OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 24-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3221]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi va “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagi soliq va boshqa hisobotlar hisobotining shakllari tasdiqlansin:
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
aksiz soligʻi boʻyicha 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
foyda soligʻi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq summalari va ijtimoiy soliq boʻyicha 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 5-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 6-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 8-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha 9-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha 10-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boji va yigʻimlar boʻyicha 11-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
tijoratbop topilma bonusi boʻyicha 12-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil uchun soliq hisoboti 2019-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-yanvar,
2020-03-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2020-yil 28-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son; 20.10.2020-y., 10/20/3221-1/1400-son; 06.05.2021-y., 10/21/3221-2/0439-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2021-y., 10/21/3221-3/1106-son; 20.04.2022-y., 10/22/3221-4/0337-son; 28.07.2023-y., 10/23/3221-5/0528-son; 14.10.2024-y., 10/24/3221-6/0818-son; 17.10.2025-y., 10/25/3221-7/0944-son; 27.11.2025-y., 10/25/3221-8/1096-son; 04.02.2026-y., 10/26/3221-9/0107-son)