Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3009-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 245-son “Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 30-oktabrdagi 898-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sport klublari faoliyatini hamda sport musobaqalarini oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 76-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3009, 2018-yil 11-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 19-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. Kuchkarov
Toshkent sh.,
2020-yil 20-yanvar,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 20-yanvardagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “yigʻimlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 4-banddagi, 2 va 3-ilovalarning nomidagi “(Respublika budjeti va mahalliy budjetlarning)” degan soʻzlar “(Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning kutilayotgan oylik xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan qabul qilinganidan soʻng budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar avtomatik tarzda beriladi.”.
4. 4-ilovada:
a) “I guruh Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar” boʻlimida:
“Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari” qatoridagi “Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylari, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Ishlovchi pensionyerlarga 50 foiz miqdorida pensiya toʻlovi 47 11 430” qatori chiqarib tashlansin;
b) “II guruh Ish haqiga qoʻshimchalar” boʻlimining “Yagona ijtimoiy toʻlov” qatoridagi “Yagona ijtimoiy toʻlov” degan soʻzlar “Ijtimoiy soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 10/20/3009-1/0202-son)