaziy bank (I. Norkulov) Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev) |
| 2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli ichki hujjatlarni (hisob siyosati, lavozim yoʻriqnomasi, funksional majburiyatlar) qabul qilish: buxgalteriya xizmati xodimlarining malakasini har yili tegishli lavozim uchun talab etiladigan darajada oshirishni taʼminlash; MHXS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXS sohasida sertifikatga ega boʻlgan mutaxassis tomonidan imzolanishi; sertifikatlangan xodimlar mehnatini munosib ragʻbatlantirish tizimini joriy etish; ushbu qarordan kelib chiqadigan yangi talablar. | Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari, | |||
| 18. | Buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan MHXS fondi bilan birgalikda MHXSni joriy qilish va amalda qoʻllash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani tarqatishda faol ishtirok etish. | 1. MHXS fondi va Buxgalterlarning xalqaro federatsiyasi (BXF) bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish. | Doimiy ravishda | Moliya vazirligi (D. Sultanov), |
| 2. Xalqaro tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda quyidagilar boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish: MHXSni dastlab va kelgusida qoʻllash; MHXS asosida moliyaviy hisobotni tuzish. | 2020-yil davomida | |||
| 3. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda MHXSni qoʻllashning dolzarb masalalariga doir seminar | Media-rejaga muvofiq | |||
2-ILOVA