Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 24-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3126-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2019-yil 7-yanvardagi 2019-05, 2-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3126, 2019-yil 21-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/3126/2520-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-yanvar,
2020-02-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-yanvar,
5-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3126-1/0205-son)